1

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining barcha Qizlari diqqatiga!

Bizning eng go’zal, aqlli va baxtli qizlarimiz!

Barchangizni 11-oktabr – Xalqaro Qizlar Kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Xalqaro Qizlar Kuni barchamizni birlashtirib, qizlarning ta’lim olishlari va ishga joylashish ko’nikmalariga ega bo’lishlari uchun eng muhim ehtiyoj va imkoniyatlariga e’tiborni qaratadi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti oliy o’quv yurti sifatida avtomobilsozlik va mashinasozlik, sanoatda qurilish va fuqarolik muhandisligi, axborot texnologiyalari, dasturlash va sanoat menejmenti sohalarida yuqori malakali ayol mutaxassislarni tayyorlashga o’z hissasini qo’shadi va barchangizni “Men va oltin kuz” mavzusidagi videoklipni tayyorlashda ishtirok etishga chaqiradi! 🍂🍁🍁🌻!

Sizlardan qiziqarli va o’ziga xos, o’zingiz yoki dugonalaringiz bilan kuzning go’zal manzaralarida tushgan fotosuratlaringizni telegramdagi @Farizaxon nomli sahifamizga yuborishingizni kutib qolamiz 🌞!!!

Keling, ushbu sanani birgalikda nishonlashga o’z hissamizni qo’shaylik!

Qizlar Baxtli Bo’lish va har doim Baxtli Yashash uchun yaratilganlar!




Pitsburg davlat universiteti (AQSh) va Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetidan yangi dastur




Talabalarimiz “TECHNOWAYS” marafoni g‘oliblari deb topildi!

Joriy yilning 6-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovasion Rivojlanish Vazirligi huzuridagi Innovasion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi tomonidan o‘tkazilayotgan “TECHNOWAYS” texnologik rivojlanish marafonining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tomonidan marafonda 4 ta jamoa qatnashdi. Musobaqa natijalariga ko’ra ulardan ikkitasi g’olib deb topildi. Xususan, “Nova robotics” jamoasi yaratgan yordamchi vazifasini bajaruvchi roboti 20 000 000 so‘m mukofot puliga, Enor-3 ixcham, tezkor va tejamkor elektromobilini ishlab chiqqan “Neuron engineering” jamoasi- 15 000 000 so‘m mukofot puliga sazovor bo’lishdi.

G’oliblarimizni chin qalbdan tabriklaymiz va ularga ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilaymiz!
Talabalarimiz – bizning kelajagimiz! Bizning faxrimiz!




“I am an Engineer” tanlovini ochiq deya e’lon qilamiz!

Salom, Do’stlar!

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti “Mexatronika” markazi Universitet talabalarini 10-an’anaviy “I am an Engineer” deb nomlangan tanloviga arizalar qabul qilish boshlanganligini e’lon qiladi!!!

Tanlovda Universitetning barcha bosqichdagi va barcha yo’nalishdagi talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda qatnashchilar, nafaqat o’zlarining loyihalari va ishlanmalari, hatto-ki g’oyalari bilan ham qatnashishlari mumkin!

Tanlov yo’nalishlari:
-MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYALARI🚗;
-SANOATDA QURILISH🏗;
-INFORMATSION TEXNOLOGIYALAR VA DASTURLASH💻.

❗️Har bir qatnashchining chiqishlari rahbariyat va markaz xodimlari tomonidan belgilangan talablar asosida baholanadi.

🏆Tanlov g’oliblari:

1. Mexatronika markazining to’liq o’quv dasturini BEPUL o’tash imkoniyatiga ega bo’ladilar;

2. O’quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar Mexatronika markazini tamomlaganlik haqidagi Sertifikatga ega bo’lib, keyinchalik markaz muhandislari bilan jamoa sifatida professional loyihalarda qatnashish imkonini qo’lga kiritadilar!

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 6-oktabrdan 1-noyabrga qadar qabul qilinadi!

👍Har bir ishtirokchi bir va undan ortiq loyiha bilan ishtirok etish imkoniyatiga ega!

O’z iqtidoringizni namoyon qilishga shoshiling!

Ishtirok etmoqchimisiz?

Unda ushbu havolaga o’ting:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScw3xwXglRpviemr4-oR5zQw-qOxxbpAqzAcekEzx6_2LVyKQ/viewform?usp=sf_link

Batafsil ma’lumot uchun bizning telefon raqamlarimiz +998 (71) 246-63-74, +998 (99) 887-84-07 ga qo’ng’iroq qilishingiz yo’ki elektron pochtamiz mechatronics@new.polito.uz ga murojat qilishingiz mumkin.

Bizning Telegramdagi kanalimiz: @mechatronics_center
Bizning Instagram sahifamiz: mechatronics_center




Xodimlar tarkibida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Ilmiy Kengash qarori va rahbariyat buyruqlariga asosan, xodimlar tarkibida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.

  1. Moliyaviy-iqtisodiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha birinchi prorektor etib – Karimov Аbdujamin Аbdujalilovich;
  2. Universitet huzuridagi akademik litsey o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari etib – Shamansurov Javlon Shamuslimovich;
  3. Xodimlar bo’limi boshlig’i etib – Tronevich Аndrey Аleksandrovich tayinlandi.



Universitet o’qituvchi-professori va xodimi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shu kunlarda yana ikki yutuqqa erishishga muvaffaq bo‘ldik! Shu haqida Sizlar bilan o‘rtoqlashmoqchimiz…

1-oktyabr’ – O‘qituvchi va Murabbiylar kuniga bag‘ishlangan Prezident farmoniga binoan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi fidoyi sifatida Tulyaganov Dilshat Ubaydullaevich — Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining tabiiy va matematika fanlari kafedrasi mudiri «Mehnat Shuxrati» ordeni bilan taqdirlandi.

Kuni kecha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tantanali bayram tadbirida esa Allamova Gulbahor Azatovna – Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i ko‘p yillik samarali va halol mehnati hamda o‘z hizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Ularni ushbu yutuqlari bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Martabalari bundanda ulug‘ bo‘lib, fidokorona xizmat bilan charchamasliklarini tilab qolamiz!

Biz Sizlar bilan faxrlanamiz!!!

Gulbahor Azatovnaning quvonchlarini rasmdan, Dilshat Ubaydullaevichning taasurotlarini esa O‘zbekiston24 (FM 87.9) radio to‘lqinida bergan interv’yularidan bilishingiz mumkin!

 




1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaymiz

Qadrli va aziz ustozlar!

Barchangizni 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.

Siz bizlar uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsolidursiz!

Ushbu kunda sizlarga eng samimiy minnatdorchilik va ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.

Biz sizlar bilan faxrlanamiz va ulug‘ xizmatingizni yuksak qadrlaymiz!

Karantinga qaramay, siz uchun qisqa tabrik videosini tayyorladik! Sizga yoqadi deb umid qilamiz!




Bitiruvchilarimiz – Faxrimiz!

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bitiruvchisi, Italiyaning “Arduino” kompaniyasi mutaxassisi Nodir Yusufov bilan intervyuni tomosha qiling!!!




“Men 29 yoshdaman” ko’rsatuvida Muslimbek Pirnazarov – Turin politexnika universiteti o‘qituvchisi, dasturchi




“Rassom ustaxonasida mehmonda” tanlovi!

“Rassom ustaxonasida mehmonda” onlayn-tanlovda ishtirok eting!

Tanlov sharti: tasviriy san’at, amaliy san’at va dizayn yo‘nalishi bo‘yicha o‘z ijodingiz namunalaridan tayyorlangan videorolik taqdim etish.

G‘oliblarga O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan diplom va sertifikatlar taqdim etiladi.

Murojaat uchun 71 246 30 73; 71 246 60 28 raqamlariga qo‘ngiroq qiling!




Diqqat! Tanishish vaqti keldi!

Aziz talabalar! 

Universitet talabalariga o‘zingizni tanitishni hohlaysizmi?
Biz sizga imkoniyat yaratib beramiz va albatta ko‘maklashamiz!!!

Quyidagi mavzularda videoroliklar tayyorlashni taklif beramiz:
📌 “Mening orzuim”
📌“Mening kelajakdagi kasbim”
📌“Universitet mening hayotimda”
📌 “Hayotimdagi ustozlarim”

Ushbu roliklar 3 daqiqadan oshmasligi kerak.

Yuqoridagi mavzularda interv’yu berishni istagan talabalarni esa universitetga taklif qilamiz!

Va albatta tayyor rolik va interv’yularni telegram kanallarda yoritib boramiza!!!

Ma’lumot uchun telelefonlar: 📞📞.(71) 246 30 73, (71) 246 60 28.




Malayziyadagi Putra biznes maktabining MBA dasturi endi Toshkentda!




Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti texnoparkidagi yana bir ishlanma…

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti texnoparki bazasidaMChJ“IDEA IMPEX” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasining bosh texnologi tomonidan onkologik kasalliklarni davolash uchun mo’ljallangan “TOR (operativ reabilitatsiya texnologiyasi)” terapevtik apparati ishlab chiqildi.

Ushbu qurilmaning samaradorligini tasdiqlash maqsadida, 12 oy davomida hayvonlarda sinov ishlari olib borildi va natijalari shuni ko’rsatdiki, elektromagnit to’lqinlar ta’sirida 100% rad etish bilan o’smalar kamaygan. Komissiyaning xulosasi: qurilma immunomodulyatsion ta’sirga ega bo’lib, organizmning adaptiv reaktsiyalarini rag’batlantiradi, shu bilan birga tanaga salbiy ta’sirlari aniqlanmagan.

O’tgan yilning avgust oyidan boshlab“TOR” terapevtik apparatining klinik sinovi ishlarini insonlarda, bemorlarning ixtiyoriy roziligi bilan, o’tkazish boshlandi.

Muvaffaqiyatli klinik sinovlardan so’ng apparatni tibbiy amaliyotga joriy etish dalolatnomasi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent vaBuxoro filiallari tomonidan tasdiqlandi.

Farmatsevtika qo’mitasi tomonidan 20.03.2020 yildagi TT /M 00383/03/20- raqamli tibbiy asbob-uskunalarni ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi guvohnoma va 02.06.2020 yildagi 2443246-sonli muvofiqlik sertifikatiga ega bo’ldi, shuningdek, qurilma INNOWEEK-2019 ko’rgazmasida qatnashdi va onkologiya sohasidagi eng yaxshi yechim sifatida sertifikat bilan taqdirlandi.

Joriy yilning iyul oyida O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik shifoxonasi bazasida ushbu qurilmani immunomodulyator sifatida koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlarni davolash uchun sinov ishlari boshlandi. Birinchi test natijalariga ko’ra, terapiyaning 8-seansidan so’ng, PZR tahlillari koronavirus infektsiyasining mavjudligi boyicha salbiy natijani ko’rsatdi.

Yaqin kelajakda “IDEA IMPEX” MChJ ushbu qurilmani Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti texnoparki bazasida ishlab chiqarishni boshlash niyatida.

 

 




TTPU rektori Xalqaro press-klub sessiyasida ishtirok etdi

Aziz do’stlar!

E’tiboringizga  Xalqaro press-klubning “O’zbekiston Uchinchi Renessans bo’sag’asida” mavzusidagi sessiyada ko’plab ta’lim va madaniyat namoyandalari qatorida ma’ruzachi sifatida qatnashgan universitetimiz rektori J.Sh.Inoyatxodjaev bilan bo’lgan suhbatdan bir lavxani taqdim etamiz.




1 sentabr – Mustaqillik kuni bilan muborakbod etamiz!

Aziz vatandoshlar!

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti barchangizni O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining            29 yilligi bilan chin qalbdan muborakbod etadi!

Sizga va yaqinlaringizga sog’lik salomatlik, totuvlik va farovonlik, kelajagingiz va buyuk Vatanimiz ravnaqi yo’lidagi xayrli ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Biz o’z vatanimiz bilan faxrlanamiz va kelajagimizga ishonch bilan qaraymiz! Shuning uchun ham biz yorqin bayramimiz – Mustaqillik kunini o’zgacha ishtiyoq va quvonch bilan nishonlaymiz.

Yurtimizda doimo tinchlik va osoyishtalik hukm sursin, osmonimiz doimo musaffo bo’lsin!

Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!




Toshkent24TV: 2020-2021 o’quv yilida nimalar kutilmoqda?




Yangi MBA dasturining tanishtiruv videoanjumani bo’lib o’tdi

Aziz do’stlar!

Kecha, 25 avgust kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetidagi Malayziyaning Putra biznes maktabi yangi MBA dasturining tanishtiruv videoanjumanida ishtirok etgan barchangizga minnatdorchilik bildiramiz!

Anjumanda qatnasha olmagan qiziquvchilar uchun quyidagi havolani taqdim etamiz: https://youtu.be/-3v6DCN9Mbo

Shuningdek, videoning ta’rifida dastur haqida batafsil ma’lumot ham berilgan.

Arizalarni qabul qilish muddati joriy yilning 5 sentyabr kunigacha uzaytirildi!




ERAMCAErasmus + loyihasi doirasida seminar-forum o’tkazilishi rejalashtirildi

(2020 yil 13-fevral, Turin shahri, Italiya, ERAMCA ERASMUS + loyihasi bo’yicha uchrashuv).

Joriy yilning 15 sentyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ERAMCA Erasmus + loyihasi doirasida ehtiyojlarni tahlil qilish, atrof-muhit xavfini baholash va ularning Markaziy Osiyodagi madaniy meros ob’ektlariga ta’sirini kamaytirish bo’yicha seminar-forum bo’lib o’tadi.

Hamkor mamlakatlardan kelgan muhtaram ma’ruzachilar, tadqiqotchilar va ishtirokchilar universitet konferentsiya zalida yoki COVID-19 pandemiyasi tarqalishi sababli onlayn tarzda yig’ilish  o’tkazishadi.

Agar siz ham vebinarda ishtirok etishni istasangiz, bonu.azizova@gmail.com ga murojaat qilishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot: http://new.polito.uz/ru/obrazovanie/kafedry/6409-2/eramca-2/




Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) va Kembrij xalqaro kolleji (CIC) o’rtasidagi hamkorlik

Bugun, 2020 yil 24 avgust kuni Toshkent shahdagi Turin politexnika universiteti (TPUT) va Kembrij xalqaro kolleji (CIC) o’rtasida hamkorlik to’g’risida memorandum imzolandi.

Kelishuvning maqsadi – ta’lim, tadbirkorlikni birgalikda rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash uchun ekotizimni yaratish va istiqbolli start-up loyihalarini amalga oshirishdir.

Hamkorlikning asosiy yo’nalishlari:

1. Kollej filiallarida universitet talabalari uchun amaliyot va malaka oshirish ishlarini tashkil etish, malakali mutaxassislarni birgalikda tayyorlash;

2. Ilmiy hamkorlikni yo’lga qo’yish;

3. Abiturientlarni TTPUga qabul qilish uchun tayyorlov kurslarini birgalikda tashkil etish ;

4. Mehmon ma’ruzalari va mahorat darslarini tashkil qilish;

5. Axborot platformalarida birgalikda promo-kampaniyalarini tashkil etish;

6. Forumlar, seminarlar, konferentsiyalar va brifinglar o’tkazish;

7. “Muammoli ta’lim” amaliyotini birgalikda amalga oshirish.

Bundan tashqari, ushbu hamkorlik ikki tomon kelishuvi asosida universitet malakali professorlari kollej o’quvchilariga mahorat darslarini taqdim etib, ularga International Foundation sertifikatini qo’lga kiritishda yordam beradilar. Ushbu sertificatga ega bo’lgan talabalar TTPUda o’qishni 2-bosqichdan boshlab davom ettirishlari mumkin bo’ladi.

Umid qilamizki, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TPUT) va Toshkentdagi Kembrij xalqaro kolleji (CIC) o’rtashdagi o’zaro hamkorlik ikkala tomon uchun ham katta imkoniyatlar ochib beradi va reja qilingan sohalarni rivojlantirishda katta qadam bo’ladi.




QABUL – UCHINCHI BOSQICH

AJOYIB IMKONIYAT

Toʻgʻridan toʻgʻri IKKINCHI BOSQICHGA qabul qilinish mumkinmi? Siz bunga MUMKIN EMAS deb javob berasiz.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti esa bunga MUMKIN deydi.

Endi sizda UCH YIL ichida oliy ma’lumotli boʻlish imkoniyati mavjud.

Turin universiteti Oʻzbekistonda Yevropa andozalariga mos, texnika yoʻnalishida ta’lim olishni istovchilar uchun shunday imkoniyat berayotgan yagona universitetdir.

BUNDAN TASHQARI, JORIY YILDA TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING BARCHA OʻQUV YO’NALISHLARI BO’YICHA QOʻSHIMCHA DASTUR (MASOFAVIY+SIRTQI) OCHILMOQDA.

MEHNAT FAOLIYATINGIZNI TOʻXTATMAGAN HOLDA SIFATLI YEVROPA TA’LIMINI QO’LGA KIRITISH IMKONIYATINI BOY BERMENG.

TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSI-TETINING 2020/2021 O‘QUV YILI BAKALAVRIATIGA UCHINCHI BOSQICH QABUL –QOIDALARI VA HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI BIRINCHI BOSQICH QOIDALARIGA MOS KELADI (ILOVA) 

 

Imtihon sanasi

Uchinchi bosqich imtihoni 31 AVGUST kuniga rejalashtirilgan edi. Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31 avgust dam olish kuni deb rasman e’lon qilindi. Imtihon boshqa kunga koʻchirildi (sentabr boshiga). Imtihonning aniq sanasi keying hafta e’lon qilinadi.

Imtihon universitet hududida OFFLAYN tarzda, karantin qoidalariga toʻliq rioya qilgan holda (ya’ni, tibbiy niqob va tibbiy qoʻlqopda boʻlish) boʻlib oʻtadi.

Universitet manzili: Toshkent shahri, Kichik xalqa yoʻli 17, moʻljal ASIA supermarketi (sobiq Nukus kinoteatri) 

Uchinchi bosqich imtihonida qatnashish uchun quyidagi shartlarni bajarish lozim: 

SHART #1 – Onlayn roʻyxatdan oʻtish

Onlayn anketa toʻldirish ilovasi: Onlayn roʻyxatdan oʻtish

ILTIMOS, ONLAYN ANKETANI TOʻLDIRISHDA USHBU YOʻRIQNOMADAN FOYDALANING YOKI VIDEONI TOMOSHA QILING.

Videoga ilova

 

1-shartdan oʻtish majburiy boʻlib, abiturientlar ushbu shartni amalga oshirmay 2-shartga oʻta olmaydilar!

SHART #2 –  Qabul jarayonining shaffofligini ta’minlash uchun, karantin paytida, 1-SHARTNI tugatgandan soʻng, ariza beruvchi (abiturient) pasportining elektron nusxasini quyidagi manzilga yuborishi kerak: admission.polito.uz

 

Ikkinchi imtihonda (07 iyul) qatnasha olmagan abituriyentlar DIQQATIGA, Siz qaytadan 2-SHARTdan oʻtishingiz kerak. 

Onlayn test (on-line) 

Kirish imtihonlari test shaklida boʻlib, qiyinlik darajasi Oʻzbekiston Respublikasi umumiy oʻrta ta’lim oʻquv dasturi darajasida boʻladi.

Onlayn (on-line) test quyidagilardan iborat:

 Matematika: 18 ta savol (40 daqiqa).

O’qib tushunish: 6 ta savol (12 daqiqa).

Mantiq: 6 ta savol (12 daqiqa).

Fizika: 12 ta savol (26 daqiqa)

Onlayn test umumiy 42 SAVOLDAN iborat boʻlib, 90 DAQIQA davom etadi. Barcha savollar 5 ta javob variantidan iborat boʻlib, ulardan bittasi toʻgʻri.

Har bir javob quyidagicha baholanadi:

1 ball– agar toʻgʻri javob tanlansa (1 ball qoʻshiladi)

-0.25 ball – notoʻgʻri javob tanlansa (toʻplangan balldan 0.25 ball ayirib tashlanadi)

0 ball– javob tanlanmagan boʻlsa (ball yoʻqotmaysiz)

 

 

 

Barcha fanlar boʻyicha test ingliz tilida oʻtkaziladi!

Test natijalari

Abiturientlar to’plagan ballarini onlayn test yakunida bilib oladilar. Abiturientlarning toʻliq roʻyxati toʻplagan ballarning (imtihon natijalarining) foiz koʻrsatkichidagi ketma-ketligi boʻyicha, kirish testidan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi. 

Certificates considered equivalent to the admission test (the following number refers to the grading equal to or higher than the threshold: 60/100)

GRE (General Test) with a minimum score of 153 in the “Verbal” section and 144 in “Quantitative” section and any score in the “Analytical Writing” section

GMAT with a minimum score of 500 in the two sections “Verbal” and “Quantitative”, with any score in the “Analytical Writing” section.

SAT SAT Reasoning test (section “Evidence-Based Reading and Writing” and section “Math” with a minimum score of 500 points in each section) and SAT Subject Test (section “Physics Level 1 or 2” and section “Mathematics Level 1 or 2” with a minimum score of 500 points in each section). The two sections “Evidence-Based Reading and Writing” and “Math” of the SAT Test can be replaced by the ACT Test with a minimum score of 20.

 

Ingliz tili sertifikati

COVID-19 KARANTINI TUFAYLI, BIRINCHI BOSQICHGA QABUL QILINGAN ABITURIYENTLAR IELTS SERTIFIKATLARINI OʻQUV YILI DAVOMIDA TAQDIM ETISHLARI MUMKIN.

TTPU bakalavriatining ikkinchi bosqichida taxsil olish uchun 5.5 yoki undan yuqori boʻlgan IELTS sertifikati (akademik) talab qilinadi. COVID-19 KARANTINI TUFAYLI, IKKINCHI BOSQICHGA QABUL QILINGAN ABITURIYENTLAR IELTS SERTIFIKATLARINI 2020 YIL OHIRIGA QADAR TAQDIM ETISHLARI MUMKIN.

IELTS sertifikati (akademik) oʻrniga ekvivalent sifatida tan olinuvchi sertifikatlar roʻyxati:         https://didattica.polito.it/cla/en/certificates. 

TTPU da ta’lim olish uchun toʻlov miqdori.

Bir akademik yil Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ta’lim olish uchun toʻlov miqdori 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil etadi.

 

Oʻqish toʻlovi.

Barcha bakalavr kurslari uchun 1 akademik yilining oʻqish toʻlovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil etadi.

 

QOʻSHIMCHA MA’LUMOT UCHUN

Ariza berish jarayoni va boshqa savollar boʻyicha qoʻshimcha ma’lumot olish uchun Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga quyidagi elektron manzil boʻyicha murojaat qiling:

E-mail: admission@new.polito.uz

 

Tel: +99871 246-63-48, +99871 246-80-51, +99871 246 80 52