Qurbon hayit bilan chin dildan muborakbod etamiz!

  • Post category:E'lonlar

Aziz vatandoshlar! Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti jamoasi sizlarni Qurbon hayit bilan chin dildan muborakbod etadi. Qodir Tangriga bo'lgan muhabbat va mehr-oqibat tuyg'usi qalbimizda hamisha saqlansin. Alloh bizni ofatlardan asrasin va barcha ezgu ishlarimizda yordam bersin! Har bir xonadonda, har bir mamlakatda, butun dunyoda sog'lik-salomatlik, tinchlik-hotirjamlik hukmron bo'lsin!

Continue ReadingQurbon hayit bilan chin dildan muborakbod etamiz!

Toshkentdagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan O’zbekistonda birinchi robot-yordamchisi ishlab chiqildi.

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan yaratilgan universal NovAssistant roboti Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish ilmiy-amaliy markazi ko'magida ishlab chiqildi. Ushbu loyiha jamoasi a'zolari Daler Mardonov (loyiha rahbari), Saidakbarxon Po'latov (dasturchi), Saidazizxon Saidaloyev (dizayner), Saidaloxon Ergashxojazoda (mexanik). Ushbu robotni yaratishdan maqsad tibbiyot, tadbirkorlik, ta'lim, turizm kabi sohalarda kundalik ishlarni osonlashtirish, shuningdek, nogironlaga yordam berishdir. Ushbu robotning qobiliyatlari nafaqat aloqa va hissiyotlarni ifoda etishdan iborat, balki korxona yoki uy ishlariga yordam berishni ham o'z ichiga oladi. Buyurtmachining iltimosiga ko’ra qo'shimcha funktsiyalarni ishlab chiqish ham mumkin, masalan, sun'iy intellekt, yuzni aniqlash va bino ichida boshqarish funktsiyasi. Robot ovozli…

Continue ReadingToshkentdagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan O’zbekistonda birinchi robot-yordamchisi ishlab chiqildi.

Malayziyaning Putra Biznes maktabi Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti bilan hamkorlikda MBA “Biznes Boshqaruvi Magistri” (MBA) mutaxassisligiga o‘qishga qabul qilishni boshladi.

Malayziyaning Putra Biznes Maktabi Malayziya Putra universiteti qoshidagi maktab hisoblanadi. Jahon universitetlari QS reytingi bo'yicha, Malayziya Putra universiteti 132-o'rinni egallaydi. Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti bilan hamkorlikda faoliyat boshlangan Malayziyaning Putra Biznes Maktabi Master of Business Administration (MBA: General Management) o‘quv dasturi asosida talabalarni qabul qilish jarayoni boshlanganligini ma'lum qiladi. Barcha fanlar Malayziyalik professorlar tomonidan ingliz tilida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida olib boriladi. O‘quv dasturi davomiyligi 18 oy (5 semestr). Sohada faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun kechki dasturlar ham tashkil etiladi. Malayziyaning Putra Biznes maktabi MBA dasturi AQSh ning AACSB akkreditasiya agentligi tomonidan akkreditasiyalangan. Jahonning 5% dan kam biznes maktablari ushbu akkreditasiyani…

Continue ReadingMalayziyaning Putra Biznes maktabi Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti bilan hamkorlikda MBA “Biznes Boshqaruvi Magistri” (MBA) mutaxassisligiga o‘qishga qabul qilishni boshladi.

Universitet ma’muriyati va talabalar “oltin” talabalik davri tarafdori!

  • Post category:Tadbirlar

Joriy yilning 21-iyul kuni Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rahbariyati va talabalar uyushmasi faollari o'rtasida Zoom platformasi orqali onlayn suhbat bo'lib o'tdi. Ushbu konferentsiyada rektor vazifasini bajaruvchi Inoyatxo'jaev J.Sh., yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor Ashurov A.A., Yoshlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Allamova G.A., Matbuot kotibi Ibrohimzoda N.B va universitet talabalari nomidan qatnashgan talabalar uyushmasi faollari so'zga chiqdilar. Suhbat davomida talabalarning o'qish jarayoni haqida, ijod va san'at xonasini johozlash, shuningdek yozgi ta'til paytida iqtidorlar tanlovlarini o'tkazish va talabalarni o'qish davrida akademik va akademik bo'lmagan yutuqlari bo'yicha rag'batlantirish tizimini ishlab chiqish bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi. Ko'rib chiqilgan barcha masalalar yaqin orada amalga…

Continue ReadingUniversitet ma’muriyati va talabalar “oltin” talabalik davri tarafdori!

Toshkentdagi Turin politexnika universitetining birinchi prorektori universitetning rektor vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi

  • Post category:Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi hukumatining (420-son 03.07.2020y.) qarori bilan Inoyatxodjaev Jamshid Shuxratullayevich Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining rektor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Eslatib o'tamiz, bundan oldin ushbu lavozimni Salomov O'ktam Raximovich egallab kelgan. Joriy yilning 1 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga (PQ-4762-son, 29.06.2020 y.) binoan u oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o'rinbosari bo'lib tayinlandi. Ushbu lavozimga tayinlanishidan oldin, Inoyatathodjaev Jamshid Shuxratullayevich 2016 yili Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti umumiy texnik fakulteti dekani lavozimida, 2017 yildan boshlab to hozirgi kungacha moliyaviy-iqtisodiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha birinchi prorektor lavozimida ishlab kelgan.

Continue ReadingToshkentdagi Turin politexnika universitetining birinchi prorektori universitetning rektor vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi

Rektorlarni tayinlash marosimi

Joriy yilning 4 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 07.03.03 yildagi 420-sonli qaroriga binoan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2 ta oliy o'quv yurtlari: Ajou universiteti va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektorlari nitayinlash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Abduvoxidov A.A., O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Majidov I.U., O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o'rin bosari Salomov U.R., O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining iqtisodiy masalalar boʼyicha o‘rinbosari S.Buzruxonov va universitet vakillari ishtirok etdilar. Marosim davomida Muratov Gayrat Azatovich Toshkentdagi Ajou universiteti rektori, Inoyathodjaev Jamshid Shuxratullayevich esa Toshkent shahridagi Turin…

Continue ReadingRektorlarni tayinlash marosimi

O’zbekistonda yangi MBA dasturi tashkil etiladi

Malayziyaning Putra Biznes maktabi bilan hamkorlikda Toshkent shahrdagi Turin Politexnika Universiteti MBA dasturlarini joriy etish bo’yicha kelishuvga erishdi. MBA (Biznes boshqaruvi magistri) dasturida muxandislik soxasida taxsil olgan universitet bitiruvchilari va xozirda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar, tadbirkorlar va kasbiy o'sishga qiziqqan, yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish, strategik fikrlash, shuningdek sifat jihatdan kelajakda yangi rivojlanish bosqichini izlayotgan kadrlarni tayyorlash belgilandi. Putra biznes maktabi AQSHning AACSB akkreditatsiya agentligi tomonidan akkreditatsiyadan o’tkazilgan. Putra biznes maktabi Malayziyaning Putra universiteti (UPM) qoshidagi maktab xisoblanadi. Jahonning QS TOP universitetlari reytingida UPM 132 o’rinni egallagan.

Continue ReadingO’zbekistonda yangi MBA dasturi tashkil etiladi

Ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda hamkorlik

Joriy yilning 29 iyun kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TPUT) va O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va qashshoqlikni kamaytirish vazirligi huzuridagi Sanoat bozori va ishlab chiqarishdagi mehnat samaradorligini o'rganish markazi yosh olimlarning ta'limini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash, o'quv dasturlari, izlanishlar va innovatsiyalarni takomillashtirishda o'zaro manfaatlarga asoslangan hamkorlik to'g'risida kelishuvga erishildi. Hamkorlikning maqsadi - tomonlar o'rtasida ta'lim, fan, innovatsiya, mehnat unumdorligini oshirish, yuqori texnologiyali loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi texnologiyalarni sotish va zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni yaratish sohalarida o'zaro manfaatli hamkorlikni o'rnatish. Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishdi va uning umumiy yo'nalishlarini belgilab olishdi. Umid qilamizki, tomonlarning birgalikdagi…

Continue ReadingTa’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda hamkorlik

«O‘zavtosanoat» kompaniyasi mutaxassislari va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan koronavirus pandemiyasiga karshi kurashda innovatsion yechim

  • Post category:Yangiliklar

Bugungi kunda butun dunyoda avj olayotgan koronavirus pandemiyasi davrida sifatli tibbiy xizmat, xususan zamonaviy yuqori aniqlikdagi sifatli tibbiyot uskunalariga bo‘lgan extiyoj oshib bormoqda. O‘z navbatida, yurtimizda ham zamonaviy, jaxon standartlaridagi tibbiyot uskunalariga bo‘lgan extiyoj tobora ortib bormoqda. Jumladan, kasallik og‘ir kechayotgan bemorlarni xayotini saqlab qolishda o‘pkani sun'iy ventilyasiyalash (O‘SV) apparatining o‘rni juda muxum. Shu sababli koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston tomonidan xorijiy davlatlarning O‘SV apparatlari va test-sistemalari muntazam sotib olinmoqda. Xorijdan sotib olinayotgan bunday tibbiyot uskunalari juda katta mablag‘ni talab etadi. Xususan, Osiyo tarraqiyot banki va Jahon banki tomonidan O‘SV apparatlarini sotib olish uchun 30 million dollar ajratildi. Butun dunyo tibbiyot…

Continue Reading«O‘zavtosanoat» kompaniyasi mutaxassislari va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan koronavirus pandemiyasiga karshi kurashda innovatsion yechim

Ramazon Hayit ayyomingiz muborak bo’lsin!

  • Post category:E'lonlar

Aziz yurtdoshlar! Barchangizni, mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Ramazon Hayiti bilan, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti jamoasi nomidan chin qalbimizdan muborakbot etamiz. Olloh bu oyda qilgan ibodatlarimizni, jumladan tutgan ro’zalarimizni, qilgan sadaqayu-ehsonlarimizni, bajargan amallarimizni dargoxida qabul qilsin. Ushbu ulug‘ ayyom kunlarida, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni samimiy qutlab, ularga tinchlik, taraqqiyot va farovonlik tilab qolamiz. Hurmat bilan, TTPU ma'muriyati!

Continue ReadingRamazon Hayit ayyomingiz muborak bo’lsin!

QABUL 2020-2021

TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING 2020/2021 O‘QUV YILI BAKALAVRIAT BOSQICHIGA QABUL QOIDALARI VA HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI 1.1. KIRISH Ushbu reglament Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining (TTPU) Bakalavriat bosqichi uchun qabul qoida va talablarini o‘zida aks ettiradi. 1.2. Yo‘nalishlar va o‘rinlar soni 2019/2020 oʻquv yilida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Bakalavriat bosqichining har bir yoʻnalishi uchun qabul kvotasi quyidagicha taqsimlanadi: Yoʻnalish nomi o‘rinlar soni Mashinasozlik texnologiyasi 200 Avtomobilsozlik texnologiyasi 200 Axborot texnologiyalari va sanoatda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (Kompyuter muhandisligi 150 Sanoatda xo‘jalik qurilishi va arxitektura 50 Menejment va sanoat muhandisligi 100   1.3. Qabul tartibi va hujjat topshirish muddati 1.3.1. Kirish…

Continue ReadingQABUL 2020-2021
image_pdfimage_print