1

Qurbon hayit bilan chin dildan muborakbod etamiz!

Aziz vatandoshlar!

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti jamoasi sizlarni Qurbon hayit bilan chin dildan muborakbod etadi.

Qodir Tangriga bo’lgan muhabbat va mehr-oqibat tuyg’usi qalbimizda hamisha saqlansin.

Alloh bizni ofatlardan asrasin va barcha ezgu ishlarimizda yordam bersin!

Har bir xonadonda, har bir mamlakatda, butun dunyoda sog’lik-salomatlik, tinchlik-hotirjamlik hukmron bo’lsin!




Toshkentdagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan O’zbekistonda birinchi robot-yordamchisi ishlab chiqildi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan yaratilgan universal NovAssistant roboti Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish ilmiy-amaliy markazi ko’magida ishlab chiqildi.

Ushbu loyiha jamoasi a’zolari Daler Mardonov (loyiha rahbari), Saidakbarxon Po’latov (dasturchi), Saidazizxon Saidaloyev (dizayner), Saidaloxon Ergashxojazoda (mexanik).

Ushbu robotni yaratishdan maqsad tibbiyot, tadbirkorlik, ta’lim, turizm kabi sohalarda kundalik ishlarni osonlashtirish, shuningdek, nogironlaga yordam berishdir.

Ushbu robotning qobiliyatlari nafaqat aloqa va hissiyotlarni ifoda etishdan iborat, balki korxona yoki uy ishlariga yordam berishni ham o’z ichiga oladi. Buyurtmachining iltimosiga ko’ra qo’shimcha funktsiyalarni ishlab chiqish ham mumkin, masalan, sun’iy intellekt, yuzni aniqlash va bino ichida boshqarish funktsiyasi. Robot ovozli signal yoki dastur orqali boshqariladi.

Chet elda robot yordamchilarining o’rtacha narxi 180 million so’mni tashkil etadi. Mahalliy robot yordamchilarining narxi  konfiguratsiyasiga qarab taxminan 25-45 million so’mni tashkil etadi.




Malayziyaning Putra Biznes maktabi Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti bilan hamkorlikda MBA “Biznes Boshqaruvi Magistri” (MBA) mutaxassisligiga o‘qishga qabul qilishni boshladi.

Malayziyaning Putra Biznes Maktabi Malayziya Putra universiteti qoshidagi maktab hisoblanadi. Jahon universitetlari QS reytingi bo’yicha, Malayziya Putra universiteti 132-o’rinni egallaydi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti bilan hamkorlikda faoliyat boshlangan Malayziyaning Putra Biznes Maktabi Master of Business Administration (MBA: General Management) o‘quv dasturi asosida talabalarni qabul qilish jarayoni boshlanganligini ma’lum qiladi.

Barcha fanlar Malayziyalik professorlar tomonidan ingliz tilida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida olib boriladi. O‘quv dasturi davomiyligi 18 oy (5 semestr). Sohada faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun kechki dasturlar ham tashkil etiladi.

Malayziyaning Putra Biznes maktabi MBA dasturi AQSh ning AACSB akkreditasiya agentligi tomonidan akkreditasiyalangan. Jahonning 5% dan kam biznes maktablari ushbu akkreditasiyani olishga erishgan, bu MBA dasturi sifat darajasining yuqori ekanligini kafolatlaydi. Ta’limni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar “Umumiy boshqaruv” mutaxassisligi bo‘yicha Putra Biznes maktabi MBA magistri diplomini qo‘lga kiritadi.

Ta’lim uchun umumiy to‘lov kontrakt qiymati 8000 AQSh dollari.  Malayziyaning Putra Biznes maktabi tomonidan O‘zbekiston fuqarolariga 20% imtiyoz va Turin politexnika universiteti tomonidan 200 AQSh dollari imtiyoz beriladi. Umumiy hisobda, ta’lim uchun 6200 AQSh dollari ((bir o‘quv yili uchun 3100 AQSh dollari) to‘lanadi. To‘lov O‘zbekiston milliy valyutasi so‘mda amalga oshiriladi (AQSh dollarining so‘mga nisbatan qiymati, Markaziy bank tomonidan to‘lov amalga oshirilgan kunda belgilangan kursda hisoblanadi).

O‘quv dasturi 2020 yil sentyabr oyidan boshlanadi. O‘qishga kirish uchun nomzodlardan IELTS 6.0 va undan yuqori (bakalavr bosqichini xorijiy universitet filiallarida ingliz tilida o‘qiganlar bundan mustasno) va bakalavr diplomi talab etiladi . Birinchi o‘quv yilida IELTS sertifikati bo’lmagan nomzodlar o‘qishni boshlagandan keyin 6 oy muddatda IELTS 6.0 sertifikatini taqdim etishlari talab etiladi.

Nomzodlarga Malayziyalik professorlar tomonidan 20 avgust kuni sinov darsi tashkil etiladi.

Arizalarni topshirishning so’nggi muddati: 25.08.2020

 

Iltimos, quyidagi hujjatlarni o.mukhitdinov@new.polito.uz elektron manziliga yuboring

  • Diplom nusxasi (bakalavr darajasi),
  • Pasport nusxasi,
  • Rezyume (CV),
  • IELTS sertifikati.

 

Ma’lumot uchun telefonlar: +998 99 8184424, +998 99 845 3748

E-mailo.mukhitdinov@new.polito.uz; e76dilshod@gmail.com

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi 17-uy.

Mas’ul shaxslar: Mavlyanov Dilshod, Muhitdinov Otabek.




Universitet ma’muriyati va talabalar “oltin” talabalik davri tarafdori!

Joriy yilning 21-iyul kuni Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rahbariyati va talabalar uyushmasi faollari o’rtasida Zoom platformasi orqali onlayn suhbat bo’lib o’tdi.

Ushbu konferentsiyada rektor vazifasini bajaruvchi Inoyatxo’jaev J.Sh., yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor Ashurov A.A., Yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i Allamova G.A., Matbuot kotibi Ibrohimzoda N.B va universitet talabalari nomidan qatnashgan talabalar uyushmasi faollari so’zga chiqdilar.

Suhbat davomida talabalarning o’qish jarayoni haqida, ijod va san’at xonasini johozlash, shuningdek yozgi ta’til paytida iqtidorlar tanlovlarini o’tkazish va talabalarni o’qish davrida akademik va akademik bo’lmagan yutuqlari bo’yicha rag’batlantirish tizimini ishlab chiqish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi.

Ko’rib chiqilgan barcha masalalar yaqin orada amalga oshirilishi kutilmoqda. Universitet ma’muriyati va talabalarning birgalikdagi faoliyati universitetda unutilmas “oltin” talabalik davrini tashkil qilish uchun katta qadam bo’ladi degan umiddamiz.




Toshkentdagi Turin politexnika universitetining birinchi prorektori universitetning rektor vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi hukumatining (420-son 03.07.2020y.) qarori bilan Inoyatxodjaev Jamshid Shuxratullayevich Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining rektor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Eslatib o’tamiz, bundan oldin ushbu lavozimni Salomov O’ktam Raximovich egallab kelgan. Joriy yilning 1 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga (PQ-4762-son, 29.06.2020 y.) binoan u oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o’rinbosari bo’lib tayinlandi.

Ushbu lavozimga tayinlanishidan oldin, Inoyatathodjaev Jamshid Shuxratullayevich 2016 yili Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti umumiy texnik fakulteti dekani lavozimida, 2017 yildan boshlab to hozirgi kungacha moliyaviy-iqtisodiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha birinchi prorektor lavozimida ishlab kelgan.




Rektorlarni tayinlash marosimi

Joriy yilning 4 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 07.03.03 yildagi 420-sonli qaroriga binoan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2 ta oliy o’quv yurtlari: Ajou universiteti va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektorlari nitayinlash marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Abduvoxidov A.A., O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri Majidov I.U., O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o’rin bosari Salomov U.R., O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining iqtisodiy masalalar boʼyicha o‘rinbosari S.Buzruxonov va universitet vakillari ishtirok etdilar.

Marosim davomida Muratov Gayrat Azatovich Toshkentdagi Ajou universiteti rektori, Inoyathodjaev Jamshid Shuxratullayevich esa Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.




O’zbekistonda yangi MBA dasturi tashkil etiladi

Malayziyaning Putra Biznes maktabi bilan hamkorlikda Toshkent shahrdagi Turin Politexnika Universiteti MBA dasturlarini joriy etish bo’yicha kelishuvga erishdi.

MBA (Biznes boshqaruvi magistri) dasturida muxandislik soxasida taxsil olgan universitet bitiruvchilari va xozirda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar, tadbirkorlar va kasbiy o’sishga qiziqqan, yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish, strategik fikrlash, shuningdek sifat jihatdan kelajakda yangi rivojlanish bosqichini izlayotgan kadrlarni tayyorlash belgilandi.

Putra biznes maktabi AQSHning AACSB akkreditatsiya agentligi tomonidan akkreditatsiyadan o’tkazilgan.

Putra biznes maktabi Malayziyaning Putra universiteti (UPM) qoshidagi maktab xisoblanadi. Jahonning QS TOP universitetlari reytingida UPM 132 o’rinni egallagan.




Ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda hamkorlik

Joriy yilning 29 iyun kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TPUT) va O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va qashshoqlikni kamaytirish vazirligi huzuridagi Sanoat bozori va ishlab chiqarishdagi mehnat samaradorligini o’rganish markazi yosh olimlarning ta’limini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash, o’quv dasturlari, izlanishlar va innovatsiyalarni takomillashtirishda o’zaro manfaatlarga asoslangan hamkorlik to’g’risida kelishuvga erishildi.

Hamkorlikning maqsadi – tomonlar o’rtasida ta’lim, fan, innovatsiya, mehnat unumdorligini oshirish, yuqori texnologiyali loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi texnologiyalarni sotish va zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni yaratish sohalarida o’zaro manfaatli hamkorlikni o’rnatish.

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishdi va uning umumiy yo’nalishlarini belgilab olishdi. Umid qilamizki, tomonlarning birgalikdagi faoliyati ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va takomillashtirishda katta qadam bo’ladi.

TTPUTTPUTTPU




«O‘zavtosanoat» kompaniyasi mutaxassislari va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan koronavirus pandemiyasiga karshi kurashda innovatsion yechim

Bugungi kunda butun dunyoda avj olayotgan koronavirus pandemiyasi davrida sifatli tibbiy xizmat, xususan zamonaviy yuqori aniqlikdagi sifatli tibbiyot uskunalariga bo‘lgan extiyoj oshib bormoqda.

O‘z navbatida, yurtimizda ham zamonaviy, jaxon standartlaridagi tibbiyot uskunalariga bo‘lgan extiyoj tobora ortib bormoqda.

Jumladan, kasallik og‘ir kechayotgan bemorlarni xayotini saqlab qolishda o‘pkani sun’iy ventilyasiyalash (O‘SV) apparatining o‘rni juda muxum.

Shu sababli koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston tomonidan xorijiy davlatlarning O‘SV apparatlari va test-sistemalari muntazam sotib olinmoqda. Xorijdan sotib olinayotgan bunday tibbiyot uskunalari juda katta mablag‘ni talab etadi. Xususan, Osiyo tarraqiyot banki va Jahon banki tomonidan O‘SV apparatlarini sotib olish uchun 30 million dollar ajratildi.

Butun dunyo tibbiyot xodimlari ushbu kassalik bilan kurashayotgan bir davrda bizning olimlarimiz xam chetda qarab turishgani yo‘q.

Yurtimiz sharoyitidan kelib chiqqan xolda tibbiy uskunalarga bo‘lgan extiyojni qondirish va ularga bo‘lgan sarf-xarajatlarni kamaytirish maqsadida, “O‘zavtosanoat” kompaniyasi mutaxassislari hamda Toshkent shaxridagi Turin politexnika universiteti talabalari birgalikda o‘pkani suniy ventilyasiyalash apparati prototipini yaratishdi.

Apparat texnik xarakteristikalari jahon standartlariga to‘liq javob beradi, kislorod, bosim, namlik va xarorat darajasi sensorlarini o‘z ichiga oladi, bu ko‘rsatkichlar uskuna xotirasida saqlanib qoladi. Shuningdek, mazkur O‘SV apparatida tozalash tizimi mavjud bo‘lib, ishlangan xavo fil’tr orqali o‘tadi, uni almashtirish qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Apparatning yana bir afzalligi uning uzluksiz elektr quvvati manbai bilan jixozlanganligi. Bu apparatnig kamida 7-8 soat uzluksiz ishlashini taminlaydi.

To‘liq o‘zimizda prototipi ishlab chiqilgan mazkur O‘SV apparati tannarxining xorijiy davlatlarning shu kabi uskunalari bilan solishtirganda bir necha barobar arzonligi uning yana bir yutug‘idir.

Shu o‘rinda, shunday og‘ir davrda yurtimizda kasallikni yengib o‘tishda va shifokorlarimizga qulayliklar yaratish va yordam berishda bu kabi ishlanmalar o‘z samarasini beradi degan umiddamiz.




Ramazon Hayit ayyomingiz muborak bo’lsin!

Aziz yurtdoshlar!

Barchangizni, mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Ramazon Hayiti bilan, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti jamoasi nomidan chin qalbimizdan muborakbot etamiz.

Olloh bu oyda qilgan ibodatlarimizni, jumladan tutgan ro’zalarimizni, qilgan sadaqayu-ehsonlarimizni, bajargan amallarimizni dargoxida qabul qilsin.

Ushbu ulug‘ ayyom kunlarida, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni samimiy qutlab, ularga tinchlik, taraqqiyot va farovonlik tilab qolamiz.

Hurmat bilan,

TTPU ma’muriyati!




QABUL 2020-2021

TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING 2020/2021 O‘QUV YILI

BAKALAVRIAT BOSQICHIGA QABUL QOIDALARI VA HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI

1.1. KIRISH

Ushbu reglament Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining (TTPU) Bakalavriat bosqichi uchun qabul qoida va talablarini o‘zida aks ettiradi.

1.2. Yo‘nalishlar va o‘rinlar soni

2019/2020 oʻquv yilida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Bakalavriat bosqichining har bir yoʻnalishi uchun qabul kvotasi quyidagicha taqsimlanadi:

Yoʻnalish nomi o‘rinlar soni

Mashinasozlik texnologiyasi 200
Avtomobilsozlik texnologiyasi 200
Axborot texnologiyalari va sanoatda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (Kompyuter muhandisligi 150
Sanoatda xo‘jalik qurilishi va arxitektura 50
Menejment va sanoat muhandisligi 100

 

1.3. Qabul tartibi va hujjat topshirish muddati

1.3.1. Kirish imtihoni

TTPU tomonidan taqdim etilgan barcha bakalavr dasturlari “mahalliy rejalashtirilgan qabul qilish” tizimiga asoslangan. Talabalar uchun oʻrinlar soni cheklangan boʻlib, belgilangan kvota doirasida oʻrinlar soni toʻlgunga qadar kirish imtihonida eng yuqori ball toʻplagan abiturientlargina oʻqiy oladilar. Kirish imtihonida toʻplangan ball faqat 2020-2021 oʻquv yili uchun amal qiladi.
Kirish imtihonida yuqori ball toʻplagan abiturientlar birinchi bosqichni (tayyorlov bosqichi) o’tkazib yuborishi va ikkinchi bosqichda oʻqishni boshlashlari mumkin, bu 1.4-bo’limda ko’rsatilgan til talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Ariza beruvchi (abiturient) ushbu imkoniyatdan voz kechishga va birinchi bosqichdan o’qishni davom ettirishga haqlidir.

TTPUga qabul, Qabul komissiyasi koordinatori, Oʻquv va Ilmiy ishlar boʻyicha prorektorning qaroriga asosan Rektor buyrug’i bilan tartibga solinadi.

1.3.2. Imtihon sanasi

2020/2021 o’quv yili uchun IKKI MARTA KIRISH IMTIHONI boʻlib oʻtadi:

  • Birinchi imtihon 22 MAY kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da boʻlib oʻtadi (ro’yxatdan o’tish oxirgi muddati – 18 may, nomzodlar maksimal soni – 200). Ushbu imtihon ONLAYN tarzda boʻlib oʻtadi, shuning uchun har bir NOMZOD KOMPYUTER/NOUTBUK VA ISHLAYDIGAN VIDEO KAMERAGA EGA BO’LISHLARI KERAK.
  • Ikkinchi imtihon (nomzodlar soni cheklanmagan) IYUL oyining boshida boʻlib oʻtadi (aniq sanalar va tartibi keyinroq e’lon qilinadi)

1.3.3. 1-BOSQICH On-layn roʻyxatdan oʻtish

On-layn anketa toʻldirish: —->>>

ILTIMOS, ON-LAYN ANKETANI TO`LDIRISHDA USHBU YOʻRIQNOMADAN FOYDALANING YOKI VIDEONI TOMOSHA QILING.

 

 

 

1-bosqichdan o’tish majburiy bo’lib, abiturientlar ushbu bosqichni amalga oshirmay 2-bosqichga o’ta olmaydilar!

2-bosqich – Kirish jarayonining shaffofligini ta’minlash uchun, karantin paytida, 1-bosqichni tugatgandan so’ng, ariza beruvchi (abiturient) pasportining elektron nusxasini quyidagi manzilga yuborishi kerak: admission.polito.uz.

Agar karantin muddat tugashidan oldin tugasa (ya’ni, birinchi sinov uchun 18 mayda), qabul komissiyasi nomzodlarning barmoq izlari va fotosuratini oladi. Buning uchun abiturient pasport, oʻrta va oʻrta maxsus ta’lim haqidagi hujjat – attestat, diplom, diplom olinmagan boʻlsa – oʻqishni tugatganligi haqida ma’lumotnoma (asli nusxasi) bilan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga kelishlari shart. Abiturientning barmoq izi olinib u rasmga tushirilgandan soʻng barcha hujjatlar qaytariladi. (Manzil: Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Toshkent 100095; Moʻljal: Talabalar shaharchasi, eski Nukus Kinoteatri, “Asia.uz” savdo markazi)

On-layn shaklni oʻz vaqtida toʻldirmagan, barmoq izlari va rasmga tushgani kelmagan abiturientlar kirish imtihonlariga qoʻyilmaydi!

1.3.4. O’tgan yili kirish imtihonidan o’tgan abituriyentlar uchun
COVID-19 tufayli biz o’tgan yilgi kirish imtihonlarida qatnashgan ABITURIYENTLARGA NOYOB IMKONIYATni taqdim etamiz. O’tgan 2019/2020 oʻquv yili kirish imtihonida, abituriyent tomonidan toʻplangan bali bu yil uchun ham HAQIQIY deb hisoblanadi va ushbu abituriyentlar Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga 2020/2021 o’quv yilida KIRISH IMTIHONLARISIZ QABUL QILADI.

1.3.5. Onlayn test (on-line)

Kirish imtihonlari test shaklida boʻlib, qiyinlik darajasi Oʻzbekiston Respublikasi umumiy oʻrta ta’lim oʻquv dasturi darajasida boʻladi.

Onlayn (on-line) test quyidagilardan iborat:
Matematika:                            18 ta savol (40 daqiqa).
O’qib tushunish:                       6 ta savol (12 daqiqa).
Mantiq:                                      6 ta savol (12 daqiqa).
Fizika:                                       12 ta savol (26 daqiqa)

On-line test 42 SAVOLDAN iborat boʻlib, 90 DAQIQA davom etadi. Barcha savollar 5 ta javoblar variantidan iborat boʻlib, ulardan bittasi toʻgʻri.

Tanlangan javoblar quyidagicha baholanadi:

1 ball       –    agar toʻgʻri javob tanlansa (1 ball qoʻshiladi)
0.25       –    notoʻgʻri javob tanlansa (toʻplangan balldan 0.25 ball ayirib tashlanadi)
0 ball        –   javob tanlanmagan boʻlsa (ball yoʻqotmaysiz)

 

Barcha fanlar boʻyicha test ingliz tilida oʻtkaziladi!

1.3.6. Test natijalari

Abiturientlar to’plagan ballarini onlayn testni yakunida bilib oladilar. Abiturientlarning to’liq ro’yxati to’plagan ballarning (imtihon natijalarining) foiz ko’rsatkichidagi ketma-ketligi kirish testidan keyin bir yoki ikki hafta ichida e’lon qilinadi.

Imtihon natijalari e’lon qilingandan soʻng oʻqishga tavsiya qilingan abiturientlar quyidagi hujjatlarni Qabul komissiyasiga topshirishlari shart:

  • Ariza: ariza belgilangan tartibda toʻldirilishi va Qabul Komissiyasi mas’ul xodimi huzurida imzolanishi kerak;
  • Passport (asli va nusxa) – hujjatning asli qaytarib beriladi;
  • 3×4 oʻlchamdagi 4 ta rangli fotosurat;
  • 1 ta papka (skoro shivatel), o’rta o’lchamdagi konvert;
  • Oʻrta va oʻrta maxsus ta’lim haqidagi hujjat – attestat, diplom va ilovasi;
  • IELTS sertifikati kamida 5.5 ball (boshqa turdagi ingliz tili sertifikatini topshirish boʻyicha ma’lumotlar bilan 1.4 boʻlimda tanishib chiqing).
    Hujjatlar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Qabul Komissiyasi tomonidan Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Toshkent 100095 manzili boʻyicha qabul qilinadi. (Moʻljal: Talabalar shaharchasi, eski Nukus Kinoteatri, “Asia.uz” savdo markazi).

1.3.7. Kirish imtihonidan ozod etilish shartlari (chet el fuqarolari-abiturientlari uchun)

Bu boʻlim quyida koʻrsatilgan sertifikatlarga ega boʻlgan chet el fuqarolariga tegishli. Agar abiturientlar quyida koʻrsatilgan sertifikatlardan biriga ega boʻlsa va uning natijasi jadvalda koʻrsatilgan natija bilan bir xil yoki undan ortiq boʻlsa, ular 1.3.1 boʻlimiga asosan birinchi bosqichni oʻqimay 2-bosqichdan oʻqishni boshlashlari mumkin. Bu haqidagi yakuniy qarorni Qabul komissiyasi va uning koordinatori, oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha prorektor beradi. Kirish imtihonlarini topshirish majburiy boʻlgan davlatlar uchun imtihonni topshirganligini tasdiqlovchi maxsus sertifkat taqdim etilishi shart.
Certificates considered equivalent to the admission test (the following number refers to the grading equal to or higher than the threshold: 60/100)

GRE (General Test) with a minimum score of 153 in the “Verbal” section and 144 in “Quantitative” section and any score in the “Analytical Writing” section

GMAT with a minimum score of 500 in the two sections “Verbal” and “Quantitative”, with any score in the “Analytical Writing” section.
SAT SAT Reasoning test (section “Evidence-Based Reading and Writing” and section “Math” with a minimum score of 500 points in each section) and SAT Subject Test (section “Physics Level 1 or 2” and section “Mathematics Level 1 or 2” with a minimum score of 500 points in each section). The two sections “Evidence-Based Reading and Writing” and “Math” of the SAT Test can be replaced by the ACT Test with a minimum score of 20.

1.4. Ingliz tili sertifikati

TTPU ning birinchi bosqichiga qabul qilinish uchun abiturientlar 4.5 balldan kam boʻlmagan IELTS sertifikati ( akademik) ga ega boʻlishlari shart.
COVID-19 KARANTINI TUFAYLI, BIRINCHI BOSQICHGA QABUL QILINGAN ABITURIYENTLAR IELTS SERTIFIKATLARINI O’QUV YILI DAVOMIDA TAQDIM ETISHLARI MUMKIN.

TTPU ning ikkinchi bosqichida taxsil olish uchun 5.5 yoki undan yuqori boʻlgan IELTS sertifikati ( akademik) talab qilinadi. COVID-19 KARANTINI TUFAYLI, IKKINCHI BOSQICHGA QABUL QILINGAN ABITURIYENTLAR IELTS SERTIFIKATLARINI 2020 YILI OHIRIGA QADAR TAQDIM ETISHLARI MUMKIN.

TTPU da IELTS sertifikati ( akademik) oʻrniga ekvivalent sifatida tan olinadigan sertifikatlar roʻyxati: https://didattica.polito.it/cla/en/certificates.

1.5. TTPU da ta’lim olish uchun toʻlov miqdori.

Bir akademik yil Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ta’lim olish uchun toʻlov miqdori 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil etadi.

QOʻSHIMCHA MA’LUMOT UCHUN

On-layn anketani toʻldirish, ariza yoki boshqa turdagi ma’lumotlar yuzasidan qoʻshimcha ma’lumotlar uchun bevosita Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining quyidagi keltirilgan manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

Elektron manzil: admission@new.polito.uz

Telefon raqamlari: 71 246-63-48, 71 246-80-52

Ish kunlari: Dushanba-Juma (09:00-18:00)