Yoshlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha davra suhbati bo’lib o’tdi
Joriy yilning 25-oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida yoshlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistraturasi tinglovchilari podpolkovnik Baxramov Akmal Abdulxayevich, podpolkovnik Aydarov Arman Agzamxanovich, TTPU rahbariyati va 300 ga yaqin talabalari ishtirok etdi.
💠Tadbir davomida narkotik va psixotrop moddalar isteʼmoli turli yomon oqibatlarga olib kelishi, diniy aqidaparastlik va ekstremistik oqimlariga kirmaslik, kiberjinoyatchilar tuzogʻiga tushib qolmaslik, xususan, shaxsiy maʼlumotlarni begona insonlarga taqdim etmaslik, tavakkalchilikka asoslangan turi xil qimor oʻyinlarida ishtirok etmaslik haqida soʻz bordi va yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan shu kabi huquqbuzarlik va jinoyatlarni video materiallar bilan hayotiy misollar keltirib, talabalarni ogohlikka chaqirildi. Shuningdek, mavzu yuzasidan talabalar tomonidan berilgan savol, taklif hamda mulohazalari tinglanib, ularga aniq javob va koʻrsatmalar berildi.
🟢Davra suhbati soʻnggida 25-oktyabr — O’zbekiston ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan mehmonlar va universitetda xizmat olib borayotgan xodimlariga tabrik bildirilib esdalik sovgʻalari topshirildi.