1

2024 YIL UCHUN MAGISTRATURAGA QABUL OCHILDI

Agar Siz Yevropa standartlariga javob beradigan bilim olishni istasangiz, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining magistratura bosqichiga o‘qishga kirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Bu yerda siz o‘z orzularingizni ro‘yobga chiqarib, muhandislik va biznesni boshqarish sohasida zamon talablariga mos mutaxassis bo‘lishingiz mumkin. TTPUda har bir bo‘lajak mutaxassis uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy bilimlarni egallash uchun barcha imkoniyatlar mavjuddir. 

Joriy oʻquv yilida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalarni quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha magistraturada oʻqishni davom ettirishga chorlaydi:

  • “Axborot va aloqa muhandisligi” (Information and Communication Engineering): Kvota: 25

•    “Tarixiy obidalarni restavratsiya qilish va saqlash” (Restoration and Conservation of Historical Monuments): Kvota: 25 ta

•    “Biznesni boshqarish” (Master of Business Administration — MBA): Kvota: 100

Bo‘lajak magistrlar bakalavr diplomini va ingliz tilini kamida B1 darajasida bilish sertifikatini taqdim etishlari kerak. Magistraturani muvaffaqiyatli tamomlagan magistrlarga Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining diplomi beriladi.

Magistraturada o‘qishga talabgorlar 2024-yil 25-avgustga qadar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti sayti (https://polito.uz/qabul/) orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va saytda ko‘rsatib o‘tilgan tegishli hujjatlarni yuklashlari kerak.

Magistraturaga qabul tanlov asosida amalga oshiriladi.




Joriy yilning 9 va 10-iyul kunlaridagi kirish imtixonlari natijalari e’lon qilindi




Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (keying o‘rinlarda “universitet”) abituriyentlari uchun “Omadli talaba” sovrinli o‘yini

Ishtirok etish shartlari:

1. Abituriyent universitet bilan o‘qishga qabul qilinganlik to‘g‘risida shartnoma imzolagan bo‘lishi;

2. Eng kamida shartnomada belgilangan kontrakt summasining 25%ini to‘lagan bo‘lishi kerak.

Sovrinlar:

100%lik grant (Shartnoma summasidan 100% chegirma) kirish imtixonida 50dan 80 ballgacha to‘plagan abituriyentlar orasida
50%lik grant (Shartnoma summasidan 50% chegirma) kirish imtixonida 25dan 50 ballgacha to‘plagan abituriyentlar orasida

o‘ynaladi.

O‘tkazilish shartlari va muddatlari:

Sovrinli o‘yin bir oyda bir martta o‘tkaziladi. Sovrinli o‘yinda qatnashib, g‘olib bo‘lmagan ishtirokchilar keying oylarda o‘ynaladigan sovrinli o‘yinlarda o‘zlarining imkoniyatlarini saqlab qoladilar. G‘olib bo‘lgan ishtirokchilar qayta ishtirok eta olmaydilar.

Sovrinli o‘yin o‘tkazilish kunlari:

1 05.07.2024
2 03.08.2024
3 07.09.2024
4 04.10.2024

Har oyda bo‘lib o‘tadigan sovrinli o‘yin o‘tkazish kunlari universitetning rasmiy web-sayti hamda universitet mas’ul xodimlari tomonidan har oyning so‘ngida ishtirok etish shartlarini bajargan abituriyentlarga telefon qo‘ng‘iroq orqali ma’lum qilinadi.

*Sovrinli o‘yin universitet tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan dam olish va bayram kunlarini hisobga olgan holda, shuningdek universitetga bog‘liq bo‘lmagan holatlarning yuzaga kelishi hollarida o‘zgartirilishi mumkin.

G‘olib ishtirokchini aniqlash:

G‘olibni aniqlash tartib raqamlarni tasodifiy aniqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.

G‘olib jonli efirda aniqlanadi.




BANK REKVIZITLARI O’ZGARTIRILDI

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti bank rekvizitlari o’zgarganini ma’lum qilamiz.

Yangi bank rekvizitlari:

Bank: AJ “InFinBank” Amaliyot boshqarmasi

Bank manzili: Toshkent sh., Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘cha, 18-b uy

H/r (so‘m): 20208000504790690001

MFO: 01041

INN: 301 249 598




Turin olimpiadasida ishtirok eting

Noutbuk yutib olib, muhandislik boʻyicha eng nufuzli universitetga imtihonsiz kirishni xohlaysizmi?

Turin politexnika universitetining 15 yilligi munosabati bilan 11-sinf va litsey 2-kurs oʻquvchilari oʻrtasida matematika fanidan respublika olimpiadasi tashkil etiladi.

🔆Sovrin:

🥇 1-o’rin: Noutbuk va TTPUga imtihonsiz kirish imkoniyati;

🥈 2-o’rin: TTPUga 3’000’000 so‘mlik vaucher va imtihonsiz kirish imkoniyati;

🥉 3-o’rin: TTPUga 2’000’000 so‘mlik vaucher va imtihonsiz kirish imkoniyati;

📆#turin_olimpiadasi 2 bosqichda boʻlib oʻtadi:

1-bosqich 13-aprel kuni soat 09:00 dan 21:00 ga qadar online formatda;
2-bosqich 27-aprel kuni soat 09:00 dan 12:00 ga qadar TTPU binosida.

📌Manzil: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti

🔗Olimpiada qoidalari bilan ushbu havola (https://polito.uz/olympiad-rules) orqali tanishib chiqing.

❗️ Ishtirok etish mutlaqo bepul!

🗓Ro‘yxatda o’tish muddati 12-aprelgacha.

📲 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: ➡️ @turinolimpicsbot

turin_olimpiadasi #15yil




Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti huzuridagi Ph.D.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash asosida 05.08.06 – “G’ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi bo’yicha tuzilgan Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (Ph.D.) ilmiy darajasiga talabgor

Sharipov Alisher Kalbaevichning “Vodorod-benzin yonilg’isida ishlaydigan avtomobillar motor moyining chegaraviy ish muddatini asoslash” mavzusidagi dissertatsiya ishini muhokamasi 2024 yil 16 aprel kuni soat 10.00 da onlayn (havola) va oflayn shaklida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Bosh binosining 2-qavat, MAJLISlar xonasida bo’lib o’tishini Sizga maъlum qilamiz.

Masofaviy ishtirok etish uchun quyidagi xavola:

https://us02web.zoom.us/j/83483790367?pwd=VzhwWHFBTmtESjZobms2TTdHUmVKdz09

Konferentsiya identifikatori: 834 8379 0367

Kirish kodi: 1111




TTPU rektorining Italiyaga xizmat safari

TTPU rektorining Italiyaga xizmat safari
2024 yilning18-22-fevral sanasiga qadar Italiyaning Politecnico di Torino universiteti rahbarlari bilan kelgusidagi oʻzaro hamkorlik rejalarini muhokama qilish va “CARS” ilmiy-tadqiqot markazida elektromobillar boʻyicha amalga oshirilgan tadqiqotlar bilan tanishish hamda “IVECO Trucks” korxona vakillari va ishbilarmon doiralari bilan bir qator uchrashuvlar oʻtkazish maqsadida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori O.A.To’ychiyev, Strategik rivojlantirish va xalqaro aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi – T.F.Maxamatxo‘jayev bilan birga Italiya Respublikasiga xizmat safariga jo‘nab ketadi.




Malakaviy imtihon topshirish uchun nomzod

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida 2023-yil 15-Dekabr soat 11:00 da 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” mutaxassisligi bo‘yicha doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihon bo‘lib o‘tadi.

Malakaviy imtihon topshirish uchun nomzodlar:

Abdusattorov Nodirjon Abdujalil o’g’li




Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti zarur laborator asbob-uskunalar xaridi bo’yicha tender e’lon qiladi

Tender muddati, tender universitetning internet portalida eʼlon qilingan kundan boshlab 10 kalendar kuni deb belgilanadi.

Ilovada zarur laborator asbob-uskunalarning texnik shartlari keltirib o’tilgan

Tenderda ishtirok etish uchun quyidagi talablar qoʻyiladi:

  • tashkilotning Davlat idoralari roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma mavjudligi;
  • korxona-tashkilotning faoliyat turi mosligi;
  • shu sohada kamida 3 yildan buyon faoliyati yuritishi;
  • laborator jihozlarni yetkazib berishda tajribaga egaligi;
  • insofsiz ijrochilarning yagona roʻyxatida joylashmaganligi;
  • soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha qarzlar mavjud emasligi.

Takliflar 100095, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik halqa koʻchasi, 17 uy, manzilida tender tashkilotchisi tomonidan qabul qilinadi.

Tender takliflarini ochish, tender muddati yakunlangandan so’ng 5 ish kunida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hududida, xarid komissiyasining yigʻilishida boʻlib oʻtadi.




Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi Ph.D.22/01.02.2022. T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 05.01.08 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar

2023 yil 27- noyabr soat 14-00 da Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Ma’muriy binosining 2-qavat, MAJLISlar xonasida, 05.01.08 – “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” ixtisosligi bo’yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D.) ilmiy darajasiga talabgor Alishev Sherqo’zi Abdumannonovichning “Ko’p bosqichli o’zgaruvchi parametrli ob’ektlarni adaptiv boshqarish algoritmlari” mavzusida dissertatsiya ishi muhokamasi uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ph.D.22/01.02.2022. T.144.01 raqamli Ilmiy seminar majlisi bo’lib o’tadi.

Sana: 2023- 27 Noyabr

Vaqt: 2 p. m. (10.00 a. m. Italiya vaqti)

Joy (joyida): Majlislar xonasi, ma’muriy bino

Joy (onlayn): Zoom uchrashuviga qo’shiling

https://us02web.zoom.us/j/81697734071?pwd=cVErRWtsV1Z1RjNPSUlabTA1VnhnZz09

Konferensiya identifikatori: 816 9773 4071

Кirish kodi: 1111




Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi Ph.D.22/01.02.2022. T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar

20-noyabr kuni soat 14.00 da Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Ma’muriy binosining 2-qavat, MAJLISlar xonasida, 05.08.06 – G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʻyicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D.) ilmiy darajasiga talabgor Mavlonov Jamshid Ro’ziboyevichning “Yengil elektr avtomobil yuritmasining komponentlarini tanlash uslubini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi Ph.D.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisi bo’lib o’tadi.

Sana: 2023 yil 22 noyabr

Vaqt: 14:00. (Italiya vaqti bilan 10:00)

O’tkazish joyi (universiteti hududida): konferensiya zali, ma’muriy bino.

Joylashuv (onlayn): Zoom uchrashuviga qo’shilish uchun.

https://us02web.zoom.us/j/81768601756?pwd=ZlI0cjdORzhjU2oyYkF2OEdjMHFjZz09

Meeting ID: 817 6860 1756

Passcode : 1111

PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli

Ilmiy Kengash qoshidagi

Ilmiy seminar raisi                                                                          K.A. Sharipov




Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida sogʻlom ovqatlantirishni keytering usulida tashkil etish boʻyicha TENDER EʼLON QILADI

  • Buyurtmachi: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti
  • Buyurtmachini manzili va telefon raqami: 100095. Toshkent sh. Olmazor tumani, Kichik halqa yoʻli 17-uy. Email: info@polito.uz, tel/faks +99871 246-70-82

–   Tender tili: O‘zbek, Rus

–   Tenderga taklif yuborish: Yopiq konvert koʻrinishida

–   Tender muddati: 2023-yil 24-noyabr, soat 17:00 gacha

–   Bogʻlanish uchun masʼul shaxs: Yuldoshev Baxrom +99890 957-78-00

    Buyurtmachining talablari:  

  1.  Insofsiz ijrochilar Yagona reyestrida qayd etilmaganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma (tasdiqlovchi hujjat);
  2. Keytering usulida ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha shartnomaning kamida uch oylik summasiga teng aylanma mablagʻlari mavjudligi;
  3. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan qarzdorligi mavjud emasligi; (DSI maʼlumoti);
  4. Keytering tashkilotining moddiy texnik bazasi toʻgʻrisida maʼlumot.
  5. Tanlovda (tenderda) ishtirok etish uchun kamida bir oy oldin tegishli tashkilotlardan soliq qarzdorligi, toʻlovlar, boshqa majburiy toʻlovlar va moliyaviy sanksiyalarning mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot;
  6. Sanitariya qonunchiligiga rioya etilish boʻyicha laboratoriya, mikrobiologiya ekspress (tezkor) test nazorati xizmati bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
  7. Umumiy ovqatlanish sohasida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan boʻlishligi;
  8. Toʻgʻri ovqatlanishni tashkil etish yuzasidan taomlarni tayyorlash texnologiyasi boʻyicha kamida 3 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan malakali mutaxassislarning mavjudligi (muhandis-texnolog, allergolog, diyetolog, gastroentolog, terapevt vrach, oshpazlar);
  9. Injener-texnologiya yoki texnologiya xizmati koʻrsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma; (diplom, tibbiy koʻrikdan oʻtganligi, tashkilotda ishlash toʻgʻrisida maʼlumot);
  10. Oshpazlar haqida maʼlumot; (diplom, razryad, sertifikat, tibbiy koʻrigidan oʻtganligi va tashkilotda ishlayotganligi toʻgʻrisida buyruqdan koʻchirma);
  11. Korrupsiyaga yoʻl qoʻymasligi toʻgʻrisida ariza.
  12. Keytering tashkiloti oshpazlari tomonidan taom tayyorlash texnologik qoidalariga rioya qilinishi va oshpazlarni oʻrnatilgan tartibda malaka oshirishni nazoratga olish.
  13. Xarid qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar sifatligi, foydalaniladigan texnologik jihozlar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligi hamda yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari yaroqliligi haqida laboratoriya xulosasi mavjudligi.

        Taqdim etilishi kerak boʻlgan qoʻshimcha maʼlumot:

  • Bir haftalik tushlik menyusi va taomlar narxi, porsiya ogʻirligi;
  • Taqdim etiladigan idish-tovoq, jihozlar va boshqalar;
  • Oshxonani rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha takliflar va rivojlantirish strategiyasi;
  • Tavsiyanoma xatlar (oldingi yoki hozirgi hamkorlardan).

Universitet tomonidan keytering xizmati uchun quyidagi sharoitlar mavjud:

  • Universitet hududida joylashgan 466m² oshxona:
  • Umumiy oʻrindiqlar soni 200 ta:
  • Oziq-ovqatlarni saqlash uchun maxsus ombor:
  • Keytering xizmatchi xodimlari uchun maxsus ish joyi:
  • Taom tayyorlovchi uskunalar:



Biznes boshqaruvi – Menejment yo‘nalishi bo’yicha abituriyentlar ro’yxati (Faza 3)

Hurmatli abituriyentlar, 2023-yil 26-avgust, shanba kuni “Menejment”yo’nalishi bo’yicha abituriyentlar ro’yxati va kirish imtihonining tegishli vaqtlari bilan tanishing. Iltimos, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID) va kirish imtihoni uchun to’lov kvitansiyasini olib keling.

.Imtihon jarayonining shaffofligiga rioya qilish maqsadida, imtihonning oxirida natijalar har bir abituriyentning kompyuter ekranida ko’rsatiladi. Ertangi imtihonda o’tish ballidan yuqori, 15 balldan yuqori ball to’plagan abituriyentlar 28 avgustdan boshlab Marketing bo’limidan (102-xona) o’z shartnomalarini olishlari mumkin.




📣 Hurmatli talabalar 📣

Quyidagi yo’nalishlarda 2023-2024 o’quv yili uchun to’lov shartnoma miqdori o’zgarganini e’lon qilamiz

P.S. Agar o’quv shartnoma miqdorini to’liq to’lash 2023 yil 1-sentyabrgacha amalga oshirilsa, shartnoma miqdori 2022-2023 o’quv yili kabi bo’ladi (Italiya yo’nalishlar – 28,500,000, o’zbek yo’nalishlar – 19,200,000).

TTPU



❗️DIQQAT❗️

Quyida keltirilgan talabalar keyingi bosqichga o’tish uchun yetarlicha kredit to’play ololmaganlari sababli, tegishli kursda 2023-2024 o’quv yilidan qayta o’quvga qoldirildi !

FIRST LEVEL (BM-PY)

SECOND LEVEL (SE-AD-BM)

THIRD LEVEL (SE-AD)




Biznes boshqaruvi – Menejment yo‘nalishi uchun uchinchi faza kirish imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

📣HURMATLI ABITURIENTLAR!
Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga (“Biznes boshqaruvi – Menejment”) yo’nalishi uchun uchinchi faza kirish imtihonlariga ro’yxatdan o’tish BOSHLANDI!

❗️Ro’yxatdan o’tish muddati 2023-yil 23 avgustgacha.
✍️Imtihon sanasi: 2023 yil 26 avgust.

📞71-246-80-51; 71-246-80-52




Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti 2023/2024 o‘quv yili uchun professor  o‘qituvchilarni dars berish bo‘yicha bо‘sh (vakant) о‘rinlariga tanlov e’lon qiladi:

I “Avtomatik boshqaruv va kompyuter” kafedrasiga quyidagi fanlar bo‘yicha:

1. Applied electronics and measurement (5 kredit)

2. Software Project Management (6 kredit)

3. Software quality assurance (6 kredit)

4. Software Architecture (6 kredit)

5. Basics of cybersecurity (6 kredit)

6. Software for Sustainable Development (6 kredit)

7. Digitalization (Digital Business Platforms) (6 kredit)

8. Human-computer interaction (8 kredit)  

9. Data Mining (6 kredit)

10. Mobile Apps (Native and Web) (6 kredit)

11. Game development (6 kredit)

12. Fundamentals of Technological Change (6 kredit)

13. Enterprise Data Management (6 kredit)

II “Arxitektura va Qurilish” kafedrasiga quyidagi fanlar bo‘yicha:

1. Construction Project Management (6 kredit)

2. Building Information and Modelling (BIM) (6 kredit)

3. Transportation Systems (6 kredit)

4. Building Planning and Design 3 (6 kredit)

5. Introduction to Urban Planning (6 kredit)

6. Architectural Conservation (6 kredit)

III “Menejment, Iqtisod va Gumanitar” fanlar kafedrasiga quyidagi fanlar bo‘yicha:

1. General Psychology (6 kredit)

2. Industrial Economics (6 kredit)

3. Principles of Macroeconomics (6 kredit)

4. Introduction to Business Law (6 kredit)

5. Entrepreneurship and Creativity in Art and Life (ELECTIVE) (6 kredit)

6. Labor Economics (ELECTIVE) (6 kredit)

7. Management and Organizational Behavior (6 kredit)

8. International Business (6 kredit)

9. Quantitative Decision Making (6 kredit)

10. Business Finance (6 kredit)

11. Quality Management (6 kredit)

12. Entrepreneurship and small business management (ELECTIVE) (6 kredit)

13. Fraud Examination (ELECTIVE) (6 kredit)

Eslatma 1 kredit 13-15 soatni tashkil qiladi.

Talabgorlarga bo‘lgan minimal talablar:

1) • Resume/C.V.

2) Magistr diplom

3) PhD diplomi

4) DSc diplomi

5) Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat

Nomzodlarni saralash suxbat va ochiq dars orqali amalga oshiriladi. Universitet komissiyasi suxbatidan muvoffaqiyatli o‘tgan professor o‘qituvchilar ishqa qa’bul qilinadi.

Tanlovda qatnashishni xohlagan professor o‘qituvchilar 2023 yil 20 avgustga qadar quyidagi ilova orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin:

Murojaat uchun telefon: (71) 246-63-95




❗️DIQQAT

Ish haqi va kommunal xizmat tolovlarining oshganligini inobatga olgan xolda, hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Vasiylik kengashi a’zolarining yig‘ilish bayonnomasiga asosan, 2023/2024 o’quv yilidan
*️⃣Dasturlash muhandisligi
*️⃣Arxitektura va dizayn
ta’lim yo’nalishlari barcha bosqichlarida (2,3 va 4-bosqich), bir o’quv yili uchun shartnoma to’lovi 22 000 000 (yigirma ikki million) so’m qilib belgilandi.




FAKULTETLAR BO`YICHA TO`LIQ GRANTLAR (1-2-BOSQICH):




Bank ma’lumotlari o’zgardi

Yangi bank rekvizitlari:
Bank: TIF Milliy Bank. AJ “Olmazor” BXM
Bank manzili: Toshkent sh., Olmazor tumani, Qoraqamish-2, 54
H/r: 20208000204790690001
MFO: 00450
INN: 301249598
OKED: 85420
Valyuta hisob raqami: 20208978204790690003 (EUR €)
Valyuta hisob raqami: 20208840904790690003 (USD $)
SWIFT: NBFAUZ2XXXX