Kirish imtihonlari (1-bosqich) natijalari e’lon qilindi!
Hurmatli abituriyentlar, 2022-2023 oʻquv yili uchun KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ! Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz! 2022-yil 13-mayda boʻlib oʻtgan kirish imtihoni natijalariga koʻra, abituriyentlar beshta toifaga boʻlingan: BIRINCHI TOIFA: 80,00 va undan yuqori ball toʻplaganlar nafaqat ikkinchi kurs (First Level)ga oʻqishga kiradilar, balki GRANT ham olishadi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2022-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari kerak *. Ushbu toifada oʻqish toʻlovi mavjud emas. IKKINCHI TOIFA: 70.00 va undan yuqori, ammo 80.00 dan past ball toʻplaganlar, toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi kurs (First Level)ga qabul qilinadi va…