1

Buyuk muhandis bo’lib tug’ilishmaydi, balki ularga Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida aylanishadi!

Diqqat!!!

Hurmatli abituriyentlar!

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga birinchi faza kirish imtihonlariga ro’yxatdan o’tish davom etmoqda!

Onlayn ro’yxatdan o’tish muddati 2021-yil 16-maygacha, oflayn ro’yxatdan o’tish esa 2021-yil 18-mayga qadar uzaytirildi.
IMTIHONLAR 2021-YIL 21-MAY KUNI UNIVERSITET BINOSIDA BO’LIB O’TADI.

Batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali topishingiz mumkin:
http://new.polito.uz/uz/qabul-2021-2022/

📩 Elektron pochta manzilimiz: admission@new.polito.uz
📞 Bizning telefonlarimiz: +99871 246-80-51, +99871 246-80-52
📍Manzilimiz: Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Olmazor tumani, Toshkent 100095, O’zbekiston (Moʻljal: Talabalar shaharchasi, oldingi Nukus Kinoteatri, “Asia.uz” savdo markazi).




Buyuk G’alaba Kuni muborak!

Aziz vatandoshlar!

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rahbariyati va xodimlari sizlarni chin yurakdan bugungi bayram 9-may – Xotira va qadrlash kuni, Buyuk G’alaba kuni bilan muborakbod etadi!

Shafqatsiz va mashaqqatli urushning og’ir yo’llarini bosib o’tgan ota-bobolarimiz tomonidan urushdan keyingi avlodlarga in’om etilgan TINCHLIK va OZODLIK hozirgi kunda bizning mamlakatimiz hayotining asosidir.

Yillar o’tgan sari, avlodlar almashadi, lekin Buyuk G’alaba xalqimizning milliy g’ururi, harbiy shon-sharafi va uning jasurligi ramzi sifatida qalbimizda qoladi.

Faxriylar safi tobora kamayib bormoqda, ammo ularning ismlari va ko’rsatgan jasoratlari bizning xotiramizda abadiy qoladi.

Sizlarga, oilangiz va yaqinlaringizga chin dildan sog’lik va farovonlik, tinchlik va barqarorlik, vatanparvarlik va yurtimizning porloq kelajagiga cheksiz ishonch tilaymiz!

Hurmat bilan,
TTPU ma’muriyati




LINKEDIN va TWITTERda ham bizni kuzatib boring!

Do’stlar!

Sizni ajoyib yangilik bilan xursand qilmoqchimiz! Endi Telegram, Instagram, Facebook va YouTubedagi sahifalarimizdan tashqari, LINKEDIN va TWITTERda rasmiy sahifalarimiz mavjud!

Barcha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining (http://new.polito.uz/uz/) barcha voqealari va yangiliklaridan xabardor bo’ling!




2021-2022 o’quv yili uchun qabul boshlandi!

▪️ O’zbekistondagi nufuzli texnik universitetlardan birida o’qishni istaysizmi?
▪️ Yevropa standartlari asosida ta’lim olishnichi?
▪️ Italiyaning yetakchi universitetining dunyo tan olgan diplomiga sazovor bo’lishnichi?
▪️ chet ellik professorlar tomonidan ta’lim olishni va chet ellik do’stlaringiz bo’lishinichi?
▪️Xorijiy filmlarda ko’rgan chet el universiteti muhitidan zavqlanishnichi?
▪️ innovatsion g’oyalaringiz va loyihalaringizni amalga oshirishnichi?
▪️ bilimlaringizni amalda qo’llash uchun zamonaviy uskunalar va mashinalar bo’lishinichi?
▪️ Italiya, Germaniya, Yaponiya va boshqa mamlakatlardagi talabalar almashinuv dasturlari yordamida bilimlaringizni oshirishnichi?
▪️ akademik, ijtimoiy va madaniy talabalik davrini unutilmas qilib o’tkazishnichi?

Agar hech bo’lmaganda, savollardan bittasiga javobingiz “Ha!” bo’lsa, unda
Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga marhamat!

2021-2022 o’quv yiliga qabul boshlandi!

Bu yil bizda 50 ta grant joylari mavjud!
Shunday ekan hujjat topshirishga shoshiling!

Birinchi bosqich qabul imtihonlari uchun ro’yxatdan o’tish muddati 2021-yil 16-may.

Batafsil: http://new.polito.uz/uz/qabul-2021-2022/




Ramazon Muborak!

Aziz do’stlar!

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti Sizni kirib kelgan muqaddas Ramazon oyi bilan muborakbod etadi.

Xonadoningizdan sog’lik-salomatlik, fayz-u baraka, oilaviy baxt, yuzingizdan tabassum, qalbingizdan mehr-muhabbat va yaxshiliklar hech qachon arimasin. Barcha qilayotgan ibodatlaringizni Alloh qabul aylasin!




Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida fan olimpiadalari o’tkaziladi!

Hurmatli talabalar!

2021-yil 7-9 aprel kunlari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti talabalari o‘rtasida matematika, fizika va kimyo fanlaridan universitet fan olimpiadalari bo‘lib o‘tadi.

✅07.04.2021, soat 15:00 da – Kimyo fanidan (207-auditoriya).

✅08.04.2021, soat 15:00 da – Matematika fanidan (207-auditoriya).

✅09.04.2021, soat 15:00 da – Fizika fanidan (207-auditoriya).

Barcha xohlovchilarni olimpiadalarda kutib qolamiz va barcha ishtirokchilarga Omad tilab qolamiz!




🌸Navro’z – bahor va yangilanish bayrami!🌸

Ushbu go’zal va mehribon bayramda Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti Sizni ushbu ajoyib kun bilan samimiy muborakbod etadi va Sizga va yaqinlaringizga sog’lik-salomatlik va baxt, muvaffaqiyat va farovonlik tilaydi. Xonadoningizda har doim kulgu va quvnoq qo’shiqlar yangrasin!

Bahorgi tengkunlik muborak bo’lsin, aziz do’stlar!
Navro’z muborak bo’lsin!




Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida O’zbekistondagi Italiya sanoatining umumiy konfederatsiyasi (Confindustria Uzbekistan) ochiladi!

🤝 Confindustria Uzbekistan O’zbekiston va Italiya tadbirkorlari o’rtasida ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish maydonchasiga aylanadi.

📆 Ertaga, 2021-yil 11-mart kuni, soat 12.00 da universitetning Anjumanlar Zalida Italiya tashkilotlari bilan ishlashga qiziquvchi talabalar bilan uchrashuv bo’lib o’tadi.
Barchani ushbu uchrashuvga taklif etamiz!

👨‍🏫 Tadbir mehmonlari:

  • Italiya Respublikasining O’zbekistondagi elchisi, Agostino Pinna
  • Italiya sanoat konfederatsiyasi prezidenti, Luka Pikasso
  • Manganorobot Group asoschisi – bosh direktori, Daniele Mangano
  • MChJ “Manganorobot Central Asia” bosh direktori, Behzod Ayupov
  • O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari
  • “O’zavtosanoat” AK vakillari



8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan!

Aziz Ayollar!

👏Sizlarni kirib kelgan ajoyib bahor bayrami – 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

💐 Ushbu ajoyib kunda Sizga sog’lik, yoshlik, go’zallik, cheksiz muhabbat, quvonch va baxt tilaymiz!

Siz biz uchun doimo qadrlisiz! 🌸




“Blockchain-based system for IoT devices using post-quantum cryptography” is going to be held!

❗️❗️❗️Announcement❗️❗️❗️

A scientific seminar on the topic “Blockchain-based system for IoT devices using post-quantum cryptography” is going to be held!

📅Date and time: February 19, 2021 at 15.00

📌Location: Meeting room at 2nd floor of the Administrative Building.

👨‍🏫Speaker: Yokubov Bakhtiyor
Control and Computer Engineering Department, TTPU

Everyone is welcome!

📌Abstract: Blockchain technology, a form of Distributed Ledger Technology, has been gaining enormous attention in areas beyond its cryptocurrency roots since more or less 2014: blockchain and the Internet of Things (IoT), blockchain and cybersecurity, blockchain and finance, blockchain and logistics, you name it. In this seminar we look at the IoT blockchain opportunities, evolutions and challenges.




Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etamiz!

Bizning aziz kuchli, jasur va ishonchli himoyachilarimiz!

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Sizni O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi!🥳🥳🥳

Mamlakatimiz tinchligi va xavfsizligi yo’lidagi xizmatingiz uchun, hamisha bizni qo’llab-quvvatlaganingiz uchun chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Sizga va yaqinlaringizga sog’liq, baxt va farovonlik tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo’lsin! 🎉🎉🎉




“Qurilish loyihalarida ma’ruzalarning ahamiyati” mavzusida seminar o’tkazish rejalashtirildi!

Hurmatli professor-o’qituvchilar va talabalar,
Sizlarni 2021-yil 16-yanvar, shanba kuni, soat 11:00 da Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi qurilish boshlig’i Elyor G’aniyev Abdiraximovich tomonidan tashkil etilgan “Qurilish loyihalarida ma’ruzalarning ahamiyati” mavzusidagi seminarga taklif etamiz.
O’tkaziladigan joy: 404 AB auditoriya

Barcha bosqichdagi qurilish muhandisligi yo’nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun tavsiya etiladi!

Foydaliligi:
-Faol bitiruvchilar uchun qiziqarli ish takliflari
-Asosiy mutaxassisning hayotidan namunalar
-Amaliy geologiya / fuqaro muhofazasi bo’yicha nazariy bilimlarni mustahkamlash
-Fuqarolik qurilish loyihalarining turli bosqichlarini tushuntirish

Tashkilotchilar: TTPU Qurilish va arxitektura kafedrasi




🤩“Uchinchi Renessans – yoshlar nigohida” tanlovida ishtirok

✅Tanlov yo‘nalishlari:
-Ajdodlar merosini o’rganish va targ’ib etishda innivatsion yondashuvlar;
-Oliy ta’limda sifatli bilim olishda talabalarning shaxsiy motivatsiyasini oshirish uchun o’quv jarayoni vametodikasini o’zgartirish yo’llari;
-Yoshlarni ilm-fanga qiziqtirishning noan’anaviy usullari.

📌Tanlov 4 bosqichda bo’lib o’tadi va unda OTM talabalari va tadqiqotchilari ishtirok etishi mumkin.

⏰Hujjatlar joriy yilning 20 yanvarigacha barcha oliy ta’lim muassasalaridagi fakultetlarda qabul qilinadi.

💸Gʻoliblar 50 million so‘mgacha miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

✊Siz ham ishtirok eting va g’oliblikni qo’lga kiriting!




Bizning hayriya aktsiyamizga qo’shiling!

Yangi yilda yaxshilik qilishni hohlaysanmi? Unda bizning hayriya aktsiyamiz aynan siz uchun!

Toshkent shaxridagi Turin politexnika universiteti yoshlar ittifoqi va ko’ngilli yoshlari tomonidan 22- dekabr kuni “Xlebushkina” nomli bolalar uyiga borishni tashkillashtirildi.

“Bir dona shirinlik harid qil va bir bolaga baxt ulash” aktsiyamiz 2 kun 16-17 dekabr kunlari o’tkaziladi. Agarda sizni ishtrok etish uchun imkoniyatingiz bo’lmasa, siz hohlagancha miqdordagi pulni kartadan yuborishingiz va bolalarni yangi yil mo’jizasi bilan hursand qilish imkoniyati bor.

Yeg’ilgan pullarga biz:

  • Sovg’alar olamiz
  • Bolalar uchun shaxsiy gigiyena vositalarini sotib olamiz
  • Talabalarimiz tomonidan yozilgan niyatlar to’la hatlarni yetkazamiz.

Biz bilan birgalikda yaxshilik qiling❤️




“Qishki IT-Oromgoh”

Qishki ta’til yaqinlashmoqda! Agar sizni farzandingiz o’z ta’tilini unumli o’tkazishini istasangiz, unda bu yangilik aynan siz uchun!
Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti🎓 tashabbusi bilan 25-dekabrdan 30-dekabrgacha “Qishki IT Oromgoh” tashkil etilmoqda.
Oromgohda farzandingiz :
-Robototexnika🤖
-Dasturlash💻
-Grafik dizayn🎨
-3D modellashtirish⚙️
-Videoni tahrirlash kabi📽
yo’nalishlardan dars olib, robotlarni yig’ish va ularga dastur yozishni o’rganadilar. Shu bilan birga kunning ikkinchi yarimida lagerda:
-intellektual o’yinlar🧩
-sport musobaqalari🏓
-ko’ngilochar o’yinlar🔥
hamda robot janglari🤖 ham bo’lib o’tadi.

Shuningdek, oromgoh dasturi so’ngida har bir ishtirokchi:
-ajoyib va unutilmas sovg’alar🎁
-universitet rektori nomidan sertifikat📃
va eng asosiysi kerakli bilimlarga📚 ega bo’ladi!
Ishtirokchilar soni cheklangan ❗️❗️❗️
Ro’yxatdan quyudagi ilova orqali o’ting.
https://forms.gle/7XHznUZNNMqx1S5f7




“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” nomli konsert dasturimizga taklif etamiz!

😊Hurmatli TTPU talabalari, professor-o’qituvchilari va hodimlari!

Barchangizni 8-dekabr Konstitutsiya kuni munosabati bilan Universitetimiz konferensiyalar zalida 9-dekabr kuni soat 12:00da bo’lib o’tadigan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” nomli konsert dasturimizga taklif etamiz! 🎉🎉🎉

O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi muassisligidagi Respublika Yosh huquqshunoslar Kengashi tomonidan tashkil etilgan bu tadbirda O’zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi yoshlarining chiqishlari, kuy va qo’shiqlar joy olgan.

🎈Barchangizni bayram dasturimizga chorlab qolamiz!🎈




Doktorantlar uchun yangi imkoniyat!




AQShdagi Pitsburg Davlat Universiteti Qabul Komissiyasi bilan “2+2” va “1+1” dasturlari haqida videokonferentsiya bo’lib o’tadi!

Hurmatli abituriyentlar va ularning ota-onalari!

Joriy yilning 2-noyabr kuni soat 18:00 da AQShdagi Pitsburg Davlat Universiteti va Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti taqdim etadigan “1+1”, hamda “2+2” dasturlari haqida tanishtiruv bo’lib o’tadi.

Barchangizni Pitsburg Davlat Universiteti (AQSh) Qabul Komissiyasi bilan bo’lib o’tadigan videokonferentsiyaga taklif etamiz.

Videokonferentsiya Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining Green Hall zalida o’tkaziladi.

Ro’yxatdan o’tish uchun havola: https://forms.gle/sMnxKQpbEo3ZqHwM7

TTPU Xalqaro aloqalar bo’limi, 503-xona
Ish vaqti: seshanba va payshanba kunlari soat 15.00 dan 18.00 gacha
Telefon raqami: 71 246-30-67

 




TISS Inkubatsiya Markazi dasturiga ro’yxatdan o’tish boshlandi!

✔️ Sizga inkubatsiya markazi o’z eshiklarini ochganligi va inkubatsiya dasturiga ro’yxatdan o’tish boshlanganligi haqida xabar berishdan xursandmiz!

Eslatib o’tamiz, dastur loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mutaxassislar va taniqli tadbirkorlarni o’qitish va maslahatlari orqali boshlang’ich g’oyalarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan.

Diqqat!
Hujjatlar 2020 yil 9-noyabrgacha qabul qilinadi.

Ro’yxatdan o’tishga va a’zo bo’lishga shoshiling: https://incubation.polito.uz/ru/startup
Markaz va dastur haqida ko’proq ma’lumot: https://incubation.polito.uz/ru

Yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib boring:👇
Telegram: https://t.me/tissincubation\Facebook: https://www.facebook.com/Tiss.incubation/ Instagram: https://www.instagram.com/tiss.incubation / YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCM-cCXdzsTitH6QS-BWQJAA




TISS Inkubatsiya markazimizning ochilish marosimiga taklif etamiz!

Turinchilar, sizning orangizda o’z startapini ochishni istaganlar bormi?

Aynan sizlar uchun IT Park bilan birgalikda biz universitetimizda birinchi inkubatsiya markazini ishga tushirmoqdamiz.

23 oktyabr soat 11:00 da barchangizni inkubatsiya markazimizning onlayn ochilish marosimiga taklif etamiz!

Marosimda quyidagi insonlar ishtirok etadi:
Jamshid Inoyatxo’jaev, universitetimiz rektori;
Abdulahad Qoʻchqarov,IT Parkʼning startap ekosistemalarni rivojlantirish yoʻnalishibo’yicha direktor o’rinbosari;

Muslimbek Pirnazarov, TPUT qoshidagi inkubatsiya markazi direktori va Turin Invest Soft Solution asoschisi.

Shuningdek, tadbirimizning maxsus mehmoni – O’zbekistonda innovatsion rivojlanish vazirining o’rinbosari Olimjon To’ychiev, u O’zbekistondagi startaplarni rivojlantirish va bu boradagi shaxsiy tajribasi haqida gapirib beradi.

Markaz tadbirkorlikni dastlabki bosqichlarda qo’llab-quvvatlashga va loyihalarni ishlab chiqish uchun zarur resurslardan foydalanish imkoniyatini yaratishga qaratilgan inkubatsiya dasturlarini o’tkazadi.

Inkubatsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga 10,000,000 so’m miqdorida pul mukofoti beriladi.

Qiziqdingizmi?
You Tube kanalimizga o’ting va qo’ng’iroqchani bosing:
https://www.youtube.com/channel/UCM-cCXdzsTitH6QS-BWQJAA

Tez orada ochilish marosimi bo’lib o’tadi!

The opening is coming soon!

🖥 Website Tiss – Incubation center
📍 Geolocation

Follow us on social medias:👇
Facebook | Instagram | YouTube| Telegram