1

«Advanced Science and Technology: Celebrating 15 Years of Turin Polytechnic University in Tashkent» ilmiy konferensiya

“Advanced Science and Technology:
“Celebrating 15 Years of Turin Polytechnic University in Tashkent”
ilmiy konferensiyasi
(2024 yil 22-23 aprel)

Sizni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tashkil topganining 15 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanda ishtirok etishga taklif qilamiz.

Ilmiy konferensiyadan maqsad mashinasozlik va aerokosmik muhandislik, tabiiy va matematik fanlar, axborot texnologiyalari, qurilish va arxitektura, shuningdek, ishlab chiqarishni boshqarishning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat.

KONFERENSIYA SHO‘BALARI:

  1. Mashinasozlik, energetika va aerokosmik muhandislik
  2. Tabiiy fanlar.
  3. Zamonaviy matematika muammolari
  4. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.
  5. Qurilish va arxitektura.
  6. Ishlab chiqarishni boshqarish

 

KONFERENSIYA TARTIBI

Konferensiyada yalpi (20 daqiqa) va seksiya (10 daqiqa) ma’ruzalari tinglanadi. Konferensiyaning ishchi tili ingliz tili.

Konferensiya boshlanishiga qadar Konferensiya materiallari to‘plamini (elektron shaklda) nashr etish rejalashtirilgan. Ijobiy baholanib tanlab olingan ishlar O‘zbekiston Respublikasi OAK ro‘yxatiga kiritilgan jurnalda chop etilishi rejalashtirilgan. Uchrashuvlar quyidagi manzilda joylashgan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida bo‘lib o‘tadi (B bino): Toshkent sh., Kichik halqa yo‘li, 17-uy.

  

ISHTIROKCHILARNI RO‘YXATGA OLISH

Elektron ro‘yhatdan o‘tish va ishtirokchi anketasini to‘ldirish 2024 yil 3 aprelga qadar quyidagi elektron manzilda amalga oshiriladi: https://polito.uz/conference

CHOP ETISH

Tashkiliy qo‘mita ingliz tilida taqdim etilgan tezislarni ko‘rib chiqadi. Taqdim etilgan tezislarni dastlabki ko‘rib chiqishning ijobiy natijasi olingach, ma’ruzani konferensiya dasturiga kiritish to‘g‘risida bildirishnoma yuboriladi. Materiallar conference@polito.uz elektron manzilida mos shoʻba koʻrsatilgan holda qabul qilinadi.

Nashrga 1 betdan ko‘p bo’lmagan materiallar faqat Microsoft Word formatida qabul qilinadi. Sahifa formati – A4 (210×297 mm). Hujjat chetlari har tomondan 2,5 sm. Shrift – Times New Roman, hajmi – 12 pt. Satr oralig‘i yagona, xatboshi – 1.25. Tezisli fayl nomining formati muallifning familiyasi_thesis (namuna: Valiev_thesis). Tezis shabloni

MUHIM SANALAR

Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish: 2024-yil 3-aprelgacha

Tezislarni topshirish: 2024-yil 3-aprelgacha

Hisobotni qabul qilish to‘g‘risida bildirishnoma: 2024-yil 15-aprelgacha

Konferensiya ishi: 22.04-23.04.2024

TASHKILIY QOMITI MANZILI:

Toshkent sh., Kichik halqa yo‘li, 17-uy.

Tel.: +99890 348 90 82




196-maktab o’quvchilari uchun Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga sayohat uyushtirildi.

Shu kunlarda 196-maktab o’quvchilari universitetimizga tashrif buyurishdi. Maktab o’qituvchilari boshchiligidagi bu o’quvchilar universitetimiz binosini, undagi shart-sharoitlarni va albatta dars jarayonlarini qay tarzda olib borilishini yaqqol guvohi bo’lishdi. Bu ularda universitetimizga bo’lgan qiziqish va ishtiyoqni yanada oshirdi degan umiddamiz. Ushbu sayohat mobaynida o’quvchilar o’z oldilariga kelajakda Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti talabasi bo’lish kabi maqsad qo’yishgan bo’lsa ajab emas.
Ularga oldilariga qo’ygan maqsadlariga erishishda va talaba bo’lishdek sharafga ega bo’lishligida omad va zafarlar tilaymiz.

Ushbu sayohatni o’tkazishda bizga faol ko’maklashgan universitet volontyorlariga katta rahmat!




“Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish va gender siyosatining mazmun mohiyati” mavzusida onlayn suhbat o’tkazildi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida ZOOM platformasi orqali “Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish va gender siyosatining mazmun mohiyati” mavzusida onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbati mehmoni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik bo‘yicha jamg‘armasining gender masalalari bo‘yicha milliy ekspert, Fuqarolik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash markazining gender va gender zo‘ravonlik bo‘yicha dasturining trener-konsultanti, psixolog, zo‘ravonlik muammosi bo‘yicha 20 yillik tajribaga ega, Rossiya va Turkiyada malaka oshirgan Irmatova V. va Olmazor tumani IIO FMB XKMB katta inspektori podpolkovnik Matchanova O. bo’lishdi.

Suhbat davomida hozirgi kunda dolzarb mavzuga aylangan ayollarga bo’lgan munosabatlar, tazyiqlar va zo’ravonliklar haqida ta’kidlab o’tildi. Shu bilan bir qatorda zo’ravonliklar oldi olinishiga qaratilgan bir qator chora tadbirlar va yangi joriy etilgan qonun-qoidalar bilan tanishtirildi.

Ushbu suhbatda qatnasha olmagan talabalar uchun yozib olingan videoni quyidagi havolada taqdim etamiz:
https://www.youtube.com/watch?v=-QVoVfUhyTE




TTPU da “Qizlar ijod kechasi” bo’lib o’tdi

Yurtboshimiz tomonlaridan ta’kidlanayotgan masalalardan biri bu xotin-qizlar bilan ishlash, ularning ko’nikmalarini oshirish va ish bilan ta’minlashga qaratilgan chora tadbirlar va dasturlardir. Hozirda aynan shu mavzu oldimizga qo’ygan ulug’vor maqsadlarimizdan biri desak yanglishmagan bo’lamiz.

Bunga 4-dekabr kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida universitet Xotin-qizlar kengashi tomonidan o’tkazilgan ijodiy kecha yaqqol misol bo’la oladi. Ijodiy kechada Universitetimiz va uning qoshidagi akademik litseyning talaba qizlari o’z iqtidorlarini yuksak darajada namoyon etdilar. Qizlar tomonidan she’rlar, kuy va qo’shiqlar ijro etildi hamda biserda yasalgan qo’l mehnati namunalari va foto ko’rgazmalar namoyish etildi.

Tadbirga mehmon sifatida taklif etilgan P. Benkov nomli san’at maktabi katta o’qituvchisi o’z iqtidorli talabalari bilan matoga bo’yoq chizish bo’yicha mahorat darslarini o’tib berishdi va bu orqali qizlarimizning yana bir yashirin iqtidorlari namoyon bo’ldi.




“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” nomli konsert dasturi o’tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag’ishlab Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida 9-dekabr kuni “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” nomli konsert dasturi o’tkazildi. Konsert ulug’ madhiyamiz sadolari bilan boshlandi. O’tmishimiz, bugunimiz va albatta porloq kelajagimiz aks etgan video rolik barchani ta’sirlantirdi. Jonli ijroda talabalarimiz tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar va raqslar guldastasi zalga yig’ilgan mehmonlarni ham raqsga chorladi.




🎓Talabalarimiz – bizning faxrimiz🏆!

🎉Universitetimiz talabasi Axmedova Mariyamni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan “Uyda qoling va ijod qiling” onlayn ko‘rik-tanlovida “Eng yaxshi grafik asar” nominasiyasi bo‘yicha g‘olib deb topilganliklari bilan muborakbod etamiz va ularni kelgusi ijodiy ishlarida zafarlar tilab qolamiz!👏




Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bitiruvchisi «Innovasion g‘oyalar yetakchisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Joriy yil respublika miqyosida 428 ta loyihalar bir nechta bosqichda ko‘rib chiqilgan bo‘lib, yakunida Respublika Komissiyasi a’zolari tomonidan har bir hududdan eng munosib 14 nafar nomzodlar «Innovasion g‘oyalar yetakchisi» ko‘krak nishoni g‘olibi deb topildi.

G‘oliblar safida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining bakalavr va PhD doktorantura bitiruvchisi Mirzaliev Sanjar Maxamatjon o‘g‘li ham bor.

6 noyabr’ kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi binosida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. G‘oliblarni O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vaziri Ibroxim Yulchievich Abdurahmonov va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisining birinchi o‘rinbosari Akmal Muradovich Jumaboev tabrikladilar.

Marosimda bitiruvchimiz Mirzaliev Sanjar so‘zga chiqib, berilgan ushbu yuksak ishonchni kelgusidagi ishlar bilan davom ettirishga oid o‘z fiklari bilan o‘rtoqlashdi.

Bitiruvchilarimiz, sizlar bilan fahrlanamiz va sizlarning kelgusi ishlaringizda ulkan muvaffaqqiyatlar tilab qolamiz!




Endilikda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari 2-kursni tamomlab, o‘qishini AQShdagi Pittsburg universitetida davom ettirishlari mumkin. Universitetlar bu borada maxsus «2+2» dasturini ishlab chiqdi.

2 noyabr kuni ayni mavzuda tomonlar o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda rasmiylar bilan birga Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari ham ishtirok etdi.

Onlayn muloqot davomida talabalarga «2+2» dasturining mazmun-mohiyati, Pittsburg universitetiga kirish shartlari va talablari hamda o‘qish davomida va o‘qishni tamomlagandan keyingi imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha ham javob olishdi.

Pittsburg davlat universiteti vakilining aytishicha, talabalar o‘qishni tamomlab, AQShning nufuzli kompaniyalarida ishlash imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi.

«Chet ellik talaba diplomini qo‘lga kiritganlaridan so‘ng, AQShda 3 yil davomida talabalik vizalari bilan nufuzli kompaniyalarda ishlashlari mumkin. Har yili Pittsburg davlat universiteti “job fair”, ya’ni mehnat yarmarkalari bo‘lib o‘tadi. Ularda 200ga yaqin mahalliy kompaniyalar Pittsburg universitetini yaxshi baholar bilan bitirgan talabalar bilan mehnat shartnomalarini tuzib, o‘z kompaniyalariga olib ketishadi», – deydi universitet vakili.

Turin politexnika universiteti rektori Jamshid Inoyatxodjaevning aytishicha, endilikda talabalar AQShning nufuzli universitetlarida o‘z malaka va tajribalarini oshirib, mashinasozlik bo‘yicha yetakchi mutaxassisga aylanishadi.

«Ushbu dastur 2018 yilning may oyida Pittsburg davlat universiteti va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida ishlab chiqildi.
Endilikda, talabalarimiz 2-kursni yakunlab, o‘qishni AQShda davom ettirishlari mumkin. Bu – bizning katta yutug‘imiz. Chunki endilikda talabalarimiz mashinasozlik sohasida o‘z bilim va tajribalarini oshirib, kelajakda O‘zbekistonda mashinasozlik rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi degan umiddamiz», – deb ta’kidladi universitet rektori Jamshid Inoyatxodjaev.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti
Matbuot xizmati




Innoweek.uz onlayn ko‘rgazmasiga tashrif buyurish bo’yicha video-yo‘riqnoma

Hurmatli ko’rgazma mehmonlari!

E’tiboringizga Innoweek.uz halqaro xaftaligi doirasida bo‘lib o‘tayotgan onlayn ko‘rgazmadagi universitetimiz povelioniga tashrif buyurish bo‘yicha video-yo‘riqnomani taqdim etamiz.




Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!

Joriy yilning 23-oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetning yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan ZOOM platformasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida onlayn ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbek Milliy Akademik drama teatrining ustoz san’atkori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva va O‘zbekiston Davlat Filarmoniyasining xonandasi Mansur Xo‘jaAhmad ishtirok etib, mavzuni yanada boyitishda, badiiy ijodiy salohiyatini oshirishda munosib hissa qo‘shdilar.

Mehmon san’atkorlar tadbir ishtirokchilarining e’tiboriga nazm yo‘nalishdagi ijod mahsullarini havola etdilar.Talabalar tomonidan mavzu bo‘yicha tayyorlangan videorolik tomoshabin va mehmonlar uchun bayramona tuhfa bo‘ldi.




Yana bir ijodkor talabamiz ishlaridan bahramand bo‘ling!

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha “Rassom ustaxonasida mehmonda” onlayn-tanlovida Universitetimiz talabasi Ahmedova Mar’yam ishtirok etmoqda.

Keling ularni qo‘llab-quvvatlab, tanlovda omadlar tilab qolaylik!

 




Talabamiz “Rassom ustaxonasida mehmonda” onlayn-tanlovida qatnashmoqda

Universitetimizda iqtidorli talabalarimiz ko‘p!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5ta tashabbus chora-tadbirlari doirasida “Uyda qoling va ijod qiling!” shiori ostida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha “Rassom ustaxonasida mehmonda” onlayn-tanlovi loyihasida universitetimiz 1-bosqich talabasi Raximdjanova Nodiraxon o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etmoqda.

Ushbu ijodiy ishlarni ko‘rib ko‘z quvonadi! Nodiraxonning ijodlariga muvafaqqiyat tilab, tanlovda omad yor bo‘lsin deb qolamiz!




Talabalarimiz “TECHNOWAYS” marafoni g‘oliblari deb topildi!

Joriy yilning 6-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovasion Rivojlanish Vazirligi huzuridagi Innovasion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi tomonidan o‘tkazilayotgan “TECHNOWAYS” texnologik rivojlanish marafonining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tomonidan marafonda 4 ta jamoa qatnashdi. Musobaqa natijalariga ko’ra ulardan ikkitasi g’olib deb topildi. Xususan, “Nova robotics” jamoasi yaratgan yordamchi vazifasini bajaruvchi roboti 20 000 000 so‘m mukofot puliga, Enor-3 ixcham, tezkor va tejamkor elektromobilini ishlab chiqqan “Neuron engineering” jamoasi- 15 000 000 so‘m mukofot puliga sazovor bo’lishdi.

G’oliblarimizni chin qalbdan tabriklaymiz va ularga ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilaymiz!
Talabalarimiz – bizning kelajagimiz! Bizning faxrimiz!




Universitet o’qituvchi-professori va xodimi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shu kunlarda yana ikki yutuqqa erishishga muvaffaq bo‘ldik! Shu haqida Sizlar bilan o‘rtoqlashmoqchimiz…

1-oktyabr’ – O‘qituvchi va Murabbiylar kuniga bag‘ishlangan Prezident farmoniga binoan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi fidoyi sifatida Tulyaganov Dilshat Ubaydullaevich — Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining tabiiy va matematika fanlari kafedrasi mudiri «Mehnat Shuxrati» ordeni bilan taqdirlandi.

Kuni kecha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tantanali bayram tadbirida esa Allamova Gulbahor Azatovna – Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i ko‘p yillik samarali va halol mehnati hamda o‘z hizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Ularni ushbu yutuqlari bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Martabalari bundanda ulug‘ bo‘lib, fidokorona xizmat bilan charchamasliklarini tilab qolamiz!

Biz Sizlar bilan faxrlanamiz!!!

Gulbahor Azatovnaning quvonchlarini rasmdan, Dilshat Ubaydullaevichning taasurotlarini esa O‘zbekiston24 (FM 87.9) radio to‘lqinida bergan interv’yularidan bilishingiz mumkin!

 




1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaymiz

Qadrli va aziz ustozlar!

Barchangizni 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.

Siz bizlar uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsolidursiz!

Ushbu kunda sizlarga eng samimiy minnatdorchilik va ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.

Biz sizlar bilan faxrlanamiz va ulug‘ xizmatingizni yuksak qadrlaymiz!

Karantinga qaramay, siz uchun qisqa tabrik videosini tayyorladik! Sizga yoqadi deb umid qilamiz!




TTPU rektori Xalqaro press-klub sessiyasida ishtirok etdi

Aziz do’stlar!

E’tiboringizga  Xalqaro press-klubning “O’zbekiston Uchinchi Renessans bo’sag’asida” mavzusidagi sessiyada ko’plab ta’lim va madaniyat namoyandalari qatorida ma’ruzachi sifatida qatnashgan universitetimiz rektori J.Sh.Inoyatxodjaev bilan bo’lgan suhbatdan bir lavxani taqdim etamiz.




Yangi MBA dasturining tanishtiruv videoanjumani bo’lib o’tdi

Aziz do’stlar!

Kecha, 25 avgust kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetidagi Malayziyaning Putra biznes maktabi yangi MBA dasturining tanishtiruv videoanjumanida ishtirok etgan barchangizga minnatdorchilik bildiramiz!

Anjumanda qatnasha olmagan qiziquvchilar uchun quyidagi havolani taqdim etamiz: https://youtu.be/-3v6DCN9Mbo

Shuningdek, videoning ta’rifida dastur haqida batafsil ma’lumot ham berilgan.

Arizalarni qabul qilish muddati joriy yilning 5 sentyabr kunigacha uzaytirildi!




Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) va Kembrij xalqaro kolleji (CIC) o’rtasidagi hamkorlik

Bugun, 2020 yil 24 avgust kuni Toshkent shahdagi Turin politexnika universiteti (TPUT) va Kembrij xalqaro kolleji (CIC) o’rtasida hamkorlik to’g’risida memorandum imzolandi.

Kelishuvning maqsadi – ta’lim, tadbirkorlikni birgalikda rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash uchun ekotizimni yaratish va istiqbolli start-up loyihalarini amalga oshirishdir.

Hamkorlikning asosiy yo’nalishlari:

1. Kollej filiallarida universitet talabalari uchun amaliyot va malaka oshirish ishlarini tashkil etish, malakali mutaxassislarni birgalikda tayyorlash;

2. Ilmiy hamkorlikni yo’lga qo’yish;

3. Abiturientlarni TTPUga qabul qilish uchun tayyorlov kurslarini birgalikda tashkil etish ;

4. Mehmon ma’ruzalari va mahorat darslarini tashkil qilish;

5. Axborot platformalarida birgalikda promo-kampaniyalarini tashkil etish;

6. Forumlar, seminarlar, konferentsiyalar va brifinglar o’tkazish;

7. “Muammoli ta’lim” amaliyotini birgalikda amalga oshirish.

Bundan tashqari, ushbu hamkorlik ikki tomon kelishuvi asosida universitet malakali professorlari kollej o’quvchilariga mahorat darslarini taqdim etib, ularga International Foundation sertifikatini qo’lga kiritishda yordam beradilar. Ushbu sertificatga ega bo’lgan talabalar TTPUda o’qishni 2-bosqichdan boshlab davom ettirishlari mumkin bo’ladi.

Umid qilamizki, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TPUT) va Toshkentdagi Kembrij xalqaro kolleji (CIC) o’rtashdagi o’zaro hamkorlik ikkala tomon uchun ham katta imkoniyatlar ochib beradi va reja qilingan sohalarni rivojlantirishda katta qadam bo’ladi.




Universitet ma’muriyati va talabalar “oltin” talabalik davri tarafdori!

Joriy yilning 21-iyul kuni Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rahbariyati va talabalar uyushmasi faollari o’rtasida Zoom platformasi orqali onlayn suhbat bo’lib o’tdi.

Ushbu konferentsiyada rektor vazifasini bajaruvchi Inoyatxo’jaev J.Sh., yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor Ashurov A.A., Yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i Allamova G.A., Matbuot kotibi Ibrohimzoda N.B va universitet talabalari nomidan qatnashgan talabalar uyushmasi faollari so’zga chiqdilar.

Suhbat davomida talabalarning o’qish jarayoni haqida, ijod va san’at xonasini johozlash, shuningdek yozgi ta’til paytida iqtidorlar tanlovlarini o’tkazish va talabalarni o’qish davrida akademik va akademik bo’lmagan yutuqlari bo’yicha rag’batlantirish tizimini ishlab chiqish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi.

Ko’rib chiqilgan barcha masalalar yaqin orada amalga oshirilishi kutilmoqda. Universitet ma’muriyati va talabalarning birgalikdagi faoliyati universitetda unutilmas “oltin” talabalik davrini tashkil qilish uchun katta qadam bo’ladi degan umiddamiz.




Rektorlarni tayinlash marosimi

Joriy yilning 4 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 07.03.03 yildagi 420-sonli qaroriga binoan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2 ta oliy o’quv yurtlari: Ajou universiteti va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektorlari nitayinlash marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Abduvoxidov A.A., O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri Majidov I.U., O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o’rin bosari Salomov U.R., O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining iqtisodiy masalalar boʼyicha o‘rinbosari S.Buzruxonov va universitet vakillari ishtirok etdilar.

Marosim davomida Muratov Gayrat Azatovich Toshkentdagi Ajou universiteti rektori, Inoyathodjaev Jamshid Shuxratullayevich esa Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.