1

O’zbekistonda yangi MBA dasturi tashkil etiladi

Malayziyaning Putra Biznes maktabi bilan hamkorlikda Toshkent shahrdagi Turin Politexnika Universiteti MBA dasturlarini joriy etish bo’yicha kelishuvga erishdi.

MBA (Biznes boshqaruvi magistri) dasturida muxandislik soxasida taxsil olgan universitet bitiruvchilari va xozirda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar, tadbirkorlar va kasbiy o’sishga qiziqqan, yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish, strategik fikrlash, shuningdek sifat jihatdan kelajakda yangi rivojlanish bosqichini izlayotgan kadrlarni tayyorlash belgilandi.

Putra biznes maktabi AQSHning AACSB akkreditatsiya agentligi tomonidan akkreditatsiyadan o’tkazilgan.

Putra biznes maktabi Malayziyaning Putra universiteti (UPM) qoshidagi maktab xisoblanadi. Jahonning QS TOP universitetlari reytingida UPM 132 o’rinni egallagan.




Ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda hamkorlik

Joriy yilning 29 iyun kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TPUT) va O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va qashshoqlikni kamaytirish vazirligi huzuridagi Sanoat bozori va ishlab chiqarishdagi mehnat samaradorligini o’rganish markazi yosh olimlarning ta’limini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash, o’quv dasturlari, izlanishlar va innovatsiyalarni takomillashtirishda o’zaro manfaatlarga asoslangan hamkorlik to’g’risida kelishuvga erishildi.

Hamkorlikning maqsadi – tomonlar o’rtasida ta’lim, fan, innovatsiya, mehnat unumdorligini oshirish, yuqori texnologiyali loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi texnologiyalarni sotish va zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni yaratish sohalarida o’zaro manfaatli hamkorlikni o’rnatish.

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishdi va uning umumiy yo’nalishlarini belgilab olishdi. Umid qilamizki, tomonlarning birgalikdagi faoliyati ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va takomillashtirishda katta qadam bo’ladi.

TTPUTTPUTTPU




Туринский политехнический университет в г. Ташкенте протянул руку помощи пострадавшим в Сырдарьинской области.

Чрезвычайное проишествие на Сардобинском водохранилище в Сырдарьинской области потряс каждого из нас и не оставил никого равнодушным. По возможности, каждый протянул руку помощи.

В частности, 2 мая текущего года команда нашего университета оказала моральную и материальную поддежку пострадавшему населению, эвакуинованному в Гулистанский строительный колледж.

В связи с этим, старший преподаватель гуманитарно-экономических дисциплин Томчани Людмила Владимировна, принявшая участие в благотворительном визите, поделилась с нами своими впечатлениями:

” Мы привыкли с вами жаловаться на жизнь. Особенно сейчас мы часто слышим вокруг: надоело сидеть дома, плохой интернет, высокие цены в магазине. Но вчера я побывала там, где даже мысли о тех, кто это говорит, вызывают не только недоумение, но и раздражение. Вчера я была в городе Гулистане, куда были эвакуированы жители посёлков из зоны подтопления в результате прорыва дамбы Сардобского водохранилища.

Ректор нашего университета Саломов Уктам Рахимович, первый проректор Иноятходжаев Джамшид Шухратуллаевич и проректор по работе с молодёжью Ашуров Алишер Абдумавлянович, по просьбе нашего президента Мирзиёева Ш.М., взяли на себя заботу о людях, которым сейчас очень плохо. Это простые граждане нашей страны, жители далёких кишлаков, скромные труженики, которые, как и мы с вами, вносят свой посильный вклад в развитие нашей Родины. Сегодня у них случилась беда. Многие потеряли всё своё имущество, жильё, домашний скот. Но наша страна не оставила их без помощи и поддержки!

Туринский университет тоже принимает участие в работе по оказанию помощи нашим соотечественникам. Меня и Алламову Гульбахор Азатовну попросили приехать для оказания психологической, эмоциональной и моральной помощи пострадавшим. К счастью, если в данной ситуации уместно это слово, люди, с которыми работает вся команда Туринского университета, не потеряли имущество и дома, они были эвакуированы для обеспечения их безопасности, пока спецкомиссия оценивает масштабы разрушения дамбы. И тем не менее, это люди, которые оторваны от дома, многие от семьи. Они напуганы и растеряны. Я была свидетелем того, как простые и хорошие люди нашей команды находят добрые слова для, вчера ещё чужих и незнакомых, людей, говорят с ними, как с родными, покупают им лекарства, выполняют просьбы.

Руководство города Гулистана обеспечило этих людей всем необходимым: местом временного проживания, питанием, защитой. А простые жители этого небольшого города весь день несли для пострадавших то, чем готовы были поделиться: продукты, вещи, одеяла. А вид авто-поезда с гуманитарной помощью от одной области нашей страны пострадавшей Сырдарье потряс меня до глубины души! Я насчитала 30 огромных грузовиков! Возможно их было больше. И это только от одной области! И знаете что? Я горжусь, что я член этой большой семьи, имя которой – Узбекистан!”




Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti vakillarining tashrifi

Joriy yilning 13 fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti vakillari Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida universitetning 3-bosqich talabalari bilan vakillar uchrashuvi tashkil etildi.

Suhbatni universitet rektori U. Salomov kirish so’zi bilan ochib, talabalarni vakillari va ularning tashrifi maqsadi bo’lgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida maxsus fakultet – Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti ochilganligi haqida talabalarni tanishtirdi.

So’ng so’z navbati Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti rektori podpolkovnik X.A.Muxitdinov va kafedralar mudirlari podpolkovnik Z.D Tashtaev. va B.V. Nurmetovlarga berildi. Ular talabalar 3-bosqichni tugatgandan so’ng ushbu institutga o’qishga kirish va olti yo’nalish bo’yicha ofitser darajasida ikki yillik taktik taqsil olish imkoniyatlari borligi haqida, shuningdek, institut qulayliklari, fakultetlari va o’qishni tugatgandan so’ng ishga joylashish to’g’risida ma’lumot berishdi.

Taqdimotdan so’ng qiziqqan talabalar qabul, kirish imtihonlari va boshqa savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo’ldilar.




“IndiaSoft-2020” va ”GlobalSoft-2020” xalqaro AKT ko’rgazmasi va konferentsiyasi.

Joriy yilning 3-4 mart kunlari Hindistonning Haydarobod shaxrida bo`lib o`tagan “IndiaSoft-2020” va “GlobalSoft-2020” xalqaro konferensiyasi va kurgazmasi bo`lib o`tdi.

Ushbu koferensiyada Hindistion va bir qator boshqa davlatlar o`zining Axborot Texnologiyalaridagi oxirgi innovatsion yangiliklari va tajribalari bilan ulashdi.

Tadbirda 200 dan ortiq  Axborot texnilogiyalarga oid kompaniyalar dunyoning 60dan ziyot davlatlaridan kelgan delegantlar bilan ucharshib, ularga o`z faoliyatlaridan kelib chiqib eng oxirgi texnologiya yangiliklari haqida  ma`lumotlar berdi.

Ushbu davlatlar orasida O`zbekistondan ham 19 ta delegant ishtirok etdi. Quvonarlisi ushbu delegantlar orasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o`qituvchi va talabari ham borligidir. Aniqroq ayatadigan bo`lsak, Universitetimiz Professori Muslimbek Pirnazarov, talabasi Ergashov Jamshid va shuningdek universitetimizni tugatib, o`z sohlarida ish olib borayotgan Zohid Akbarov, Suhrob Shakirov, Begzod Xujanazarovlar ishtirok etishdi.

Ushbu konferentsiya va ko’rgazmada qatnashib kelgan universitet talabasi Jamshid Ergashov shunday dedi: “Shu ikki kunlik tadbir davomida, ko`plab kompaniya rahbarlari, dasturchilari bilan suhbatda bo`ldim. Ular bizga o`z dasturiy yechimlarini taklif etishdi.

Xususan, “World1 Solutions -IT consuting and education” va “Radius innovation systems”lar bilan kelishuvda ular tomonidan IT sohasidagi ta`limga berilgan yechimlar menga ma`qul bo`ldi va ushbu korxona vakillarini universitetimiz mehmoni bo`lishlariga taklif qildim.

Ular aytgan “Softwere is eating the world” iborasi menga katta ta`surot qoldirdi. Dunyo bozorida dasturiy ta`minotning ulushi juda tez o’sib bormoqda.

Bunday vaziyatda biz yoshlar chetda jim qarab turishmiz noto`g`ri, biz qimmatli vaqtimizni dasturlashni o`rganishga va uni hayotda qo`llashga harkat qilishimiz lozim.

Ushbu tadbirda ishtirok etishga yordam bergan universitetimiz ma`muriyati va  o`zim faoliyat yuritayotgan “Carwon” jamoasiga o`z minnatdorchiligimni bildiraman.”




Unlock Tours loyihasi bo’yicha ikkinchi sayohat

Joriy yilning 10 mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining “Unlock” loyihasi tomonidan eng yirik maishiy texnika ishlab chiqaruvchi Artel kompaniya zavodiga navbatdagi safar tashkil etildi.

Tanlovda qatnashqan 110dan ortiq ishtirokchilardan 45 nafari Artel zavodiga borib, fabrikaning eng katta tarmoqlaridan biri – maishiy texnikalarning termoplastik detallarini ishlab chiqarish va kir yuvish mashinalari va muzlatgichlarni yig’ish sektorlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

Yo’lboshchilar va zavod ma’muriyati konveyer jarayonining tafsilotlarini, jihozlarning ishlash printsiplarini tushuntirdilar va talabalarning ko’plab savollariga javob berdilar. Qiziqarli ekskursiya hech bir talabani befarq qoldirmadi. Ayniqsa, mahalliy mayishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Artel maishiy texnika zavodi ma’muriyati, yo’lboshchilari va Unlock loyihasi jamoasiga fabrika faoliyati bilan tanishish va mayishiy texnika ishlab chiqarish sohasida bilim olish imkoniyatini yaratib berganlari uchun minnatdorchiligimizni bildiramiz.




“QIZLAR DAVRASI-2020” ko‘rik-tanlovi

Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni ularga. Go‘zallik, nafosat, yangilanish bahor va ayol tushunchalarida uyg‘unlashib ketadi. Ayollarimizning oilada tutgan o‘rni beqiyos. Oqila, go‘zal ayollar o‘zlarining g‘amxo‘rligi, mehribonligi, qalbi daryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar.

Mamlakatimiz xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, maʼnaviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, salomatligini mustahkamlash, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish davlatimiz siyosatiga aylangan.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti ham talaba-qizlarni har sohada iqtidorini sinab ko‘rishi uchun imkoniyat yaratib “QIZLAR DAVRASI-2020” ko‘rik tanlovini tashkil qildi. Ko‘rik-tanlovni adolatli baholash uchun o‘z ishining ustalari, tegishli soha mutahasisslari
– “Avtoradio” direktori – Kamola Ermatova
– “Banquette hall” restorani direktori – Dilnoza Sharipova
– Innovasion rivojlanish vazirligi qoshidagi Innovasialarni joriy etish markazi bosh ilmiy xodimi- O‘lmas Zoirov
-“S-class” salonining stilistlari
– “Anor” brend asoschisi va bosh dizayneri, yosh dizaynerlar kengashi raisi – Dilnoza Umirzokovalar taklif qilindi.

Ishtirokchilar 5 ta shart bo‘yicha o‘z qobilyatlarini namoyon qilishdi.
– “Ko‘zgudagi men”
– “Pazandachilik sirlari”
– “Mening innovasion g‘oyam”
– “Men stilistman”
– “Men podiumda”

Universitet qizlarining eng faollari – epchilligu chaqqonlikda, pazandalikda, zukkolik va bilimda o‘zlarining boshqalardan ustun ekanliklarini bildirish maqsadida bellashdilar.

Ishtirokchilar xar bir shart bo‘yicha xakamlar xayati tomonidan baxolab borildi. Talabalar o’rtasidagi “QIZLAR DAVRASI-2020” musobaqasi natijalariga ko’ra birinchi o’rin birinchi kurs talabasi Ozodova Shaxrizodaga taqdim etildi. Har bir ishtirokchiga universitet tomonidan diplom va sovg‘alar taqdim etildi.

Bunday tadbirlar qizlarimizning har tomonlama barkamol, milliy urf-an’analarimizdan boxabar voyaga yetishlarida katta ahamiyatga ega. Qizlarimizning sharqona odobi, ibo-hayosi, momolar udumlaridan xabardorliklari ularning kelgusida yaxshi turmush o‘rtog‘i, oila bekasi, ona bo‘lib voyaga yetishlari, ular kelajak oila jamiyatimizning mustahkam poydevoriga munosib hissa qo‘shishidan darakdir.




Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Yaponiyaning Xiroshima universiteti va Balcom kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4553 son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida, 2020 yil 18-21 yanvar kunlari Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti rektori U.Salomov va universitet Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i J.Abdujalilov Yaponiyaning Xiroshima shahriga tashrif buyurdi.

2020-yil 19-fevral kuni Xiroshima universiteti prezidenti Mitsuo Ochi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda hamkorlik aloqalarini o‘rntaish bo‘yicha Akademik va ta’lim almashinuv Shartnomasi imzolandi.

Xiroshima universiteti vise-prezidenti Yasushi Maruyama va Muhandislik fakul’teti dekani Professor Atsushi Sugeta, Xalqaro ishlar qo‘mitasi boshlig‘i Professor Toru Takashina bilan uchrashuvda Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari Xiroshima universitetida magistraturada tahsil olishi, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar olib borish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, kelgusida ikki tomonlama tibbiyot fanlari nomzodi darajasini berish bo‘yicha qo‘shma dasturni joriy etish kelishib olindi.

Balcom kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida mutahassislar tayyorlash markazini tashkil etish bo‘yicha Shartnoma imzolandi. Ushbu markazning maqsadi Yaponiyaning nufuzli kompaniyalari bilan tajriba almashish,  universitet bitiruvchilarini malakasini oshirish va global mehnat bozorida raqobatlasha oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida texnik ko‘nikmalarni o‘rgatishdan iborat. Shuningdek,  markazni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar kelgusida Yaponiya hududidagi xalqaro kompaniyalarda malaka oshirish uchun yuborilishi ta’minlanadi.

Shuningdek, universitetning iqtidorli talabalariga Xiroshima universitetida magistraturada tahsil olish uchun Balcom kompaniyasi tomonidan grant dasturi joriy etiladi.

Xiroshima universitetining akademiya-industriya hamkorligi bo‘yicha tajribasi Treining markazga joriy etiladi va uch tomonlama faoliyat olib boriladi.




Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q!

Mamlakatimizda muqaddas dinimiz sofligini saqlash, islom madaniyatini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ allomalarning ilmiy merosini o‘rganish, yangi masjid-madrasalar barpo etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda, afsuski, turli qarama-qarshilik va ziddiyatlarni keltirib chiqarish yo‘li bilan o‘z maqsadlariga erishishni ko‘zlaydigan kuchlar bor ekan, sun’iy ravishda nizoli vaziyatlarni vujudga keltirishga qaratilgan harakatlar ham to‘xtamaydi. Zero, g‘oyalar kurashi avj olgan XXI asrda ham tinchlik ne’mati ko‘plab mamlakatlar uchun hamon orzu bo‘lib qolmoqda. Bunga 2011-2016 yillarda ba’zi arab mamlakatlarida ro‘y bergan va hamon davom etayotgan siyosiy inqirozlar oqibatida yuzaga kelgan qonli to‘qnashuvlar misol bo‘la oladi. Mazkur davlatlarda bo‘lib o‘tgan xunrezliklar, go‘yoki «arab bahori» nomi bilan begunoh odamlarning yostig‘ini quritayotganlar ham asosan dinni niqob qilib olgan kuchlar ekani, ular ekstremistik oqim va terroristik guruhlardan foydalanayotgani ham hech kimga sir emas.

Joriy yilning 20-fevral kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” va “Ijtimoiy tarmoqlarda axborot xuruji”.mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.

“Yoshlar bilan ishlash” bo‘yicha prorektor Alisher Ashurov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi.Diniy ekstremizm va terrorizmning jahon hamjamiyatiga solayotgan tahdidi, bu kabi illatlardan yoshlarni asrash, mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizni asrab-avaylash masalasida to‘xtalib o‘tdi. Diniy-ekstremistik tashkilotlar o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun zamonaviy axborot kommunikasiyalaridan keng foydalanish, internet orqali turli tillarda targ‘ibot olib borish va puxta ishlangan strategiya asosida virtual jamoatlar tuzish asosiy vazifaga aylangan. Ayniqsa, yoshlar orasida mutaassiblikka yo‘g‘irilgan bunday forumlarning tobora ommalashuvi muammoning naqadar jiddiy ekanini namoyon etadi. Shuningdek, mobil messenjerlarning ijtimoiy tarmoqqa ko‘prik vazifani o‘tab berayotgani, ularning ishini ancha yengillashtirmoqda.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishga harakat qilayotgan turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, zarur vaqtda ana shunday kuchlarga qarshi ma’rifat ilmi bilan qarshi kurashish kerakligini tushuntirishdan iborat.

Keyingi so‘z navbati O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi o‘qituvchisi Dilafruz Turdievaga berildi. Dilafruz Turdieva o‘z so‘zida, bugungi kunda dunyo davlatlarini tashvishga solayotgan diniy ekstremizm va terrorizm kundan-kunga yangicha ko‘rinishga kirib borayotganligi, islom dinini niqob qilib olgan qator terroristlik tashkilotlar haqida batavsil ma’lumotlar berib, jumladan terroristlik tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan qator harakatlarni misol qilib ko‘rsatdi. Shuningdek, dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan din niqobi ostida faoliyat yuritayotgan turli diniy ekstremistik tashkilotlarning yoshlarni aldov yo‘li bilan o‘z saflariga qo‘shib olayotganidan kelib chiqib, talaba-yoshlarni bunday guruhlar tahdididan doimo ogoh va hushyor bo‘lishga da’vat etdi. Terroristlik tashkilotlarning internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlarda faolligi sababli internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanganda juda ehtiyotkor bo‘lish kerakligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Internet fan-texnika taraqqiyot evolyusiyasining hosilasi hisoblanadi. Hozirgi kunda hayotimizni internetsiz tasavvur qilish juda mushkul. Ayniqsa, yoshlar hayotida global tarmoqning o‘rni tobora oshib bormoqda. Internet dunyoning turli nuqtalarida yashovchi odamlarning o‘zaro muloqotini hamda axborot almashinuvini mukammal darajada osonlashtirdi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha internetdan eng ko‘p foydalanuvchilar aynan 21 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar hisoblanar ekan. Yurtimizda ham Internet tizimi rivojlanib, undan foydalanuvchilar safi jadal sur’atlar bilan kengayib bormoqda dedi Dilafruz Turdieva.

Davra suhbati so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib mutahassis tomonidan kerakli hulosani olish imkoniyatiga ega bo’ldilar.




Buyuk shoirlarni xotirlab…

Yurtimizda fevral oyida  tavallud topgan ikki buyuk bobakalonimiz she’riyat mulkining sultoni, o‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hamda buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi  barcha ilm dargohlarida  keng nishonlanmoqda. Jumladan, joriy yilning 13 fevral kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ham “Buyuk shoirlarni xotirlab” nomli ijodiy kecha o‘tkazildi.

Tadbirga o‘zbek dublyaj san’atiga katta hissa qo‘shgan, 1000 dan ortiq filmga ovoz bergan, O‘zbekiston xalq artisti, taniqli notiq Afzal Rafiqov mehmon sifatida taklif etilgan. Shu bilan birga Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi akademik lisey o‘qituvchi va o‘quvchilari, universitet xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirni “O‘quv ishlari” bo‘yicha prorektor  Igor Semone Stievano ochib berdi. Igor Semone Stievano talaba-yoshlarga  Navoiy va Bobur hayoti  va ijodiy faoliyati bilan tanishib chiqqanida, ularning badiiy-ilmiy merosi, mamlakatimizda ulug‘ ajdodlarga ko‘rsatilayotgan ehtirom, shoir asarlarining navqiron avlod tafakkurini boyitishdagi o‘rnini ko‘rib xayratga tushganini va ularga cheksiz hurmatini ta’kidladi. Nutqi so‘ngida Alisher Navoiyning g‘azalini ingliz tiliga tarjima qilinganini aytib berdi.

Tadbirning badiiy qismini iqtidorli talabalar tomonidan aytilgan, ma’naviyat va adabiyotning so‘nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur qalamlariga mansub g‘azal va ruboiylardan bilan boshlandi.

Daholarning bebaho asarlari ma’naviy teranligi  hamda badiiy yuksakligi bilan bashariyat mulkiga aylangan. Talabalar tomonidan sahnalashtirilgan Uyg‘unning “Alisher Navoiy” drammasi, Xurshid Davronning “Boburshox” spektaklidan Boburning munojoti sahnasidan parcha ijro etilgani barchani e’tiborini qozondi. Ushbu spektakllarda asarlarining mazmun-mohiyati, badiiy hususiyati, teran falsafasi, tarbiyaviy ahamiyatini chuqur singdirish,  yoshlarni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi, odamlar o‘rtasida  mehr-oqibat va o‘zaro hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashdagi beqiyos ahamiyati aks ettirilgan.

Tadbirning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, universitet xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning oltin merosiga bag‘ishlangan videorolik taqdim etildi.

Ijodiy kechaning muhim mehmoni Afzal Rafiqovga so‘z berildi. U Mustaqillik tufayli siz yoshlarga shunday buyuk bobolarimizning merosini o‘rganish baxti nasib etdi. Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning ibratli hayoti, serqirra ijodi, ilm-fan rivoji yo‘lidagi olamshumul ishlari bugun ham jahon ahlini hayratga solmoqda. Asarlarida tarannum yetilgan inson ruhiyatining go‘zal badiiy ifodasi, ma’naviy kamolot, tinchlik va farovonlik, millatlararo totuvlik, yurt obodligi kabi g‘oyalar barchamizga dasturi amal bo‘lib hizmat qilmoqda.

Ularning hayot va ijodlarini qancha o‘rgansak kam.  G‘azallari-yu, dostonlarini o‘rganar ekanmiz, ijodlariga bo‘lgan muhabbat tobora oshib boradi. Men ham Navoiy bobomizning ro‘llarini ijro etkanimda, o‘zimda katta ishonch  va g‘urur bilan paydo bo‘ladi. Mana shunday bobolarimizning davomchilari ekanimdan faxrlanaman dedi. Dublyaj qiroli “Hamsa”ning “Sadiy Iskandariy” dostonidagi ijod namunasi bilan o‘z so‘zini yakunladi.

Tadbir talaba-qizlar ijrosidagi “Tanovar” raqsi bilan davom etdi.

Ijodiy kechaning yakuniy qismini “O‘quv-uslubiy va ilmiy” bo‘lim boshlig‘i Sultonov Mansur Qilichovich tugatdi va barcha kelgan mehmonlarga, tadbirni mana shunday yuqori saviyada o‘tishida o‘z hissasini  qo‘shgan universitet jamoasiga  minnatdorchiligini bildirdi.




Toshkent shahridagi “Botanika bog‘i”dagi yoshlar ommaviy tadbiri

Joriy yilning 8-fevral kuni Toshkent shahridagi “Botanika bog‘i”da yoshlar bilan ommaviy tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Toshkent shahridagi barcha Oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘z soha va yo‘nalishlariga oid maxorat darslari, chiqishlar, musobaqalar, ko‘rgazmalar namoish etildi.

Tadbirda Toshkentdagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan robototexnika yo‘nalishidagi ishlanmalari xamda texnik loyixalari namoyish etildi. Shu jumladan, talabalar 3D-printer, Odamsimon robot hamda avtomatik ravishda boshqariladigan uchish apparatlarini namoyish etdilar.

Bundan tashqari, universitetimizga qiziqqan ko’plab yoshlarga universitetda o’qish haqida, beriladigan imkoniyatlar va kirish imtihonlari haqida ma’lumot berildi hamda tarqatma materiallar taqdim etildi.




Toshkent shaxridagi Turin Politexnika universiteti va «O’ZAGROTEXSANOATXOLDING» aksiyadorlik jamiyati o‘zaro hamkorlik ishlari olib borishmoqda.

Toshkent shaxridagi Turin Politexnika universiteti (TTPU) ning «O’ZAGROTEXSANOATXOLDING» aksiyadorlik jamiyati «Toshkent qishloq xo‘jalik texnikasi» zavodining “Qishloq xo‘jalik texnikalari konstruktorlik-texnologik markazi” hududida «Mashinasozlik texnologiyasi va aviakosmik injiniring» kafedrasining filiali tashkil qilindi.

Ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borish uchun 1 ta o‘quv xonasi ajratilib, stol-stul, doska, videoproektor, ko‘rgazma materiallar bilan jihozlab berildi. Soha bo‘yicha 80 dan ortiq zamonaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar ro‘yxati shakllantirildi, sotib olish uchun buyurtmalar berildi.

TTPUning Mashinasozlik texnologiyasi ta’lim yo‘nalishining 4-kursdagi talabalari (jami 40 nafar) uchun 2019-2020 o‘quv yilidagi «Testing of agricultural techniques and technologies» (Qishloq xo’jalik texnika va texnologiyalarini sinash) fani bo‘yicha o‘quv jarayoni grafigi tasdiqlanib, darslar TTPUda italiyalik professor-o‘qituvchilarning dars o‘tish grafigidan kelib chiqqan holda, noyabr-dekabr oylarida darslar «Mashinasozlik texnologiyasi va aviakosmik injiniring» kafedrasining filialida o‘tildi.

Filialda laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni olib borish uchun TTPUning 2 ta professor-o‘qituvchilari va «Toshkent qishloq xo‘jalik texnikasi» zavodining 2 ta yetakchi xodimlari o‘rindoshlik va soatbay asosida jalb etildi.

TTPU ning «Mashinasozlik texnologiyasi va aviakosmik injiniring» kafedrasi, «Turin invest engineering» MChJ  «O’ZAGROTEXSANOATXOLDING» aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda 2019-2020  yillarda amaliy va innovasion loyihalar bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni birgalikda olib borish uchun muammoli mavzular ruyxati va loyihalar reestri shakllantirilmoqda.

TTPUning 2 ta ilmiy xodimi (PhD) va 2 ta doktoranti dissertasiya ishlari hamda 4-kurs talabalaridan 10 nafari «O’ZAGROTEXSANOATXOLDING» aksiyadorlik jamiyatining muammoli mavzulari bo‘yicha bitiruv malakaviy ishlarini bajarishlari belgilanib olinmoqda, ilmiy rahbarlik qilish uchun korxonaning 5 nafar malakali xodimlari jalb qilinmoqda.

“Toshkent qishloq xo‘jalik texnikasi zavodi”ning “Qishloq xo‘jalik texnikalari konstruktorlik-texnologik markazi” hududida tashkil qilingan «Mashinasozlik texnologiyasi va avivkosmik injiniring» kafedrasining filialida talabalar uchun ma’ruza, amaliyot darslari va yozgi amaliyot davri uchun universitet va korxona tomonidan traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalari maketlari, paxta terish mashinasi detallaridan iborat bo‘lgan ko‘rgazmali qurollar bilan jihozlandi.

«O’ZAGROTEXSANOATXOLDING» aksiyadorlik jamiyatida faoliyat olib borish uchun TTTUning 6 nafar professor-o‘qituvchilari suhbatda qatnashdi va Mirzaliev Sanjar – “Innovasiyalar va investisiyaviy loyihalar va lokalizasiya” bo‘limi boshliq o‘rinbosari, Tadjiev Zafar – yetakchi injener, Xakimjanov Ruslan – “Ishlab chiqarishni rejalashtirish” bo‘limi yetakchi mutaxassisi kabi lavozimlariga ishga qabul qilindi.

 




Oila – jamiyat tayanchi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixcham va tartibli o‘tkazilishi to‘g‘risida” va “Erta ajrimlar” mavzularida talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Birinchi masala bo‘yicha, universitet xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi F.Nabixanova so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda xalqimizning uzoq yillik qadriyatlari va an’analarini o‘zida aks ettirgan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazishda shuhratparastlik, o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, boshqalarning ijtimoiy ahvolini inobatga olmaslik, isrofgarchilik, xalqimizning urf-odatlari va an’analarini mensimaslik kabi illatlar to‘g‘risida va 14 sentabr kuni Oliy Majlis Senati Kengashi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining qo‘shma majlisida mamlakatda to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar borasida qaror qabul qilingani haqida ma’lumot berdi.

Olmazor tumani hokim o‘rinbosari,  Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi O.Aripova so‘zga chiqib, ba’zi fuqarolar to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni dabdaba bilan o‘tkazishni qo‘shnilar, qarindoshlarning tanqidlaridan, qoralashidan, umuman olganda, jamoatchilik bosimidan xalos bo‘lish vositasi sifatida tushunmoqda deb takidladi. Vaholanki, bunday tadbirlar yaqin qarindoshlar o‘rtasida qarzdorlikning vujudga kelishiga va oqibatda keskin ziddiyatlarga olib kelmoqda. Aksariyat aholi, ayniqsa, xotin-qizlarning ongida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda qiz tomonning sarf-xarajatlari qanchalik yuqori bo‘lsa, qaynona-kelin munosabatlari shunchalik yaxshi bo‘ladi, degan noto‘g‘ri tasavvur tobora mustahkamlanib bormoqda. Yuqoridagi salbiy holatlarning tobora avj olishi ming-minglab oilalarning nafaqat ijtimoiy ahvoliga, balki butun hayotiga, qolaversa, jamiyatimizda qaror topgan ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Mazkur holatlarga chek qo‘yish, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, jamiyatda ijtimoiy adolatni ta’minlash, aholi, ayniqsa, yoshlarda tejamkorlik madaniyatini shakllantirish maqsadida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni qat’iy tartibga solish  maqsadida 2019 yil 14 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining kengashi  va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”  Qo‘shma Qaror ishlab chiqdi va ushbu qaror joriy yilning yanvar oyidan kuchga kirdi” deb ma’lumot berdi.

O.Aripova  o‘z ma’ruzalarini Muxtaram Prezidentimizning ayollarga bo‘lgan e’tiborini yaqqol misoli sifatida ayollarga qaratilgan ikkita muhim qonun bilan tanishtirish bilan davom ettirdi.

Ular:

1. 02.09.2019 yildagi “Xotin qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan  himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-sonli qonuni.

2. 02.09.2019 yildagi “Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquliligi gender tengligi haqida”gi O‘RQ-562 sonli qonun.

“Oilaviy zo‘ravonlik” – dunyoda eng ko‘p uchraydigan jinoyatlardan biri hisoblanadi. Aksariyat hollarda unda ayollar jabr ko‘radi. Shu bois mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar xotin-qizlarning haq-huquqlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Insonga, shuningdek, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday shakliga yo‘l qo‘ymaslik qonunlarimizda mustahkamlab qo‘yilgan. Ammo ko‘pchilik o‘zbek ayollari turmush o‘rtog‘i yoki qayinonasi, qayinukalari, boringki, o‘z ota-onasi tomonidan huquqi poymol etilayotgan bo‘lsa-da, hech kimga murojaat qilmaydi. Oqibatda vaziyat yanada chigallashib, ko‘ngilsiz holatlar kelib chiqadi. Buning oldini olish maqsadida hududlarda “Ayollar ijtimoiy moslashuv markaz”lari tashkil etildi. Ularning asosiy vazifasi zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitasiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish, ijtimoiy hayotda qiynalgan, oila a’zolari yoki boshqa shaxslar tomonidan qiynoqqa solinib kelinayotgan xotin-qizlarni aniqlab, ular tomonidan yoki ularga nisbatan kelgusida salbiy holatlar sodir etilishining oldini olish choralarini ko‘rish, notinch oilalar va nikohsiz, sha’riy nikoh yoki ikki-uch xotin bo‘lib yashayotgan oilalarni aniqlash hamda ular tomonidan kelgusida jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida muntazam ravishda profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilanganligi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi O.Aripova.

Ikkinchi masala bo‘yicha, Olmazor Ichki Ishlar Bo‘linmasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, podpolkovnik O.Matchonova erta ajrimlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.  So‘nggi yillarda ajrim masalasi jamiyatimizdagi eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Ayni kunlarda Toshkent shahri oilalarning ajrimi bo‘yicha butun respublikada yetakchilik qilmoqda.

Azal-azaldan xalqimizda oila muqaddas dargoh sifatida ulug‘lanib, u yot ta’sirlardan asrab-avaylab kelingan. Sharqona tarbiya haqida gap ketganda esa, o‘zbek oilalari doim o‘rnak qilib ko‘rsatilgan. Ming afsuski, bugungi kunda ayrim oilalardagi kattalarning ma’naviyatsizligi, o‘zini ko‘z-ko‘z qilishga bo‘lgan urinish, yosh oilalarning turmushiga bo‘lgan asossiz aralashuvlar sabab guldek oilalar barbod bo‘lyapti, ayollar ko‘chada qolyapti, farzandlar onasiz, ko‘p hollarda otasiz voyaga yetyapti.

Qaynonalar va kelinlar o‘rtasidagi gap-so‘zlar, erta turmush, kattalarning yoki uchinchi shaxslarning yoshlar hayotiga aralashuvi, o‘zaro murosasizlik kabi sabablar yosh oilalarning buzilishiga sabab bo‘lmoqda  ekan, tegishli davlat organlari siz yoshlarga  ma’naviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash, oilaviy ajrimlarni oldini olish, noqonuniy nikohni oldini olish, erta nikoh va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarni oldini olish, yoshlarda oilaga bo‘lgan mas’uliyatni oshirish haqida ta’kidlab o‘tdi  O.Matchonova.

Talaba-yoshlardan mavzuga doir qanday savol yoki takliflar borligini bilish maqsadida suhbat davomida turli savollar berildi va suhbat bahs munozara shaklida davom etdi.  Suhbat davomida talaba-yoshlar ham ma’ruzachilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi va kerakli javoblar taqdim etildi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, jamiyatimizning kelajagi oilalarning mustahkamligiga bog‘liqdir. Bu borada har birimiz bir yoqadan bosh chiqarib, oilalarni mustahkamligi, jamiyatimizning sog‘lomligi hamda farzandlarimizning porloq kelajagi yo‘lida ustirayotgan o‘g‘il-qizlarimizga to‘g‘ri tarbiya berib bormog‘imiz lozim. Zero, oila mustahkamligi yo‘lida tarbiya sog‘lom oiladan boshlanadi.

 




Koinot tizimlari va aloqa muhandisligi bo‘yicha yangi o‘quv dasturi

TTPUToshkent shahridagi turin politexnika universitetida yer sun’iy yo‘ldoshi bilan bog‘liq tadqiqotlar loyihasiga start berildi

2019 yil 15 noyabrdan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) Yevropaning Erasmus+ dasturi bo‘yicha xalqaro va mahalliy bir nechta universitetlar bilan hamkorlikda “Koinot tizimlari va aloqa muhandisligi bo‘yicha yangi o‘quv dasturi” (“New study program in space systems and communications engineering” – SPACECOM) loyihasini boshladi.

 

TTPULoyiha yuzasidan 20 noyabrda barcha hamkor universitet va tashkilotlar Toshkent axborot texnologiyalar universiteti (TATU) da uchrashdilar. Yevropadagi hamkorlardan Berlin texnika universiteti (Germaniya) va EXOLAUNCH (Germaniya) kompaniyasi qatnashdi. Uchrashuvda loyihaning asosiy vazifalari va muddatlari kelishib olindi.

Ushbu loyiha yuzasidan hamkorlar tomonidan 2020 yil 4 martda TATUda birinchi konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

 

 

 




GRBS jamoasi va Turin Рolitexnika Universitetining birinchi respublika tanlovidan fotoreportaj

Tanlovga kelgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz.

Tanlov natijalari 10 kun ichida GRBS va TTPU rasmiy marosimida e’lon qilinadi.

Qo’shimcha savollar uchun bizning ofisimizga keling yoki quyidagi raqamlarga murojaat qiling.

📍Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumani, Mustaqillik shoh ko’chasi, Buyuk Ipak Yo’li ko’chasi 2, GRBS® xalqaro kampusi

+998 78 129 19 19

📲: +998 90 188 56 86

📬 info.tashkent@grbs.com

📱 Telegram: https://t.me/MyGRBS

📱 FB: https://www.fb.com/grbsuzbekistan

📱 Instagram: https://www.instagram.com/grbs_uzbekistan




“Senga posbonmiz, Vatan!”

Ona yurtni sevish, uni ko‘z qorachig‘idek asrash, istiqloli va istiqboli, osoyishtaligi va farovonligi uchun kurashish, bu yo‘lda hatto o‘z jonini tikish, mohiyatan haqiqiy tinchlikparvarlik ruhida tarbiyalanish har bir o‘zbek o‘g‘lonining burchidir. Harbiylarimiz tun-u kun qo‘lni qo‘lga berib, hattoki jonlarini ham fido qilib, ona zaminlarini sarhadlarini dahlsizligini himoya qilib kelishmoqda.

“Vatan himoyachilari kuni” Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida keng nishonlandi. Tadbirda universitetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Ashurov, O‘zbekiston Kinoarboblar Ijodiy uyushmasi raisi M.Matchonov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist R.Aliev, universitet va akademik litsey professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Ashurov ochib berdi. U o‘z so‘zida bugungi kunda Vatanni himoya qilish yoshi, faoliyat sohasi va kasbidan qat’iy nazar har bir fuqaroning chinakam sharafli burchiligi, aynan shu sababli Respublikada Vatan himoyachilari kuni bayramini nishonlashga qaratilvotgan e’tibor, milliy armiya jamiyatimizning ajralmas qismiga hamda o‘sib kelayotgan yosh avlod va harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning faol hayotiy pozitsiyasini mustahkamlash, mamlakat kelajagi uchun fuqarolik ma’suliyati hissini oshirishga xizmat qiluvchi yetakchi institutga aylanayotgani xaqida gapirib o’tdi.

Universitet qoshidagi akademik lisey o‘quvchilari Vatan tuyg‘usi, yurt tinchligi, Ona Vatanga bo‘lgan muxabbat haqidagi she’rlari bilan tadbirning badiiy qismini ochib berdilar.Navbatdagi so‘z O‘zbekiston Kinoarboblar Ijodiy uyushmasi raisi M.Matchonovga va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist R.Alievga berildi. Ular tadbir so‘ngida namoyish etish uchun olib kelingan postanovkachi rejissyor Akbar Bekturdiev tomonidan tasvirga olingan vatanparvarlik haqidagi “Tinchlik ortida” fil’mining maqsadi, o‘ynagan rollari, epizodlari va o‘z ta’surotlari haqida gapirib berdilar. So‘ng talabalar e’tiboriga ta’sirchan, hayotiy va yorqin voqealar orqali hikoya qilingan “Tinchlik ortida” fil’mi namoish etildi.




O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar muzeyiga ekskursiya

1992 yil 14 yanvar kuni mustaqil davlatimiz hududidagi barcha harbiy qism va bo‘linmalarni O‘zbekiston tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganligi, milliy armiyamizni isloh qilishning uzoq muddatli dasturini ishlab chiqilganligi munisabati bilan, talaba-yoshlarni O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarixi va hozirgi yutuqlari bilan tanishtirish maqsadida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari uchun O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.

Ekskursiya davomida talabalar nafaqat O’zbekistonda tashkil topgan Qurolli kuchlari tarixini o’rganishga, balki muzeyning boy va keng ko’lamga ega bo’lgan Markaziy Osiyo va O’zbekiston xalqining rivojlangan harbiy san’ati tarixi ekspozitsiyalari bilan ham tanishishga muyassar bo’ldilar. Universitet talabalari muzeydagi eksponatlar bilan tanishar ekanlar, o‘tmishga xayolan sayohat qilib, qadim zamonlarda yashab o‘tgan insonlar, ularning turmush tarzi, mudofaa va qurolsozlikning rivojlanishi, o‘zlari yashab turgan hududlarni himoyalashda foydalanilgan harbiy anjomlar va qurol-yarog‘lar haqida, hamda buyuk ajdodlarimiz bo‘lmish Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Ulug‘bekka tegishli bo‘lgan eksponat va ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Muzeyga kirishda qad ko‘targan, el yurtimizning sodiq farzandi timsolini aks ettirgan “Vatanga qasamyod” haykali ham hechkimni befarq qoldirmadi.

O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Davlat muzeyiga ekskursiya talaba-yoshlarning Vatanga bo’lgan muhabbati, sadoqati, tariximizga bo’lgan hurmati va tushunchasini oshirishda yana bir qadam bo’ldi.