1

“Nova Robotics” jamoasining 196-maktabga safari

Bugun UZREPORT TV telekanalida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti “Nova Robotics” jamoasining robototexnika bo’yicha mahorat darslari o’tkazish uchun 196-maktabga yo’l olgani haqidagi lavha namoyish etildi.




“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” nomli konsert dasturi o’tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag’ishlab Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida 9-dekabr kuni “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” nomli konsert dasturi o’tkazildi. Konsert ulug’ madhiyamiz sadolari bilan boshlandi. O’tmishimiz, bugunimiz va albatta porloq kelajagimiz aks etgan video rolik barchani ta’sirlantirdi. Jonli ijroda talabalarimiz tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar va raqslar guldastasi zalga yig’ilgan mehmonlarni ham raqsga chorladi.




Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti va 196-sonli maktab o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev raisligida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektorda belgilab o‘tilgan vazifalar ijrosiga hamda Oliy ta’lim muassasalariga o‘rta ta’lim maktablarini biriktirish va ularni ishlash jarayonlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha 2020 yil 22 noyabr kuni Bosh Vazir o‘rinbosari Musaev B.A. rahbarligida bo‘lib o‘tgan Ishchi guruh majlisi 3-son Bayoniga muvofiq Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga (TTPU) Olmazor tumanidagi 196-umumta’lim maktabi otalig‘iga olish uchun biriktirib berildi.

Shu asnoda, TTPU 196-umumta’lim maktabi bilan hamkorlik ishlarini boshlab yubordi.

30 noyabr – 1 dekabr kunlari maktab professor-o‘qituvchilari TTPUga tashrif buyurishdi va ularga universitet mas’ul xodimlari tomonidan universitet faoliyati, ta’lim tizimi va dars o‘tish metodikalari xaqida qisqacha ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, TTPU xodimlari maktab ma’muriyati tomonidan tashkil etilgan “8-dekabr – Konstitusiya kuni”ga bag‘ishlangan “Konstitusiya mening taqdirimda” ko‘rik tanlovida mehmon sifatida ishtirok etishdi va maktab iqtidorli o‘quvchilariga universitet nomidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Endilikda TTPU va Italiya tajribasi asosida ushbu maktab faoliyatini takomillashtirish masalasida:

  • Universitet professor-o‘qituvchilarining salohiyati va tajribalaridan foydalangan xolda maktab fan o‘qituvchilariga ilg‘or o‘qitish uslublarini o‘rgatish;
  • Ularni “Ingliz tili” ko‘nikmalarini va malakalarini oshirish uchun “Master-klass” formatida leksiyalar, seminarlar tashkil etish;
  • Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni hamkorlikda o‘tkazish;
  • Birgalikda turli hil tanlovlar va fan olimpiadalarini o‘tkazish;
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kutilmoqda.




KONSTITUTSIYA – ADOLAT MEZONI

Hozirgi kunda yer yuzida mavjud davlatlarning deyarli barchasi o’zlarining erkin siyosati, tili, davlat ramzlariga ega. Ammo ularning hammasi ham o’z konstitutsiyasiga egaemas. Milliy ramzlar qatorida tilga olinadigan konstitutsiyaga bizning mamlakatimiz ham egaekanligi bizning baxtimiz albatta.

Ulug’ ajdodlarimizning asriy armonlari, erkinhayot, farovon jamiyat va adolatli davlat barpo etishdek eng ezgu tilaklar va ulug’ orzularini o’zida mujassam etgan Davlatimiz Konstitutsiyasi barcha qabul qilinadigan qonunlar va me’yoriy hujjatlar uchun mustahkam asos va dasturulamal bo’lib xizmat qilmoqda.

Bugun 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabulqilinganiga 28-yil to’ldi. Shu munosabat bilanToshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti barchangizni ushbu sana bilan muborakbod etadi. Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin. Doimo yurtimiz tinch va osmonimiz musaffo bo’lsin. Konstitutsiya va qonun ustuvorligi xalqimiz farovoniligi uchun xizmat qilsin.

Konstitutsiya bayramingiz muborak bo’lsin, azizlar!




Fransiyaning “Assystem Engineering and Operation Services” kompaniyasi TTPU talabalariga katta qiziqish bildirmoqda

“Assystem Engineering and Operation Services” vakillari Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurib, talabalarni o’qitish metodikasiga katta qiziqish bildirdilar va universitet bazasini yuqori baholadilar.

O’tgan yilning sentyabr oyida kompaniya “Uzenergoengineering” kompaniyasi bilan birgalikda O’zbekistonda o’z faoliyatini boshladi.

Assystem Engineering and Operations Services dunyoning 14 mamlakatida “innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda” barcha turdagi elektr tarmoqlari va energiya inshootlarini loyihalashga bag’ishlangan frantsuz tashkiloti hisoblanadi. U dunyodagi uchta yirik xalqaro atom energetikasi kompaniyalaridan biri bo’lib, murakkab va qat’iy tartibga solinadigan sohalarda 50 yillik tajribaga ega.

“Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari va bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash asosan” O’zavtosanoat”, “O’zbekenergo”, O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi,” Lukoyl “,” Inter Engineering “, NKMK, AGMK kabi tashkilotlarda, qurilish va axborot texnologiyalari kompaniyalarida amalga oshiriladi. Fransiyaning Uzenergoengineering-Assystem kompaniyasi bilan hamkorlik bizning talabalarimizni ish bilan ta’minlash uchun ham, mamlakatimizda energetika sohasini rivojlantirish uchun ham katta imkoniyatlarni ochib beradi “, – deydi TTPU marketing bo’limi boshlig’i Oybek Jo’rayev.

Yaqin orada kompaniya va universitet o’rtasidagi hamkorlikning boshlanishi kutilmoqda.




Respublikamizda Xalqaro taqsimlangan fizika olimpiadasi – “International Distributed Physics Olympiad-2020” uchun tanlov qay tarzda o‘tkazildi?

❗️Xalqaro taqsimlangan fizika olimpiadasi-2020 da qatnashish uchun O‘zbekiston jamoasini shakllantirish maqsadida tanlov 3 bosqichda o‘tkazildi.

1️⃣– bosqichda barcha fizika yo‘nalishida o‘z bilimini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan 16 yoshdan-18 yosh oralig‘idagi ishtirokchilar onlayn test topshirdilar. Natijalarga ko‘ra ishtirokchilar ichidan 20 nafari saralab olinib 2 va 3 – bosqichga taklif etildi.

2️⃣-bosqich oflayn shaklda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti binosida bo‘lib o‘tdi. Barcha ishtirokchilarga bilimlarini ko‘rsatish uchun masalalar va laboratoriya ishi berildi. Ushbu bosqich so‘ngida har bir ishtirokchi universitet tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi. “Ushbu sertifikat Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga kirish imtixonlarida abiturientlarga imtiyoz kuchiga ega bo‘ladi”,- dedi universitet rektori J. Sh. Inoyatxodjaev.

3️⃣-bosqich esa oflayn shaklda Prezident maktabida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar ichidan eng yuqori ball to‘plagan besh nafari saralab olindi va ularga Xalqaro taqsimlangan fizika olimpiadasida O‘zbekiston jamoasi nomidan qatnashishga yo‘llanma berildi.

🎓Ular ichida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti 1-bosqich talabasi Yusufov Meronshoh ham bor (saralash bosqichida 3-o‘rin).

📚Xozirgi paytda ishtirokchilarni bilimlarini yanada oshirish maqsadida sohadagi professor-o‘qituvchilar tomonidan nazariy va laboratoriya darslari olib borilmoqda.

📝Xalqaro taqsimlangan olimpiada-2020 7-15 dekabr’ kunlari Toshkent shahridagi prezident maktabida oflayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Bu yili olimpiadada 80 dan ortiq davlat jamoalari o‘z mamlakatidan turib ishtirok etadi va tashkilotchi Moskva fizika-texnika instituti (MFTI) tashabbuskorligi va onlayn nazorati ostida o‘tkaziladi. Yakuniy Xalqaro bosqich ikki bosqichda o‘tkazilib, birinchi bosqichda ishtirokchilarga 3ta masala yechish uchun 5 soat vaqt, ikkinchi bosqichda eksperimental masala, ya’ni laboratoriya ishi uchun 4 soat vaqt beriladi.

👍🏻Talabamizga va barcha O‘zbekiston nomidan qatnashayotgan ishtirokchilarga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!




Bu yil “UzAuto Mustaqillik Kubogi” da kim g’olib bo’ldi?

⚽️”UzAuto Mustaqillik Kubogi” – bu har yili AK “O’zavtosanoat”ning barcha korxonalari xodimlari o’rtasida o’tkaziladigan futbol chempionati hisoblanadi.

🏆”UzAuto Mustaqillik Kubogi-2020″ chempionati natijalariga ko’ra finalda “Avtosanoat Cepla” MChJ QK jamoasi bilan kuch sinashgan holda professor-o’qituvchilar va ma’muriyatdan iborat Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti jamoasi 4:0 hisobi bilan g’olib bo’ldi.

👏G’oliblarimizni tabriklaymiz! TTPU jamoasi bizning faxrimiz!

🤩E’tiboringizga final uchrashuvidan parchalarni taqdim etamiz! ⬇️




Italiya elchisi Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi.

Bugun, 19 noyabr kuni, Italiyaning Toshkentdagi elchisi Agostino Pinna Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida oliy o’quv yurti vakillari elchini universitet faoliyati, ma’muriyati va universitet binolari bilan tanishtirdilar.

Muzokara davomida hamkorlikni yanada rivojlantirish rejalari ham muhokama qilindi.

Umid qilamizki, ushbu uchrashuv Italiya va O’zbekiston o’rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash uchun yana bir qadam bo’ladi!




Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti davlatimiz bayrog‘i qabul qilingan kun bilan tabriklaydi!

Mamlakat bayrog‘i bu oddiygina timsol emas, balki butun bir millat faxri hisoblanadi. U mamlakatning tarixi va mafkurasi haqida aytib turadi.

O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan bo‘lib, u xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining ramzi hisoblanadi.

Davlatimiz bayrog‘i doimo baland ko‘tarilsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! Vatanimiz kelajagi porloq bo‘lsin!




Bitiruvchilarimiz bizning faxrimiz va kuchimizdir!

O’zbekistonning umidli yoshlaridan biri, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bitiruvchisi Jasur Gayratov haqidagi teledasturni tomosha qiling!




🎓Talabalarimiz – bizning faxrimiz🏆!

🎉Universitetimiz talabasi Axmedova Mariyamni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan “Uyda qoling va ijod qiling” onlayn ko‘rik-tanlovida “Eng yaxshi grafik asar” nominasiyasi bo‘yicha g‘olib deb topilganliklari bilan muborakbod etamiz va ularni kelgusi ijodiy ishlarida zafarlar tilab qolamiz!👏




Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bitiruvchisi «Innovasion g‘oyalar yetakchisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Joriy yil respublika miqyosida 428 ta loyihalar bir nechta bosqichda ko‘rib chiqilgan bo‘lib, yakunida Respublika Komissiyasi a’zolari tomonidan har bir hududdan eng munosib 14 nafar nomzodlar «Innovasion g‘oyalar yetakchisi» ko‘krak nishoni g‘olibi deb topildi.

G‘oliblar safida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining bakalavr va PhD doktorantura bitiruvchisi Mirzaliev Sanjar Maxamatjon o‘g‘li ham bor.

6 noyabr’ kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi binosida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. G‘oliblarni O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vaziri Ibroxim Yulchievich Abdurahmonov va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisining birinchi o‘rinbosari Akmal Muradovich Jumaboev tabrikladilar.

Marosimda bitiruvchimiz Mirzaliev Sanjar so‘zga chiqib, berilgan ushbu yuksak ishonchni kelgusidagi ishlar bilan davom ettirishga oid o‘z fiklari bilan o‘rtoqlashdi.

Bitiruvchilarimiz, sizlar bilan fahrlanamiz va sizlarning kelgusi ishlaringizda ulkan muvaffaqqiyatlar tilab qolamiz!




Endilikda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari 2-kursni tamomlab, o‘qishini AQShdagi Pittsburg universitetida davom ettirishlari mumkin. Universitetlar bu borada maxsus «2+2» dasturini ishlab chiqdi.

2 noyabr kuni ayni mavzuda tomonlar o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda rasmiylar bilan birga Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari ham ishtirok etdi.

Onlayn muloqot davomida talabalarga «2+2» dasturining mazmun-mohiyati, Pittsburg universitetiga kirish shartlari va talablari hamda o‘qish davomida va o‘qishni tamomlagandan keyingi imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha ham javob olishdi.

Pittsburg davlat universiteti vakilining aytishicha, talabalar o‘qishni tamomlab, AQShning nufuzli kompaniyalarida ishlash imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi.

«Chet ellik talaba diplomini qo‘lga kiritganlaridan so‘ng, AQShda 3 yil davomida talabalik vizalari bilan nufuzli kompaniyalarda ishlashlari mumkin. Har yili Pittsburg davlat universiteti “job fair”, ya’ni mehnat yarmarkalari bo‘lib o‘tadi. Ularda 200ga yaqin mahalliy kompaniyalar Pittsburg universitetini yaxshi baholar bilan bitirgan talabalar bilan mehnat shartnomalarini tuzib, o‘z kompaniyalariga olib ketishadi», – deydi universitet vakili.

Turin politexnika universiteti rektori Jamshid Inoyatxodjaevning aytishicha, endilikda talabalar AQShning nufuzli universitetlarida o‘z malaka va tajribalarini oshirib, mashinasozlik bo‘yicha yetakchi mutaxassisga aylanishadi.

«Ushbu dastur 2018 yilning may oyida Pittsburg davlat universiteti va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida ishlab chiqildi.
Endilikda, talabalarimiz 2-kursni yakunlab, o‘qishni AQShda davom ettirishlari mumkin. Bu – bizning katta yutug‘imiz. Chunki endilikda talabalarimiz mashinasozlik sohasida o‘z bilim va tajribalarini oshirib, kelajakda O‘zbekistonda mashinasozlik rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi degan umiddamiz», – deb ta’kidladi universitet rektori Jamshid Inoyatxodjaev.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti
Matbuot xizmati




Innoweek.uz onlayn ko‘rgazmasiga tashrif buyurish bo’yicha video-yo‘riqnoma

Hurmatli ko’rgazma mehmonlari!

E’tiboringizga Innoweek.uz halqaro xaftaligi doirasida bo‘lib o‘tayotgan onlayn ko‘rgazmadagi universitetimiz povelioniga tashrif buyurish bo‘yicha video-yo‘riqnomani taqdim etamiz.




Rektor murojaati

Hurmatli birinchi bosqich talabalari!

Sizni Universitetimizga qabul qilinganingiz va TTPU oilasining to’laqonli a’zosi bo’lganingiz bilan tabriklayman. Umid qilamanki, o’qish davri sizlar uchun qiziqarli, hayajonli va kelajakdagi kasbingiz uchun foydali bo’ladi.

Pandemiya va karantin tez orada bizning faoliyatimizga ko’rsatayotgan salbiy ta’sirini yo’qotadi va biz sizni yana universitetimizda ko’rishga muvaffaq bo’lamiz deb umid qilamiz.

Hamkorlarimizdan birining past darajadаgi kompetensiyasi sabab video darslar portali va onlayn kontent bilan ishlashda uzilishlar bo’lganligi uchun uzr so’rayman.

Professor-o’qituvchilar va o’quv bo’limimiz say harakati bilan biz kontentni doimiy ravishda Telegram kanalimizda joylashtirib kelmoqdamiz va kechadan boshlab portalni ishga tushurdik.

2, 3 va 4-bosqich talabalari oktyabrdan boshlab Didattica portali orqali kerakli materiallarni o’z vaqtida olishmoqda va shu yilning noyabr oyidan 3 va 4-bosqich talabalari oflayn tarzida o’qishni boshlaydilar. Ikkinchi semestrdan boshlab esa 1 va 2-bosqich talabalari ham oflayn tarzida o’qishni davom ettirishadi.

Ushbu holatni tug’ri qabul qilasizlar deb umid qilaman, sizga va yaqin qarindoshlaringizga sog’liq, muvaffaqiyat va farovonlik tilayman.

Hurmat bilan,
Rektor J. Sh. Inoyatxodjaev




TISS inkubatsiya markazining ochilish marosimi

Universitetimizdagi yangi Tiss inkubatsiya markazi!

🥁 baraban rulosi 🥁

🚀 Biz bu lahzani qanday kutganingizni bilib, sizni rozi qilishga shoshilamiz! 🚀

2020 yil 23 oktyabrda Universitetimizdagi inkubatsiya markazining ochilish marosimi bo’lib o’tdi!

 

💡 Inkubatsion dasturlar haqida ko’proq bilmoqchimisiz? Investorlarni qanday topishni bilmayapsizmi?
O’zingizning startapingizni muvaffaqiyatli targ’ib qilish uchun yordam izlang, quyidagi havolalarga o’ting!

➡️ Tiss – Inkubatsiya markazining ochilish marosimini tomosha qilish uchun havola: https://youtu.be/vOtOObHWCdk
➡️ Instagram-ga havola: https://www.instagram.com/tiss.incubation/
➡️ Bizning Facebook-ga havola: https://www.facebook.com/Tiss.incubation/

➡️ Veb-saytimizga havola: https://incubation.polito.uz/
➡️ Telegram kanalimiz: https://t.me/tissincubation

Hamkorlar:
Toshkentdagi Turin politexnika universiteti: http://new.polito.uz/
IT-Park: https://it-park.uz/




Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!

Joriy yilning 23-oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetning yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan ZOOM platformasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida onlayn ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbek Milliy Akademik drama teatrining ustoz san’atkori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva va O‘zbekiston Davlat Filarmoniyasining xonandasi Mansur Xo‘jaAhmad ishtirok etib, mavzuni yanada boyitishda, badiiy ijodiy salohiyatini oshirishda munosib hissa qo‘shdilar.

Mehmon san’atkorlar tadbir ishtirokchilarining e’tiboriga nazm yo‘nalishdagi ijod mahsullarini havola etdilar.Talabalar tomonidan mavzu bo‘yicha tayyorlangan videorolik tomoshabin va mehmonlar uchun bayramona tuhfa bo‘ldi.




O’zbek tili qanday paydo bo’lgani va qanday rivojlangani haqida bilasizmi?

O’zbek tilining paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixi uning ona tilida so’zlashuvchilarning tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. O‘zbek xalqi kabi bir millatning paydo bo‘lishi turkiy va eron tillarini birlashtiruvchi bir qator etnik guruhlarning birlashishi bilan bog‘liq edi. Buni orasida katta farq bo’lgan o‘zbek lahjasidagi dialektlarning ko‘pligidan bilish mumkin.

O’zbek tilining rivojlanish tarixini uch bosqichga bo’lish mumkin: qadimgi turkiy, qadimgi o’zbek va zamonaviy o’zbek tili davrlari.

Qadimgi turkiy til
Ushbu bosqich V-XI asrlarga tegishli. Turklar Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshon qirg’oqlari bo’ylab hind-eron qabilalari aholisini asta-sekin chiqarib yuborishgan. Aloqa vositasi qadimgi turkiy til bo’lib, uning asosida keyinchalik ko’plab Osiyo tillari paydo bo’lgan. Bugungi kunda qadimgi turkiy yozuvning faqat o’sha davrga tegishli madaniy yodgorliklarda tasvirlangan qismlari mavjud.

Qadimgi o’zbek tili
Ikkinchi bosqich XI-XIX asrlarga to’g’ri keladi. Shu vaqt ichida o‘zbek tili ko‘plab qo‘shni tillar ta’sirida rivojlandi. Tilning shakllanishiga birlashgan va rivojlangan adabiy tilni yaratgan shoir Alisher Navoiy ulkan hissa qo’shdi. Bu shaklda u 19-asrning oxirigacha o’zgarishsiz ishlatilgan.

Hozirgi o‘zbek tili
XX asrda zamonaviy o’zbek tilining shakllanishi boshlandi. Butun O’zbekiston aholisi tomonidan tan olingan Farg’ona lahjasi uning asosini tashkil etdi. Aholining aksariyati sartiya tili deb biladigan ushbu lahjada gapirishgan va uning karnaylari sartlar deb nomlangan. Etnik sartlar o’zbek xalqiga tegishli emas edi, ammo o’tgan asrning 20-yillarida “sart” so’zidan voz kechildi va mamlakat aholisi o’zbeklar deb nomlana boshladi. Adabiy til normalari yanada demokratiklashdi, bu esa uni ancha soddalashtirdi.

O‘zbek yozuvi
Butun rivojlanish tarixi davomida o’zbek tilida uch xil yozuv mavjud edi. O’tgan asrning 20-yillari oxirigacha o’zbeklarning etnik guruhi arab alifbosiga asoslangan edi. Sovet hokimiyati paydo bo’lishi bilan yozuv bir qator islohotlarga duch keldi. So’ng 1938 yilgacha Lotin alifbosi ishlatilgan, keyin esa kiril alifbosiga o’tilgan. O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlatga aylangandan so’ng 1993 yilda yana lotin alifbosi qaytarildi.

Bugungi kunda o‘zbek yozuvida arab harflari, lotin va kirill harflari parallel ravishda qo‘llanilmoqda. Katta avlod kirill grafikasini afzal ko’radi, chet elda yashaydigan o’zbeklar esa arab harflariga o’rganishgan. Maktablarda o’qivchilar lotin tilida o’qishadi, shuning uchun o’quvchilar va o’quvchilarga Sovet davrida nashr etilgan kitoblarni o’qish juda qiyin.

O’zbek tili fors tilidan olingan so’zlarga boy. XX asrda lug’at rus tilidagi so’zlar bilan sezilarli darajada boyitildi va bugungi kunda u ingliz tilidagi so’zlar bilan jadal ravishda to’ldirilmoqda. Davlat dasturiga muvofiq, o’zbek tilini boshqa tillardan olingan so’zlardan tozalash boshlangan.
Bularning barchasi, shubhasiz, o’zbek tilini va tarjimalarini o’rganishda ba’zi bir qiyinchiliklarga olib keladi, ammo uni o’ziga xos va yanada qiziqarli qiladi.

Hozirgi kunda ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonda 24 millionga yaqin, Afg’onistonda – 3 million, Todjikistonda -taxminan 1 million, Qozog’istonda – 500.000, Turkmanistonda – 350.000ga yaqin, Rossiyada – 300.000 kishi o’zbek tilida so’zlashar ekan.

Aziz yurtdoshlar!
Toshkent sahridagi Turin politexnika universuteti Davlat tilimiz – O’zbek tili bayrami bilan Sizlarni mubarakbod etadi!

 




Toshkent 24TV: Ixtirochi yoshlar – kelajak tayanchi!

Hammaga salom!

Toshkent 24 telekanalida bizning universitet talabalarining innovatsion loyihalari haqidagi efirni o’tkazib yuborganlar va uni qayta-qayta ko’rishni istaganlar endi videoni rasmiy YouTube kanalimizda tomosha qilishlari mumkin!

 Tomosha qiling, zavqlaning va iste’dodli talabalarimiz bilan faxrlaning!

 

 

 




Yana bir ijodkor talabamiz ishlaridan bahramand bo‘ling!

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha “Rassom ustaxonasida mehmonda” onlayn-tanlovida Universitetimiz talabasi Ahmedova Mar’yam ishtirok etmoqda.

Keling ularni qo‘llab-quvvatlab, tanlovda omadlar tilab qolaylik!