1

Talabamiz “Rassom ustaxonasida mehmonda” onlayn-tanlovida qatnashmoqda

Universitetimizda iqtidorli talabalarimiz ko‘p!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5ta tashabbus chora-tadbirlari doirasida “Uyda qoling va ijod qiling!” shiori ostida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha “Rassom ustaxonasida mehmonda” onlayn-tanlovi loyihasida universitetimiz 1-bosqich talabasi Raximdjanova Nodiraxon o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etmoqda.

Ushbu ijodiy ishlarni ko‘rib ko‘z quvonadi! Nodiraxonning ijodlariga muvafaqqiyat tilab, tanlovda omad yor bo‘lsin deb qolamiz!




Bitiruvchimiz “Mehr-saxovat” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi!

Joriy yilning 10-oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida, shuningdek, turli tabiiy ofatlar, favqulotda holatlar tufayli yurtimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashda, ularni oqibatlarini bartaraf etishda MARDLIK va JASORAT namunasini ko’rsatgan, milliy qadriyat va an’analarimizni munosib davom ettirib, mehr-oqibat, saxovat, HIMMAT va OLIJANOBLIK fazilatlarini ulug’lab kelayotgan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash va ularga BEMINNAT KO’MAK berish borasidagi ishlarni umumxalq harakati darajasiga ko’tarishga katta hissa qo’shgan, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, birlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda faol ishtirok etib, BEG’ARAZ HOMIYLIK yordami hamda ezgu ishlari bilan ko’pchilikka alohida O’RNAK BO’LAYOTGAN yurtdoshlarimiz orasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bitiruvchisi, xo

zirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish Vazirligi boshqarma boshlig’i Firdavs Ne’matzoda “Mehr-saxovat” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

Biz siz bilan faxrlanamiz, aziz bitiruvchimiz!




Talabalarimiz “TECHNOWAYS” marafoni g‘oliblari deb topildi!

Joriy yilning 6-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovasion Rivojlanish Vazirligi huzuridagi Innovasion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi tomonidan o‘tkazilayotgan “TECHNOWAYS” texnologik rivojlanish marafonining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tomonidan marafonda 4 ta jamoa qatnashdi. Musobaqa natijalariga ko’ra ulardan ikkitasi g’olib deb topildi. Xususan, “Nova robotics” jamoasi yaratgan yordamchi vazifasini bajaruvchi roboti 20 000 000 so‘m mukofot puliga, Enor-3 ixcham, tezkor va tejamkor elektromobilini ishlab chiqqan “Neuron engineering” jamoasi- 15 000 000 so‘m mukofot puliga sazovor bo’lishdi.

G’oliblarimizni chin qalbdan tabriklaymiz va ularga ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilaymiz!
Talabalarimiz – bizning kelajagimiz! Bizning faxrimiz!




Xodimlar tarkibida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Ilmiy Kengash qarori va rahbariyat buyruqlariga asosan, xodimlar tarkibida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.

  1. Moliyaviy-iqtisodiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha birinchi prorektor etib – Karimov Аbdujamin Аbdujalilovich;
  2. Universitet huzuridagi akademik litsey o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari etib – Shamansurov Javlon Shamuslimovich;
  3. Xodimlar bo’limi boshlig’i etib – Tronevich Аndrey Аleksandrovich tayinlandi.



Universitet o’qituvchi-professori va xodimi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shu kunlarda yana ikki yutuqqa erishishga muvaffaq bo‘ldik! Shu haqida Sizlar bilan o‘rtoqlashmoqchimiz…

1-oktyabr’ – O‘qituvchi va Murabbiylar kuniga bag‘ishlangan Prezident farmoniga binoan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi fidoyi sifatida Tulyaganov Dilshat Ubaydullaevich — Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining tabiiy va matematika fanlari kafedrasi mudiri «Mehnat Shuxrati» ordeni bilan taqdirlandi.

Kuni kecha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tantanali bayram tadbirida esa Allamova Gulbahor Azatovna – Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i ko‘p yillik samarali va halol mehnati hamda o‘z hizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Ularni ushbu yutuqlari bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Martabalari bundanda ulug‘ bo‘lib, fidokorona xizmat bilan charchamasliklarini tilab qolamiz!

Biz Sizlar bilan faxrlanamiz!!!

Gulbahor Azatovnaning quvonchlarini rasmdan, Dilshat Ubaydullaevichning taasurotlarini esa O‘zbekiston24 (FM 87.9) radio to‘lqinida bergan interv’yularidan bilishingiz mumkin!

 




1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaymiz

Qadrli va aziz ustozlar!

Barchangizni 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.

Siz bizlar uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsolidursiz!

Ushbu kunda sizlarga eng samimiy minnatdorchilik va ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.

Biz sizlar bilan faxrlanamiz va ulug‘ xizmatingizni yuksak qadrlaymiz!

Karantinga qaramay, siz uchun qisqa tabrik videosini tayyorladik! Sizga yoqadi deb umid qilamiz!




Bitiruvchilarimiz – Faxrimiz!

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bitiruvchisi, Italiyaning “Arduino” kompaniyasi mutaxassisi Nodir Yusufov bilan intervyuni tomosha qiling!!!




“Men 29 yoshdaman” ko’rsatuvida Muslimbek Pirnazarov – Turin politexnika universiteti o‘qituvchisi, dasturchi




Malayziyadagi Putra biznes maktabining MBA dasturi endi Toshkentda!




Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti texnoparkidagi yana bir ishlanma…

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti texnoparki bazasidaMChJ“IDEA IMPEX” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasining bosh texnologi tomonidan onkologik kasalliklarni davolash uchun mo’ljallangan “TOR (operativ reabilitatsiya texnologiyasi)” terapevtik apparati ishlab chiqildi.

Ushbu qurilmaning samaradorligini tasdiqlash maqsadida, 12 oy davomida hayvonlarda sinov ishlari olib borildi va natijalari shuni ko’rsatdiki, elektromagnit to’lqinlar ta’sirida 100% rad etish bilan o’smalar kamaygan. Komissiyaning xulosasi: qurilma immunomodulyatsion ta’sirga ega bo’lib, organizmning adaptiv reaktsiyalarini rag’batlantiradi, shu bilan birga tanaga salbiy ta’sirlari aniqlanmagan.

O’tgan yilning avgust oyidan boshlab“TOR” terapevtik apparatining klinik sinovi ishlarini insonlarda, bemorlarning ixtiyoriy roziligi bilan, o’tkazish boshlandi.

Muvaffaqiyatli klinik sinovlardan so’ng apparatni tibbiy amaliyotga joriy etish dalolatnomasi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent vaBuxoro filiallari tomonidan tasdiqlandi.

Farmatsevtika qo’mitasi tomonidan 20.03.2020 yildagi TT /M 00383/03/20- raqamli tibbiy asbob-uskunalarni ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi guvohnoma va 02.06.2020 yildagi 2443246-sonli muvofiqlik sertifikatiga ega bo’ldi, shuningdek, qurilma INNOWEEK-2019 ko’rgazmasida qatnashdi va onkologiya sohasidagi eng yaxshi yechim sifatida sertifikat bilan taqdirlandi.

Joriy yilning iyul oyida O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik shifoxonasi bazasida ushbu qurilmani immunomodulyator sifatida koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlarni davolash uchun sinov ishlari boshlandi. Birinchi test natijalariga ko’ra, terapiyaning 8-seansidan so’ng, PZR tahlillari koronavirus infektsiyasining mavjudligi boyicha salbiy natijani ko’rsatdi.

Yaqin kelajakda “IDEA IMPEX” MChJ ushbu qurilmani Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti texnoparki bazasida ishlab chiqarishni boshlash niyatida.

 

 




TTPU rektori Xalqaro press-klub sessiyasida ishtirok etdi

Aziz do’stlar!

E’tiboringizga  Xalqaro press-klubning “O’zbekiston Uchinchi Renessans bo’sag’asida” mavzusidagi sessiyada ko’plab ta’lim va madaniyat namoyandalari qatorida ma’ruzachi sifatida qatnashgan universitetimiz rektori J.Sh.Inoyatxodjaev bilan bo’lgan suhbatdan bir lavxani taqdim etamiz.




Toshkent24TV: 2020-2021 o’quv yilida nimalar kutilmoqda?




Yangi MBA dasturining tanishtiruv videoanjumani bo’lib o’tdi

Aziz do’stlar!

Kecha, 25 avgust kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetidagi Malayziyaning Putra biznes maktabi yangi MBA dasturining tanishtiruv videoanjumanida ishtirok etgan barchangizga minnatdorchilik bildiramiz!

Anjumanda qatnasha olmagan qiziquvchilar uchun quyidagi havolani taqdim etamiz: https://youtu.be/-3v6DCN9Mbo

Shuningdek, videoning ta’rifida dastur haqida batafsil ma’lumot ham berilgan.

Arizalarni qabul qilish muddati joriy yilning 5 sentyabr kunigacha uzaytirildi!




ERAMCAErasmus + loyihasi doirasida seminar-forum o’tkazilishi rejalashtirildi

(2020 yil 13-fevral, Turin shahri, Italiya, ERAMCA ERASMUS + loyihasi bo’yicha uchrashuv).

Joriy yilning 15 sentyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ERAMCA Erasmus + loyihasi doirasida ehtiyojlarni tahlil qilish, atrof-muhit xavfini baholash va ularning Markaziy Osiyodagi madaniy meros ob’ektlariga ta’sirini kamaytirish bo’yicha seminar-forum bo’lib o’tadi.

Hamkor mamlakatlardan kelgan muhtaram ma’ruzachilar, tadqiqotchilar va ishtirokchilar universitet konferentsiya zalida yoki COVID-19 pandemiyasi tarqalishi sababli onlayn tarzda yig’ilish  o’tkazishadi.

Agar siz ham vebinarda ishtirok etishni istasangiz, bonu.azizova@gmail.com ga murojaat qilishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot: http://new.polito.uz/ru/obrazovanie/kafedry/6409-2/eramca-2/




Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) va Kembrij xalqaro kolleji (CIC) o’rtasidagi hamkorlik

Bugun, 2020 yil 24 avgust kuni Toshkent shahdagi Turin politexnika universiteti (TPUT) va Kembrij xalqaro kolleji (CIC) o’rtasida hamkorlik to’g’risida memorandum imzolandi.

Kelishuvning maqsadi – ta’lim, tadbirkorlikni birgalikda rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash uchun ekotizimni yaratish va istiqbolli start-up loyihalarini amalga oshirishdir.

Hamkorlikning asosiy yo’nalishlari:

1. Kollej filiallarida universitet talabalari uchun amaliyot va malaka oshirish ishlarini tashkil etish, malakali mutaxassislarni birgalikda tayyorlash;

2. Ilmiy hamkorlikni yo’lga qo’yish;

3. Abiturientlarni TTPUga qabul qilish uchun tayyorlov kurslarini birgalikda tashkil etish ;

4. Mehmon ma’ruzalari va mahorat darslarini tashkil qilish;

5. Axborot platformalarida birgalikda promo-kampaniyalarini tashkil etish;

6. Forumlar, seminarlar, konferentsiyalar va brifinglar o’tkazish;

7. “Muammoli ta’lim” amaliyotini birgalikda amalga oshirish.

Bundan tashqari, ushbu hamkorlik ikki tomon kelishuvi asosida universitet malakali professorlari kollej o’quvchilariga mahorat darslarini taqdim etib, ularga International Foundation sertifikatini qo’lga kiritishda yordam beradilar. Ushbu sertificatga ega bo’lgan talabalar TTPUda o’qishni 2-bosqichdan boshlab davom ettirishlari mumkin bo’ladi.

Umid qilamizki, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TPUT) va Toshkentdagi Kembrij xalqaro kolleji (CIC) o’rtashdagi o’zaro hamkorlik ikkala tomon uchun ham katta imkoniyatlar ochib beradi va reja qilingan sohalarni rivojlantirishda katta qadam bo’ladi.




QABUL – UCHINCHI BOSQICH

AJOYIB IMKONIYAT

Toʻgʻridan toʻgʻri IKKINCHI BOSQICHGA qabul qilinish mumkinmi? Siz bunga MUMKIN EMAS deb javob berasiz.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti esa bunga MUMKIN deydi.

Endi sizda UCH YIL ichida oliy ma’lumotli boʻlish imkoniyati mavjud.

Turin universiteti Oʻzbekistonda Yevropa andozalariga mos, texnika yoʻnalishida ta’lim olishni istovchilar uchun shunday imkoniyat berayotgan yagona universitetdir.

BUNDAN TASHQARI, JORIY YILDA TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING BARCHA OʻQUV YO’NALISHLARI BO’YICHA QOʻSHIMCHA DASTUR (MASOFAVIY+SIRTQI) OCHILMOQDA.

MEHNAT FAOLIYATINGIZNI TOʻXTATMAGAN HOLDA SIFATLI YEVROPA TA’LIMINI QO’LGA KIRITISH IMKONIYATINI BOY BERMENG.

TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSI-TETINING 2020/2021 O‘QUV YILI BAKALAVRIATIGA UCHINCHI BOSQICH QABUL –QOIDALARI VA HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI BIRINCHI BOSQICH QOIDALARIGA MOS KELADI (ILOVA) 

 

Imtihon sanasi

Uchinchi bosqich imtihoni 31 AVGUST kuniga rejalashtirilgan edi. Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31 avgust dam olish kuni deb rasman e’lon qilindi. Imtihon boshqa kunga koʻchirildi (sentabr boshiga). Imtihonning aniq sanasi keying hafta e’lon qilinadi.

Imtihon universitet hududida OFFLAYN tarzda, karantin qoidalariga toʻliq rioya qilgan holda (ya’ni, tibbiy niqob va tibbiy qoʻlqopda boʻlish) boʻlib oʻtadi.

Universitet manzili: Toshkent shahri, Kichik xalqa yoʻli 17, moʻljal ASIA supermarketi (sobiq Nukus kinoteatri) 

Uchinchi bosqich imtihonida qatnashish uchun quyidagi shartlarni bajarish lozim: 

SHART #1 – Onlayn roʻyxatdan oʻtish

Onlayn anketa toʻldirish ilovasi: Onlayn roʻyxatdan oʻtish

ILTIMOS, ONLAYN ANKETANI TOʻLDIRISHDA USHBU YOʻRIQNOMADAN FOYDALANING YOKI VIDEONI TOMOSHA QILING.

Videoga ilova

 

1-shartdan oʻtish majburiy boʻlib, abiturientlar ushbu shartni amalga oshirmay 2-shartga oʻta olmaydilar!

SHART #2 –  Qabul jarayonining shaffofligini ta’minlash uchun, karantin paytida, 1-SHARTNI tugatgandan soʻng, ariza beruvchi (abiturient) pasportining elektron nusxasini quyidagi manzilga yuborishi kerak: admission.polito.uz

 

Ikkinchi imtihonda (07 iyul) qatnasha olmagan abituriyentlar DIQQATIGA, Siz qaytadan 2-SHARTdan oʻtishingiz kerak. 

Onlayn test (on-line) 

Kirish imtihonlari test shaklida boʻlib, qiyinlik darajasi Oʻzbekiston Respublikasi umumiy oʻrta ta’lim oʻquv dasturi darajasida boʻladi.

Onlayn (on-line) test quyidagilardan iborat:

 Matematika: 18 ta savol (40 daqiqa).

O’qib tushunish: 6 ta savol (12 daqiqa).

Mantiq: 6 ta savol (12 daqiqa).

Fizika: 12 ta savol (26 daqiqa)

Onlayn test umumiy 42 SAVOLDAN iborat boʻlib, 90 DAQIQA davom etadi. Barcha savollar 5 ta javob variantidan iborat boʻlib, ulardan bittasi toʻgʻri.

Har bir javob quyidagicha baholanadi:

1 ball– agar toʻgʻri javob tanlansa (1 ball qoʻshiladi)

-0.25 ball – notoʻgʻri javob tanlansa (toʻplangan balldan 0.25 ball ayirib tashlanadi)

0 ball– javob tanlanmagan boʻlsa (ball yoʻqotmaysiz)

 

 

 

Barcha fanlar boʻyicha test ingliz tilida oʻtkaziladi!

Test natijalari

Abiturientlar to’plagan ballarini onlayn test yakunida bilib oladilar. Abiturientlarning toʻliq roʻyxati toʻplagan ballarning (imtihon natijalarining) foiz koʻrsatkichidagi ketma-ketligi boʻyicha, kirish testidan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi. 

Certificates considered equivalent to the admission test (the following number refers to the grading equal to or higher than the threshold: 60/100)

GRE (General Test) with a minimum score of 153 in the “Verbal” section and 144 in “Quantitative” section and any score in the “Analytical Writing” section

GMAT with a minimum score of 500 in the two sections “Verbal” and “Quantitative”, with any score in the “Analytical Writing” section.

SAT SAT Reasoning test (section “Evidence-Based Reading and Writing” and section “Math” with a minimum score of 500 points in each section) and SAT Subject Test (section “Physics Level 1 or 2” and section “Mathematics Level 1 or 2” with a minimum score of 500 points in each section). The two sections “Evidence-Based Reading and Writing” and “Math” of the SAT Test can be replaced by the ACT Test with a minimum score of 20.

 

Ingliz tili sertifikati

COVID-19 KARANTINI TUFAYLI, BIRINCHI BOSQICHGA QABUL QILINGAN ABITURIYENTLAR IELTS SERTIFIKATLARINI OʻQUV YILI DAVOMIDA TAQDIM ETISHLARI MUMKIN.

TTPU bakalavriatining ikkinchi bosqichida taxsil olish uchun 5.5 yoki undan yuqori boʻlgan IELTS sertifikati (akademik) talab qilinadi. COVID-19 KARANTINI TUFAYLI, IKKINCHI BOSQICHGA QABUL QILINGAN ABITURIYENTLAR IELTS SERTIFIKATLARINI 2020 YIL OHIRIGA QADAR TAQDIM ETISHLARI MUMKIN.

IELTS sertifikati (akademik) oʻrniga ekvivalent sifatida tan olinuvchi sertifikatlar roʻyxati:         https://didattica.polito.it/cla/en/certificates. 

TTPU da ta’lim olish uchun toʻlov miqdori.

Bir akademik yil Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ta’lim olish uchun toʻlov miqdori 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil etadi.

 

Oʻqish toʻlovi.

Barcha bakalavr kurslari uchun 1 akademik yilining oʻqish toʻlovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil etadi.

 

QOʻSHIMCHA MA’LUMOT UCHUN

Ariza berish jarayoni va boshqa savollar boʻyicha qoʻshimcha ma’lumot olish uchun Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga quyidagi elektron manzil boʻyicha murojaat qiling:

E-mail: admission@new.polito.uz

 

Tel: +99871 246-63-48, +99871 246-80-51, +99871 246 80 52

 




Toshkentdagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan O’zbekistonda birinchi robot-yordamchisi ishlab chiqildi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan yaratilgan universal NovAssistant roboti Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish ilmiy-amaliy markazi ko’magida ishlab chiqildi.

Ushbu loyiha jamoasi a’zolari Daler Mardonov (loyiha rahbari), Saidakbarxon Po’latov (dasturchi), Saidazizxon Saidaloyev (dizayner), Saidaloxon Ergashxojazoda (mexanik).

Ushbu robotni yaratishdan maqsad tibbiyot, tadbirkorlik, ta’lim, turizm kabi sohalarda kundalik ishlarni osonlashtirish, shuningdek, nogironlaga yordam berishdir.

Ushbu robotning qobiliyatlari nafaqat aloqa va hissiyotlarni ifoda etishdan iborat, balki korxona yoki uy ishlariga yordam berishni ham o’z ichiga oladi. Buyurtmachining iltimosiga ko’ra qo’shimcha funktsiyalarni ishlab chiqish ham mumkin, masalan, sun’iy intellekt, yuzni aniqlash va bino ichida boshqarish funktsiyasi. Robot ovozli signal yoki dastur orqali boshqariladi.

Chet elda robot yordamchilarining o’rtacha narxi 180 million so’mni tashkil etadi. Mahalliy robot yordamchilarining narxi  konfiguratsiyasiga qarab taxminan 25-45 million so’mni tashkil etadi.




Malayziyaning Putra Biznes maktabi Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti bilan hamkorlikda MBA “Biznes Boshqaruvi Magistri” (MBA) mutaxassisligiga o‘qishga qabul qilishni boshladi.

Malayziyaning Putra Biznes Maktabi Malayziya Putra universiteti qoshidagi maktab hisoblanadi. Jahon universitetlari QS reytingi bo’yicha, Malayziya Putra universiteti 132-o’rinni egallaydi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti bilan hamkorlikda faoliyat boshlangan Malayziyaning Putra Biznes Maktabi Master of Business Administration (MBA: General Management) o‘quv dasturi asosida talabalarni qabul qilish jarayoni boshlanganligini ma’lum qiladi.

Barcha fanlar Malayziyalik professorlar tomonidan ingliz tilida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida olib boriladi. O‘quv dasturi davomiyligi 18 oy (5 semestr). Sohada faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun kechki dasturlar ham tashkil etiladi.

Malayziyaning Putra Biznes maktabi MBA dasturi AQSh ning AACSB akkreditasiya agentligi tomonidan akkreditasiyalangan. Jahonning 5% dan kam biznes maktablari ushbu akkreditasiyani olishga erishgan, bu MBA dasturi sifat darajasining yuqori ekanligini kafolatlaydi. Ta’limni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar “Umumiy boshqaruv” mutaxassisligi bo‘yicha Putra Biznes maktabi MBA magistri diplomini qo‘lga kiritadi.

Ta’lim uchun umumiy to‘lov kontrakt qiymati 8000 AQSh dollari.  Malayziyaning Putra Biznes maktabi tomonidan O‘zbekiston fuqarolariga 20% imtiyoz va Turin politexnika universiteti tomonidan 200 AQSh dollari imtiyoz beriladi. Umumiy hisobda, ta’lim uchun 6200 AQSh dollari ((bir o‘quv yili uchun 3100 AQSh dollari) to‘lanadi. To‘lov O‘zbekiston milliy valyutasi so‘mda amalga oshiriladi (AQSh dollarining so‘mga nisbatan qiymati, Markaziy bank tomonidan to‘lov amalga oshirilgan kunda belgilangan kursda hisoblanadi).

O‘quv dasturi 2020 yil sentyabr oyidan boshlanadi. O‘qishga kirish uchun nomzodlardan IELTS 6.0 va undan yuqori (bakalavr bosqichini xorijiy universitet filiallarida ingliz tilida o‘qiganlar bundan mustasno) va bakalavr diplomi talab etiladi . Birinchi o‘quv yilida IELTS sertifikati bo’lmagan nomzodlar o‘qishni boshlagandan keyin 6 oy muddatda IELTS 6.0 sertifikatini taqdim etishlari talab etiladi.

Nomzodlarga Malayziyalik professorlar tomonidan 20 avgust kuni sinov darsi tashkil etiladi.

Arizalarni topshirishning so’nggi muddati: 25.08.2020

 

Iltimos, quyidagi hujjatlarni o.mukhitdinov@new.polito.uz elektron manziliga yuboring

  • Diplom nusxasi (bakalavr darajasi),
  • Pasport nusxasi,
  • Rezyume (CV),
  • IELTS sertifikati.

 

Ma’lumot uchun telefonlar: +998 99 8184424, +998 99 845 3748

E-mailo.mukhitdinov@new.polito.uz; e76dilshod@gmail.com

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi 17-uy.

Mas’ul shaxslar: Mavlyanov Dilshod, Muhitdinov Otabek.




Hurmatli abituriyentlar!

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti noyob imkoniyat haqida e’lon qiladi.

Kirish imtihonlarida 70 dan yuqori ball to’plagan talabalar “O’zavtosanoat” AK va unga qo’shilgan korxonalar, shuningdek universitetning homiylik imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin.

Nomzodlarni saralash ikki bosqichda o’tkaziladi:

  1. Universitetning maxsus komissiyasi bilan suhbat
  2. “O’zavtosanoat” AK raisi bilan intervyu

Qayd etib o’tamizki, o’qishni tugatgandan so’ng, homiy talabalar korxonada ishlash majburiyatlariga ega bo’lishlarini unutmang.

Shuningdek, doimiy homiylikning asosiy sharti – fanlarda muvaffaqiyatsizliklar bo’lmasligi.

Barcha qiziquvchilar, iltimos, arizalaringizni a.tajimuratova@new.polito.uz elektron pochta orqali 2020 yil 1-avgustgacha topshiring.

Shoshiling, joylar cheklangan!




Test javoblari

Hurmatli Abituriyentlar,

KIRISH IMTIXONLARINI MUVAFFAQIYATLI TOPSHIRGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ!

2020-2021 o’quv yili uchun qabul

wpDataTable with provided ID not found!

Ushbu rasmiy xabarga diqqat bilan e’tibor berishingizni iltimos qilamiz!

7-iyul kuni bo’lib o’tgan kirish imtihonining natijalariga ko’ra, natijalar 4 toifaga bo’lindi:

1-toifa:

0.00 ballga teng va undan kam ballni qo’lga kiritgan Abituriyentlar Tayyorlov yili (Birinchi Kurs)dan o’qishga qabul qilinadilar. Ushbu Abituriyentlarga 1 Akademik O’quv Yili uchun (faqat birinchi yil) to’lov pul miqdori 42 750 000 (qirq ikki million yetti yuz ellik ming) so’mni tashkil etadi. Ushbu toifaga kiruvchi abiturientlar o’quv yili ohiriga qadar IELTS (minimum 5.5 ball) olib kelishlari shart.

2-toifa:

0.00 dan (0.00 kirmaydi) 50.00 gacha ball to’plaganlar abiturientlar, IELTS sertifikati mavjudligidan qat’iy nazar, Tayyorgarlik yiliga (= Birinchi kurs) qabul qilinadilar. Ushbu Abituriyentlarga 1 Akademik O’quv Yili uchun to’lov pul miqdori 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) so’mni tashkil etadi. Ushbu toifadagi abiturientlar o’quv yili ohiriga qadar IELTS sertifikatini (minimum 5.5 ball) olib kelishlari shart.

3-toifa:

50.00 dan yuqori ball to’plaganlar, 12 yillik oliy ta’limgacha bo’lgan ta’limga ega** va IELTS sertifikati (minimum 5.5) bo’lmagan abiturientlar to’g’ridan-to’g’ri ikkinchi kursga qabul qilinadi (tayyorgarlik yilini o’tkazib yuborishadi), ular 2020 yil oxiriga qadar (ya’ni dekabrgacha)* IELTS ingliz tili sertifikatini (kamida 5.5) taqdim etishlari shart ekanligini inobatga olgan holda. Ushbu Abituriyentlarga 1 Akademik O’quv Yili uchun to’lov pul miqdori 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) so’mni tashkil etadi.

*Agar abituriyent o’z vaqtida IELTS sertifikatini taqdim etmasa, u avtomatik ravishda (tayyorlov yiliga) 1-kursga o’tadi.

4-toifa:

50.00 dan yuqori ball to’plaganlar, 12 yillik oliy ta’limgacha bo’lgan ta’limga ega** va IELTS sertifikati(minimum 5.5) bo’lgan abiturientlar to’g’ridan-to’g’ri ikkinchi kursga qabul qilinadi (tayyorgarlik yilini o’tkazib yuborishadi). Ushbu Abituriyentlarga 1 Akademik O’quv Yili uchun to’lov pul miqdori 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) so’mni tashkil etadi.

**Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qaroriga muvofiq, oliy ta’limgacha 11 yillik ta’limni tugatgan (9 + 2) abiturientlar, maktabgacha ta’limning ixtisoslashtirilgan o’quv guruhlarida bir yil majburiy bo’lishilari shart. Ikkinchi kursga qabul qilinish uchun ma’lumotnoma taqdim etishlari shart.

 

Abiturientlar uchun noyob imkoniyat:

1-avgustgacha shartnomaning TO’LIQ MIQDORINI (100%) BIR MARTADA to’lagan abiturientlarga kontrakt miqdorining 10% miqdorida chegirma beriladi. Bu imkoniyat barcha toifalarga tegishli.

3 va 4 toifadagi abituriyentlar, universitet bilan shartnoma tuzgandan so’ng, universitet va hamkorlari tomonidan ajratilhan GRANTlar (ushbu o’quv yili uchun), kontrakt summasining 25% dan 100% miqdorigacha qo’lga kiritish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Nomzodlarning tanlanishi test sinovlari natijalariga qarab belgilanadi. Belgilangan tanlovdan so’ng, Grantlar suhbat orqali o’tkaziladi. Qabulning ushbu bosqichida 30 ta grant joylari mavjud. Talaba grantlari har yili, talabalarning o’qish jarayonida erishgan yutuqlariga qarab ko’rib chiqiladi.

 

Shartnomalarni rasmiylashtirish 2020 yil 12 iyul soat 09:00 dan boshlab amalga oshiriladi. COVID-19 pandemiyasi tufayli, shartnomalar elektron shaklda elektron pochta orqali ham chiqariladi.

Qabul komissiyasining ishi bo’yicha mas’ul shaxslar:

Rektor – Inoyatkhodjaev Jamshid Shuxratullaevich

Dekan – Abdullaev Farhod Baxromovich

Turin politexnika universiteti ma’muriyati ushbu ro’yxatdagilardan tashqari shaxslarning faoliyati uchun javobgar emas.

Kerakli hujjatlar ro’yxati:

Abituriyent PASPORTI;

Abituriyent ota-onasining passport nusxalari.

Har qanday savollar uchun 71 246-80-51

71 246-80-52

71 246-63-48 raqamlariga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin.

E-mail manzil: admission@new.polito.uz