TTPU talabalari harbiy-vatanparvarlik sport bellashuvlarida ishtirok etdi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining beshta muhim tashabbusini amalga oshirish boʼyicha imzolangan memorandum doirasida tashkil etilgan harbiy-vatanparvarlik o‘yinlarida, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida faoliyat olib borayotgan 9 ta xorijiy universitetlar filiallari talabalaridan tuzilgan jamoalar o‘zaro bellashdilar. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalaridan iborat jamoa ham o‘z iqtidorlarini namoyish qilgan holda ushbu harbiy-vatanparvarlik o‘yinlarida faol qatnashdilar. Mudofaa vazirligiga qarashli Olmaliq shahridagi dala o‘quv maydonida vatanparvar, jismonan chiniqqan va epchil bir guruh faol talaba yoshlar - turnikda tortinish, to‘siqlarni yengib o‘tish, jangovor qurolni qismlarga ajratish va yig‘ish nishonga o‘q otish shartlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi. Harbiy qism ofitserlaridan iborat hakamlar hay’ati jamoalarni adolatli va…