O‘zbekiston yoshlari global sahnada porlamoqda!
Panama shahrida o‘tkazilgan nufuzli “FGC 2025” robototexnika jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 190 davlat orasida 4-o‘rinni egalladi! Bu – nafaqat yutuq, balki yurtimiz yoshlari xalqaro miqyosda raqobatlasha olishini isbotlagan tarixiy natija! Faxrlanarlisi shundaki, milliy terma jamoamiz safida quyidagi TTPU talabalari munosib ishtirok etdi:Ziyodulla Butakhonov – terma jamoa murabbiyi, "Dasturiy ta'minot muhandisligi" yo‘nalishi 4-bosqich talabasi;Shukurullo Sodiqov – milliy jamoa sardori, "Avtomobilsozlik muhandisligi" yo‘nalishi 1-bosqich talabasi;Akbarshox Kosimov - milliy jamoa video tahlilchisi, “Aviatsiya muhandisligi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi. Ular AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Isroil va Buyuk Britaniya kabi kuchli jamoalarni ortda qoldirishga erishdi. Bu esa O‘zbekiston muhandislik salohiyatining amaliy namunasidir. Bunday natijalar —…