1

“VATAN HIMOYACHILARI KUNI” MUNOSABATI BILAN UNIVERSITETIMIZDA MADANIY-MA’RIFIY TADBIR O’TKAZILDI

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 32 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni”ga bag’ishlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari – tinchlik va osoyishtalik posboni” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir avvalida davlatimiz madhiyasi yangradi va Universitetining birinchi prorektori Alisher Ashurov kirish so‘zi bilan tadbirni ochib berdi.

Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar – Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti xarbiy xizmatchilari: podpolkovnik Sodiqov Xafizjon Murtazaevich va xarbiy fanlar boʻyicha  falsafa doktori  dosent Akbarov Laziz Izzatullaevichlar tadbir ishtirokchilarini mamlakatimiz hayotidagi qutlug’ sana – Vatan himoyachilar kuni va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi bilan samimiy qutladi. Mehmonlar davlatimiz Qurolli Kuchlarini tashkil topishi, rivojlanishi va mamlakatimizda ushbu sohada olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida tadbir qatnashchilariga nutq so‘zladi. Shundan so’ng, ushbu sanaga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.

Tadbir davomida Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonida Vatanparvarlikni tarannum etuvchi kuy-qo’shiqlar, shuningdek iqtidorli talabalarimizning musiqiy chiqishlari tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.




Tulyaganov Dilshat Ubaydullaevich – Kimyo fanlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib tasdiqlandi

*️Yangi Oʼzbekistonning 2022 – 2026 yillarga moʼljallangan taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 173-bandiga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligini keng nishonlash, mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yanada oshirish, ilmiy-texnologik salohiyatini yuksaltirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish maqsadida hamda Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Hayʼati va tegishli fan ixtisosliklari boʼyicha faoliyat koʼrsatayotgan haqiqiy aʼzolarining tavsiyasiga asosan, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Tabiiy-matematik fanlar kafedrasi mudiri Tulyaganov Dilshat Ubaydullaevich – Kimyo fanlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib tasdiqlandi.

👏Ustozni ushbu yutuqlari bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! ilm-fan rivoji yo’lida olib borayotgan fidokorona faoliyatlarida yangi yutuq va omadlar tilab qolamiz!




Universitetda “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan, joriy yilning 7 dekabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talaba-yoshlar va xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

O‘yinni tashkil etishdan asosiy maqsad, talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, darsdan tashqari bilimlarini keng doirada yanada mustahkamlash, hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va davlat madhiyasi buyicha tuplagan bilimlarini mustahkamlash va turli mavzularda o‘zlarini fikrlarini teran ayta bilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

1-“Evrika” jamoasi

2-“G‘oliblar” jamoasi

3-“Diyor” jamoasi

4-“Erudit” jamoalari ishtirok etdilar.

Klub uchrashuvining moderatori, akademik guruh tyutori Eshonkulov Mirshod uyinga start berib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Qizg‘in kechgan baxsda 10 ta savoldan “Evrika” jamoasi oltita savolga to‘g‘ri javob berib 6 ballni, “G‘oliblar” jamoasi ham oltita savolga to‘g‘ri javob berib 6 ballni, “Diyor” jamoasi bitta savolga to‘g‘ri javob berib 1 ballni va “Erudit” jamoasi uchta savolga to‘g‘ri javob berib 3 ballni to‘plashga erishdi. Peshqadamlikda “Evrika” va “G‘oliblar” jamoalari yuqori ballni to‘plashga erishishdi.

Tadbir so‘ngida har bir jamoadan ishtirokchilar ushbu o‘tgan uyinda eng qiziqarli va jamoaga yoqqan savolni aytib o‘tishdi. Keyingi uyinlarda ham talabalar qatnashishlarini va o‘z takliflari bilan fikr almashishni bildirib o‘tdilar.




Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida8-dekabr Konstitutsiya qabul qilingan kunga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 6 dekabr kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston – yangilangan Konstitutsiya” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda universitet birinchi prorektori – A.Ashurov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudyasi – X.Sodiqov, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi – O.G‘ulomova, Farmasevtika instituti xalqaro ta’lim fakulteti o‘qituvchisi – X.Mamatova hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Yosh huquqshunoslar Kengashi” NNT raisi – G‘.Tursunmetovalar qatnashdi.

Tadbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov kirish so‘zi bilan ochib, Konstitutsiyamizning har bir moddasini chuqur bilish, unga rioya qilish har birimizning burchimiz ekanligi qayd etildi.

Tadbir davomida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi O.G‘ulomova hamda Farmasevtika instituti xalqaro ta’lim fakulteti o‘qituvchisi X.Mamatovalar so‘zga chiqib yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Jumladan, Konstitutsiya takomillashtirilishi jarayonida, xalqimizning faol ishtiroki, isloh qilingan Bosh qomusimizdan o‘rin olgan yangi normalar va ularning hayotimizdagi ulkan ahamiyati xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, so‘zga chiqqan Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudyasi X.Sodiqov yangi tahrirdagi Bosh Qomusimizda “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili asos qilib olingani, yaʼni har bir moddada inson qadri, uning huquq va erkinliklari aks topgani haqida aytib o‘tdi.

  O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Yosh huquqshunoslar Kengashi” NNT raisi G‘.Tursunmetova davra suhbatini qiziqarli va interaktiv o‘tkazish uchun talaba-yoshlar bilan savol-javob o‘tkazib, ularni qiziqtirgan barcha savollariga javob berdi.




Universitetda kompyuter texnologiyalarini dasturlash bo‘yicha tanlov tashkil etildi.

Joriy yilning 23-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida universitet filiali tomonidan imzolangan Memorandum va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining zarur tashabbusini amalga oshirish doirasida dasturlash va kompyuter texnologiyalari bo‘yicha tanlov bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovni o‘tkazishdan maqsad – yoshlar oʻrtasida komputer texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan, shuningdek mamlakatimiz rivojlanishi uchun ustuvor boʻlgan sohalarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga ilmiy yechim izlab topishda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash, yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqishlari uchun ularning tashabbuslari va takliflariga eʼtiborni yanada kuchaytirish sanaladi.

Musobaqada quyidagi jamoalar ishtirok etishdi:

  • G. V. Plexanov nomidagi RIUning Toshkentdagi filiali
  • “MISIS” MTTU ning Olmaliq shahridagi filiali
    -M.V.Lomonosov nomidagi MDUning Toshkentdagi filiali
  • “Rossiya Federatsiyasi TIVning MDXMI ning Toshkent shahridagi filiali
  • Toshkentdagi Turin politexnika universiteti

Ishtirokchilar samarali va yaxshi muvofiqlashtirilgan jamoaviy ishlash mahoratini namoyish etdilar!
Hakamlar hay’ati qaroriga ko’ra:

1-o‘rin – “MISIS” MTTU ning Olmaliq shahridagi filiali
2-o‘rin – “Rossiya Federatsiyasi TIVning MDXMI ning Toshkent shahridagi filiali

3-o‘rin – Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti egalladi

Tanlov g‘oliblari va ishtirokchilari qimmatbaho sovg‘alar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar!

Universitet rahbariyati jamoalarga faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiradi! Dekabr oyida talabalarni sport dasturlariga taklif qilamiz!




TTPUda “Yong‘in havfsizligi oyligi” ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Har yili qish mavsumi arafasida mamlakatimizda yong‘inlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkaziladi.

Toshkent shahar hokimining 2023-yil 16-noyabrdagi Toshkent shahri hududida “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi 234-14-0-F/23-sonli Farmoyishida hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-noyabrdagi 03/20/416-2/14-180-sonli xati orqali favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasining 2023-yilning 11-noyabrdagi 86-sonli yig‘ilish bayonida 2023-yil 15-noyabrdan- 15-dekabrgacha “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida yong‘inlar, is gazidan zaharlanish va havo gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq noxush holatlarni oldini olish, isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish va shoshilinch evakuatsiya qilish bo‘yicha talabalar va xodimlarga kerakli tavsiyalar berish, yong‘in xavfsizligini oldini olishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda talabalar yong‘in xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirdi. Yong‘inning oldini olishga doir o‘tkazilayotgan tadbirlarning maqsad va vazifalari haqida tushuntishlar berib, yong‘inning paydo bo‘lish sabablari, o‘chirish vositalarining ishlatilish tartibi, yong‘in o‘chirish mashinasi va undagi jihozlar, yong‘in sodir bo‘lganda dastlab nimalarga e’tibor qaratish zarurligi haqida gapirib, hayotiy misollar orqali mavzu doirasida kerakli ma’lumotlar berdi.

Tadbirda Toshkent shahar Olmazor tumani Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi

shaxsiy tarkibi hamda o‘t o‘chirish ekipaji a’zolari holda universitet hamda akademik litsey talaba-o‘quvchilari uchun ma’ruza va ko‘rgazmali mashg‘ulot bilan ishtirok etdi.




Giyohvandlikka qarsgi kurashish barchamizning ishimiz

2023-yil 21-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika unversiteti proflaktika katta inspektorlari tashabbusiga ko‘ra, unversitet talabalari bilan “Talabalar o‘rtasida psixotrop dori vositalarini iste’mol qilish hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda unversitet proflaktika katta inspektori podpolkovnik Sh.Yusupov, katta leytenant O.F.Ismoilova, dekan o`rinbosari A.Azizxodjayev, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar psixotrop dori vositalari ta’sirida yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huqubuzarlik va jinoyatchilik, ularning salbiy oqibatlari, har qanday huquqbuzarliklar va jinoiy xatti-harakatlar sodir etganlik uchun yoshidan va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, O’zbekiston Respublikasining Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan qonuniy javobgarlikka tortilishi, talabalar turur joyining ichki tartib qoidalariga rioya qilishlari to‘g‘risida yoshlarni ogohlika chaqirib ma’lumotlar berishdi.

Davra suhbati so‘ngida mavzu yuzasidan talabalarning savol, taklif hamda mulohazalari tinglanib ularga aniq javoblar va ko‘rsatmalar berildi.




Italiya-O’zbekiston ilg’or muhandislik markazi – ikki hukumat hamkorligi loyihasi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 6-7 iyun kunlari Italiyaga tashrifi doirasida o’tkazilgan biznes-forumda, Italiya savdo agentligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi o’rtasida imzolangan memorandumga asosan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Italiya-O’zbekiston ilg’or muhandislik markazi” ochilishi loyihasi bo’yicha ishlar samarali davom ettirilmoqda.

Loyihaning ikkinchi bosqichida nazarda tutilganidek, markaz uchun kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida hozirgi kunda mutaxassislar Italiyaning nufuzli professional ta’lim institutlarida malaka oshirmoqdalar. Hususan, Tesktil sanoati sohasi bo’yicha 5 nafar mutaxassis Florensiya shahrining Prato Polo universitetida, Milan shahrining Arsutoria charm sanoat maktabida charm sanoati va ECOLE institutida mashinasozlik sohalarida 4 nafardan mutaxasislar ta’lim olmoqdalar. Ta’lim jarayonlari nazariy hamda ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurib amaliy tarzda bo’lib o’tmoqda.

Loyihaning ko’lamini kengaytirish, hamkor tashkilotlar bilan aloqalarni o’rnatish va ta’lim jarayonlarini kuzatish maqsadida “Italiya-O’zbekiston ilg’or muhandislik markazi” ochilishi loyihasi menejeri Jasur G’ayratov tomonidan ECOLE, PIN va ARSUTORIA ta’lim muassasalari ma’sullari, FICEP, PietroCarnaghi ishlab chiqarish korxonalari mutaxassisalari bilan uchrashuvlar bo’lib o’tmoqda.

Shu bilan birga, kuni kecha Italiya dastgohlar, robotlar, avtomatlashtirish tizimlari va yordamchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar uyushmasi (UCIMU) prezidenti Barbara Colombo bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda loyihaning keyingi bosqichlari, texnologiyalar transferi va boshqa hamkorlik masalalari muhokama qilindi.




Italiya Prezidenti Serjio Mattarella Toshkentdagi Turin Politexnika universitetiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 10 noyabr kuni, Italiya Prezidenti Serjio Mattarella Oʼzbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Toshkentdagi Turin Politexnika universiteti (TTPU) ga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmonni Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Аbdulla Oripov boshchiligida Oʼzavtosanoat АK boshqaruvi raisi Ulug‘bek Rozuqulov va TTPU rektori Jamshid Inoyatxodjaev kutib oldi.

Italiya delegatsiyasi tarkibi Italiyadagi Turin Politexnika universiteti rektori Gvido Sarakko, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Anita Tabakko va universitetning boshqa vakillaridan iborat bo‘ldi.

Prezident tashrifining asosiy maqsadlaridan biri ustuvor yo‘nalishlarda, xususan, sanoat transformatsiyasi sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash sanaladi. Bilim va tajriba almashish- doimo Italiya va O’zbekiston o’rtasidagi hamkorlikning asosi bo’lib kelgan, dedi Prezident Matarella o’zining rasmiy nutqida.

Gvido Sarakko prezident Mattarellaning tashrifi sharafli ekanini bildirib, 2009 yildan buyon TTPU O‘zbekistonda muhandislik taʼlimi va Italiya texnologiyalarini joriy etishda yetakchi o‘rinni egallab kelayotganini taʼkidladi.

Tashrif doirasida universitet bo’ylab sayohat tashkil etildi, unda delegatsiya a’zolari universitetning elektron resurs markazi, madaniy meros texnologiyalari laboratoriyasi, shuningdek, sanoat 4.0 o’quv laboratoriyasi bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, TTPUga tashrif doirasida, “O‘zbekistonda sanoat transformatsiyasida taʼlim va innovatsion hamkorlik” mavzusida seminar tashkil etilib, unda Italiya delegatsiyasi “Sanoat 4.0” sohasidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Ikki mamlakat universitetlari o‘rtasida taʼlim, tadqiqot va texnologiyalar transferi istiqbollari, shuningdek, 4.0 sohasidagi sanoat kooperatsiyasining ilg‘or tajribalariga alohida eʼtibor qaratildi.




TTPUda “Yo`llarda xavfsizlikni ta’minlash” mavzusida tadbir o‘tkazildi

2023-yil 8-noyabr kuni Toshkent shahar Turin politexnika universiteti talabalariga “Yo`llarda xavfsizlikni ta’minlash ” mavzusida   tadbir o‘tkazildi.

Tadbirga Toshkent shahar Turin politexnika universiteti 1-bosqich talabalari jalb etildi. Tadbir Respublika miqyosida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari haqida olingan videorolikni qo‘yib berishdan boshlandi.

Shundan so‘ng so‘zga Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati boshlig`i podpolkovnik Q.P.Xudoyberganov chiqib, hozirgi kunnning eng dolzarb masalalaridan biri bu yo‘llarda yo`l-transport hodisalarini oldini olish, fuqarolarga huquqiy tushunchalar berish ekanligi, shu boisdan YHX xodimlari tomonidan ta’lim va tarbiya maskanlarida o`sib kelayotgan yosh avlodlarga targ`ibot tadbirlarini doimiy o’tkazib kelayotganliklarini, o`quvchilar yo`llarda yo piyoda, yo haydovchi yoki yo`lovchi bolib harakat qilsinlar doim yo`l harakati qoidalariga amal qilishlari lozimligini aytib o`tdi. Yo`l harakati qoidalarini buzish holatlari ko`pincha tezlikni oshirish yoki voyaga yetmagan fuqarolarning o`zboshimchalik bilan transport vositalarini boshqarishi natijasida kelib chiqayotganligini aytib o`tdilar. Shu sababli joylarda tegishli reyd tadbirlari o`tkazilayotganligini OAV orqali kun-u tun yoritib fuqarolarga yetkazib borayotganligini tushuntirib o`tdilar.

Shundan so`ng so`zga Olmazor tumani 4-son IIB HPB katta profilaktika inspektori podpolkovnik Sh.N.Yusupov o’quvchi-talabalarga barcha talabalar avtotransport vositalarini boshqarayotganlarida yo`l-harakati qoidalariga amal qilgan holatda boshqarishlari lozimligini aytib o’tdi.

Axborot xizmati xodimi kichik serjant O.T.Bozorov talabalarga aholi gavjum joylarda, katta yo`l trassalarida belgilangan harakatlanish joylaridan, ya’ni piyodalar yo`laklari, tunellardan, ko`tarma ko`priklardan o`tish kerakligi. Erinchoqlik oqibatida turli salbiy holatlar qurboniga aylanib qolmasliklarini, piyodalar yo`laklaridan o`tayotganda uyali aloqa vositalaridan, naushnik va boshqa chalg`ituvchi buyumlardan foydalanish ta’qiqlanishi, foydalanilsa YHX xodimlari tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortilishi to`g`risida ogohlantirib o`tdilar. Bundan tashqari avtotransport vositalarini boshqarishdan avval avtotransport vositalarining texnik holatidan xabardor bo’lishlari kerakligini aytib o`tdilar.

Olmazor tumani IIO FMB 4-son IIB XQMBI katta leytenent O.Ismoilova yo`llarda harakatlanish vaqtida hushyorlikka amal qilishlari, bir oz vaqt hushyorlikni yo`qotib yo`l transport hodisasi qurboniga aylanib qolmasliklarini, yo`l belgilariga amal qilgan holda belgilanmagan joylardan yo`llarni kesib o`tmasliklarini, o`zlari bilgan qoidalarni atrofdagilarga ham targ`ib qilishlari lozimligini, o`z shaxsiy avtomobillarini boshqarishda ham kamarlarni taqib tezlikni oshirmagan holda o`z hayotlarini xavfga qo`ymasliklarini tushuntirib o`tdilar.

Ma’ruza so`nggida talalabalarga mavzu yuzasidan o`zlari qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berilib yakunlandi va tyutorlar ichki tartib-qoidalarga barcha talabalar bo`ysunishi kerakligini aytib yig`ilishga yakun yasaldi.




TTPUda “XOTIN-QIZLAR O`RTASIDA TAZYIQ VA ZO`RAVONLIKLARNI OLDINI OLISH” MAVZUSIDAGI TADBIR BO‘LIB O‘TDI.

2023-yil 01-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalariga “Xotin-qizlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonliklarni oldini olish” mavzusida   tadbir o‘tkazildi.

Dastlab kirish so‘zini universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi F.Nabixanova boshlab berdi. So‘zida ayollarning huquqlari davlat tomonidan, yangi ishlab chiqilgan Konstitutsiyada ham o`z tasdig`ini topganligi ayollarga nisbatan qo`llanilayotgan zo‘ravonliklarga nisbatan qat’iy chora-tadbirlar qo`llanilayotganligi to‘g‘risida aytib o‘tdi.                                                                                                                                          

Olmazor tumani IIO FMB 4-son IIB XQMBI katta leytenent O.Ismoilova 2019-yil 2-sentyabr kuni qabul qilingan O‘RQ 562-son “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar to‘g‘risida”gi, xuddi shu kuni qabul qilingan 561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarining mazmun-mohiyatlari tushuntirib o‘tildi. Bundan tashqari himoya orderi nima ekanligi, undan qay tartibda foydalanish mumkinligi, himoya orderi shartlari buziladigan bo‘lsa qanday javobgarlik masalalari borligi bo’yicha talabalarga  tushuntirish ishlari berib o’tildi.

4-son IIB HPB katta profilaktika inspektori podpolkovnik Sh.N.Yusupov o‘quvchi-talabalarga universitet ichki tartib-qoidalariga amal qilib yurishlari lozimligi, turli xil huquqbuzarlik holatlarini sodir etmasliklari kerakligi to‘g‘risida ogohlantirib o`tdilar.

Ma’ruza so‘nggida tyutorlar ichki tartib-qoidalarga barcha talabalar bo‘ysunishi kerakligini aytib yig‘ilishga yakun yasaldi.

TTPU



TTPU talabalari uchun Bo Inge Andersson bilan mehmon ma’ruzasi o’tkazildi

Joriy yilning 26 oktabr kuni, Toshkentdagi Turin politexnika universitetida UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain bosh direktori Bo Inge Andersson bilan mehmon ma’ruzasi bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida talabalar avtomobilsozlik sohasida 30 yildan ortiq tajribaga ega yetuk mutaxassisning kasb yo‘li bilan yaqindan tanishish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldilar.

Mehmon ma’ruzasi davomida janob Andersson talabalarga qimmatli maslahatlar berdi, xalqaro tajribasi bilan o‘rtoqlashdi va ularning barcha savollariga atroflicha javob berdi. Eng qiziqarli savol egalari va viktorina g‘oliblari UzAutoMotors Powertrain kompaniyasi tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tashrif doirasida janob Andersson universitet texnoparki, laboratoriyasi va startap loyihalari bilan ham yaqindan tanishdi.




“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Joriy yilning 25 oktabr kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida Olmazor tumani 4-sonli IIB FMB profilaktika Inspektorlari: podpolkovnik Sh.N.Yusupov, Olmazor tumani IIO FMB XKMB profilaktika katta inspektori podpolkovnik S.Sh.Meliyeva, XKMB profilaktika katta inspektori mayyor X.N.Berdikulova, XKMB profilaktika katta inspektori mayyor S.E.Mavlyanova, Yoshlar profilaktikasi Muvofiqlashtirish guruhi katta inspektori leytenant F.N.Isayeva, profilaktika katta inspektori podpolkovnik M.Utkurova
hamda tyutor va talaba-yoshlar qatnashishdi.

Mazkur chiqishlarda mamlakatimizda xotin-qizlarga nisbatan tahdid, tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar olib borilayotgani, ulardan ko‘zda tutilgan maqsad ayollar haq-huquqlari poymol etilishiga barham berish ekanligi misollar yordamida tushuntirildi. Tadbir yakunida talabalarning mavzu yuzasidan savollariga batafsil javoblar berildi.




TTPU da 11-oktyabr halqaro qizlar kuni munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi

2023 yil 11 oktyabr kuni universitetda da 11-oktyabr halqaro qizlar kuni munosabati bilan “Qaynonam ham onam” nomli interaktiv davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda oilalarni mustahkamlash,ajrimlarni oldini olish hamda turmushga chiqgan qizlarni ta’lim olishda duch keladigan muammolarga yechim topishiga ko‘maklashish maqsadida mahallalardagi ibratli oilalar ya’ni qaynona kelinlar hamda universtitetda turmush qurgan talab qizlar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Tadbir mobaynida ibratli qaynonalar kelinlari ta’lim olishida ko‘maklashganliklari va o‘qimishli kelin tanlashlari sabablarini gapirib berdilar.

Shu bilan bir qatorda tomoshabin talaba qizlar va ishtirokchilar o‘rtasida kundalik turmushda uchraydigan savollar berilib viktorina o‘tkazildi. G‘oliblarga sovg‘alar ulashildi.

Shu bilan bir qatorda 11-oktyabr halqaro qizlar kuni munosabati bilan “Turinda go‘zal kuz va men” deb nomlangan talaba-qizlar o‘rtasida fotolar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada ishtirok etgan barcha talaba qizlarga tarixiy va hamisha navqiron Samarqand shahriga

 “Afrosiyob” poyezdida bir kunlik sayohat uchun chiptalar taqdim qilindi.




TTPU da “Qizlar-millat tayanchi” mavzusida Respublika forumi o‘tkazildi.

“11-oktabr – xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan Oila va xotin-qizlar qо‘mitasi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Qizlar-millat tayanchi” shiori ostida “Sening tashabbusing-sening kelajaging uchun” mavzusida Respublika forumi o’tkazildi.

Mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan 200 nafarga yaqin «Qizlarjon» klubining yetakchi qizlari Forum doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi.

Tadbirni O’zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Zulayxo Mahkamova Bahriddinovna kirish so’zi bilan ochib berdi. Keng davrada qizlar bilan ochiq muloqotda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpibayeva Abdukadirovna, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’lim vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev va boshqa ko‘pgina soha mutahassislari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, yurtimizda qizlarga boʻlgan eʼtibor, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash masalasi ustuvorlik qilayotganini qizlarni, qizlarning iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish, sog‘liqni saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb qilish, IT va zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash savodxonligini oshirish masalalari bo‘yicha fikr mulohazalar bildirildi.




Andijon mashinasozlik institutda “Mexatronika va robototexnika: muammolar va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida 2-xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “MechaUz-O‘zbekistonda Mexatronika va robototexnika bakalavriat taʼlim yoʻnalishini innovatsion gʻoyalar va raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish” loyihasi yakuni oldidan oʻtkazilgan anjumanda mamlakatimiz hamda Yevropaning nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan 50 ga yaqin professor-oʻqituvchilar,shu jumladan Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rektori va professor-o’qituvchilari ham eshtirok etdi.

Anjumanning ochilish marosimida institut rektori Umid Turdialiyev nutq soʻzlab, soʻnggi yillarida mexatronika va robototexnika taʼlim yoʻnalishini milliy ustuvorliklarga asoslangan va oliy taʼlimda innovatsion gʻoyalar va raqamli texnologiyalar orqali rivojlantirishga eʼtiborga qaratilayotganini bildirib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.

Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar sho‘balarga boʻlinib, ilmiy izlanishlar samarasini tahlil qilishib, erishilgan yutuqlar va yechimini kutayotgan masalalar xususida munozaralar oʻtkazib, qator dolzarb vazifalarni muhokama etishdi.

Shuningdek, tadbir doirasida universitet mehmonlari universitetning laboratoriya bazasi bilan tanishdilar, shundan so’ng tadbir mehmonlari uchun UzAuto Motors avtomobil zavodiga tashrif tashkil etildi.




Oʻzbekiston-Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumi doirasida bir qator hamkorlik kelishuvlariga erishildi

Ma’lumki, joriy yilning 3-4-oktyabr kunlari Qirgʻizistonning Oʻsh shahridagi Qirgʻiz-Oʻzbek universitetida “Oliy taʼlim tizimida integratsiya, hamkorlik va innovatsiyalar” mavzusidagi Oʻzbekiston-Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumi tashkil etildi.
Forumda ikki davlat oliygohlari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish, qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tadbirda ikki mamlakatdan 70 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari rektorlari va boshqa yirik taʼlim tashkilotlari vakillari qatnashdi. Delegatsiya tarkibida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti rektori, Jamshid Inoyatxodjayev ham qatnashib, bir qator Qirg‘iz universitetlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi, hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumlari imzolandi.
Forum doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti O‘sh texnologiya universiteti, I.Razzoqov nomidagi Qirg‘iz davlat texnika universiteti, Ala-Too xalqaro universiteti, ADAM universiteti bilan keng qamrovli hamkorlik masalalari muhokama qilindi va qator kelishuvlarga erishildi.
Jumladan, O‘sh texnologiya universiteti va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o‘rtasida bakalavr bosqichidagi Arxitektura va dizayn yo‘nalishi talabalari uchun qo‘shma “2+2” dasturini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.




“Markaziy Osiyo va Kavkaz dinamikasi kunlari: fan va tinchlik uchun 21-asr Ipak yoʻli” xalqaro konferensiyasi, 2023-yil 1-4-oktabr, Buxoro, Oʻzbekiston

Markaziy Osiyo, Kavkaz, Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyo fiziklari uchun Yevropa, AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreyadagi hamkasblari bilan hamkorlik qilish uchun jozibador xalqaro ilmiy platformaga aylangan Markaziy Osiyo va Kavkaz dinamikasi kunlari deb nomlangan bir qator xalqaro konferensiyalar. . Ushbu turkumdagi ilk konferensiya 2013-yilda Samarqandda tashkil etilgan edi. Bugungi kunga qadar konferentsiyaga 1000 dan ortiq yetakchi fiziklar, matematiklar va murakkab tizimlar fanining mutaxassislari jalb etilgan. Anjuman eng muhim ilmiy muammolar va ularni hal etish istiqbollarini muhokama qilish bilan birga, mintaqa olimlari, ayniqsa, yoshlarning ilm-fan olamiga integratsiyalashuviga ko‘maklashish uchun maydon bo‘lib xizmat qilmoqda. Konferentsiyada taqdim etilgan ma’ruzalarning fanlararo aloqadorligi sababli, nochiziqli dinamika, murakkab tizimlar nazariyasi, geodinamika, zilzilalar fizikasi, matematik biologiya va epidemiologiya, ijtimoiy va ekonofizika kabi yo’nalishlar mavjud.

        E’tiborli jihati shundaki, ushbu konferensiya yaqinda taniqli italyan fizigi, professor Kasatining Italiyaning mashhur “Corriere della sera” gazetasida chop etilgan maqolasida tilga olingan. Xususan, mazkur anjuman mintaqa olimlarini zamonaviy ilm-fanning yangi ilg‘or yo‘nalishlariga jalb etish bilan birga, turli mamlakatlar yosh olimlarini birlashtirish va hamkorligida samarali vosita bo‘lib xizmat qilayotgani, shu orqali ularning intellektual salohiyatini yo‘naltirayotgani ta’kidlandi. iqlim isishi, zilzilalar va tabiiy ofatlarni bashorat qilish, epidemiyalar tarqalishini modellashtirish, moliyaviy va iqtisodiy inqirozlarni bashorat qilish, qayta tiklanadigan energiya manbalari va resurslarni tejaydigan funktsional tarmoqlarni rivojlantirish, shuningdek, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish kabi global muammolarni hal qilish. qayta tiklanadigan energiya va resurslarni tejaydigan funktsional tarmoqlarni rivojlantirish.

Joriy yilning 1-4 oktyabr kunlari “Ipak yoʻli XXI asr: ilm-fan tinchlik uchun” mavzusida qadimiy Buxoro shahrida (Oʻzbekiston) boʻlib oʻtadi. Ikkinchisi barqaror rivojlanishga to’sqinlik qiluvchi global ekologiya, energiya, resurslarni tejash, epidemiologik, suv va oziq-ovqat muammolarini hal qilishni ta’minlaydigan ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqish uchun nochiziqli dinamika va murakkab tizimlar fizikasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ustuvorligini anglatadi. insoniyatning.

Konferensiya haqida batafsil ma’lumot bilan uning https://ddcac8.las.uz/ saytida tanishish mumkin.




«TINCHLIK UCHUN FAN: FALSAFA VA MADANIYAT OʻRTASIDAGI BUYUK IPAK YOʻLI» NOMLI MAQOLA HAQIDA

(“Corriere della sera” gazetasida e’lon qilingan, 20.09.2023)

Mashhur italyan fizigi, professor Julio Kasatining (Giulio Casati) “Corriere della sera” jurnalida chop etilgan “Tinchlik uchun fan: falsafa va madaniyat o‘rtasidagi Buyuk ipak yo‘li” sarlavhali maqolasida uning o‘zbek fiziklari bilan samarali ilmiy va tashkiliy hamkorligi haqida so‘z boradi. Mazkur hamkorlik doirasida butun dunyo e’tirofiga sazovor bo‘lgan bir qancha xalqaro konferensiyalar tashkil etilgan. Bu hamkorlik Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti professorining yaqin ishtirokida amalga oshirilmoqda, ushbu universitet ham bu tadbirlarda faol ishtirok etmoqda.

Ana shunday samarali hamkorlik samaralaridan biri – Markaziy Osiyo dinamikasi kunlari (Dynamics Days Central Asia) deb nomlangan bir qator xalqaro konferensiyalarni o‘tkazish, keyinchalik ular Markaziy Osiyo va Kavkaz dinamikasi kunlariga aylandi. 2013-yilda Samarqandda o‘z faoliyatini boshlaganidan buyon mazkur anjuman Markaziy Osiyo, Kavkaz va Yaqin Sharqdagi taniqli olimlarni Yevropa va boshqa G‘arb davlatlaridan kelgan hamkasblari bilan birlashtirish uchun samarali platformaga aylandi. O‘tgan davr mobaynida mintaqadagi 1000 dan ortiq yetakchi olimlar va G‘arb davlatlaridan 100 dan ortiq xalqaro miqyosda tan olingan taniqli olimlar hamkorlikda ishlagan.

Anjuman eng muhim ilmiy muammolar va ularni hal etish istiqbollarini muhokama qilish bilan birga, mintaqa olimlari, ayniqsa, yosh olimlarning jahon ilm-fani integratsiyalashuviga ko‘maklashish uchun maydon bo‘lib xizmat qilmoqda. Unda taqdim etilgan ma’ruzalarning fanlararo bo‘lgan mavzuli yo‘nalishlari nochiziqli dinamika, murakkab tizimlar nazariyasi, geodinamika, zilzilalar fizikasi, matematik biologiya va epidemiologiya, ijtimoiy va ekonofizika kabi sohalarni qamrab oladi.

Professor Kasati (Casati)  maqolasida ushbu konferensiya mintaqa olimlarini zamonaviy ilm-fanning yangi ilg‘or yo‘nalishlariga jalb etishdan tashqari, turli mamlakatlar yosh olimlarini birlashtirish va hamkorlik qilish, shu orqali ularning intellektual salohiyatini iqlim isishi, zilzilalar va tabiiy ofatlarni bashorat qilish, epidemiyalar tarqalishini modellashtirish, moliyaviy va iqtisodiy inqirozlarni bashorat qilish, qayta tiklanadigan energiya manbalari va zamonaviy texnologiyalar uchun resurslarni tejaydigan funktsional materiallarni ishlab chiqish kabi global muammolarni hal etishga yo‘naltirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilishi qayd etilgan.

Bu yil konferensiya 1-4 oktyabr kunlari “XXI asrdagi Ipak yoʻli: ilm-fan tinchlik uchun” nomi ostida qadimiy Buxoro shahrida, aynan Buxoro davlat universitetida (O‘zbekiston) oʻtkaziladi.

Bu ilm-fanni rivojlantirish maqsadida  energiya, resurslarni tejash, epidemiologik, suv va insoniyat barqaror rivojlanishga to‘sqinlik qiladigan oziq-ovqat muammolari kabi global ekologik muammolarning yechimini topishni ta’minlaydigan nochiziqli dinamika va murakkab tizimlar fizikasi sohadagi ishlanmalar, ilmiy tadqiqotlarning ustuvorligini bildiradi.

Konferensiya haqida batafsil ma’lumotni uning veb-saytida havola orqali topishingiz mumkin.




Universitet kitobsevarlar klubi uchrashuvlari doirasida adabiy-ma’rifiy kecha o‘tkazildi

Joriy yilning 26 sentyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti kitobsevarlar klubining navbatdagi uchrashuvi doirasida O‘zbekiston xalq shoirlari marhum Rauf Parfi va Omon Matjonlar tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy kechasi o‘tkazildi.

Kechani olib borgan akademik guruhlar tyutori Faxriddin O‘rolovich Sattiyev tadbirni boshlab berish uchun so‘zni TTPU yoshlar bilan ishlash bo‘yicha

1-prorektori Ashurov Alisher Abdimavlonovichga berdi.

A. Ashurov o‘z so‘zida ushbu ikki shoirning ijodini o‘rganish barchamizga Vatanni g‘urur bilan sevishni, sevib ardoqlashni, ardoqlab ulug‘lashni, ulug‘lab faxr bilan yurakka joylashni o‘rgatishini ta’kidlab o‘tdi.

Kecha davomida ishtirokchilarga shoirlar Rauf Parfi va Omon Matjonlar hayoti va ijodi, mashhur xofizlarimiz tomonidan ularning eng sara she’rlariga kuy bastalab aytilgan qo‘shiqlari asosida ishlangan video lavhalar namoish etildi.

Shuningdek, shoirlarning o‘zlari o‘qigan she’lari ask ettirilgan videolavhalar to‘planganlarda katta qiziqish uyg‘otdi hamda talabalar ham ularning she’rlardan namunalar o‘qib berishdi.

Kecha yakunida esa klub a’zolari keyinchalik ham o‘zbek shoirlarining ijodini o‘rganib borishga va bunday mushoira kechalarini tez-tez o‘tkazib turishga kelishib olishdi.