“Menejment” yoʻnalishi boʻyicha 2023-yil 15-iyul shanba kuni boʻlib oʻtadigan kirish imtihoni vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati bilan tanishing. 

  • Post category:Yangiliklar

Hurmatli abituriyentlar, “Menejment” yoʻnalishi boʻyicha 2023-yil 15-iyul shanba kuni boʻlib oʻtadigan kirish imtihoni vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati bilan tanishing. Iltimos, o'zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va to'lov kvitansiyasini olib keling.

Continue Reading“Menejment” yoʻnalishi boʻyicha 2023-yil 15-iyul shanba kuni boʻlib oʻtadigan kirish imtihoni vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati bilan tanishing. 

Professional ta’lim sohasida hamkorlik

2023-yil 11-iyul kuni Germaniyaning Simson Private Akademie vakillari TTPUga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida tomonlar kasb-hunar ta’limi sohasida kelgusidagi hamkorlikni muhokama qildilar hamda kasb-hunar ta’limi dasturini ochish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzoladilar. Jumladan, TTPU germaniyalik hamkorlar bilan birgalikda “1+2” dual kasb-hunar ta’limi dasturini ochishga kelishildi. Unga ko‘ra, ushbu dasturda tahsil olayotgan talabalar TTPUda bir yil tahsil olgach, Germaniyaga yuborilib u yerda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashish uchun turli nemis kompaniyalarida amaliyot o‘taydilar. Ta’kidlash joizki, mazkur loyihani amalga oshirish Olmazor tumani hokimligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Kelishuvga ko'ra, nomzodlar Germaniyada o'qishni tugatgandan so'ng Germaniya sanoat kompaniyalarida ishlash imkoniyatiga ega bo'ladi.

Continue ReadingProfessional ta’lim sohasida hamkorlik

2023-yil 11-iyul, Seshanba kuni kirish imtihonlarida qatnashadigan abituriyentlar ro’yxati

  • Post category:Yangiliklar

Hurmatli abituriyentlar,  2023-yil 11-iyul, Seshanba kuni kirish imtihonlarida qatnashadigan abituriyentlar ro'yxati va tegishli vaqtlar bilan tanishing.  Iltimos, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va kirish imtihoni uchun to'lov kvitansiyasini olib keling. E'tibor qarating, Menejment yo'nalishi bo'yicha kirish imtihoni 15-iyul kuni bo'lib o'tadi.

Continue Reading2023-yil 11-iyul, Seshanba kuni kirish imtihonlarida qatnashadigan abituriyentlar ro’yxati

Abiturientlar ro’yxati.

  • Post category:Yangiliklar

Hurmatli abituriyentlar,  2023-yil 10-iyul, dushanba kuni kirish imtihonlarida qatnashadigan abituriyentlar ro'yxati va tegishli vaqtlar bilan tanishing. E'tibor bering, abituriyentlarning ko'pligi va vaqt yetishmasligi sababli, qolgan abituriyentlar 2023 yil 11-iyul, seshanba kuni imtihon topshiradilar. 2023 yil 11-iyul kuni imtihon topshiradigan abituriyentlar ro`yxati 2023-yil 10-iyul kuni e`lon qilinadi. Iltimos, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va kirish imtihoni uchun to'lov kvitansiyasini olib keling. E'tibor qarating, Menejment yo'nalishi bo'yicha kirish imtihoni 15-iyul kuni bo'lib o'tadi. 10.07.2023 exam timesDownload

Continue ReadingAbiturientlar ro’yxati.

ERASMUS+ SPACECOM loyihasi doirasida TTPU xodimlari AP Hogeschool Antwerpen (Belgiya)da navbatdagi xalqaro  seminarda qatnashdilar

  • Post category:Yangiliklar

26 iyundan 29 iyungacha Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU)ning professor-o‘qituvchi va xodimlari Belgiyaning Antverpen shahrida Yevropa universitetlari: Berlin texnika universiteti (Technische Universität Berlin); Sorbonna Universiteti (Sorbonne Université, Parij); EXOLAUNCH kompaniyasi (Germaniya); Technical University Sofia (Bolgariya); AP Hogeschool (Artesis Plantijn Hogeschool Antwerpen) Antwerpen (Belgiya) va 6 ta O‘zbekiston universitet va institutlari: “Al-Horazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti” (TATU) – loyiha koordinatori; “Farg‘ona politexnika instituti” (FarPI); “Toshkent davlat texnika universiteti” (TDTU); “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali”; “O‘zbekiston milliy universiteti” (O‘zMU); “Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi astronomiya instituti”; “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborotlar texnologiyalari universiteti qoshidagi pedagogik…

Continue ReadingERASMUS+ SPACECOM loyihasi doirasida TTPU xodimlari AP Hogeschool Antwerpen (Belgiya)da navbatdagi xalqaro  seminarda qatnashdilar

TTPUda talaba-yoshlar o’rtasida o’quv-ma’rifiy tadbir

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 27 iyun kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talaba-yoshlar o’rtasida “Ma’rifatli yoshlar – Yangi O’zbekiston bunyodkorlari” nomli o’quv-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. O‘quv-ma’rifiy tadbirning kun tartibidagi belgilangan masalar yuzasidan universitet birinchi prorektori A.Ashurov so‘zga chiqib, bugungi rivojlangan globallashuv va axborot almashinuvi davrida odam savdosi, giyohvandlik, diniy-ekstremistik g‘oyalarni tarqatish, targ‘ib etishga qaratilgan buzg‘unchi g‘oyalar keng tarqatilayotganligi nafaqat yurtimiz jamoatchiligi, balki jahon hamjamiyatini jiddiy tashvishga solmoqdaligini aytib o‘tdi.   Shunday murakkab globallashuv jarayonida yurtimiz yoshlarini diniy ekstremistik hamda turli yot g‘oyalar, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlari ta’siridan asrash jamiyatimiz, nafaqat ziyolilar balki har bir insonning ongli ravishda yondashadigan va oldida turgan eng muhim vazifalardan…

Continue ReadingTTPUda talaba-yoshlar o’rtasida o’quv-ma’rifiy tadbir

Universitetda inson huquqlari himoyachisi Malala Yusufzoyning asari muhokama qilindi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 23 iyun kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida kitobsevarlar klubi a’zolarining navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvi o‘tkazildi. Aksariyat talabalar yozgi ta’tilga chiqib ketganliklari sababli uchrashuv Zoom platformasi orqali onlayn formatda bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda universitetimiz xotin-qizlar maslahat kengashi raisi F.Nabixanova tomonidan mutolaa qilish uchun tavsiya etilgan pokistonlik inson huquqlari himoyachisi Malala Yusufzoyning “Men Malalaman. Tik turib ta’lim olgan va tolibonlar tomonidan xo‘rlangan qizaloq” avtobiografik asari muhokama qilindi. Tadbir avvalida ishtirokchilarda Malala Yusufzoy to‘g‘risida atroflicha ma’lumot xosil bo‘lishi uchun uning hayoti va faoliyati haqidagi videorolik namoyish etildi. Klub uchrashuvining moderatori akademik guruhlar tyutori Faxriddin O‘rolovich Sattiyev asar muhokamasini boshlab berish uchun so‘zni…

Continue ReadingUniversitetda inson huquqlari himoyachisi Malala Yusufzoyning asari muhokama qilindi

В Латвии прошла очередная встреча участников консорциума проекта Erasmus+ CBHE MechaUz

  • Post category:Yangiliklar

20-22 июня текущего года Латвийские партнеры проекта принимали в своих стенах всех членов консорциума, включая представителей Туринского Политехнического Университета в г. Ташкенте. Первый день мероприятия был проведен на территории Рижского Технического Университета. Очень пристальное внимание было уделено анализу достигнутых результатов, разработке концепции устойчивого развития сферы мехатроники и робототехнике, а также поведению финансовых итогов деятельности проекта. Второй день мероприятия прошел в г. Валмиера, где представители Видземского Университета прикладных наук ознакомили гостей с материально-технической базой университета, реализуемыми проектами. Позже, была организована поездка в Видземский бизнес-инкубатор, где удалось пообщаться с их предстваителями касательно процесса вовлечения молодого поколения в научную деяьтельность и  ее дальнейшую…

Continue ReadingВ Латвии прошла очередная встреча участников консорциума проекта Erasmus+ CBHE MechaUz

TECNOVE kompaniyasi vakillari TTPUga tashrif buyurdi.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 21-iyun kuni, Ispaniyaning TECNOVE kompaniyasining moliyaviy masalalar bo‘yicha direktori Guzman Martin boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda TTPU va TECNOVE kompaniyalari, o‘z faoliyatlari to‘g‘risida o‘zaro ma’lumot almashdi. Hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida quyidagi yo‘nalishlarni muhokama qildilar. Xususan : • Turin politexnika universiteti va TECNOVE kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash; • TTPU Texnoparki bilan xalqaro hamkorlik: mashinasozlik yo‘nalishida, maxsus texnikalarga xizmat ko‘rsatish va foydalanish, biotibbiyot muhandisligi sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va boshqa masalalar muhokama qilindi. Ma’lumot o‘rnida: TECNOVE kompaniyasi, 35 yillik tajribaga ega bo‘lib, Yevropa mamlakatlarida 10 dan ortiq o‘z markazlariga egadir,…

Continue ReadingTECNOVE kompaniyasi vakillari TTPUga tashrif buyurdi.

Universitetda Rektor kubogi musobaqasi bo’lib o’tdi

“30 iyun-Yoshlar kuni” munosabati bilan, joriy yilning 19 -20 iyun kunlari TTPUda tennis va  badminton sport turlari bo’yicha Rektor kubogi chempionati o’tkazildi.Musobaqa davomida talabalar g‘oliblik uchun qizg‘in bahslar olib borib, o‘z mahoratlarini namoyon qilishdi. Musobaqa natijasiga ko‘ra stol tennisi bo‘yicha: Rektor kubogi g‘olibi – Mardonaliyev Abduxalil – 2- o‘rin – Abduxamedov Salohiddin 3 o‘rin- Raximov Abdumajid Badminton bo‘yicha (juftlik) Rektor kubogi g‘olibi - Sobirxonova E’zozaxon, Dorobov Jamshid 2 o‘rin- Imomaliyeva Shaxlo, Mardonaliyev Abduxalili 3 o‘rin - Gulnoza Yunusova, Abdulazizov Abduazim Badminton sport turi bo‘yicha (o‘g‘il bolalar):1-o'rin – Dorobov Jamshid 2-o'rin – Qoriyev Amirxon 3-o'rin – Turobov Mirkozim Badminton sport turi…

Continue ReadingUniversitetda Rektor kubogi musobaqasi bo’lib o’tdi

Italiyaning Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

  • Post category:Yangiliklar

2023 yilning 10 iyun kuni “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi Rozukulov Ulugʻbek Ubaydullayevich boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Italiyaning Turin Politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Ulug'bek Rozukulov, “O‘zavtosanoat” (UzAvto) AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sardor Tadjiyev, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) rektori Jamshid Inoyatxodjaev, Italiyaning Turin Politexnika Universiteti (PoliTo) rektori Guido Sarakko boshchiligidagi ishchi guruh bilan bir qator muzokaralar o‘tkazdi. Bunda PoliTo, TTPU va UzAvto ning hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Prof. G.Sarakko UzAvto tasarrufidagi korxonalarning istiqboli va keyingi yillardagi rivojida TTPU bilan hamkorlik juda muhimligini ta’kidlab o‘tdi. Bu hamkorlik doirasida akademik, ilmiy, ishlab chiqarish, qayta o‘qitish kabi yo‘nalishlarni…

Continue ReadingItaliyaning Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti rektori Jamshid Inoyatxodjayev “Italiya – O‘zbekiston” biznes-forumida ishtirok etdi.

  • Post category:Yangiliklar

Davlatimiz rahbarining 2023 yil 8-9 iyun kunlari Italiya Respublikasiga tashrifi arafasida bo‘lib o‘tgan biznes-forum doirasida Italiyaning “Politecnico di Torino” universiteti va uning “CIM 4.0” tarmog‘i bilan hamkorlikda Avtomobilsozlik sanoatida ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlarni oldini olish, samaradorlikni oshirish hamda sohadagi kadrlarda sanoatda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha bilim va qo‘nikmalarini oshirish maqsadida “UzAuto Motors” AJ hududida “UzAvto akademiyasi”ni hamda Andijon viloyatida “Sanoat 4.0 akademiyasi”ni tashkil etish bo‘yicha umumiy qiymati 1 mln. yevro bo‘lgan hamkorlik shartnomasi imzolandi. “UzAvto akademiyasi” ning asosiy faoliyat yo‘nalishi avtomobilsozlik sohasida faoliyat yurituvchi hodimlarga Yevropa dasturlari asosida sifat nazorati, logistika, ishlab chiqarish nazorati, texnik xizmat ko‘rsatish, haridlar, tannarx tahlili, savdo…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti rektori Jamshid Inoyatxodjayev “Italiya – O‘zbekiston” biznes-forumida ishtirok etdi.

Koʼp qavatli axoli turar joylarining seysmik mustahkamligini aniqlash amaliyoti o’tkazilmoqda

  • Post category:Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-144-son farmonining 16.4-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti mutaxassislari tomonidan «Bino va inshootlarni zamonaviy kompyuter dasturlari yordamida modellashtirish» fani bo‘yicha intensiv kurs tashkil etildi. Unda Namangan muhandislik-qurilish instituti, Farg‘ona politexnika instituti, Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari, doktorant va magistr talabalari qatnashdi. Shuningdek, mazkur amaliyotda mamlakatimiz olimlari bilan bir qatorda Yaponiyalik seysmolog, professor Chikaxiro Minova ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini 2025 yilgacha takomillashtirish kontseptsiyasini 2022-2023 yillarda amalga oshirish yo‘l xaritasi ning 2-ilovasi 26-bandida Namangan muhandislik-qurilish…

Continue ReadingKoʼp qavatli axoli turar joylarining seysmik mustahkamligini aniqlash amaliyoti o’tkazilmoqda

TTPUda suzish bo‘yicha “Rektor kubogi” va master-klass o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 30-may sanasida, Suv sport turlari Respublika Oliy Sport Mahorati Maktabi tomonidan universitet talaba-yoshlari o‘rtasida suzish bo‘yicha mahorat darsi (master klass) tashkil etildi. Tadbirda Oliy Sport Mahorati Maktabi murabbiysi Vangelis Divin xamda O‘zbekiston Milliy yoshlar terma jamoasi a’zolari Ma’sud Dilmurodov va Doniyor Salimovlar ishtirok etishdi. Unda talabalarga turli uslubda suzish bo‘yicha ma’lumot berilib, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga chaqirildi.So‘ng talabalar o‘rtasida 50 metr masofaga suzish bo‘yicha "Rektor kubogi" musobaqasi o‘tkazildi.Musobaqa natijalari: 1 oʻrin - Ergashev Fozil2 o'rin - Muxammadjonov Ilyos;3 o‘rin - Аbdurasulov Dovud.Gʻolib va ishtirokchilar diplom va esdalik sovgalar bilan taqdirlandi.

Continue ReadingTTPUda suzish bo‘yicha “Rektor kubogi” va master-klass o‘tkazildi

Gitara ishqibozlari uchun master-klass va tanlov o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 29-may sanasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi katta o‘qituvchisi Jo‘rabek Madraimov tomonidan musiqa ishqivozlari va gitara cholg‘u asbobida o‘z bilimlarini oshirmoqchi bo‘lgan talabalarga mahorat darsi (master klass) o‘tkazildi.Tadbir davomida musiqa to‘garagi rahbari M.Saparbayev boshchiligida Havaskor gitarachilar tanlovi ham bo‘lib o‘tdi. Unda musiqa to‘garagi a’zolari hamda gitara cholg‘u asbobida o‘ynashni bilgan universitet talabalari va akademik litsey o‘quvchilari bellashdilar. Tanlov natijasiga ko‘ra; 1-o‘rin: Hasanov Shohruh2-o‘rin: Akbaraliyev Habibulloh3-o‘rin: Irgashev Fozil egalladi.Tadbir so‘ngida har bir ishtirokchi sertifikatlar va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

Continue ReadingGitara ishqibozlari uchun master-klass va tanlov o‘tkazildi

2023-YIL BITIRUV DIPLOMLARINI TANTANALI TAQDIM ETISH MAROSIMI🎓

  • Post category:Yangiliklar

2023-yil 24-may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida bitiruvchilarga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.Marosimda «Mashinasozlik texnologiyasi», «Аxborot texnologiyalari», «Sanoatda xoʼjalik qurilishi va arxitektura», «Аvtomobil muhandisligi» yo‘nalishlarini tamomlagan 200 dan ortiq bitiruvchilar taqdirlandi.Diplomlarni Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi – Agostino Pinna, Turin politexnika universiteti rektori (Italiya) – Guido Sarakko va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori – Jamshid Inoyatxodjayevlar topshirdi. Bitiruvchilarimizni chin yurakdan tabriklaymiz va o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish yo'lida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Continue Reading2023-YIL BITIRUV DIPLOMLARINI TANTANALI TAQDIM ETISH MAROSIMI🎓

Biznes Menejment yo`nalishikirish imtihoni (1bosqich)natijalari e’lon qilindi!

  • Post category:Yangiliklar

Hurmatli abituriyentlar, 2023-2024 oʻquv yili uchun KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ! Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz! 2023-yil 20-may da bo`lib o`tgan kirish imtihoni natijalari bilan tanishing. Yuklab oling Bundan tashqari, 20-May oyidagi qabul testiga ko'ra, natijalar to'rt toifaga bo'linadi: BIRINCHI TOIFA: 40 va undan yuqori toʻplaganlar, birinchi kursga qabul qilinadilar va O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi tomonidan TOʻLIQ GRANT ajratiladi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2023-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari shart *. IKKINCHI TOIFA: 35 va undan yuqori, ammo 40.00 dan past…

Continue ReadingBiznes Menejment yo`nalishikirish imtihoni (1bosqich)natijalari e’lon qilindi!

O’zbekistonning qator universitetlari Italiyaning Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlik a’loqalarini rivojlantirmoqda

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 23 may kuni, O'zbekistonning bir qator universitet rektorlari Italiyaning Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish maqsadida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti rektori Jamshid Inoyatxodjaev, Farg‘ona Politexnika instituti rektori O’ktam Salomov, Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori Ercan Kahya, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Mahkamov, Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti rektori Chidem Janbay Turkyilmazlar Italiyaning Turin politexnika universiteti rektori Guido Sarakko bilan o'zaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida muzokaralar olib bordilar. Muzokaralar natijasida Italiyaning Turin politexnika universiteti rektori Guido Sarakko, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Jamshid Inoyatxodjayev hamda Farg’ona politexnika instituti…

Continue ReadingO’zbekistonning qator universitetlari Italiyaning Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlik a’loqalarini rivojlantirmoqda

TTPUda stol tennisi bo‘yicha master klass o’tkazildi.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 19 may kuni, Oʼzbekiston stol tennisi Federatsiyasi tomonidan universitet talaba-yoshlari oʼrtasida ston tennisi boʼyicha maxorat darslari (master klass) tashkil etildi. Tadbirda Xalqaro Olimpiya oʼyinlariga tayyorlash boshqarma boshligʼi Burxonxoʼjaeva Nodira Saidikramovna, Toshkent shahar stol tennisi boʼlimi ijrochi direktori Melikuziev Аkbar hamda Oʼzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya instituti talabalari - bir qator xalqaro va respublika musobaqa gʼoliblari ishtirok etishdi. N.Burxonxoʼjaeva yoshlar oʼrtasida stol tennisni ommalashtirishda Oʼzbekiston Federatsiyasining oʼrni va rivojlanishi toʼgʼrisida soʼz yuritib talabalarni stol tennisi bilan kuproq shugʼullanishga chorladi. Yosh sportchilar universitet talabalariga maxorat darslarini oʼtkazib turli oʼyin uslublarini qoʼllashni taqdim etdilar hamda ular bilan oʼzaro bellashdilar. Oʼtkazilgan maxorat darslari…

Continue ReadingTTPUda stol tennisi bo‘yicha master klass o’tkazildi.
image_pdfimage_print