1

“Talabalikka bag‘ishlov -2023”

Joriy yilning 27-sentyabr sanasida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetning 2023-2024 o‘quv yiliga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri o’tkazildi.

Dastavval, tadbirni O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan ochib berildi. So‘ng, universitet birinchi prorektori A.Ashurov so‘zga chiqib, yangi o‘quv yiliga qabul qilingan talaba-yoshlarga ko‘plab ezgu-tilaklar bildirib, kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlarida universitet tomonidan kerakli sharoitlar yaratib berilishini ta’kidladi.

Har yili o‘tkaziladigan an’anaviy tadbir davomida, talabalar o‘z qasamyodlarini qabul qilar ekan, butun faoliyatlarini ona diyorimiz va uning buyuk kelajagiga bahshida etishga, Vatan taraqqiyoti yo‘lida astoydil harakat qilib yuqori malakali mutaxassis bo‘lishga, ota-ona oldidagi farzandlik burchini unutmaslik, uni to‘la ado etish uchun bor bilimlarini bag‘ishlashga, tanlangan mutaxassislik bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni muntazam ravishda o‘zlashtirishga, o‘quv rejasi va dasturlarda belgilangan mashg‘ulotlarni o‘z muddatida bajarish va o‘quv mashg’ulotlarida doimiy ravishda qatnashishga, olingan kasbiy bilimlardan foydalanib, muxandislik kasbini puxta egallash va mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shish, universitetning ichki qoidalarig rioya qilishni o‘zlarining muqaddas burchi deb hisoblash kabi so‘zlar bilan tantanali ravishda qasamyod qildilar.

Tadbirga univesitet musiqa to‘garagi qatnashchilari hamda Jamoat havfsizligi universiteti harbiy orkestri tadbirga  o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Tadbirda o‘zi erishgan yutuqlari, universitet ta’lim tizimi, yaratilgan sharoitlar, yaqin ikki yil mobaynida amalga oshirilgan loyihalarini ko‘rsatish va talabalarga motivatsiya bo‘lish maqsadida faol va iqtidorli, na’munali, bir qator tanlovlar g‘oliblari, universiteti “Mashinasozlik texnologiyasi” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Urunov Asadbek hamda Qayumov Asadbek tomonidan juda qiziqarli taqdimotlar namoyish etildi.




Hamkorlikning keyingi bosqichlari muhokama qilindi.

Joriy yilning 27 sentabr kuni Germaniyaning Janubiy Turingiya biznes-delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi dasturi doirasida Janubiy Tyuringiya Savdo-sanoat palatasi prezidenti boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tadbir davomida mehmonlarga universitetning moddiy texnik bazasi, talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, innovatsiyalarni qo’llab quvvatlash uchun yaratilgan texnika va laboratoriya markazlari faoliyati yaqindan tanishtirildi.

Shuningdek, TTPU va Simson Private Akademie (Germaniya) hamkorligi doirasida professional ta’lim yo’nalislari bo’yicha o’qitish bo’yicha imzolangan memorandumga asosan boshlangan o’quv kurslari tinglovchilari bilan davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida delegatsiya tarkibidagi SPA akademiyasi rahbari Mr. Max Reumschüssel hamda ish beruvchi tashkilot vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida, hamkorlikda tashkil qilingan o’quv kurs tinglovchilari loyiha bilan bog’liq barcha savollariga to’g’ridan-to’g’ri Germaniyalik vakillaridan javob olish imkoniyatiga ega bo’lishdi.

Tashrif davomida Turingiya biznes-delegatsiyasi va universitet rahbariyati o’rtasida uchrashuv tashkil qilinib, hamkorlikning keyingi bosqichlari muhokama qilindi.




Xalqaro konferentsiya maktabi “Zamonaviy kvant fanidagi yangi tendentsiyalar: kvant texnologiyalari uchun yangi funktsional materiallar

2023-yilning 22-30-sentabr kunlari, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Italiyaning Triest shahridagi Xalqaro nazariy fizika markazi, O‘zbekiston fizika jamiyati va Buxoro davlat universiteti bilan hamkorlikda “Zamonaviy kvant fanidagi yangi tendensiyalar: yangi funksional materiallardan kvant texnologiyalarigacha” mavzusidagi xalqaro yozgi maktab bo‘lib o‘tmoqda

TTPU

Ushbu Yozgi maktabning asosiy e’tibori zamonaviy kvant sohasidagi ilg’or g’oyalar, yangi natijalar, dolzarb muammolar va kelajak istiqbollariga qaratilgan bo’lib, kvant materiallari va ularning kvant texnologiyalarida qo’llanilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Bu fizika va texnologiya sohasidagi yangi va ilg’or tadqiqot yo’nalishi bo’lib, kvant hisoblash, kvant zondlash, kvant kriptografiyasi, yuqori texnologiyalarda qo’llaniladigan chigal holatlar, kvant superpozitsiyalari, tunnel va kvant shovqinlari kabi kvant mexanik hodisalaridan foydalanishga qaratilgan.

TTPU

Ushbu tadbirda yosh tadqiqotchilar (jumladan, bakalavr va magistratura talabalari, yosh tadqiqotchilar), shuningdek, kondensatsiyalangan moddalar fizikasi, materiallari va texnologiyalarining turli jihatlari bo‘yicha ish olib borayotgan rivojlanayotgan mamlakatlar olimlarining keng auditoriyasiga qaratilgan qator ma’ruzalar tinglanadi. fan, statistik va kimyoviy fizika. Mehmon o’qituvchilar tadqiqot sohasida xalqaro miqyosda tan olingan mutaxassislardir. Ma’ruzalar Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Kavkaz va Yaqin Sharqdagi rivojlanayotgan mamlakatlarning yosh ishtirokchilari tomonidan qisqa taqdimotlar bilan to’ldiriladi.

Tadbir shuningdek, yuqoridagi mintaqalar tadqiqotchilarining Yevropa, AQSh, Yaponiya va boshqa rivojlangan mamlakatlardagi xalqaro akademik hamjamiyat bilan hamkorligini mustahkamlashga yordam beradi.




TTPU tarixiy yodgorliklarni restavratsiya qilish bo’yicha asosiy mutaxassislarni ishlab chiqishda davom etmoqda

TTPU, ERAMCA ERASMUS + 2-bosqich magistrantlari tarixiy obidalarni restavratsiya qilish bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini amaliyotda muvaffaqiyatli mustahkamlamoqdalar.

2023-yilning 18-22-sentabr kunlari, talabalar Germaniyaning Kvedlinburg markazi mutaxassislari va restavratorlari nazorati ostida Xivadagi Juma masjidlarini yog‘och qurilishini qayta tiklash loyihalarida faol ishtirok etdilar.

Loyiha davomida quyidagi restavratsiya ishlari amalga oshirildi:

• Tarixiy ustun va eshikni qayta tiklash

• Shikastlangan qismlarni yo‘q qilish va yangi fitting qismlarini ishlab chiqarish

• Tarixiy yog’och karkas konstruktsiyasini tiklash

• Tarixiy rasmni qayta tiklash, tarixiy retsepti asosida ekologik ranglarni aralashtirish




“Mikro va nanodunyo uchun matematika: Soliton dinamikasi, nochiziqli optikadan kvant texnologiyalarigacha” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Joriy yilning18-22 sentyabr kunlari, Samarqand shahrida “Mikro va nanodunyo uchun matematika: Soliton dinamikasi, nochiziqli optikadan kvant texnologiyalarigacha” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tib, ushbu konferensiyaning maqsadi – optika, optoelektronika va kvant texnologiyalarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan kichik o‘lchamli sohalarda evolyutsion tenglamalarga e’tibor qaratgan holda, matematik fizikada kam o‘rganilgan va yaqinda paydo bo‘lgan keng ko‘lamli muammolarni taqdim etish va muhokama qilishdir. Ushbu mavzularning kondensirlangan muhitlar fizikasi, nochiziqli va kvant optikasi, optoelektronika, kvant funksional materiallari va zamonaviy kvant fani va texnologiyasining boshqa sohalarida qo‘llanilishiga alohida e’tibor beriladi.

Fizikaning turli ilg’or sohalarida erishilgan so‘nggi yutuqlar va uning kvant texnologiyalarida amaliy qo‘llanilishi fizikada qo‘llanilishi bilan qisman differensial tenglamalarning matematik fizikasi va differentsial operatorlarning spektral nazariyasidagi bir qancha murakkab muammolarni keltirib chiqaradi. Kondensirlangan muhitlar fizikasi, kvant materiallari, nochiziqli optika, muhit to‘lqinlari fizikasi va PT-simmetrik fizikasida yuzaga keladigan murakkab matematik muammolarning keng doirasi bo‘yicha taklif etilgan ma’ruzachilar va ularning yalpi ma’ruzalari orqali muhokama qilinadi. Konferensiyada taqdim etilgan ma’ruzalar optik va kvant jarayonlarini boshqarish, optik va kvant funksional materiallarning xususiyatlarini optimallashtirish, optik va optoelektronik qurilmalarni miniatyuralashtirish, fizik jarayonlarni evolyutsion tenglamalar yordamida modellashtirish kabi muammolar va istiqbollarga qaratilgan.

Anjumanda Germaniya, Chexiya, Italiya, Fransiya, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarning yetakchi olimlari ishtirok etadi.

Anjuman Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Samarqand davlat universiteti va O‘zbekiston fizika jamiyati hamkorligida tashkil etilgan.




Shavkat Mirziyoyev AQSHda vatandoshlar bilan uchrashdi.

AQSHga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 18 sentyabr kuni Qo‘shma Shtatlarda yashayotgan va ishlayotgan bir guruh vatandoshlarimiz hamda ushbu mamlakatning yetakchi oliy taʼlim dargohlarida tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari bilan uchrashdi

Jumladan, uchrashuvda Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida tahsil olgan, “El-yurt umidi” jamg’armasi stipendiatlari, hozirda Pittsburg davlat universiteti magistranti Jasurbek Qaynarbekov hamda Arizona davlat universiteti talabasi Saidakbarkhon Pulatov ham qatnashgan.




TTPU rektorining Italiyaga xizmat safari.

2023-yil 15-sentyabr sanasidan 19-sentyabr sanasiga qadar Italiyadagi Politecnico de Torino universiteti bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, yangi 2023/2024 o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini kelishib olish hamda JUVENTUS F.C.S.p.A. (Italiya Respublikasi) akademiyasi bilan kelgusi rejalarni muhokama qilish va universitet qoshidagi Yuventus akademiyasining bir guruh yosh tarbiyalanuvchilarini u Italiyada tajriba almashinish masalalarini hal qilish maqsadida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori J.Sh.Inoyatxodjayev, Strategik rivojlantirish va xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi – T.F.Maxamatxo‘jayev bilan birga Italiya Respublikasiga xizmat safariga jo‘nab ketadi.




TTPUda “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.

Joriy yilning 13-sentabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 1-bosqich talaba-yoshlari uchun “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida “Mustaqillik darsi” tashkil etildi. Tadbirga akademik, texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Qodirov Savar Muqadirovich tashrif buyurib, talabalar bilan samimiy ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirni universitet rektori t.f.d, Jamshid Inoyatxodjaev kirish so‘zi bilan ochib berib, talabalarga yangi o‘quv yilida universitetda yaratilgan barcha shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda, ilm cho‘qqilarini egallashda faol bo‘lishlariga chaqirib qoldi va kelgusi o‘qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
So‘ng, Savar Muqadirovich, 2023 yilning yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilinganligi, mamlakatimizda yosh avlod ta’lim va tarbiya sifati mamlakat taqdiri uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani ta’kidladi.

Shu bilan birga olim oʻzining bosib oʻtgan yoʻli, ilmiy faoliyati mavzusida qimmatli maʼlumotlar berib oʻtdi, muloqot talabalarda katta taassurotlar qoldirdi. Tadbir qizgʻin munozaralar va savol-javoblarga boy boʻldi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Sarvar Muqadirovich Qodirov oliy ta’lim tizimida 57 yildan buyon samarali mehnat qilayotgan, avtotransport, avtomobilsozlik va yo‘l kommunikatsiyalari sohalariga ulkan hissa qo‘shgan va qo‘shayotgan taniqli olimdir. S. M. Qodirovning 40ga yaqin risola, ocherk, qissa, roman va boshqa risolalari chop etilgan. Uning romanlari rus va ingliz tillarida Rossiya va Amerikada nashr qilindi. Olimning rahbarligida 3 fan doktori, 9 fan nomzodi va 20 dan ortiq magistrlar tayyorlangan.




“Vazir faxriy yorlig‘i”

O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yillik bayrami munosabati bilan tizimdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlari hamda talaba-qizlar bilan ishlash sohasidagi faolligi uchun Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Fariza Nabixanova Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 30-avgustdagi 398-sonli buyrugʻiga asosan “Vazir faxriy yorlig’i” bilan taqdirlandi.
Fariza Nabixanovani ushbu muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ham rivoj tilaymiz!




TTPU JAMOASI “YANGI NAFAS“ OMMAVIY YUGURISH MARAFONIDA ISHTIROK ETDI.

Bugun, Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan yurtimizning 16 ta hududida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!”, “Bir mamlakatda, bir vaqtda, bir masofada, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shiorlari ostida “Yangi nafas” yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahrining “Humo Arena” hududida oʻtkazilgan mazkur ommaviy sport tadbirida TTPU rahbariyati boshchiligida talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda tyutorlar faol qatnashdi. Finishga etakchilar qatorida yetib kelgan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mazkur oʻziga xos aksiyada 86 ta oliy taʻlim muassasasining 31 mingdan ortiq talaba-yoshlar qatnashdi.




Biznes Menejment yo`nalishikirish imtihoni (2-bosqich)natijalari e’lon qilindi!




TTPU xodimlari ERASMUS+ SPACECOM loyihasi doirasida Berlin texnika universitetida bo‘lib o‘tgan xalqaro yig‘ilishda qatnashdilar

2023 yil 21-26 avgust kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU)ning professor-o‘qituvchi va xodimlari Germaniyaning Berlin texnika universiteti (Technische Universität Berlin)da xalkaro anjumanda ishtirok etdi. Anjumanda Yevropa universitetlari: Sorbonna Universiteti (Sorbonne Université, Parij); EXOLAUNCH kompaniyasi (Germaniya); Technical University Sofia (Bolgariya); AP Hogeschool (Artesis Plantijn Hogeschool Antwerpen) Antwerpen (Belgiya), Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkmaniston va O‘zbekistondan 6 ta universitet va institutlar: “Al-Horazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti” (TATU) – loyiha koordinatori; “Farg‘ona politexnika instituti” (FarPI); “Toshkent davlat texnika universiteti” (TDTU); “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali”; “O‘zbekiston milliy universiteti” (O‘zMU); “Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi astronomiya instituti”; “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborotlar texnologiyalari universiteti qoshidagi pedagogik kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi” professor-o‘qituvchi va xodimlari ishtirok etdilar. Anjumanda universitet va institutlarda SPACECOM loyihasi (www.spacecom.uz) ning samarali amalga oshirilishi yuzasidan fikr almashdilar.




“International Conference on Electrical Engineering & Computing Convergence and Applications 2023”

2023-yilning 16-19-avgust kunlari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida elektrotexnika, hisoblash konvergensiyasi va ularning amaliyotda qo’llash bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Gibrid formatda (offlayn va onlayn) o‘tayotgan konferensiyada elektrofizika va uni amaliyotda qo’llash, energiya taqsimotini nazorat qilish, sun’iy intellekt va tizim konvergensiyasi, yashil tabiatga zarar keltirmaydigan intellektual transport tizimlari, geomatik muhandislik hamda qurilish loyihalarini modellashtirish kabi mavzularga oid bir qancha ilmiy maqolalar va izlanishlar muhokama qilinishi ko’zda tutilgan.qaratilgan.

Xalqaro konferensiyaning asosiy tashkilotchilari:

• KIEE-Electro-physics & Application Society

• Koreya Milliy Transport Universiteti

• Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti,

• Turin Politexnika Universiteti (Italiya)

• Muxammad al-Xorazmiy nomli Toshkent Axborot texnologiyalari Universiteti

Joriy yilning 18 avgust kuni, TTPUda Elektrotexnika, hisoblash konvergensiyasi va ularning amaliyotda qo’llash bo‘yicha “International Conference on Electrical Engineering & Computing Convergence and Applications 2023” (ICEE-CCA 2023) xalqaro konferensiyaning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Koreya kompyuter va axborot jamiyati raisining 1-o‘rinbosari Dr. Von-Ju Li, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti birinchi prorektori Dr. Doniyor Yakhshibaev konferensiyani ochib beridi.Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi vazir-maslahatchisi va Bosh konsuli Janob Jan Xyon Kuk, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Toʻychiyev Olimjon Alijonovich tabrik so‘zi bilan ishtirok etishdi.

Konferensiyaning davomida elektrotexnika, axborot texnologiyalari hamda muhandislik sohalarining turli tarmoqlarida faoliyat olib borayotgan mahalliy va xorijiy yetakchi tadqiqotchilar, o’qituvchi-professorlar, olim va mutaxassislar onlayn va oflayn ravishda o’z ilmiy ishlari va tadqiqotlari bilan ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Korea sanoat korxonalari va mamlakatimizdagi innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, mehmonlar u yerdagi loyihalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo’lishdi. Konferensiya o’z ishini sho’balarda davom etdi (oral session, poster session)

Shu bilan birga TTPU, Koreyaning Daejeon University va Korea Kompyuter axboroti jamiyati bilan birgalikda o’zaro hamkorlik to‘g’risida memorandum imzolandi.




Yaponiyalik professorlarga Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining «Faxriy professori» unvoni berildi.

Yaponiyaning Denki Universiteti professori Yasushi Niitsu, hamda Yer fanlari va tabiiy ofatlarga chidamlilik milliy tadqiqot instituti professori, Chikahiro Minovalarga Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetininig “Faxriy professori» unvoni berildi.

Professor Chikahiro Minova «Binolarning seysmik mustaqilligini tahlil qilish va kuchaytirish» mavzusidagi ilmiy ishlari bilan mashhur. Seysmik ustuvor binolar qurilishi bo‘yicha yaponiyaliklar tajribasini o‘rgatish, institutda tashkil qilingan laboratoriyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi ko‘p yillik ilmiy loyihalarni Minova Chikaxiro boshchilik qilgan.




Yaponiyalik professorlar TTPUda seminar trening o‘tkazdi

2023-yil 31-iyul va 1-avgust kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Yaponiyadan kelgan mutaxassislar ko‘magida “Tasvirga ishlov berish usullaridan foydalangan holda binolarning seysmik barqarorligini baholash” mavzusida ikki kunlik ilmiy seminar trening tashkil etildi.
Seminarga Farg‘ona politexnika instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Toshkent arxitektura-qurilish universitetidan mutaxassislar va tadqiqotchilar taklif etildi.
Ushbu seminarga Tokio Denki universiteti professori Yasushi Niitsu va Yer fanlari va tabiiy ofatlarga chidamlilik milliy tadqiqot institutidan Chikahiro Minova taklif qilindi.
Seminar-treningda seminar ishtirokchilari va yapon professorlari birgalikda kichik bino modeli bilan tasvirni qayta ishlash tajribasini o’tkazdilar.




Biznes boshqaruvi – Menejment yo‘nalishi uchun uchinchi faza kirish imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

📣HURMATLI ABITURIENTLAR!
Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga (“Biznes boshqaruvi – Menejment”) yo’nalishi uchun uchinchi faza kirish imtihonlariga ro’yxatdan o’tish BOSHLANDI!

❗️Ro’yxatdan o’tish muddati 2023-yil 23 avgustgacha.
✍️Imtihon sanasi: 2023 yil 26 avgust.

📞71-246-80-51; 71-246-80-52




SAIDOV ABDULLA ABDUNAZAROVICHning vafoti munosabati bilan ta’ziya.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti jamoasi “Mashinasozlik va aviakosmik muhandisligi” kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori, universitet kengash a’zosi

SAIDOV ABDULLA ABDUNAZAROVICHning

vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, chuqur ta’ziya izhor etadi.

Abdulla Abdunazarovich uzoq yillardan buyon Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida samarali faoliyat ko’rsatib kelgan. U kamtarin, mehnatsevar inson, mehribon ustoz, oqil rahbar sifatida hamkasblarining hurmatiga sazovor bo’lgan edi.




Biznes Menejment yo`nalishikirish imtihoni (1-2-bosqich) natijalari e’lon qilindi!




Italiyada Erasmus + “MUSAE: “San’at sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishning ko‘p tarmoqli ko’nikmalari”/ Multidisciplinary Skills for Artists’ Entrepreneurship” loyihasi doirasida treninglar o’tkazildi.

2023-yilning 6-iyulidan 13-iyuliga qadar Italiyaning L’Aquila shahrida Erasmus + “MUSAE: “San’at sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishning ko‘p tarmoqli ko’nikmalari” loyihasi doirasida 9 ta universitet (O‘zbekiston, Falastin va Tunis) talabalarining treninglari va loyihalari taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistondan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti,  K.Bekzod nomidagi Amaliy san’at instituti hamda O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi talabalari qatnashdi . Talabalar turli yo’nalishlarda o’zlarining innovatsion ishlarini taqdim etdilar, ularning har biri aholining turli qatlamlarini, ta’lim va kasbiy sohalarda va hokazolarni qo’llab-quvvatlash uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan to’liq loyihalardir.

Shuningdek, shu davrda loyiha boshqaruvi aʼzolarining yigʻilishi boʻlib oʻtdi, unda talabalar tomonidan taqdim etilgan ishlar, loyiha natijalarini tarqatish, kelgusidagi vazifalar va moliyaviy masalalar muhokama qilindi. Bundan tashqari, keyingi uchrashuvlar va ular bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi.




Kirish imtihonlari (1-2-3-bosqich) natijalari e’lon qilindi!