1

Kirish imtihonlari (1-2-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

Hurmatli abituriyentlar,

2023-2024 oʻquv yili uchun

KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ!

Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz! 2023-yil 18-may da bo`lib o`tgan kirish imtihoni natijalari bilan tarnishing.

TTPU
TTPU
TTPU
TTPU
TTPU
TTPU

2023-yil 13-Mart va 2023-yil 18-May kunlari boʻlib oʻtgan kirish imtihoni natijalariga koʻra, 2023-2024 o`quv yili uchun toʻliq va kutilayotgan grant nomzodlari bilan tarnishing:

FAKULTETLAR BO`YICHA TO`LIQ GRANTLAR(1-2-BOSQICH):

1. Avtomatik boshqaruv va kompyutermuhandisligi – 60.00 va undan yuqori to`plagan abituriyentlarga O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi tomonidan TOʻLIQ GRANT ajratiladi. 55.00 dan yuqori to`plagan abituriyentlar Iyul oyidagi kirish imtihon natijasiga koʻra TOʻLIQ GRANT uchun koʻrib chiqiladi Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2023-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari kerak *.

IMTIXON KUNLARI BALL FAMILIYA ISM
17-Mar-23 91.07 ZULUNOVA NASIBA
18-May-23 89.88 KADIROV DALER
18-May-23 79.17 BAXODIROV AKMAL
18-May-23 75 ABDULLAYEV AZIZ
18-May-23 75 NURILLAYEV ILXOMJON
18-May-23 73.21 CHERNISHEVA YEKATERINA
18-May-23 73.21 SERGEYEV SERGEY
18-May-23 72.62 GAIPOV AZIZBEK
18-May-23 72.02 RADJABOV ALISHER
18-May-23 70.24 KARIMOV AMIR
18-May-23 69.64 BABADJANOV SAIDALI
18-May-23 68.45 KDIRBAEVA NURJAMAL
17-Mar-23 66.67 HIKMATULLAYEV SHAMSHOD
17-Mar-23 65.48 MIRSAIDOV RASHID
18-May-23 65.48 AVAZOV ELYOR
18-May-23 64.88 MUHAMMADRAUPOV SHUHRATBEK
18-May-23 64.88 BAKHTIYOROV NIZOMIDDIN
18-May-23 64.29 SVECHNIKOVA ANASTASIYA
18-May-23 64.29 RAXIMOV AZIMJON
17-Mar-23 63.69 ISHANXANOV AYYUBXON
18-May-23 63.1 IBRAGIMOV FAYOZBEK
17-Mar-23 62.5 XAITOV JAVOHIR
18-May-23 61.9 BOBOMURODOV ABDUVOHID
18-May-23 61.31 QODIROV IBROHIM
18-May-23 61.31 ESANOV ISLOMJON
17-Mar-23 60.71 ISROILOV ABDULAHAD
17-Mar-23 59.52 BALENKOV DENIS
18-May-23 59.52 SOLIYEV SHOXRUXBEK
18-May-23 59.52 VALIYEV TOXIRXOJA
18-May-23 58.93 OLIMJONOV BEKZOD
18-May-23 58.93 KARIMOV ABU BAKR
17-Mar-23 58.33 XASANOVA FOTIMA
18-May-23 57.74 MURODOV JAVOKHIR
17-Mar-23 57.14 GAYBULLOEV UMIDJON
17-Mar-23 56.55 SOBIROV OZODBEK
17-Mar-23 56.55 SATTAROV SHOHRUH
18-May-23 56.55 ABDULKHAFIZOVA NARGIZA
18-May-23 55.95 SAMIRA IKROMOVA
18-May-23 55.95 FAYZULLAYEVA MALOHAT
17-Mar-23 55.36 MURODOV AZIZMUROD
17-Mar-23 55.36 ERGASHEV MAQSUD
18-May-23 55.36 DJUMANBAYEVA FARANGIS

2. Mashinasozlik / Avtomobilsozlik / Aerokosmik muhandisligi va Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari – 50.00 va undan yuqori to`plagan abituriyentlarga O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi tomonidan TOʻLIQ GRANT ajratiladi. 40.00 dan yuqori to`plagan abituriyentlar Iyul oyidagi kirish imtihon natijasiga koʻra TOʻLIQ GRANT uchun koʻrib chiqiladi Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2023-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari kerak *.

IMTIXON KUNLARI BALL FAMILIYA ISM
18-May-23 77.98 ZAFAROV ZAFAR
18-May-23 77.38 POLATOV KOMILXOJA
18-May-23 73.21 SAMANDAR MURATBAEV
18-May-23 73.21 NIGMATOVA LAZIZAXON
18-May-23 70.83 KOMILJONOV OKTAMJON
18-May-23 69.64 NURILLAXONOV ALIAKBARXON
18-May-23 69.05 ABSALAMOVA O’G’ILOY
17-Mar-23 66.07 SHERIKBAYEV IBROXIM
18-May-23 65.48 ABDUAYUMOV AKBAR
18-May-23 62.5 JAMOLOV TOSHPULATHON
18-May-23 60.12 YOLDOSHEV ISMOILXON
18-May-23 58.33 XUDAYBERGANOV SHAXRIYOR
18-May-23 57.14 KULMUXONOV ELNUR
18-May-23 55.95 SHOMURODOV SHOXJAHON
18-May-23 55.95 PAK DANIIL
18-May-23 55.36 KOMRONBEK ABDALIEV
18-May-23 54.17 XASANOV USMONBEK
18-May-23 53.57 JUMAYEV BEHZOD
18-May-23 50.6 UMAROV ALIAKBAR
18-May-23 50.6 FAYZIYEV SADULLA
18-May-23 45.83 NABIJONOV BAHROM
17-Mar-23 44.64 ABDURASHIDOV NOHIDJON
18-May-23 44.64 SOBIROV IZZATILLA
18-May-23 44.64 ISMOILXOJAYEV AZIZXOJA
18-May-23 43.45 SUYAROVA DILAFROZ
18-May-23 42.86 ZABIXULLAYEV FARXOD

3. Sanoatda qurilish muhandisligi va Arxitektura -40.00 va undan yuqori to`plagan abituriyentlarga O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi tomonidan TOʻLIQ GRANT ajratiladi. 30.00 dan yuqori to`plagan abituriyentlar Iyul oyidagi kirish imtihon natijasiga koʻra TOʻLIQ GRANT uchun koʻrib chiqiladi Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2023-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari kerak *.

IMTIXON KUNLARI BALL FAMILIYA ISM
18-May-23 88.1 UZAKBAEV AKMALJON
18-May-23 66.67 FARMONOVA DILNURA
18-May-23 63.69 AXMADALIYEV SAMANDAR
18-May-23 63.1 ABDULAZIZOV BEHZOD
18-May-23 61.9 ABDINABIYEVA FARANGIZ
17-Mar-23 58.33 XOJIMURODOV OGABEK
17-Mar-23 54.17 SODIKOVA SAMIRABONU
18-May-23 49.4 FAYZULLAYEVA MALIKA
18-May-23 46.43 ZOKIRJONOV JAHONGIR
17-Mar-23 44.64 TOXIRJONOV NODIRJON
18-May-23 44.05 SADIBEKOV AYAN
17-Mar-23 43.45 DOSMUXAMEDOVA FAXRIYA
18-May-23 39.88 ATAXANOVA SAMIRA
17-Mar-23 38.69 KAMILOV MIRJALOL
18-May-23 36.9 KURBANALIYEVA MALIKA
18-May-23 35.71 KARIMOV ISMOIL
17-Mar-23 34.52 ROZIQOVA SOJIDA
18-May-23 33.93 TURABAYEVA SHAHNOZA
17-Mar-23 33.33 AKBAROVA MUKADDASKHON
18-May-23 31.55 RAVSHANOV AKMAL
18-May-23 31.55 TOSHPULATOV ABDULLOX
18-May-23 31.55 MAMATQULOV BILOL
18-May-23 30.95 EGAMQULOV MURODBEK

Bundan tashqari, May oyidagi qabul testiga ko’ra, natijalar to’rt toifaga bo’linadi:

BIRINCHI TOIFA:

50.00 va undan yuqori toʻplaganlar, toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi kurs (First Level) ga qabul qilinadilar. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2023-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari shart *.

IKKINCHI TOIFA:

20.00 va undan yuqori, ammo 50.00 dan past ball toʻplaganlar, toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi kurs (First Level) ga qabul qilinadilar. Agar ular Iyun-Avgust oylarida tashkillashtiriladigan pullik intensiv kurslarni muvaffaqiyat tamomlasalar. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2023-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari shart *.

* Agar abituriyent IELTS sertifikatini oʻz vaqtida taqdim etmasa, u avtomatik ravishda birinchi kurs (Preparatory Year) ga tushirib yuboriladi.

USHINCHI TOIFA:

10.00 va undan yuqori, ammo 20.00 dan past ball toʻplaganlar, IELTS sertifikatining mavjud yoki mavjud emasligidan qat’iy nazar, 2023-2024 oʻquv yilida birinchi kursga (Preparatory Year) qabul qilinadilar. Ushbu toifaga IELTS (kamida 5,5 ball) sertifikatini berish muddati – oʻquv yili soʻngiga qadar.

TO’RTINCHI TOIFA:

10 balldan kam ball toʻplaganlar belgilangan qabul chegarasidan oʻta olmaganlari sabab universitetga qabul qilinmadilar.

Shartnomalarni rasmiylashtirish Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti binosida 2023-yil 22-May soat 09:00 dan boshlab amalga oshiriladi.


Qabul komissiyasining ishi uchun mas’ul shaxslar:

Rektor – Inoyatxodjayev Jamshid Shuxratullaevich

Prorektor – Fulvio Rinaudo

Dekan – Abdullayev Farhod Bahramovich

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti ma’muriyati ushbu roʻyxatdan tashqari shaxslarning faoliyati uchun javobgar emas.

Kerakli hujjatlar roʻyxati:
Ariza beruvchi pasportining asl nusxasi;
Ariza beruvchining ota-onasining pasport nusxasi.

Barcha savollar boʻyicha raqamlar:
71 246-80-51 / 52,
71 246 63 48

Elektron pochta: admission@polito.uz

Manzil: Kichik Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Olmazor tumani, Toshkent 100095, Oʻzbekiston




TTPU rektori talabalarga ma’ruza o’qidi

12 may kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori, t.f.d. Inoyatxodjayev Jamshid Shuxratullayevich talabalarga “O‘zbekistonda elektromobillarni rivojlantirish istiqbollari: muammolar va yechimlar” mavzusida ma’ruza o‘qidi.

Ma’ruzada, “yashil iqtisodiyot” ga o‘tish sharoitida elektomobillardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari, afzallik va kamchiliklari, mamlakatimizda elektromobillarning rivojlanish dinamikasi, quvvatlash stansiyalarining dunyo bo‘ylab hamda mamalakatimizdagi infratuzilmasi tahlil qilinib, tinglovchilarga mavzuga oid foydali va qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.
Ma’ruza ingliz tilida o‘tkazilib, xohlovchilar tegishli ilova orqali onlayn ravishda qatnashish imkoniga ham ega bo‘lishdi.

Ma’ruza yakunida, tinglovchilar rektorga o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarini berib, ularga atroflicha javob oldilar.




Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Bugun, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Abdurahmonov Ibrohim Yulchiyevich Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida bo‘lib, talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

TTPU

Tashrif doirasida Ibrohim Yulchiyevich universitetning o‘quv auditoriyalari, sport kompleksi, texnopark, laboratoriya va startap loyihalari bilan yaqindan tanishdi.

Universitet rektori, texnika fanlari doktori Inoyatxodjayev Jamshid Shuxratullayevich vazirga universitet faoliyaitni tanishtirar ekan, so‘nggi yillarda ko‘p sohalar qatorida avtomobilsozlik va bu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash borasida salmoqli ishlar qilinayotgani ta’kidlab, universitetning hozirgi holati va rivojlanish strategiyasiga (universitet ta’lim yo‘nalishlari, energiyatejamkor quyosh panellarini o‘rnatish borasidagi ishlar, spin-off kompaniyalari faoliyati, xalqaro a’loqalari va boshqalar) oid taqdimot qildi.

Shundan so‘ng, vazir universitetning professor-o‘qituvchilari bilan uchrashib, ular faoliyatidagi muammo va takliflari yuzasidan samimiy suhbat o‘tkazdi. Muloqot davomida pedagoglar tomonidan bildirilgan xalqaro loyihalar asosida xorijdan moddiy-texnikalarni olib kirishdagi qiyinchilik, ilmiy loyihalar uchun grant olishdagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatma berilib, universitetni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini tuzishga kelishib olindi.

Vazir universitetda olib borilayotgan ishlarni ijobiy baholab, ilmiy va o‘quv faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish, oliy va professional ta’lim integratsiyasini yo‘lga qo‘yish, yil yakuniga qadar kampusni quyosh penellari bilan ta’minlash borasida reja qilingan 270 kVtli elektr stansiyasini barpo etish yuzasidan taklif va topshiriqlar berdi.

Shu kuni, universitet talabala-yoshlari vazir bilan samimiy muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Vazir yoshlik va talabalik hayotidan misollar keltirib, talabalarning muvaffaqiyatlarga erishishlari uchun kuzatuvchanlik muhim ahamiyatga ega ekanligini, qolaversa, ayni shu davrda kerakli bilim olib, vaqtdan unumli foydalanish, doimo oldinga intilish muhimligi haqida ma’ruza qildi. 

– Olim yoki kuchli mutaxassis bo‘lish uchun faqat iqtidor bo‘lishi yetarli emas. Buning uchun kuzatuvchanlik va oldinga qo‘yilgan katta maqsadlarga intilish ham bo‘lishi zarur.

Talaba-yoshlar ham o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, qator takliflarni berishdi. Jumladan, yoshlar uchun xorijda ilmiy stajirovkalarni yanada ko‘paytirish, universitetdan topshirilgan ilmiy grantlarni innovatsion va kreativ sohalarga yo‘naltirilgan loyihalar sifatida qo‘llab-quvvatlash, media loyihalarni rivojlantirish kabi takliflardan iborat bo‘ldi. Shuningdek, fotonika sohasini rivojlantirish orqali yurtimizda mikrochiplarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashabbus qo‘llab-quvvatlandi.




“Yoshlar va tasviriy san’at” festivali

2-may kuni, TTPU da  O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi hamda P.Benkov nomli ixtisoslashtirilgan san’at maktabi bilan hamkorlikda “Yoshlar va tasviriy san’at” festivali bo‘lib o‘tdi.Tadbir davomida iqtidorli yoshlar tomonidan yaratilgan san’at asarlarining ko‘rgazmasi namoyish etilib, ishtirokchilar o‘rtasida tanlov o‘tkazildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.




Turin Politexnika universitetida yillik ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

2023 yil 27 aprel kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tashkil etilganligining 14 yilligiga bag’ishlangan, an’anaviy tarzda o’tkazib kelinadigan professor-o`qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va talabalar ishtirokidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo`lib o`tdi.

Ushbu konferensiyada Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori, texnika fanlari doktori J.Sh.Inoyatxodjaev, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha birinchi prorektor A.A.Ashurov, moliyaviy- iqtisodiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor J.Abdujalilov, Strategik rivojlanish bo’limi boshlig’i O.Jo`rayev, Yoshlar bilan bo’limi boshlig’i G.A.Allamova, Tabiiy-Matematika fanlari kafedrasi mudiri prof. D.U.Tulyaganov, professor-o`qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi. 

Konferensiya ma’ruzalari mashinasozlik, energetika, tabiiy fanlar va matematika, ekologiya va atrof-muhit muammolari, muqobil energiya manbalari, materialshunoslik kabi mavzularga bag‘ishlandi.

Jumladan talabalarning kimyo, fizika, zamonaviy matematikaning tatbiqlariga bag`ishlangan, shuningdek, muqobil energiya manbalarini ishlab chiqish, quyosh va shamol elektr stansiyalarini O`zbekistonda barpo qilishdagi o`z takliflari bo`yicha ma’ruzalari anjuman ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir so`ngida universitet birinchi prorektori A.Ashurov ilmiy konferensiya har tomonlamana juda foydali va ko`tarinki ruhda o`tganligi bilan ishtirokchilarni tabriklab, professor-o`qituvchilar va talabalar o`rtasidagi haqiqiy ilmiy ko’prik bo`lganini va bunday tadbirlar kelgusida ham albatta davom ettirilishini ta’kidladi. Barcha ishtirokchilarga sertifikatlar va esdalik sovg`alari topshirildi.




Тalabalar bahori-2023

Joriy yilning 27 aprel kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida an’anaviy “Talabalar bahori – 2023” festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalni o‘tkazishdan asosiy maqsad universitetda talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning ma’naviy va madaniy saviyasini boyitish, sport, san’at, badiiy adabiyotga qiziqishlarini yanada yuksaltirish sanaladi.
Tadbir doirasida prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida universitetda tashkil etilgan shaxmat, basketbol, stol tennis musobaqa g‘oliblari sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bayramona dastur doirasida, mamlakatimizda joriy yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy voqea – referendum to‘g‘risida, ma’lumot berildi va talabalar o‘rtasida viktorina o‘tkazildi.




Germaniya universitetlari bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda

Joriy yilning 27- aprel kuni, Germaniya iqtisodiyotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi tashabbusi bilan Germaniya universitetlari va davlat idoralaridan tashkil topgan delegatsiya Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tadbirda Tyuringiyaning iqtisodiyot, oliy ta’lim va raqamli masalalar bo‘yicha davlat kotibi boshchiligida Germaniyaning 6 ta universitetlari, Turingiya davlat idorasi, Germaniya iqtisodiyoti delegatsiyasi vakillari qatnashdi.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Toshkent shahridagi Turin universitetining texnoparki, laboratoriya va startap loyihalari bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuvda TTPU va Germaniya universitetlari, o’z faoliyatlari to‘g‘risida o‘zaro ma’lumot almashdi. Hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida quyidagi yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Xususan :
• Turin politexnika universiteti va Germaniya universitetlari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash;
• TTPU talabalar uchun Germaniya sanoat korxonalarida amaliyot dasturlarini tashkil etish;
• Har ikki universitetlarda yozgi maktablarni (summer school) tashkil etish;
• Erasmus+ loyihalari bilan hamkorlik (Erasmus+ institutlararo kelishuvni imzolash);
• o‘quv-ilmiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish uchun kutubxona resurslarini almashish va elektron resurslardan onlayn foydalanish;
• Xalqaro mobillik: Erasmus+ dasturlari tomonidan moliyalashtiriladigan talabalar va doktorantlar, tadqiqotchilar va o‘qituvchilar almashinuvi;
• O‘qitish sohasida xalqaro hamkorlik: bakalavr, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha qo‘shma dasturlarni yaratish.

TTPU

Uchrashuv yakunida Nordxauzen amaliy fanlar universiteti bilan o‘zaro anglashuv memorandumini va talabalarning almashinuvi to‘g‘risida bitim imzolandi. Qolgan universitetlar tomonidan ham hamkorlik bo‘yicha katta kiziqish bildirilib, kelgusida hamkorlik memorandumi imzolashga kelishib olindi.




“Yangi O‘zbekistonda – yangi tahrirdagi Konstitutsiya”

Joriy yilning 18 va 20 aprel kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Yangi O‘zbekistonda – yangi tahrirdagi Konstitutsiya” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Olmazor Tumani 4-sonli IIB, profilaktika inspektori, leytenant Ismoilova A.F., podpolkovnik, Olmazor Tumani 4-sonli IIB katta inspektori – Yusupov Sh.N.- va universitet xodimlari ishtirok etdi.
Davra suhbatida yangi tahrirdagi Konstitutsiya yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi rivojiga xizmat qilishi, eng avvalo esa “Inson qadri uchun” gʻoyasini ustuvor yoʻnalish sifatida belgilashi qayd etildi.




PhD dissertatsiyasi ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

Joriy yilning 21-aprel sanasida, Italiyaning Turin politexnika (Politecnico di Torino) universitetida  TTPUning “Mexanik va aerokosmik muhandisligi” kafedrasi o‘qituvchisi Yahshilikova Gulnora «Gibrid elektr transport vositalari uchun energiyani boshqarish tizimini rivojlantirish» (Development of Energy Management System for Hybrid Electric Vehicles) mavzusidagi PhD dissertatsiyasini Prof.Andrea Tonoli (Politecnico di Torino) va DSc. Sanjarbek Ruzimov (TTPU) rahbarligida muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan komissiya, amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholab, uning zamonaviy ishlab chiqarishdagi ahamiyati va dolzarbligini ta’kidladi va tadqiqotchining kelgusi ilmiy faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.




Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining “Zakovat” klubi 3-bosqich uyini o‘tkazildi

Joriy yilning 19 aprel kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Zakovat klubining 3-bosqich uyini o‘tkazildi.

Uyinni o‘tkazishdan asosiy maqsad, talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, darsdan tashqari bilimlarini keng doirada yanada mustahkamlash va turli mavzularda o‘zlarini fikrlarini teran ayta bilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

O‘yinning uchinchi bosqichida

1-“SU” jamoasi

2-“Posledniy patron” jamoasi

3-“Millon” jamoalari ishtirok etdilar.

Qizg‘in kechgan baxsda “SU” jamoasi ikkita savolga to‘g‘ri javob berib 2 ballni, “Posledniy patron” jamoasi beshta savolga to‘g‘ri javob berib 5 ballni va “Million” jamoasi bitta ham savolga to‘g‘ri javob berisholmadi 0 ballni, peshqadamlikka “Posledniy patron” jamoasi chiqib oldi.

Tadbir so‘ngida har bir jamoadan ishtirokchilar bo‘lib o‘tgan uyindan o‘zlarini fikrlarini bo‘lishishdi. Eng yaxshi savol va eng yaxshi ishtirokchi aniqlab olindi.




“Ogohlik davr talabi” mavzusida davra suhbati

Joriy yilning 18 aprel kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida «Ogohlik davr talabi» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet talabalari ishtirokida, Olmazor Tumani 4-sonli IIB, universitet katta profilaktika inspektori, podpolkovnik Yusupov Sh.N. tashabbusi bilan, Olmazor tumani Axborot Tehnologiyalari soxasidagi kiber jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi xodimi kapitan Yarmatov Sh.X, Olmazor Tumani 4-sonli IIB, profilaktika inspektori, leytenant Ismoilova A.F lar hamkorligida o‘tkazildi.
Tadbir doirasida so‘zga chiqqanlar,
1) “KIBЕRXAVFSIZLIK” va xanuzgacha uning domiga tushayotganlar, bu illatdan qanday qutulish mumkinligi, o‘zimizda unga qarshi immunitetni shakllantirishimiz zarurligi xaqida so‘z bordi.
2) Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurash
3) Korrupsiya holatlarini oldini olish va unga qarshi kurash
4) Jinoyatchilik va giyohvandlikka qarshi kurash mavzularida so‘z yuritdilar.
Qizg‘in davom etgan davra suhbatida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.




“Ogohlik davr talabi” mavzusida davra suhbati.

Joriy yilning 18 aprel kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida «Ogohlik davr talabi» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet talabalari ishtirokida, Olmazor Tumani 4-sonli IIB, universitet katta profilaktika inspektori, podpolkovnik Yusupov Sh.N. tashabbusi bilan, Olmazor tumani Axborot Tehnologiyalari sohasidagi kiber jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi xodimi kapitan Yarmatov Sh.X, Olmazor Tumani 4-sonli IIB, profilaktika inspektori, leytenant Ismoilova A.F lar hamkorligida o‘tkazildi. Shuningdek, tadbirda universitet yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig`i G.Allamova, universitet oila xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor masalaxatchisi, tyutor F.Nabixanova hamda universitet psixologi N. Bo’rixonovalar ham ishtirok etdi.

Tadbir doirasida so‘zga chiqqanlar,
1) “KIBЕRXAVFSIZLIK” va xanuzgacha uning domiga tushayotganlar, bu illatdan qanday qutulish mumkinligi, o‘zimizda unga qarshi immunitetni shakllantirishimiz zarurligi xaqida so‘z bordi.
2) Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurash
3) Korrupsiya holatlarini oldini olish va unga qarshi kurash
4) Jinoyatchilik va giyohvandlikka qarshi kurash mavzularida so‘z yuritdilar.
Qizg‘in davom etgan davra suhbatida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.




Tajriba-bilimning yagona manbaidir

Qurilish va arxitektura fakulteti talabalari uchun katta afzalliklardan biri bu ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarning qurilish maydonlarida o‘tkazilishidir.

Kafedraning 3-kurs bakalavriat talabalari Geodeziya kursining amaliy qismini Tashkent City LOT6 qurilish maydonchasida olib bordilar. Amaliyotda professor Saidislomxon Usmonov rahbarligidagi talabalar “PE BOMI Construction Engineering Co., LTD” kompaniyasi mutaxassislari bilan birgalikda Geodeziya asboblaridan foydalangan holda sifatni ta’minlash jarayonida ishtirok etdilar. Bu talabalarga nazariy bilimlarini mustahkamlashga va amaliy tajriba orttirishga yordam beradi.




“Milliy libos-millat qiyofasi!”

Milliy liboslarda xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari mujassam etgan bo‘lib, hozirgi kunda milliy liboslar jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, qizlarimiz qalbiga milliy liboslar iftixorini singdirish, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizga hurmat va sadoqat, milliy liboslarning go‘zalligi va jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida, joriy yilning 12 aprel kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Milliy libos-millat qiyofasi!” shiori ostida, ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

Таdbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov ochib berib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Ushbu tadbirda universitet talaba-qizlari bilan birga Pavel Benkov nomli san’at maktabi “Tarixiy-teatr liboslari san’ati” kafedrasi o‘quvchilari tomonidan yurtimizning turli viloyatlarining bir-biridan yorqin va jozibali milliy liboslar defilesi o‘tkazildi.

“Alladin unikum” bog‘cha tarbiyalanuvchilarining chiqishlari esa tadbirga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.

Universitet qizlarining chiqishlari, Pavel Benkov nomli san’at maktabi o‘qituvchilaridan tashkil topgan hay’at a’zolari tomonidan munosib baholandi. Barcha ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.




TTPUda Amir Temur tavalludining 687-yilligiga bag’ishlab madaniy tadbir o’tkazildi.

Joriy yilning 5 aprel kuni universitet talabalari hamda akademik litsey o‘quvchi-yoshlari ishtirokida Amir Temur tavalludining  687- yilligiga bag‘ishlab “Jahon tamaddunida Sohibqiron Renessansi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda mehmon sifatida O‘zbekiston Xalq artisti Tesha Mo’minov, Respublika akterlar uyi direktori Munira Raximova va akademik litsey tarix fani o‘qituvchisi Sayyora Xakimova ishtirok etdilar.

Tadbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov ochib berib, o‘z nutqida 9 aprel kuni O‘zbekistonda buyuk davlat arbobi va sohibqiron Amir Temurning 687-yilligi keng nishonlanishi hamda Temur va temuriylar sulolasi davridagi moddiy va ma’naviy meroslar, ularni bugungi kunda xalqimiz tomonidan o‘rganilishi milliy o‘zligimizni anglashga zamin yaratishini qayd etdi.

Akademik litseyning tarix fani o‘qituvchisi Xakimova Sayyora Amir Temur – o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi hamda ilm-fan va madaniyat homiysi bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot berdi. O‘z davlatining kuch-qudratini oshirish va mustahkamlash uchun birinchi navbatda harbiy va eng muhim iqtisodiy islohotlar o‘tkazdi. Shuningdek, Amir Temur taraqqiyot uchun yagona davlat, o‘zaro totuvlik, ishbilarmonlarga qulay mulkiy va huquqiy sharoit yaratishga, ayniqsa savdo-sotiqni rivojlantirishga alohida e’tibor bergani va bunyodkorlik sohasida ham katta o‘zgarishlar kiritgani to‘grisida tarixiy hujjatlarda saqlangani va zamondoshlarimizga yetib kelgan manbalar yuzasidan ma’lumot berdi.   

Tadbir mehmoni O‘zbekiston Xalq artisti Tesha Muminov buyuk bobokalonlarimiz haqida so‘z yuritar ekan, tarixiy shaharlar, go’zal makonlarning ko‘pchiligi Amir Temur va temuriylar davrida vujudga kelganini qayd etdi. Milliy mustaqillik tufayli jahon ma’naviyati va ma’rifati sohasida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lgan ajdodlarimizni va ular qoldirgan boy ma’naviy-ma’rifiy merosni teran anglash, o‘rganish va ulug‘lash imkoniyati yuzaga keldi. 

Mehmon Amir Temur bizga meros qilib qoldirgan “Temur Tuzuklari” asaridan so‘zlab, Amir Temurning ayollarga bo‘lgan hurmati va e’tibori, ularni ulug‘laganlari haqida gapirib, shu mavzuga doir she’r o‘qib berdilar.

O‘z so‘zlarining yakunida T.Mo‘minov yoshlarga murojaat qilib shunday buyuk insonlarning o‘gitlarini o‘rganib, ularni tahlil qilib, kelajakda yurt manfaati uchun foydalanish kerakligi haqida aytib o‘tdilar.

Tadbirni universitet musiqa to‘garagi rahbari M. Saparboyev “Vatan” to‘g‘risida musiqali chiqishlari bilan yakunlab berdilar.
Tadbir juda qiziq va mazmunli bo‘lib o‘tdi.




TTPUda shaxmat bo‘yicha “Rektor kubogi” bo‘lib o‘tdi.

TTPUda shaxmat bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi va unda 60 nafarga yaqin universitet va akademik litsey talabalari ishtirok etdi.

Turnir natijalari:

1-oʻrin — Raupov Nasrullo

2-o’rin – Jahongirov Samandar;

3-o‘rin – Abduqayumov Akbar.

G‘oliblarni tabriklaymiz! G’oliblarni taqdirlash marosimi joriy yilning 29 aprel kuni bo‘lib  o‘tadi.




Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “I2-PLEDGE” yangi xalqaro ta’lim loyihasida ishtirok etmoqda.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti (TTPU) “I2-PLEDGE: Biotibbiyot muhandisligi bo’yicha innovatsion va fanlararo dasturlarni O’zbekistondagi talabalarning ishga joylashishi uchun raqamli o’sish dasturidan foydalanish” deb nomlangan yangi xalqaro ta’lim loyihasi doirasida Yevropa va O‘zbekistonning bir qancha boshqa universitetlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ydi.

Loyihaning boshlang‘ich yig‘ilishi 2023-yil 29-30-mart kunlari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi, Erasmus+ Milliy ofisi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yevropa va O‘zbekistondagi hamkor universitetlar vakillari ishtirok etdi.

TTPU

“I2-PLEDGE” loyihasi talabalarga biotibbiyot muhandisligi bo’yicha innovatsion va fanlararo dasturlarni taqdim etishdan iborat bo’lib, ularning O’zbekistonda ish bilan ta’minlanishi uchun raqamli o’sish dasturidan foydalanishga qaratilgan. Loyihada ishtirok etayotgan hamkor universitetlar: Yevropadan L’Aquila universiteti va G‘arbiy Makedoniya universiteti hamda O‘zbekistondan Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent davlat texnika universiteti, Andijon mashinasozlik instituti, Adijon davlat tibbiyot instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti.

TTPU

Uchrashuvida loyiha koordinatori loyihalarni boshqarish bo‘yicha muhim ma’lumotlar, loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar va EACEA vakillarining so‘nggi yangiliklarini taqdim etdi. Yig‘ilishda, shuningdek, moliyaviy masalalar, har bir universitetning loyihadagi o‘rni, ish to’plamlari, kelgusidagi tadbirlar rejasi, natijalarga erishishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuvning ikkinchi kuni ishtirokchilar loyiha hamkorlaridan biri va bu sohada yetakchi muassasalardan biri bo’lgan Toshkent tibbiyot akademiyasining yangi kampusiga tashrif buyurishdi. Akademiya ishtirokchilarni loyihada muhim o‘rin tutadigan o‘zining zamonaviy laboratoriya xonalari bilan tanishtirdi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti jamoasi ham loyiha doirasida o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalar yuzasidan taqdimot qildi. Ushbu loyiha TTPU uchun xalqaro miqyosdagi ishtirokini kengaytirish, boshqa institutlar bilan hamkorlik qilish va talabalar hamda va professor-oʻqituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish uchun ajoyib imkoniyatdir. Umuman olganda, “I2-PLEDGE” loyihasi O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish va talabalarga biotibbiyot muhandisligi sohasida innovatsion dasturlarni taqdim etish orqali ularning bandligini oshirishga yordam beradigan muhim tashabbusdir.

TTPU





Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo’yicha referendumning mazmun-mohiyati to‘g‘risida davra suhbati

Joriy yilning 30-mart kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi hamda 2023 yil 30-aprelida bolib o‘tishi rejalashtirilayotgan referendumning mazmuni va mohiyati yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov ochib berib, talaba-yoshlarni e’tiborini bo‘lib o‘tadigan referendumga qaratib, yangilanayotgan Konstitutsiyada yoshlarga jumladan ta’lim sohasi, ilm-fanga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Shundan so‘ng so‘z navbati Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Feruza Abdurashidovna Muhitdinovaga berilib, tadbir qatnashchilariga referendum tushunchasi, xuquqiy asoslari, Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o’zgartirish va qo’shimchalar to‘g‘risida keng qamrovli tushunchalar berildi. Konstitutsiya loyihasi yuzasidan fuqarolarning fikr va takliflari tashkil etilgan “Meningkonstitutsiyam.uz” elektron platformasi va ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolardan 220 mingdan ortiq takliflar qabul qilinib, ularning har to‘rttasidan bittasi loyihadan joy olganligi ta’kidlab o‘tdi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi sudyasi X. Sodiqov so‘zga chiqib, Konstitutsiyaning yangi tahriri ijtimoiy, demokratik-huquqiy asoslari va chinakam xalqparvar davlatchilik asoslarini yaratish, aholi farovonligini oshirish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada yuksaltirishda muhim omili bo‘lishini ta’kidladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilish mamlakat tarixida birinchi marta qo‘llanilayotganligi, referendum xalq irodasining bevosita ifodasi ekanligi, referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo‘lishi qayd etildi.

Tadbirda bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumida barcha talaba yoshlarni o‘zlarining fuqarolik pozitsiyasini namoyon etgan holda faol ishtirok etishga chaqirildi.




“Kitob va kitobxonlik – inson maʼnaviyati koʼzgusi”

Joriy yilning 31 mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida kitobsevarlar klubi uchrashuvlari doirasida “Kitob va kitobxonlik – inson maʼnaviyati koʼzgusi” nomli adabiy-badiiy tanlovi boʼlib oʼtdi.

Tanlovda klubning aʼzolaridan tashkil etilgan jamoalar to‘rtta shart bo‘yicha bellashdilar. Tanlov juda qiziq va ko‘tarinki ruhda kechdi. Jamoalar bir-biridan qiziq bo‘lgan shartlarni bajarish mobaynida o‘zlarini o‘zbek adabiyoti bo‘yicha nechogʼlik bilimdon ekanligini ko‘rsatibgina qolmay, balki tomoshabinlarga ham yuqori kayfiyat bag‘ishlab ularning eʼtiroflariga sazovor bo‘lishdi.

Bajarilgan shartlar natijalariga ko‘ra, faxrli 1-o‘rinni “Fikr parvozi”, 2-o‘rinni “Javohir” va 3-o‘rinni “Koinot” jamoalari egallashdi. G‘olib va sovrindor jamoalar aʼzolari diplomlar va esdalik sifatida kitoblar to‘plami bilan taqdirlandilar.




Universitet xodimlari uchun seminar trening tashkil etildi

Joriy yilning 29 mart kuni, universitet psixologi tomonidan xodimlar uchun “Emotsional kuyish” mavzusida seminar trening o‘tkazildi. Treningdan maqsad: emotsional kuyish hollari haqida ma‘lumot berib, hodimlar bilan guruhni birlashtirish ko’nikmalarini mashq qilishga qaratildi.
Seminar mavzusi doirasida emotsional kuyish, uning simptomlari, professional kuyish, o‘zini boshqarish yo‘llari muhokama qilindi. Treningda interaktiv, guruhda ishlash va rolli o‘yinlar usullari qo‘llanildi.