TTPU da O‘zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyaviy  qonun loyihasining muhokamasi  bo‘lib o‘tdi.

  • Post category:Yangiliklar

2022 yilning 14 iyul kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti xodim, professor  o‘qituvchi va talabalari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun  loyihasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Videokonferensaloqa shaklida tashkil etilgan tadbirda, Olmazor tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Shamsiddin Amonov ishtirok etib, Konstitutsiyaga kiritilishi kutilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ahamiyati, dolzarbligi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Konstitutsiyaning 60 dan ortiq moddalariga tuzatishlar, shuningdek 6 ta yangi moddalarning kiritilishi nazarda tutmoqda.Tadbir davomida ishtirokchilar Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Continue ReadingTTPU da O‘zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyaviy  qonun loyihasining muhokamasi  bo‘lib o‘tdi.

TTPU DA IKKINCHI KIRISH IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TDI

  • Post category:Yangiliklar

5 va 6 iyul kunlari TTPUda ikkinchi kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Imtihon jarayonini ochiq va shaffof o‘tkazish va nazorat qilish maqsadida Italiyaning Turin politexnika universiteti professorlari imtihonda ishtirok etdilar. Eslatib oʻtamiz, “Menejment” yoʻnalishi boʻyicha qabul testi 13-iyul kuni boʻlib oʻtadi. Birinchi va ikkinchi imtihonlarga kela olmagan abituriyentlar sentyabrda boʻlib oʻtadigan 3-kirish imtihoniga kirish imkoniyatiga ega boʻladi.

Continue ReadingTTPU DA IKKINCHI KIRISH IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TDI

Abiturientlar ro’yxati – Ikkinchi bosqich

Hurmatli abituriyentlar, 5-iyul va 6-iyul kunlari boʻlib oʻtuvchi kirish imtihonining vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati bilan tanishing. Iltimos, o'zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va kirish to'lovi kvitansiyasini olib keling. Eslatib o‘tamiz, “Menejment” yo‘nalishi bo‘yicha qabul imtihoni 13-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Continue ReadingAbiturientlar ro’yxati – Ikkinchi bosqich

TTPU DA TALABALAR ALMASHUVI DAVOM ETMOQDA

  • Post category:Yangiliklar

2022 yilning 24 iyun kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida Italiyada o'qish uchun stipendiyalarni qo'lga kiritgan talabalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. 40 ga yaqin TTPU talabalari Erasmus almashinuv dasturi doirasida 2022 yil kuzgi semestrini Politecnico di Torinoda (Italiya) o'qish imkonini qo'lga kiritdilar. Aksariyat talabalar semestr davomida oylik 850 evro miqdorida stipendiya oladi, shuningdek, ularning ikki tomonlama chiptalari qoplanadi. Interaktiv shaklda o'tkazilgan uchrashuvda, TTPU o'quv va ilmiy ishlar bo'yicha prorektori Fulvio Rinaudio talabalar bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida talabalar Italiyada yashash va o'qish haqida  qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar. Ma'lumot uchun: Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Politecnico di bilan 2-va 3-kurs talabalari…

Continue ReadingTTPU DA TALABALAR ALMASHUVI DAVOM ETMOQDA

Erasmus+ loyihasi a’zolarining “VILNYUS BALDAY”ga amaliy tashrifi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 1 iyun kuni “MechaUz – innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar orqali O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun mexatronika va robototexnikani modernizatsiya qilish” Erasmus+ loyihasi konsorsiumi a’zolari Vilnyus Balday mebel ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad universitetdagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish edi. Konsorsium aʼzolari xomashyo yetkazib berishdan tortib, yakuniy mahsulotni qadoqlashgacha boʻlgan toʻliq ishlab chiqarish tsikli bilan tanishtirildi. Zavod mehmonlari ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning yuqori darajasini qayd etdilar. Shuningdek, zavod Vilnyus Gediminas texnika universiteti bilan juda yaqin ilmiy va amaliy aloqalarga ega ekanligi aniqlandi. Uchrashuv so‘ngida mehmonlar oliy o‘quv yurtlarida mexatronika va robototexnika fanlarini o‘qitishning yangi texnologiyalarini joriy…

Continue ReadingErasmus+ loyihasi a’zolarining “VILNYUS BALDAY”ga amaliy tashrifi

MECHAUZ LOYIHASINING BIRINCHI TRENINGI VILNYUS GEDIMINAS TEXNIKA UNIVERSITETIDA O‘TKAZILMOQDA

  • Post category:Yangiliklar

2022-yil 30-may kuni Vilnyus Gediminas Texnika Universitetida (VILNIUS Tech) Yevropa Ittifoqining Erasmus + CBHE dasturining MechaUZ loyihasi bo‘yicha 3-yig‘ilishi boshlandi. Ushbu yig’ilish hamkorlarning o’zaro ushrashuvi va maxsus treningni bo’lib o’tdi. Yigʻilishning birinchi kunida loyihaning barcha hamkorlari: 6 ta Yevropa universiteti (Xalqaro yunon universiteti (Saloniki, Gretsiya) - Loyiha koordinatori, Janubi-Sharqiy Yevropa tadqiqot markazi (Saloniki, Gretsiya), Vilnyus Gediminas texnika universiteti (Vilnyus, Litva), Liepaja universiteti (Liepaja, Latviya), Vidzeme amaliy fanlar universiteti (Valmiera, Latviya), Viano do Castello politexnika instituti (Viano do Kastelo, Portugaliya) va O‘zbekistonning 6 ta universiteti: Andijon mashinasozlik instituti (Andijon)) – Toshkentdagi Turin politexnika universiteti (Toshkent), Farg‘ona politexnika instituti (Farg‘ona), Toshkent axborot texnologiyalari…

Continue ReadingMECHAUZ LOYIHASINING BIRINCHI TRENINGI VILNYUS GEDIMINAS TEXNIKA UNIVERSITETIDA O‘TKAZILMOQDA

TTPU: ta’lim sohasiga innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish yo‘lida

  • Post category:Yangiliklar

Hozirgi kunga kelib, innovatsion texnologiyalar hayotimizning har bir jabhasiga misli ko‘rilmagan tezlik bilan kirib bormoqda. Ana shunday texnologiyalardan bo‘lgan “virtual reallik” ning ta’lim sohasidagi ahamiyati tobora ortmoqda. Universitet o‘quv jarayoniga shunday innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish maqsadida, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti, hamda “ALPHA DX GROUP” kompaniyasi o‘rtasida qo‘shma korxonani tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Asosiy maqsad, ta’lim sifati va talabalarning ta’lim olishga qiziqishini  oshirish, o‘quv jarayoniga  virtual reallik, blokcheyn va NFT texnologiyalarini joriy etish va ushbu texnologiyalar asosida o‘quv materiallar (kontentlar)ni shakllantirish. Yangi innovatsion konsepsiyani shakllantirish orqali, AR va VR texnologiyalariga asoslangan, EduVerse innovatsion konsepsiyasini Turin Politexnika Universitetida o‘quv jarayonlariga tadbiq etish va “2+2” ta’lim dasturlarini ochish ko‘zda tutilga. Ushbu maqsadda universitetimizda alohida laboratoriya shakllantirilib, EduVerse uchun kerak bo‘ladigan uskunalar sotib olinmoqda Kelgusida EduVerse orqali boshqa ta’lim maskanlariga yangi kontent yaratish maqsadida hamkorlar bilan o‘quv platformasini shakllantirish rejalashtirilgan.

Continue ReadingTTPU: ta’lim sohasiga innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish yo‘lida

QABUL – IKKINCHI BOSQICH

  • Post category:Yangiliklar

TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING (TTPU) 2022/2023 O‘QUV YILI BAKALAVRIAT BOSQICHIGA QABUL - IKKINCHI BOSQICH QOIDALARI VA HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI QOIDALAR Imtihon sanasi Kirish imtihonining ikkinchi bosqichi 5,6,7 IYUL kunlari mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da boʻlib oʻtadi (roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati - 1 iyul); Roʻyxatdan oʻtishda TIL-Engineering boʻlimida imtihon sanasi sifatida 5-Iyulni tanlang.Uchinchi imtihon sentyabr oyida boʻlib oʻtadi (aniq sanalar va tartibi keyinroq e’lon qilinadi) va imtihondan oʻtgan abituriyentlar birinchi bosqichni oʻtkazib yuborolmaydilar. Kirish imtihonlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida boʻlib oʻtadi. Manzil: Toshkent shahri, Kichik Xalka Yuli, 17, 100095, (Moʻljal: Talabalar shaharchasi, sobiq “Nukus” kinoteatri, “Asia.uz” supermarketi).  …

Continue ReadingQABUL – IKKINCHI BOSQICH

“Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari”: kelgusi rejalar

  • Post category:Yangiliklar

Turin politexnika universiteti (Italiya) Rektori professor Gvido Sarakko boshchiligidagi delegatsiya 16 may kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurdi. Delegatsiyani TTPU rektori Jamshid Inoyatkhodjaev kutib olib, keng muzokaralar olib borildi. Keyingi o‘quv yili rejalari, yangi “Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” o‘quv yo‘nalishi ishga tushirish masalalarini muhokama qilindi. professor Guido Sarakko TTPU talaba yoshlari va professor o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida “Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” va universitetda mavjud yo‘nalishlarning hozirgi kundagi dolzarbligi, ahamiyati va imkoniyatlari to‘g‘risida suhbat qurdi.Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda, qatnashchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.

Continue Reading“Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari”: kelgusi rejalar

Erasmus+ “MechaUz” loyihasi ishtirokchilarining uchrashuvi.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 16 may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida, oliy ta’lim sohasida salohiyatni oshirish bo‘yicha Erasmus+ loyihasi doirasida “MechaUz – g‘oyalar va raqamli texnologiyalar orqali O‘zbekiston bakalavriat dasturlari uchun mexatronika va robototexnikani modernizatsiya qilish” loyihasi ishtirokchilarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. g‘oyalar va raqamli texnologiyalar” mavzusida ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda 13 ta tashkilot, jumladan, O‘zbekistonning 6 ta oliy ta’lim muassasasi, jumladan: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Andijon mashinasozlik instituti, Farg‘ona politexnika instituti va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institute vakillari ishtirok etdi  Yevropa Ittifoqi davlatining 6 ta universiteti, jumladan: Xalqaro Ellin universiteti (Gretsiya), Janubi-Sharqiy Yevropa…

Continue ReadingErasmus+ “MechaUz” loyihasi ishtirokchilarining uchrashuvi.

Jahon chempionati kubogi Turinda.

  • Post category:Yangiliklar

2022 yil 16 may kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida, "Milan" futbol klubining afsonaviy himoyachisi - Cristian Zakkardo va yosh futbolchilar - “Juventus” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Shuningdek uchrashuvda Donato Albanese - AC MILAN menejeri va Massimiliano Alesi - BMB-OPERA ZAFFERANO o‘zbek-italiya qo‘shma korxonasi bosh direktori ham ishtirok etishdi. Tashrifdan asosiy maqsad, yosh futbolchilar bilan muloqot qilib, ularga master-klass o’tkazish, qiziqtirgan savollariga javob berish va “Juventus” akademiyasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishish.Tadbir ishtirokchilari maroq bilan futbol o’yinchisi bilan suratlarga tushib, esdalik uchun avtograf olishdi. Uchrashuv yosh fulbolchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdirgani shubhasiz.

Continue ReadingJahon chempionati kubogi Turinda.

TTPU DA QABUL IMTIHONI BO’LIB O’TDI.

  • Post category:Yangiliklar

oriy yilning, 13 may kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida 2022/2023 o‘quv yili uchun birinchi kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Abituriyentlar “Mashinasozlik texnologiyasi”, “Avtomobilsozlik texnologiyasi”, “Kompyuter injiniringi”, “Dasturiy injiniring”, "Sanoatda xo‘jalik qurilishi va arxitektura", “Arxitektura va dizayn” bakalavriat yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonini topshirdilar. Ular bilimi quyidagi savollar bo’yicha baholandi: Matematika: 18 ta savol (vaqt: 40 daqiqa) Oʻqib tushunish: 6 ta savol (vaqt: 12 daqiqa) Mantiq: 6 ta savol (vaqt: 12 daqiqa) Fizika: 12 ta savol (vaqt: 26 daqiqa)Imtihon jarayonlarining shaffofligini nazorat qilish maqsadida, Politecnico di Torino (Italiya) universiteti professorlari imtihonda ishtirok etdilar. Ota-onalar test topshirish jarayonini onlayn kuzatib, o’zlarining qiziqtirgan barcha…

Continue ReadingTTPU DA QABUL IMTIHONI BO’LIB O’TDI.

“Juventus” futbol akademiyasi 3 yoshga to’ldi!

  • Post category:Yangiliklar

Kimlar uchun futbol shunchaki o'yin bo'lsa, kimdir uchun bu oddiy sport. Kimdir uchun esa futbol bu HAYOT! Joriy yilning 7 may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Markaziy Osiyodagi birinchi bo’lib ochilgan“Juventus”  professional futbol akademiyasining rasmiy ochilishining  3 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Akademiyaning yangi rahbari Mahamatxo‘jaev Toirxo‘ja ochib berdi. So’ng Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Jamshid Inoyatxo‘jaev tabrik so‘zi bilan chiqdi. Akademiya rahbari “Juventus”ning kelgusi rejalari, yosh futbolchilar uchun yozgi oromgoh shuningdek, futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilarining Turin (Italiya)shahrida bo‘lib o‘tadigan “Juventus Academy World Cup 2022” xalqaro turniridagi ishtirok etish imkoniyati haqida to’xtalib o’tdi. Yosh futbolchilarning ota-onalari bilan bir…

Continue Reading“Juventus” futbol akademiyasi 3 yoshga to’ldi!

Abiturientlar ro’yxati, May 2022

  • Post category:Yangiliklar

Hurmatli abituriyentlar, 13-may kuni boʻlib oʻtuvchi kirish imtihonining vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati bilan tanishing. Iltimos, o'zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va kirish to'lovi kvitansiyasini olib keling. Eslatib o‘tamiz, “Menejment” yo‘nalishi bo‘yicha qabul imtihoni 14-may kuni bo‘lib o‘tadi.

Continue ReadingAbiturientlar ro’yxati, May 2022

“UCH AVLOD UCHRASHUVI”

  • Post category:Yangiliklar

Mamlakatimizda har yili 9 may «Xotira va qadrlash kuni» umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Ushbu bayram mustaqil O‘zbekistonda asrlar davomida, o‘lkamizni qahramona himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalq tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag‘ishlanadi.Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida ham “9 may - Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlangan “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy kechasi otkazildi. Joriy yilning 28 aprel kuni o’tkazilgan tadbirda Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi 96 yoshli Apponov Abbos bobo, hamda Ozbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi faxriylari - iste'fodagi generallar va katta ofitserlari qatnashib, talabalarga kecha mavzusiga oid ma'lumotlarni va ozlarining qimmatli maslahatlarini berishdi.Kechani tashkil…

Continue Reading“UCH AVLOD UCHRASHUVI”

TTPU va TAQI: HAMKORLIK MASALALARI

  • Post category:Yangiliklar

Rektor Ercan Kahya boshchiligidagi Toshkent Arxitektura-qurilish Instituti delegatsiyasi Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori bilan uchrashdi. Rektor Ercan Kahya TTPUning axborot-resurs markazi, mexatronika, texnopark faoliyati bilan tanishdi.Tashrif davomida o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlari, xususan, arxitektura va dizayn sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, akademik almashinuvni tashkil etish, ilmiy sohalarda qo‘shma loyihalar ishlab chiqish masalalari bo'yicha kelishib olindi.

Continue ReadingTTPU va TAQI: HAMKORLIK MASALALARI

2022-yil 19-aprel kuni TTPU rektori J.Sh.Inoyatxodjaev universitetning tayyorlov kursi talabalari bilan uchrashdi.

  • Post category:Yangiliklar

“Ochiq suhbat” formatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda universitetda ta’lim olish afzalliklari, xorijiy universitetlar bilan almashuv dasurlari imkoniyatlari, hamda universitet hayotiga oid boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi. Talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.

Continue Reading2022-yil 19-aprel kuni TTPU rektori J.Sh.Inoyatxodjaev universitetning tayyorlov kursi talabalari bilan uchrashdi.

“Juventus”ga yangi rahbar tayinlandi!

  • Post category:Yangiliklar

18 Aprel kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida bo'lib o'tgan yigʻilishda Toshkent shahridagi "Juventus Academy Tashkent" futbol akademiyasining yangi rahbari tanishtirildi. Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rektori Inoyatxodjaev Jamshid Shuxratullaevich tomonidan hozirgi kunga qadar "Italiyadagi O'zbekiston Yoshlari Assotsiyatsiyasi" prezidenti, O'zbekiston Yoshlari Umumjahon assotsiatsiyasining Italiyadagi vakili sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Maxamatxo'jayev Toirxo'ja Faxriddin o'g'li, "Juventus Academy Tashkent" futbol akademiyasi boshqaruvchi menejeri sifatida tanishtirildi. Yangi tayinlangan menejer oldiga "Juventus Academy Tashkent" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilarini joriy yilning iyun oyida Italiyaning Turin shahrida bo'lib o'tadigan "Juventus Academy World Cup 2022" xalqaro musobaqasida munosib ishtirok etishini ta'minlash ustuvor vazifa etib tayinlandi. Ma'lumot o'rnida, "Juventus Academy…

Continue Reading“Juventus”ga yangi rahbar tayinlandi!
image_pdfimage_print