1

Oʻzbekistonda sakkizinchi bor Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future” taʼlim loyihasiga start berildi

2022-yil 14-noyabr kuni Oʻzbekiston talabalari uchun Huawei kompaniyasining hisob boʻyicha sakkizinchi “Seeds for the Future”  taʼlim loyihasini ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosim Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) Oʻzbekistondagi yettita oliy oʻquv yurti talabalari va rahbariyati vakillari ishtirokida boʻlib oʻtdi.

TTPU

“Seeds for the Future” dasturi butun dunyo boʻylab 137 ta mamlakat va mintaqadan 500 ta universitet talabalarini birlashtirgan yetakchi taʼlim loyihasi hisoblanadi. Shu kunga qadar dastur doirasida 12 000 nafar eng yaxshi talaba amaliyot oʻtadi, Huawei kompaniyasining Xitoydagi bosh qarorgohiga tashrif buyurgan ishtirokchilar hamda 2020 va 2021-yillar loyihalari onlayn ishtirokchilari ham shular jumlasidan.

TTPU

2022-yil 14-noyabr kuni Oʻzbekistonda talabalarga AKT texnologiyalari sohasida oʻz koʻnikma va bilimlarini oshirish, yetakchilik koʻnikmalarini mustahkamlash boʻyicha maʼruzalar tinglash, sayyoramiz va jamiyatimizning barqaror rivojlanishini taʼminlash uchun raqamli yechimlarni joriy etishning muvaffaqiyatli holatlarini oʻrganish, boshqa mamlakatlardan ishtirok etayotgan talabalar bilan madaniy qadriyatlarni almashish, shuningdek Xitoy anʼanalari va madaniyati bilan tanishish imkonini beruvchi “Seeds for the Future 2022” loyihasiga sakkizinchi yil start berildi. Bu yil loyihada Oʻzbekiston talabalari Avstriya, Ruanda va Serbiya talabalari bilan birga ishtirok etadi.

TTPU

“Seeds for the Future” loyihasi butun dunyo boʻylab minglab talabalarni yagona hamjamiyatga birlashtirgan oʻziga xos tadbir boʻlib, u talabalarga raqamli bilimlarini mustahkamlash va yangi koʻnikmalarni egallash, dunyoqarashini kengaytirish va yangi doʻstlar orttirish imkonini beradi. Loyiha ishtirokchilari universitetlarni tamomlab, osongina IT-mutaxassislariga aylanishadi va butun AKT sohasini rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshadi. Bu yil loyihamizda Oʻzbekistonning yettita universitetidan talabalar ishtirok etmoqda, bu IT sanoati ekotizimidagi barcha hamkorlar tomonidan sifatli kadrlar zaxirasini yaratishga va malakali kadrlar tayyorlashga qiziqish kattaligidan darak beradi”, — deya taʼkidladi Huawei kompaniyasining Oʻzbekistondagi direktori Chen Szyakai.

Oʻtgan yillarda loyiha doirasida TATUʼning 50 nafar talabasi Xitoyga borib, kompaniyaning bosh ofisida amaliyot oʻtadi. Pandemiya munosabati bilan 2020-yil “Seeds for the Future” loyihasi TATU va Toshkent shahridagi Inha universiteti ishtirokchilari uchun onlayn tarzda tashkil etildi. Oʻtgan yili loyiha Oʻzbekistonning toʻrtta universiteti – TATU, Toshkent shahridagi Amiti universiteti, Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti (sobiq Yeoju texnika instituti) va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari uchun  Huawei kompaniyasining Oʻzbekistondagi ofisida gibrid formatda oʻtkazildi. Raqamli rivojlanish va texnologiyalarni joriy etish iqtisodiyot va jamiyatning turli jabhalariga taalluqli ekanini inobatga olib, joriy yilda nafaqat IT yoʻnalishlariga ixtisoslashgan OTMʼlar talabalari, balki Toshkent xalqaro taʼlim universiteti va “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Мilliy tadqiqot universiteti talabalari ham loyihada ishtirok etish uchun taklif etildi.

TTPU

“Seeds for the Future” Huawei kompaniyasi tomonidan oʻzining korporativ ijtimoiy masʼuliyatini bajarish doirasida amalga oshirilayotgan global dasturdir. 2017-yilda Oʻzbekistondan “Seeds for the Future” loyihasining 4 nafar ishtirokchisi Pekinda boʻlib oʻtgan “Bir belbogʻ, bir yoʻl” xalqaro sammitida ishtirok etish uchun taklif etilgan boʻlib, unda vakillarimiz sammitda ishtirok etgan 30 ta davlat va hukumat rahbarlari oldida oʻz loyihalarining taqdimotini oʻtkazishdi. 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasining XXRʼdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Shenchjen shahrida boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida ishtirok etdi va loyiha ishtirokchilarini samimiy tabriklab, IT sohasida yosh mutaxassislarni tayyorlash qanchalik muhimligini taʼkidladi.




“Yashil makon”: ko’chat ekish ishlari davom etmoqda…

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Universitet jamoasi bahamjihat va ko‘tarinki kayfiyatda ishtirok etayotgan ushbu tadbir doirasida TTPU xududi bo‘ylab mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.




Yashil makon: TTPUda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari boshlandi

Ayni kunlarda Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi izchil amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida e’lon qilingan «Dolzarb 40 kunlik» tadbirda ko’chat ekish, yashil maydonlarni barpo qilish bo’yicha ishlar boshlab yuborildi.

Jumladan kuni-kecha universitet hududiga 100 dan ortiq manzarali daraxt va buta ko‘chatlari o‘tkazildi.Ekilgan ushbu koʼchatlar endilikda mineral va organik oʼgʼitlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan himoya qilib boriladi.

Dolzarb 40 kunlik» tadbir doirasida universitetda faoliyat yurituvchi har bir xodim obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga bahamjihat va ko’tarinki kayfiyatda yondoshmoqda.




Jaholatga qarshi ma’rifat

Joriy yilning 4 noyabr kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti “Conference Hall” zalida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suxbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitet rektori J.Sh.Inoyatxodjaev ochib berib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, ta’lim va tarbiyaga to‘g‘ri yondashish zaruratini ta’kidlab, so‘zni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi vakili J.V.Meliqo‘ziyevga berdi.

TTPU

Uchrashuvda so‘zga chiqqan J.V.Meliqo‘ziyev tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar, qolaversa, islom dinining insonparvarlik, tinchlik, bag‘rikenglik kabi oliyjanob ta’limotlari hamda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularni oldini olish masalalari kabi dolzarb mavzularda ma’ruza qildi.

Shuningdek, bugungi globallashuv davrida turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha so‘z yuritilib, ushbu jarayonda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish va ogoh bo’lish muhimligi ta’kidlandi.

TTPU

Savol-javob tariqasida o‘tgan tadbir so‘ngida talabalarga xujjatli film namoyish etildi. Qizg’in davom etgan davra suhbati so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.




TTPUda «Yil talabasi» Respublika tanlovining universitet bosqichi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 1-noyabr kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Yil talabasi-2022” Respublika tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi.

Dastlab, universitet rektori J.Sh. Inoyatxodjayev oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida an’anaviy ravishda “Yil talabasi” Respublika tanlovini yuqori saviyada o’tkazilishi, ushbu tanlov maqsadi va ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritib , barcha ishtirokchilarga omad tiladi.   

TTPU

So‘ng esa, tanlovda ishtirok etayotgan universitet iqtidorli talabalari nominatsiyalar bo‘yicha qatnashib, o‘z ishlari, erishgan yutuqlari, g‘oyalari yuzasidan bir-biridan qiziq taqdimotlar qildilar.

Hay’at a’zolari talabalarning taqdimotlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ular tomonidan qilingan ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Hay’at a’zolari tomonidan ishtirokchilarning ishlari ko‘rib chiqilib
Yil talabasi tanlovining Respublika bosqichida qatnashish uchun quyidagi  talabalar tavsiya etildi:

TTPU

1. Urunov Asadbek Davlatali oʻgʻli (“Mashinasozlik texnologiyasi” yo‘nalishi 3 bosqich talabasi)  – “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”;

TTPU

2. Tursunov Diyorbek Azamiddin o‘g‘li (“Sanoatda xo‘jalik qurilishi va arxitektura” yo‘nalishi 4 bosqich talabasi) – “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng  bilimdon  talabasi”;

TTPU

3. Xaitov Narzullo Fayzullo o‘g‘li (“Sanoatda xo‘jalik qurilishi va arxitektura” yo‘nalishi 3 bosqich talabasi)- “Yilning eng faol ijodkor talabasi”;

TTPU

4. Qoriyev Amirxon Aziz o‘g‘li (“Avtomatik boshqaruv va kompyuter muhandisligi” yo‘nalishi 4 bosqich talabasi)- “Yilning eng faol targ‘ibotchi  talabasi”;

TTPU

5. Mirkomilov Abdulvoris Mirodil o‘g‘li ( “Mashinasozlik texnologiyasi” yo‘nalishi 4 bosqich talabasi) – “Yilning eng faol iqtidorli  talabasi”

Talabalarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, ularga universitet sharafini himoya qilishda o‘z bilim va mehnatlarini ishga solib, Respublika bosqichida eng oliy o‘rinlarni qo‘lga kiritishlarida omadlar tilab qolamiz!




Toshkent shahridagi Juventus akademiyasi o’zining ilk qaldirg‘ochlarini turnirga jo‘natdi.

Turkiyaning Antaliya shahrida bolalar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Antalya Friendship Cup” xalqaro turniriga start berildi.
30 oktabrdan 4 noyabrgacha bo‘lib o‘tadigan mazkur turnirda 20 ta davlatdan 30 dan ortiq jamoa ishtirok etishi kutilmoqda.
Ilk bor Juventus futbol akademiyasining 12 yoshgacha bo‘lgan jamoasi ham ushbu turnirda qatnashish uchun Antaliya shahriga uchib ketdi.




“Talabalikka bag‘ishlov – 2022”

Joriy yilning 27-oktyabr sanasida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetning 2022-2023 oquv yiliga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun “Talabalikka bagishlov” nomli va  “21-oktyabr Ozbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Dastavval, ma’naviy-ma’rifiy tadbirni Ozbekiston Respublikasi madhiyasi bilan ochib berildi. Song, universitet rektori Inoyatxodjaev Jamshid Shuhratullayevich sozga chiqib, bu yilgi oquv yiliga qabul qilingan talaba-yoshlarga koplab ezgu-tilaklar bildirib, kelajakda yetuk mutaxassis bolib yetishishlarida universitet tomonidan kerakli sharoitlar yaratib berilishini ta’kidladi.

TTPU

Har yili o‘tkaziladigan an’anaviy tadbir davomida, talabalar o‘z qasamyodlarini qabul qilar ekan, butun faoliyatlarini ona diyorimiz va uning buyuk kelajagiga bahshida etishga, Vatan taraqqiyoti yo‘lida astoydil harakat qilib yuqori malakali mutaxassis bo‘lishga, ota-ona oldidagi farzandlik burchini unutmaslik, uni to‘la ado etish uchun bor bilimlarini bag‘ishlashga, tanlangan mutaxassislik bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni muntazam ravishda o‘zlashtirishga, o‘quv rejasi va dasturlarda belgilangan mashg‘ulotlarni oz muddatida bajarish va o‘quv mashg’ulotlarida doimiy ravishda qatnashishga, olingan kasbiy bilimlardan foydalanib, muxandislik kasbini puxta egallash va mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shish, universitetning ichki qoidalarig rioya qilishni o‘zlarining muqaddas burchi deb hisoblash kabi so‘zlar bilan tantanali ravishda qasamyod qildilar.

TTPU

Shundan so‘ng, 2022-2023 o‘quv yili kirish imtihonlarida eng yuqori ball toplagan talabalarimiz Madaminova Kamola (Mashinasozlik texnologiyasi), Abduganiyev Abdulaziz (axborot texnologiyalari), Shakirov Temur (Sanoatda qurilish xo‘jaligi), Kurbanova Nigora (Menejment)larga kafedra mudirlari tomonidan yo‘nalish ramzlarini (atributlari) tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Talabalarni qutlash maqsadida universitet “Musiqa togaragi” qatnashchisi Shohruh Hasanov va uning rahbari Mansur Saparbaev tomonidan musiqiy chiqishlar taqdim etilib, talabalarimiz Sarvinoz Yo‘ldasheva va Xayitov Narzullobek tomonidan she’rlar o‘qildi.

Ozbek tilimiz, adabiyotini, madaniyatimiz, san’atimizni  gozalligi va nafosatini  talaba-yoshlarimizga oz bolsada anglatish maqsadida, elimiz suygan ko‘plab obrazlar yaratgan, bir qancha film dublyajlarida qatnashgan, Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, O‘zbekiston Xalq artisti Tesha Muminov tashrif buyurdi. Tesha Muminov ozbek tilining kelib chiqish tarixi, ajdodlarimiz, buyuk adiblaru-shoirlarimiz ijodi togrisida soz yuritdi.

TTPU

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ozi erishgan yutuqlari, universitet ta’lim tizimi, yaratilgan sharoitlar, yaqin ikki yil mobaynida amalga oshirilgan loyihalarni korsatish va talabalarga motivatsiya bolish maqsadida faol va iqtidorli, na’munali, bir qator tanlovlar g‘olibi, o‘zining turli loyihalari bilan dunyo kezgan universitet 3-bosqich talabasi Urunov Asadbek tomonidan juda ma’lumotlarga boy taqdimot namoyish etildi.

Shu o‘rinda, barcha talabalarga qasamyodlariga sodiq qolgan holda, yurtimiz dovrug‘ini balandlarga yuksaltirib, kelgusida porloq va yorqin kelajakning munosib farzandlari bolishlariga tilakdoshmiz.




O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun




TTPU da radioefirga start berildi

2022 yil 21 oktabr kuni o‘zbek tili bayrami munosabati bilan, universitet talabalari tashabbusi bilan TTPUda “Nazm va navo” nomli radio efirinining birinchi soniga start berildi.
Efir davomida o’zbek tilining tarixi, uning rivoji uchun hissa qo’shgan buyuk arboblarimiz Alisher Navoiyning „Muhokamat-ul-lug‘atayn“, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Muhammad Solihning “Shayboniynoma”, Gulxaniyning “Zarbulmasal”, Fazliyning “Majmuatush shuaro” kabi asarlari, shuningdek zamonamiz o’zbek adabiyoti durdonalaridan na’munalar (she’r va g’azallar) talabalar va ustoz-murabbiylar tomonidan ifodali o’qib berildi.Shuningdek, musiqa to’garagi rahbari Mansur Saparbaev tomonidan o’zbek mumtoz kuy-qo’shiqlari va universitetga bag’ishlangan qo’shiqlar ijro etildi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O’zbek tili va umuman olganda til haqida qancha gapirsak ham oz. Haqiqatan, millatning qiyofasi uning til boyligi bilan namoyon bo‘ladi. So’z o’rnida buyuk maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek: «Har bir millatning dunyoda borligʻini koʻrsatadurgʻon oyinai hayoti tili va adabiyotidur. Milliy tilni yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdur» degan so’zlarini ta’kidlash mukin.
Bayramona kayfiyatda o’tgan efir orqali, bugungi kunning mazmun mohiyati, qadr-qimmati to’g’risida ma’lumotlar berilib, talaba-yoshlarda sof ona tilimizga, nazm va navoga qiziqish uyg’otishga erishildi degan umiddamiz.




TTPU “InnoWeek.uz-2022” Innovatsion g’oyalar haftaligida ishtirok etmoqda

Avval xabar berilganidek, 17-21-oktabr kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Innovatsiyalar Milliy ofisi bilan hamkorlikda yilning eng innovatsion tadbiridan biri bo’lgan “InnoWeek.uz-2022” Innovatsion g’oyalar haftaligini o’tkazmoqda.

TTPU

Ko’rgazmaning asosiy maqsadi- mahalliy va xorijiy vakillarning turli biznes yo’nalishlari uchun eng ilg’or innovatsion texnologiyalar, mahsulotlar, loyihalar, prototiplar va modellarni namoyish etish hamda ilgari surish uchun ishonchli platforma yaratish sanaladi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti an’anaviy tarzda ushbu haftalikda faol ishtirok etib kelmoqda. Bu yilgi haftalikda ham universitet mashinanasozlik, axborot texnologiyalari, sog’liqni saqlash, mudofaa sohasiga oid 10 dan ortiq loyahalari bilan qatnashdi. Universitet talaba va muhandislari tomonidan yaratilgan ushbu ishlanmalar, ko’rgazma qatnashchilarida katta qiziqish uyg’otdi.

Eslatib o’tamiz, “InnoWeek.uz-2022” Innovatsion g’oyalar haftaligi davom etmoqda.




BITIRUVCHILAR FORUMI 2022

Joriy yilning 15-oktabrda TTPUda har yili o’tkaziladigan “Bitiruvchilar forumi” boʻlib oʻtdi.

Forum Italiyaning Turin Politexnika Universiteti, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti va Italiyaning O‘zbekiston yoshlari uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Forumning asosiy maqsadi universitet talabalari, bitiruvchilari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida ko‘prik (aloqa) o‘rnatishdan iborat. Forumda bitiruvchilarning erishgan yutuqlari, ular hayotida universitetning o‘rni, maqsadlariga erishish yo‘llari, Italiyadagi hayoti va o‘qishi hamda boshqa ko‘plab mavzular yuzasidan ochiq suhbat o‘tkazildi.

TTPU

TTPU rektori, texnika fanlari doktori J.Sh.Inoyatxo‘jaev tabrik so‘zi bilan tadbirni ochib berdi. Italiyalik professorlar: O’zbek taʼlim loyihasi bo’yicha menejer -Anita Tobacco, Xitoy va Osiyo mamlakatlari bilan xalqaro aloqalar boʻyicha mas’ul – Mishel Bonino, bitiruvchi va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha mas’ul -Karla Fabiana ham mazmunli nutq so‘zladi.

Bitiruvchilarimiz:
• Mirgulom Usmanov “BMB Trade Group” kompaniyasi bosh direktori,
• Toirkho’ja Maxamatov Italiyaning O‘zbekiston yoshlari uyushmasi presidenti, “Juventus Academy” ijrochi direktori
• Firdavs Nematzoda, Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
• Nodirjon Yusufov, Arduino Marketplace mutaxassisi talaba va bitiruvchilar bilan o’zlarining kasbiy va shaxsiy tajribalari bilan bo’lishdi.

Umid qilamizki, ushbu forum talabalarimiz uchun juda foydali bo’ldi, chunki ular bitiruvchilarimizdan aniq va kerakli maslahatlar hamda o’zlarini qiziqtirgan savollarga to’liq javob olish imkoniga ega bo’lishdi.

TTPU



Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “Toshkent-barqaror shahar” nomli seminar bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida “TASHKENT-SUSTAINABLE CITY” (TOSHKENT-BARQAROR SHAHAR”) mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

TTPU

Seminarning maqsadi – kuchli urbanizatsiya jarayoniga qaramay, barqaror shahar qonuniyatlariga rioya qilgan holda rivojlanayotgan Toshkent shahriga mobillik dizayni va yechimlari bo‘yicha Italiya tajribasi bilan tanishish imkoniyatini taqdim etishdan iborat bo‘ldi.

Shuningdek seminarda zamonaviy shahardagi transport va piyodalar logistikasi ham muhokama qilindi. Ma’ruzachilar o‘z bilimlar va tajribalari bilan bo‘lishib, murakkab muammolarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan arxitektura-muhandislik yechimlari, shahar logistikasi va innovatsion texnologiyalarga oid masalalarni muhokama qildilar.

Mazkur tadbirni tabrik nutqi bilan Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi E.P. Agostina Pinna, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori J.Sh.Inoyatxo‘jayev, maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchi prof. Romeo Orlandi ochib berdi.

Seminarda arxitektura va shaharsozlik masalalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan har ikki tomonning vazirliklari, biznes va akademik doiralari ma’ruzachilari nutq so‘zladilar.

Jumladan, texnika fanlari doktori, Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori Erjan Kahya, Massachusets texnologiya instituti professori professor Karlo Ratti (onlayn), Italiyaning Turin politexnika universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori David Kiaramonti va boshqalar o‘zlarining qiziqarli nutqlaribilan ishtirok etishdi. Italiyaning Turin politexnika universitetining professorlari Anita Tobakko, David Kiaramonti hamda Fulvio Rinaudi seminarga moderatorlik qildilar.

Ushbu tadbir Italiyaning Toshkent shaxridagi elchixonasi, Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik Vazirligi ko‘magida o‘tkazilmoqda




TTPUda Yaponiya kompaniyalarida ishlash imkonini beruvchi markaz ochiladi

2022 yilning 26 sentyabr kuni, janob Tetsuro Yamasaka boshchiligidagi Balcon Co Ltd (Yaponiya) delegatsiyasi, hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi.

Kun tartibidagi asosiy masala, TTPU qoshida o‘quv markazni tashkil etish bo‘lib asosiy maqsadi universitet talabalariga yapon tili va madaniyati, hamda ishlab chiqarish ko‘nikmalarini o‘rgatish va kelgusida Yaponiyaning nufuzli kompaniyalarida malaka oshirish, hamda ish faoliyatlarini davom ettirishni ta’minlash sanaladi.

Shu bilan birga, Xirosima universiteti, TTPU va Balcom Co Ltd kompaniyasi o‘rtasidagi uchtomonlama xamkorlik asosida TTPUning iqtidorli talabalarining Xirosima universitetining magistratura bosqichida taxsil olishlari uchun Balcom Co Ltd kompaniyasi grant dasturini joriy qiladi.




Jahon chempioni universitetda o’z o’qishini boshladi

     O‘zbekistonlik shaxmatchi, xalqaro grossmeyster, tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida shaxmat bo‘yicha 44-Olimpiada g‘olibi, “O‘zbekiston iftixori” medali sohibi – Nodirbek Abdusattorov Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining “Biznes boshqaruvi – Menejment” mutaxassisligi bo’yicha o‘qishini boshladi.

     Chempion va uning otasi Fazliddin Ochilovni qutlar ekan, Turin politexnika universiteti rektori J.S. Inoyaxo‘jaev O‘zbekiston terma jamoasini 44-Jahon shaxmat olimpiadasidagi tarixiy g‘alabasi bilan yana bir bor tabriklab, bu g‘alabada Nodirbekning beqiyos hissasi borligini alohida ta’kidladi. Uchrashuvda Nodirbek shaxmat bo‘yicha hozirgi mashg‘ulotlari va kelgusidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi, so‘ng guruhdoshlari bilan yaqindan tanishdi.

Nodirbek va uning otasi universitetda talabalar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarni ta’kidlab, O‘zbekiston va dunyoning turli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish uchun ko‘plab takliflar bo‘lishiga qaramay, Toshkentdagi Turin politexnika universitetini tanladilar.

Butun universitet jamoasi nomidan Nodirbekni erishgan yutuqlari bilan yana bir bor tabriklab, kelgusi turnirlarda katta muvaffaqiyatlar va zafarlar tilab qolamiz.




Tartib intizom- muvaffaqiyat garovidir

Joriy yilning 14 sentyabr kuni yotoqxonadagi talabalar bilan universitet mamuriyati o’rtasida yig’ilish o’tkazildi.

Yig‘ilishda universitet rektori Inoyatxodjayev J., universitet birinchi prorektori Ashurov A., yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Allamova G., xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Nabixanova F., rector maslahatchisi Boymatov N., TTJ kommendanti – Nurahmedov К, profilaktika inspektori – mayor Yusupov O., akademik guruh tyutorlari va universitet yotoqxonasida yashovchi talabalar ishtirok etdi.

Yig’ilishda talabalarga yotoqxona ichki tartib qoidalari to’liq tanishtirildi, hamda ularga qat’iy amal qilish belgilandi. Talaba yotoqxona binosi, mulki va jihozlarini asrab-avaylashi va boshqa umumiy foydalanish joylarini har doim toza va tartibli tutishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazishlari, muntazam sport bilan shug‘ullanishlari uchun universitetda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.




TTPU xodimlari “El-yurt umidi” jamg’armasining stipendiya sovrindorlari bo’ldi.

TTPUning “Qurilish muhandisligi va arxitektura” kafedrasi xodimlari Abdurakhim Nabijonov va Mukhammad-Bobur Zokhidovlar “El-yurt umidi” jamg’armasining stipendiya tanlovida MAGISTRATURA ta’lim dasturi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

“Men o’qituvchilar oilasida tug’ilganman. Ilm-fan va texnika sohasidagi birinchi ustozim bo‘lgan otamdan juda minnatdorman. Yoshligimdan ilmiy mavzularni muhokama qilishga odatlanganmiz va ilmiy terminologiyani tushunish qiyin bo’lsada, otam doimo yordam berar edi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetini tamomlab, aniq fanlar bo’yicha dars berishni boshladim. O‘sha davrda mamlakatning porloq kelajagini barpo etishga o‘z hissamni qo‘shishim mumkinligini angladim va yuqori malakali o‘qituvchi bo‘lishni maqsad qildim. Hozirda, TTPUda o‘qishim davomida yuqori malakali xorijiy professor-o‘qituvchilardan olgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash, muhim tajribalarni to‘plash orqali kafedrada yordamchi professor-o‘qituvchi (laborant) bo‘lib faoliyat yuritmoqdaman.

Endilikda men o’zimning akademik va ilmiy salohiyatimni kengaytirish maqsadida Italiyadagi Politecnico di Torino Universitetida oq’ishimni davom ettirmoqchiman. Chunki men, Mexatronika – avtomatlashtirish uchun dasturiy ta’minot texnologiyalari bo’yicha magistratura yo’nalishiga muvaffaqiyatli tanlandim va “El-yurt umidi” jamg’armasining stipendiya sovrindori bo’lishga muvaffaq bo’ldim” – deydi Abdurakhim Nabijonov.

Ikkinchi sovrindorimiz Mukhammad-Bobur Zokhidov, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetini 2020 yilda tamomlab, u ham hozirda universitetning “Qurilish muhandisligi va arxitektura” kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. Mukhammad-Bobur Zokhidov, Germaniya davlatidagi Dresden Texnika Universiteti (Technical University of Dresden) “Ilg’or hisoblash va qurilish muhandisligi strukturalarini o’rganish” (Advanced computational and civil engineering structural studies) fakultetiga magistratura bosqichiga o‘qishga kirib, “El-yurt umidi” jamg’armasidan grant olishga muvaffaq bo’ldi.

Ikkala sovrindorlarimizni ushbu muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, kelgusi ishlarida zafarlar tilab qolamiz!




Yangi ta’lim yo’nalishlari uchun litzenziya olindi

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti 2022-2023 o’quv yilidan quyidagi yangi yo’nalishlar bo’yicha ta’lim berish uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziya oldi:
Bakalavr yo’nalishi bo’yicha:

  • Biznes boshqaruvi bakalavri – Menejment;
  • Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari

Magistratura mutahassisligi:

  • Madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilish;
  • Axborot va aloqa muhandisligi



TTPU huzuridagi Ilmiy kengashda PhD ilmiy darajasini olish uchun birinchi dissertatsiya ishi himoyasi boʼlib oʼtdi

Bugun 2022 yilning 19 avgust kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti huzuridagi PhD.22/01.02.2022 T.144.01 raqamli Ilmiy kengashda 05.08.06 – “Gʼildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʼyicha texnika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun birinchi dissertatsiya ishi himoyasi boʼlib oʼtdi.

Tadqiqotchi Yusupov Sarvarbek Sodiqovichning “Innovatsion intellektual transport tizimlarini mahalliy sharoitda sinergiyasini asoslash” mavzusidagi himoyasi yuzasidan taqdimot maʼruzasi tinglandi.

Yigʼilish anʼanaviy va onlayn shaklda uygʼunlashgan holda oʼtkazildi. Maʼruzadan soʼng, ilmiy ish boʼyicha muhokama boʼlib, unda tadqiqotchi yigʼilish aʼzolari savollariga javob berdi.

Shundan soʼng, tadqiqotchining rasmiy opponentlari soʼzga chiqib, dissertatsiya boʼyicha oʼz xulosalarini berib, mavzuning dolzarbligi, ilmiy yangiligiga toʼxtaldilar.

Yigʼilish yakunida, ilmiy kengash qaroriga koʼra, Yusupov Sarvarbek Sodiqovichga texnika fanlari boʼyicha falsafa doktori ilmiy darajasini berish joiz deb topildi.




Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida xalqaro ilmiy-texnik konferentsiya tashkil etildi

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “International Conference on Electrical Facilities and information technologies 2022” nomli xalqaro ilmiy-texnik konferentsiya tashkil etildi

  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2021 yil dekabrь oyida Koreya Respublikasiga tashrifi chogʼida, universitetlar oʼrtasidagi innovatsion hamkorlikni rivojlantirish muhim ekanini taʼkidlab, ularning muntazam muloqoti uchun doimiy maydon yaratish zarurligi taʼkidlangan edi.

Bu borada, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Koreya Milliy Transport universiteti, hamda Koreya elektr muhandislari instituti bilan hamkorlikda ikki davlat oʼrtasida energetika va АKT sohasida ilgʼor xalqaro tajribalar asosida yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish, hamda oliy taʼlim sohasida xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish boʼyicha kelishuvga erishdi.

TTPU

Shu munosabat bilan, 2022 yil 10-13 avgust kunlari “International Conference on Electrical Facilities and information technologies 2022” nomli xalqaro ilmiy-texnik konferentsiya (https://icef2022.org/) bo’lib o’tmoqda.

TTPU

Konferentsiya gibrid (offlayn va onlayn) shaklda boʼlib, Koreya, Italiya, Turkiya, Indiya, Pokiston kabi davlatlardan ishtirokchilar o’z prezentatsiyalari bilan qatnashmoqda.

Halqaro konferentsiya tashkilotchilari:

• Koreya Milliy Transport universiteti

• Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti,

• Koreya elektr muhandislari instituti

• Toshkent Аxborot texnologiyalari Universiteti

• Toshkent Davlat transport universiteti

TTPU

  Ushbu konferentsiya maqsadi muqobil energetika, transport va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat olib borayotgan mahalliy professor-oʼqituvchilar, katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish sanaladi.




PhD dissertatsiya himoyasi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi

PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi

05.08.06 – “Gʻildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʻyicha Ilmiy Kengashida dissertatsiya himoyasi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash asosida 05.08.06 – “Gʻildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʻyicha tuzilgan Ilmiy Kengashda texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Yusupov Sarvarbek Sodiqovichning dissertatsiya ishi himoyasi.

Mavzu: “Innovatsion intellektual transport tizimlarini mahalliy sharoitda sinergiyasini asoslash”.

Sana: 2022-yil 19-avgust kuni soat 10:00. Seminar shakli: offline/online (havola).

Manzil: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bosh binosining 2-qavat, MAJLISlar xonasi.

Masofaviy ishtirok etish uchun online ZOOM havola

Identifikator konferensii: 892 0498 7719

Kod dostupa: 1111