Hurmatli vatandoshlar!

  • Post category:Yangiliklar

Sizni O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bardavom bo‘lsin. Har doim ona yurtimiz uzra musaffo osmon, odamlar qalbida tinchlik, uylarida farovonlik bo‘lsin! Hurmat bilan, Universitet jamoasi

Continue ReadingHurmatli vatandoshlar!

Oldinga intilish uchun innovatsion harakat

  • Post category:Yangiliklar

Bugun, 31-avgust kuni Italiyaning Danieli Group kompaniyasi vakili Lorentso Mozetich universitetimizga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u bitiruvchilarimizni o'z kompaniyasiga taklif qildi. Danieli Group - metallurgiya sanoati uchun asbob -uskunalar va fizik zavodlarning Italiya yetkazib beruvchisi. Bu po'lat zavodlari ishlab chiqarishda, xususan, uzun mahsulotlar segmentida jahon yetakchilaridan biri bo'lib, u bozor ulushining 90% dan ortig'iga ega.

Continue ReadingOldinga intilish uchun innovatsion harakat

Qo’shma ta’lim dasturiga birinchi kirish imtihoni o’tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Jizzax politexnika instituti hamkorligida tashkil etilgan Mashinasozlik texnologiyasi qo'shma ta'lim dasturiga birinchi kirish test sinovlari o'tkazildi. 10 sentyabrga qadar ikkinchi kirish test sinovlari uchun xujjatlar qabul qilinadi. Alohida qayd etish joizki, ushbu qo'shma ta'lim dasturida tahsil oladigan talabalar o'qishni tamomlagach davlat naʼmunasidagi Jizzax politexnika instituti va Turin politexnika universiteti diplomiga ega bo'lishadi.

Continue ReadingQo’shma ta’lim dasturiga birinchi kirish imtihoni o’tkazildi

Matematik olim “Doʼstlik” ordeni sohibi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining tabiiy-matematika fanlari kafedrasi professori Fayazov Qudratillo Sadridinovich “Doʼstlik” ordeni bilan taqdirlandi. Oliy darajali “Doʼstlik” ordeni bilan qardosh xalqlar oʼrtasida koʼp asrlik doʼstlik va qoʼshnichilik munosabatlarini mustahkamlashdagi, jamiyat va xalqlarning birdamligini uygʼunlashtirishdagi, xar tomonlama strategik hamkorlikni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun faxrli ustozimiz Fayazov Qudratillo Sadridinovichni bu mukofot bilan universitetimiz jamoasi chin yurakdan tabriklaydi. Vatan taraqqiyoti yoʼlida olib borayotgan faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz.

Continue ReadingMatematik olim “Doʼstlik” ordeni sohibi

Startap loyihalar qo‘llab-quvvatlanmoqda

  • Post category:Yangiliklar

2021-yil 23-avgust kuni «O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy Banki» Aksiadorlik jamiyatida bo’lib o’tgan taqdimot marosimi natijasida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti talabalari milliy bank tomonidan startap loyihalari uchun ajratilgan kreditga ega bo‘lishdi. Kredit ajratilishdan maqsad – shijoatli yoshlarga barcha sohalarda o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratish hamda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash. Kredit miqdori – 100 ming AQSH dollari ekvivalentigacha miqdorda. Taqdimot marosimi davomida talabalarimiz o‘z loyihalari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Kredit berishga loyiq deb topilgan loyihalar quyidagilar: VELOCITY (veloprokat) G‘oya: Velosipedni bitta parkdan oling, mo‘ljallangan manzildagi boshqa parkda qoldiring. PACS IMAGE…

Continue ReadingStartap loyihalar qo‘llab-quvvatlanmoqda

QABUL – UCHINCHI BOSQICH

  • Post category:Yangiliklar

TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING 2021/2022 O‘QUV YILI BAKALAVRIATIGA QABUL – UCHINCHI BOSQICH QOIDALARI VA HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI QABUL – BIRINCHI BOSQICH QOIDALARIGA TO‘G‘RI KELADI Imtihon sanasi Kirish imtihonining uchinchi bosqichi sentyabr oyida boʻlib oʻtadi (aniq sanalar va tartibi keyinroq e’lon qilinadi).RO‘YXATDAN O‘TISH 15 AVGUST, DUSHANBA KUNIDAN BOSHLANADI.MUHIM ESLATMA: Uchinchi bosqich kirish imtihonidan oʻtgan abituriyentlar Tayyorlov bosqichni oʻtkazib yubora olmaydilar. Kirish imtihonlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida boʻlib oʻtadi. Manzil: Toshkent shahri, Kichik Xalka Yuli, 17, 100095, Oʻzbekiston (Moʻljal: Talabalar shaharchasi, sobiq “Nukus” kinoteatri, “Asia.uz” supermarketi).   Imtihonda qatnashish uchun quyidagi bosqichlar bajarilishi zarur: 1-BOSQICH Onlayn roʻyxatdan oʻtish ILTIMOS, ON-LAYN…

Continue ReadingQABUL – UCHINCHI BOSQICH

Yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ochildi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “Software Engineering” va “Architecture and Design” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari tashkil etildi. Yangi ta’lim yo‘nalishlarda talabalar 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab tahsil olishni boshlaydi. Ta’lim kunduzgi shaklda, davomiyligi 4 yil, barcha fanlar Ingliz tilida mahalliy va xorijiy professor o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi, ta’lim olish davrida xorijiy hamkor universitetlarga Exchange student dasturi orqali 1 yoki 2 semestr ta’lim olish imkoniyati mavjud. Talabalar 2,3-kursda Work&Travel dasturida ishtirok etishi mumkin. Ta’lim jarayoni kredit to‘plash va ko‘chirishning Yevropa tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS) asosida tashkil qilinadi. Shartnoma miqdori 19,200 ming so‘m. Yangi ta’lim yo‘nalishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi…

Continue ReadingYangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ochildi
image_pdfimage_print