1

Hurmatli vatandoshlar!

Sizni O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bardavom bo‘lsin. Har doim ona yurtimiz uzra musaffo osmon, odamlar qalbida tinchlik, uylarida farovonlik bo‘lsin!

Hurmat bilan,

Universitet jamoasi




Oldinga intilish uchun innovatsion harakat

Bugun, 31-avgust kuni Italiyaning Danieli Group kompaniyasi vakili Lorentso Mozetich universitetimizga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u bitiruvchilarimizni o’z kompaniyasiga taklif qildi. Danieli Group – metallurgiya sanoati uchun asbob -uskunalar va fizik zavodlarning Italiya yetkazib beruvchisi. Bu po’lat zavodlari ishlab chiqarishda, xususan, uzun mahsulotlar segmentida jahon yetakchilaridan biri bo’lib, u bozor ulushining 90% dan ortig’iga ega.




Qo’shma ta’lim dasturiga birinchi kirish imtihoni o’tkazildi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Jizzax politexnika instituti hamkorligida tashkil etilgan Mashinasozlik texnologiyasi qo’shma ta’lim dasturiga birinchi kirish test sinovlari o’tkazildi. 10 sentyabrga qadar ikkinchi kirish test sinovlari uchun xujjatlar qabul qilinadi. Alohida qayd etish joizki, ushbu qo’shma ta’lim dasturida tahsil oladigan talabalar o’qishni tamomlagach davlat naʼmunasidagi Jizzax politexnika instituti va Turin politexnika universiteti diplomiga ega bo’lishadi.




Matematik olim “Doʼstlik” ordeni sohibi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining tabiiy-matematika fanlari kafedrasi professori Fayazov Qudratillo Sadridinovich “Doʼstlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Oliy darajali “Doʼstlik” ordeni bilan qardosh xalqlar oʼrtasida koʼp asrlik doʼstlik va qoʼshnichilik munosabatlarini mustahkamlashdagi, jamiyat va xalqlarning birdamligini uygʼunlashtirishdagi, xar tomonlama strategik hamkorlikni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun faxrli ustozimiz Fayazov Qudratillo Sadridinovichni bu mukofot bilan universitetimiz jamoasi chin yurakdan tabriklaydi. Vatan taraqqiyoti yoʼlida olib borayotgan faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz.




Startap loyihalar qo‘llab-quvvatlanmoqda

2021-yil 23-avgust kuni «O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy Banki» Aksiadorlik jamiyatida bo’lib o’tgan taqdimot marosimi natijasida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti talabalari milliy bank tomonidan startap loyihalari uchun ajratilgan kreditga ega bo‘lishdi.

Kredit ajratilishdan maqsad – shijoatli yoshlarga barcha sohalarda o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratish hamda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.

Kredit miqdori – 100 ming AQSH dollari ekvivalentigacha miqdorda.

Taqdimot marosimi davomida talabalarimiz o‘z loyihalari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Kredit berishga loyiq deb topilgan loyihalar quyidagilar:

  1. VELOCITY (veloprokat)

G‘oya: Velosipedni bitta parkdan oling, mo‘ljallangan manzildagi boshqa parkda qoldiring.

  • PACS IMAGE VIEWER

G‘oya: Apparat va dasturiy vositalar tizimi bo‘lib, tibbiyot sohasida ishlatishga mo‘ljallangan.

  • PQB in IoT

G‘oya: Ilmiy loyiha bo‘lib, vazifasi Blockchain tizimini Quantum kompyuterlari orqali bo‘lishi mumkin bo‘lgan kiber hujumdan himoya qilish.

  • SMART TRUNK SYSTEM

G‘oya: Avtomobil yukxonasini oyoq harakati yordamida ochish imkoniyatini yaratuvchi sensor qurilma, avtomobilning orqa bamperining tag qismiga o‘rnatiladi.

  • SMART, SECURITY CAR ALARM SYSTEM

G‘oya: Avtomobil uchun aqlli, xavfsiz, qo‘riqlash tizimi

  • BIOSTART

G‘oya: Inson barmoq izi yordamida, kalitsiz, qulfni ochish qurilmasi bo‘lib, energiya tejamkorligi jihatidan bir muncha qulayliklar beradi. Asosan avtomobillar uchun mo‘ljallangan.   




QABUL – UCHINCHI BOSQICH

TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING 2021/2022 O‘QUV YILI BAKALAVRIATIGA QABUL – UCHINCHI BOSQICH QOIDALARI VA HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI QABUL – BIRINCHI BOSQICH QOIDALARIGA TO‘G‘RI KELADI

Imtihon sanasi

  • Kirish imtihonining uchinchi bosqichi sentyabr oyida boʻlib oʻtadi (aniq sanalar va tartibi keyinroq e’lon qilinadi).
  • RO‘YXATDAN O‘TISH 15 AVGUST, DUSHANBA KUNIDAN BOSHLANADI.
  • MUHIM ESLATMA: Uchinchi bosqich kirish imtihonidan oʻtgan abituriyentlar Tayyorlov bosqichni oʻtkazib yubora olmaydilar.

Kirish imtihonlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida boʻlib oʻtadi. Manzil: Toshkent shahri, Kichik Xalka Yuli, 17, 100095, Oʻzbekiston (Moʻljal: Talabalar shaharchasi, sobiq “Nukus” kinoteatri, “Asia.uz” supermarketi).  

Imtihonda qatnashish uchun quyidagi bosqichlar bajarilishi zarur:

1-BOSQICH

ILTIMOS, ON-LAYN ANKETANI TOʻLDIRISH BOʻYICHA VIDEO YOʻRIQNOMANI KOʻRING.

MUHIM ESLATMA: TIL Engineering bo‘limi hozircha yopiq, barcha bosqichlarni bajarib, “Saqlash va yuborish” tugmasini bosing.

1-bosqichdan oʻtish majburiy boʻlib, abiturientlar ushbu bosqichni amalga oshirmay 2-bosqichga oʻta olmaydilar!

2-BOSQICH – Qabul jarayonining shaffofligini ta’minlash maqsadida, Qabul komissiyasi abituriyentning barmoq izi va fotosuratini oladi. Abituriyentda pasport, oʻrta ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat (diplom, diplom yoʻq boʻlsa sertifikat yoki oʻqishni tugatganligini tasdiqlovchi hujjat (asl nusxasi)) boʻlishi kerak.

Bundan tashqari, talabalar ma’lumot bazasini yuritish bilan bogʻliq harajatlar tufayli, har bir abituriyent, Markaziy bank kursi boʻyicha 5 yevro (65000 soʻm) miqdorida kirish toʻlovini amalga oshirishlari kerak. Kirish toʻlovini amalga oshirmagan abituriyent imtihonga kiritilmaydi.

Imtihon

Kirish imtihonlari onlayn test shaklida boʻlib, qiyinlik darajasi Oʻzbekiston Respublikasi umumiy oʻrta ta’lim oʻquv dasturi darajasida boʻladi.

Onlayn test quyidagilardan iborat:

Matematika: 18 ta savol (40 daqiqa)

Matnni oʻqib tushunish: 6 ta savol (12 daqiqa)

Mantiq: 6 ta savol (12 daqiqa)

Fizika: 12 ta savol (26 daqiqa)

On-line test 42 SAVOLDAN iborat boʻlib, 90 DAQIQA davom etadi. Barcha savollar 5 ta javoblar variantidan iborat boʻlib, ulardan bittasi toʻgʻri.

Tanlangan javoblar quyidagicha baholanadi:

  • 1 ball – agar toʻgʻri javob tanlansa (1 ball qoʻshiladi)
  • -0.25 – notoʻgʻri javob tanlansa (toʻplangan balldan 0.25 ball ayirib tashlanadi)
  • 0 ball – javob tanlanmagan boʻlsa (ball yoʻqotmaysiz)

Barcha fanlar boʻyicha imtihon ingliz tilida oʻtkaziladi!

Imtihon natijalari

Abiturientlar toʻplagan ballarini onlayn testni yakunida bilib oladilar. Abiturient-larning toʻliq roʻyxati toʻplagan ballarning (imtihon natijalarining) foiz koʻrsatkichidagi ketma-ketligi kirish testidan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi.

Certificates considered equivalent to the admission test (the following number refers to the grading equal to or higher than the threshold: 60/100)

GRE (General Test) with a minimum score of 153 in the “Verbal” section and 144 in “Quantitative” section and any score inthe “Analytical Writing” section

GMAT with a minimum score of 500 in the two sections “Verbal” and “Quantitative”, with any score in the “AnalyticalWriting” section.

SAT SAT Reasoning test (section “Evidence-Based Reading and Writing” and section “Math” with a minimum score of 500 points in each section) and SAT Subject Test (section “Physics Level 1 or 2” and section “Mathematics Level 1 or 2” with a minimum score of 500 points in each section). The two sections “Evidence-Based Reading and Writing” and “Math” of the SAT Test can be replaced by the ACT Test with a minimum score of 20.

Ingliz tili sertifikati

TTPU ning birinchi bosqichiga qabul qilinish uchun abiturientlar 4.5 balldan kam boʻlmagan IELTS sertifikati (akademik) ga ega boʻlishlari lozim.

TTPU ning ikkinchi bosqichida taxsil olish uchun 5.5 yoki undan yuqori boʻlgan IELTS sertifikati (akademik) talab qilinadi.

TTPU da IELTS sertifikati (akademik) oʻrniga ekvivalent sifatida tan olinuvchi sertifikatlar roʻyxati: https://didattica.polito.it/cla/en/certificates.

TTPU da ta’lim olish uchun toʻlov miqdori

Barcha oʻquv yoʻnalishlari boʻyicha 1 oʻquv yili uchun toʻlov miqdori 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil etadi.

  QOʻSHIMCHA MA’LUMOT UCHUN

Qabul komissiyasining ish jarayoni uchun mas’ul shaxslar:

Qabul komissiyasining raisi – Inoyatkhodjaev J.Sh.

Qabul komissiyasining mas’ul kotibi – Abdullayev F.B.

Turin politexnika universiteti ma’muriyati ushbu roʻyxatdan tashqari shaxslarning faoliyati uchun javobgar emas.

On-layn anketani toʻldirish, ariza yoki boshqa turdagi ma’lumotlar yuzasidan qoʻshimcha ma’lumotlar uchun bevosita Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining quyidagi keltirilgan manzilga murojaat qilishingiz mumkin: Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Toshkent, 100095, Oʻzbekiston (Moʻljal: Talabalar shaharchasi, eski Nukus Kinoteatri, “Asia.uz” savdo markazi).

Elektron manzil: admission@new.polito.uz

Telefon raqamlar: +99871 246-63-48, +99871 246-80-52




Yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ochildi

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “Software Engineering” va “Architecture and Design” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari tashkil etildi.

Yangi ta’lim yo‘nalishlarda talabalar 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab tahsil olishni boshlaydi. Ta’lim kunduzgi shaklda, davomiyligi 4 yil, barcha fanlar Ingliz tilida mahalliy va xorijiy professor o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi, ta’lim olish davrida xorijiy hamkor universitetlarga Exchange student dasturi orqali 1 yoki 2 semestr ta’lim olish imkoniyati mavjud. Talabalar 2,3-kursda Work&Travel dasturida ishtirok etishi mumkin.

Ta’lim jarayoni kredit to‘plash va ko‘chirishning Yevropa tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS) asosida tashkil qilinadi.

Shartnoma miqdori 19,200 ming so‘m.

Yangi ta’lim yo‘nalishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Litsenziya taqdim etildi. Ushbu litsenziyaga asosan bitiruvchi talabalarga O‘zbekiston va xorijiy davlatlarda tan olinadigan xalqaro diplom beriladi.

TTPU


Please wait while flipbook is loading. For more related info, FAQs and issues please refer to DearFlip WordPress Flipbook Plugin Help documentation.



Please wait while flipbook is loading. For more related info, FAQs and issues please refer to DearFlip WordPress Flipbook Plugin Help documentation.


Malumotlar uchun telefonlar: 71 246-80-51, 71 246-50-92;

E-mail: admission@new.polito.uz; j.abdujalilov@new.polito.uz

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tumani, Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi 17-uy.