1

2021 yil 15 sentyabrda Yevrosiyo texnologiya universitetining xalqaro hamkorlik va akademik harakatlanish bo’limi boshlig’i Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifning maqsadi – ikki universitet o’rtasidagi ilmiy hamkorlikdir. Uchrashuv davomida 2022-yil bahoridan boshlab “Dasturiy Injiniring” yo’nalishi bo’yicha talabalar almashish dasturini boshlash to’g’risida kelishib olindi. 




O‘zbekistonda ilk bor Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari tomonidan ishlab chiqarilgan CubeSat (nano sun’iy yo‘ldosh) kosmosga uchiriladi.

CubeSat stratosferada havo namligi, shamol tezligi, havoning ifloslanish darajasi to‘g‘risidagi va boshqa turdagi ma’lumotlarni onlayn tarzda uzatadi, universitetda joylashtirilgan ma’lumotlarni qabul qiluvchi stansiyada uzatilgan ma’lumotlar tahlil qilinadi. Shuningdek, CubeSat uchishi davomida video tasvirlar onlayn tarzda uzatiladi, ushbu ma’lumotlar yordamida kelgusida geo axborot tizimlari yo‘nalishidagi tadqiqotlarda foydalaniladi.

Ushbu tadbirda ishtirok etish uchun sizni Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetiga 2021 yil 17 sentabr kuni ertalab soat 05:30 ga taklif qilamiz.