Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) 2009 yil 27 aprelda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, “O’zavtosanoat” AK va Turin politexnika universiteti (Politecnico di Torino, Italiya) o’rtasidagi o’zaro anglashuv memorandumiga muvofiq tashkil etilgan. 2009 yil 10 yanvardan boshlab TTPU o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq oliy ta’lim muassasasi sifatida avtomobilsozlik, mashinasozlik va elektrotexnika sanoati, energetika, sanoat va fuqarolik arxitekturasi, qurilish korxonalari va tashkilotlari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan harakatlar amalga oshirib kelmoqda.

Politecnico di Torino (Turin politexnika universiteti, Italiya), 1859 yilda tashkil topgan va Evropaning etakchi texnik universitetlardan biri bo’lib, o’zida o’quv jarayonini ilmiy va amaliy tadqiqotlar bilan uyg’unligini aks ettiradi. U yirik avtomobil kompaniyalari va boshqa tashkilotlarning asosiy tadqiqot markazlari hisoblanadigan 19 ta ilmiy markazlar va laboratoriyalarni va 18 ta fakultetni o’z ichiga oladi. Toshkentdagi Turin politexnika universiteti tashkil etilishining asosiy sababi xalqaro talablarga javob beradigan va O’zbekiston Respublikasi Milliy o’quv dasturining maqsad va vazifalariga to’liq mos keladigan Evropa universiteti negizida O’zbekistonda yangi oliy o’quv yurtini ochish bo’lgan.

Bundan tashqari, yangi universitet ochilishining boshqa muhim maqsadlari mahalliy o’qituvchilarni o’quv jarayoniga jalb qilish, professor-o’qituvchilar uchun o’quv dasturini tashkil etish va mahalliy xom ashyo va zamonaviy sanoat avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari asosida avtomobil muhandisligi, dvigatellari, ehtiyot qismlari, butlovchi buyumlari, shuningdek, arxitektura va sanoat dizayni, energiya tejaydigan texnologiyalarni, yangi turdagi qurilish materiallarini takomillashtirish bo’yicha ilmiy-amaliy ishlanmalarni amalga oshiradigan, tadqiqotlar natijalari bo’yicha ish olib boradigan texnoparkni tashkil etish edi.

Oliygohni tamomlagandan so’ng, TTPU bakalavr va magistr bitiruvchilari ikki tomonlama oliy ma’lumot diplomiga ega bo’ladilar. TTPU nizomiga ko’ra, TTPU va POLITO o’rtasida imzolangan ikki tomonlama diplom berish to’g’risidagi shartnomaga asosan, bitiruvchilarga O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq TTPU diplomi va Italiya Respublikasi qonunlariga muvofiq POLITO diplomi beriladi. Ma’lumki, O’zbekistonda mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlari kundan-kunga rivojlanib bormoqda, shu sababdan mashinasozlik, fuqarolik muhandisligi, axborot texnologiyalari va sanoatda dasturlash (kompyuter muhandisligi) sohasidagi mutaxassislarga O’zbekiston Respublikasining ko’plab korxona va tashkilotlarida talab oshib bormoqda.