“PRE-UNIVERSITY” TAYYORLOV KURSLARI

Kurs haqida umumiy ma’lumot

Toshkent shahridagi Turin politexnika univesiteti qoshidagi O’quv markazining “Pre-university” tayyorlov kurslari 10-11 sinf o’quvchilari va abiturientlar uchun oliy o’quv yurtlariga kirishga tayyorgarlik ko’rish kurslari hisoblanadi. “Pre-university” tayyorlov kurslari o’quv dasturi Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetiga qabul imtihonlarida talab qilinadigan fanlarga asosan, universitet professorlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Tayyorlov kurslarida asosiy fanlar: Matematika, Fizika va Ingliz tili.

“Pre university” tayyorlov kurslari o’quv dasturi davomiyligi: 6 oy.

Tayyorlov kurslarida o’qitilish tili: O’zbek yoki rus

Mashg’ulotlar vaqti: Haftasiga 3 marta (har bir fan) 

Dars davomiyligi: 80 daqiqa

KURSLAR

MATEMATIKA

FIZIKA

INGLIZ TILI (IELTS)

KURSGA QABUL QILISH TARTIBI

“Pre-university” kurslarida o’qish istagini bildirgan o’quvchilar, kurs boshlanishidan oldin tanlagan fanlari yuzasidan imtihon topshiradilar va test natijalariga asosan bilim darajalariga ko’ra guruhlarga bo’linadilar.

“Pre-university” kurslariga qabul har yili Oktyabr-Dekabr oylari oralig’ida 3 marotaba o’tkaziladi.

O'QUV JARAYONLARI

Tayyorlov kurslari o’quv dasturiga kiruvchi barcha fanlar malakali universitet professorlari tomonidan olib boriladi.

Tayyorlov kursi o’quvchilarining bilim darajasini muntazam nazorat qilish maqsadida har oyda va har uch oyda ichki imtihonlar o’tkaziladi. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o’tgan, o’zlashtirish darajasi yuqori bo’lgan o’quvchilar boshqa guruhlarga o’tkaziladi.

YAKUNIY IMTIHONLAR

“Pre-university” kurslari yakunida o’tkaziladigan yakuniy imtihonlar o’quvchilarning
6 oyda o’zlashtirgan bilimlarini tekshirish maqsadida o’tkaziladi. Yakuniy imtihonlar Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga kirishda talab qilinadigan fanlardan (matematika, fizika, ingliz tili va logika) o’tkaziladi.

ALOQA UCHUN

Telefon: +998 99 222 99 93
Manzil: Kichik xalqa yo’li 17 (Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, 302-hona)
Telegram: @politoacademy_admin