Qozog’istondagi eng yaxshi texnik universitetlardan birining vakillari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurishdi

Qozog’istondagi eng yaxshi texnik universitetlardan birining vakillari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurishdi

Qozog’iston-Britaniya Texnika Universiteti (KBTU) o’quv ishlari bo’yicha prorektori A.Jumasseitova boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga (TTPU) tashrif buyurdi.

Tashrif davomida, mehmonlarni universitetning barcha imkoniyatlari bilan tanishtirish maqsadida, TTPU ma’muriyati ular uchun kampus bo’ylab ekskursiya o’tkazdi. Universitetning mexatronika va inkubatsiya markazlari mehmonlarda katta qiziqish uyg’otdi.

Tashrifning asosiy qismi o’zaro hamkorlik shartlarini muhokama qilishga bag’ishlandi. Universitetlar o’rtasida quyidagi yo’nalishlarda hamkorlik qilish to’g’risida kelishuvga erishildi:

  • o’qituvchilar va talabalar uchun almashinuv dasturini joriy etish;
  • xalqaro tizimlar bo’yicha tajriba almashish;
  • qo’shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va maqolalarni nashr etish;
  • xalqaro grantlarda hamkorlikda ishtirok etish;
  • hamkorlikda yozgi ta’lim maktabini yaratish.

Hamkorlikni rivojlantirish uchun axborot texnologiyalari sohasida professor-o’qituvchilar almashinuvini boshlash maqsadida professor-o’qituvchilarning birinchi onlayn uchrashuvini tashkil etish taklif qilindi.

Ta’kidlab o’tish joizki, QS jahon reytingiga ko’ra, KBTU dunyodagi TOP-800 universitetlariga kiritilgan va AQShning ABET agentligidan barcha kompyuter mutaxassisliklari bo’yicha xalqaro akkreditatsiyadan. sQS EECA reytingiga ko’ra KBTU Evropa Ittifoqi mintaqasidagi universitetlarning TOP 30 foiziga kiradi.

image_pdfimage_print