SIFAT SIYOSATI

Bizning asosiy vazifamiz eng s’onggi ilm-fan yutuqlari, estetik va etik tamoyillardan foydalanib mashinasozlik, qurilish va me’morchilik, energetika hamda axborot texnologiyalari yo’nalishlari bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.  

       Maqsadimiz ta’lim oluvchilarni oliy ta’lim va ishlab chiqarishda oliy ta’limdan keyin bosqich, xizmat ko’rsatish va jamiyat talablariga mos keluvchi ta’lim berishdan iborat.

        Qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagilarga qat’iy rioya qilish lozim:

  • o’qish jarayonini ilmiy izlanish bilan muvofiqlashtirish;
  • bilimsizlarni o’qishga qabul qilmaslik, kasf qilmaslik va boshqa oliygohlarga o’tkazmaslik;
  • ta’lim, tarbiya va ilm-fanni amaliy ishlab chiqarish bilan bog’lash orqali ijodiy aloqalarni shakllantirish;                             
  • o’qitish va o’qish madaniyatiga rioya qilish;                                                
  • barcha xafvsizlik qoidalariga rioya qilish;
  • o’qish jarayonini uzluksiz tarzda rivojlantirish;
  • professor-o’qituvchilar bilimi va malakasini doimiy ravishda yaxshilab boorish;
  • innovatsion texnologiyalardan foydalanish;
  • o’qitish sifatini yaxshilash maqsadida doimiy monitoring nazoratini tashkil qilish;
  • mutaxassislarga bo’lgan extiyojni oldindan bilish va o’rganish.

Qo’yilgan maqsadga erishish uchun universitet ma’muriyati va professor-o’qituvchilari muhum ahamiyat kasb etadilar hamda quyidagi mas’uliyatlarni o’z zimmalariga oladilar:

  • professor-o’qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar ilmiy hamda amaliy izlanishlarini doimiy ravishda rag’batlantirish;
  • xavfsizlik choralarini ta’minlash;
  • ijodiy-maftunkor o’qitishni tashkil etish;
  • zaruriy resurslar bilan ta’minlash;
  • yuqori darajadagi axborot-ta’limni shakllantirish;
  • bitiruvchi talabalar ishlarini tahlil qilish;
  • sifat siyosati, uning davriy tahlili va yaroqliligidan xabardor bo’lish.

75