Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti  haqida

TTPU

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti (TTPU) 2009 yil 27 Aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 27 apreldagi PP 1106 – sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta-maxsus Ta’lim vazirligi, O‘zavtosanoat OAJ hamda Italiyaning Turin politexnika universiteti (Politecnico di Torino) bilan hamkorlikdagi 2009 yil 10 yanvardagi uch tomonlama Shartnomaga muvofiq avtomobilsozlik, mashinasozlik, energetika sanoati, arxitektura sohasidagi tashkilot va korxonalarni yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

TTPUTTPU 1859 yil tashkil etilgan hamda Yevropaning eng ilg‘ol texnika universitetlaridan biri bo‘lgan Italiyadagi Politecnico di Torino ta’lim jarayonini ilmiy va amaliy tadqiqot bilan faol ravishda birga olib borishi bilan ajralib turadi. U 18 fakultet va ko‘plab yirik avtomobil va boshqa korxonalar uchun asosiy ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lga 19 ilmiy tadqiqot markazi va laboratoriyalardan tashkil topgan. O‘zbekistonda umume’tirof etilgan xalqaro talablarga muvofiq keluvchi bunday Yevropa oliygohini ochilishi O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlashning Milliy Dasturi maqsad va vazifalariga to‘laqonli mos keladi.

TTPUTTPU Shunindek, yangi oliy o‘quv yurti ochilishining muhim maqsadlari o‘quv jarayoniga mahalliy professor-o‘qituvchilar tarkibini jalb qilish, professor-o‘qituvchilar uchun uzluksiz ta’lim dasturni shakllantirish va TTPU tarkibida ilmiy va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish, hamda avtomobil dizayni, dvigateli, ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari, asbob-uskunalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalarini qo‘llash va arxitektura va sanoat dizayni, energiya tejovchi texnologiyalar, mahalliy xom ashyo asosida qurilish materiallarining yangi turlarini yaratish imkoniyatini beruvchi texnoparkni tashkil etishdan iborat.

TTPUTTPU ikki mamlakat (Italiya va O’zbekiston) o‘quv dasturlari orasidagi tafovutlarni uyg‘unlashtirish maqsadida TTPU va POLITO mahalliy ta’lim standartlariga moslashtirilgan xolda, Yevropa Ittifoqi o‘quv dasturiga ayrim o‘zgartitishlar kiritilgan holda qabul qilishga kelishib oldilar. Ulardan biri OTMda o‘qishdan oldin eng kamida 12 yil o‘qish lozim bo‘lgan Italiya talablari va buning uchun Universitetda qo’shimcha Tayyorlov yili joriy etilishidir. TTPUdagi mavjud o‘quv dasturi turli ta’lim tizimlarida alohida tajriba sifatida qo‘llanilishi hamda u loyiha maqsadlarini amalga oshirilishida ishlatilishi mumkin.

TTPUTTPU bitiruvchilari bakalavr (BSc) va magistr (MSc) darajalari bo‘yicha, bir paytning o‘zida 2 ta diplom Politecnico di Torino (POLITO) va TTPU diplomi sohibi bo‘ladilar. TTPU Ustavida ko‘rsatilganidek, TTPU va POLITO o‘rtasidagi ikki darajali kelishuv asosida TTPU bitiruvchilari O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra TTPU diplomiga hamda Italiya Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra POLITO diplomiga ega bo‘ladilar. Ma’lumki, O‘zbekistonda mashinasozlik va boshqa sanoat turlari rivojlanib borayotganligi sababli Mashinasozlik texnologiyasi, Arxitektura, Axborot texnologiyalari va sanoatda dasturlash (Kompyuter muhandisligi) sohalaridagi mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasidagi ko‘plab korxona va tashkilotlarda talab yuqori bo‘ladi.

TTPUTTPU oliy ta’lim tizimida boshqa nodavlat oliy o‘quv yurtlari bilan bir qatorda oliy ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatish uchun lozim bo‘lgan Litsenziyaga ega bo‘ldi. Tegishli davlat organi tomonidan berilgan mazkur xujjat, Universitetga mashinasozlik sanoati, avtomobilsozlik, axborot texnologiyalari, qurilish va arxitektura sohalarida mutaxassislar tayyorlash huquqini yana bir karra berdi.

TTPUTTPU oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashda ISO 9001 sifat sertifikatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi eng birinchi universitetlardan biriga aylandi. TTPU Shuningdek, bitiruvchilarga ta’lim berish bilan birga bilim va texnologiyalarni tijoratlashtirish orqali universitet 3:0 maqomini olgan universitetga aylandi. Kelajakda iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlarini birlashtirgan oliy ta’lim modelini shakllantirish maqsadida universitet 4:0 maqomini olishga qadam qo‘ymoqda.

 

 

10 358