Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti xodimlarini moddiy rag’batlantirish.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti xodimlarini moddiy rag’batlantirish tizimi (keyingi o’rinlarda Tizim deb ataladi) amaldagi qonunchilik, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo’lib, u ijtimoiy ta’minotni kuchaytirish, mehnatni rag’batlantirishni yaxshilash va mehnat unumdorligini oshirish, tashabbuskorlik va xodimlarning individual kasbiy ko’rsatkichlarini, shuningdek, Universitetga yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish va saqlab qolish maqsadid ishlab chiqilgan.

Rejalashtirilgan ko’rsatkichlarga erishish uchun beriladigan mukofotlar.

Bonus tizimi belgilangan maqsadlarga erishish va umuman vazifalarni bajarish uchun beriladigan individual mukofotdir.  Tizim rejalashtirilgan ko’rsatkichlarga erishilgan muvoffaqiyat uchun quyidagi:

– mehnat intizomi;

– mehnat sifati, funktsional javobgarliklar (ishni o’z vaqtida, to’liq bajarish);

– belgilangan vazifalarni bajarishda yangi usullardan foydalanishva tashabbuskorlik uchun pul mukofotlarini belgilaydi.

Bir martalik bonus

Xalqaro tashkilotlarning loyihalari va dasturlari doirasida universitetga moliyaviy mablag’larni jalb qilish uchun universitet xodimlariga universitet rahbariyatining qarori bilan belgilangan miqdordagi shaxsiy sovrinlar taqdim etiladi. O’zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 131-moddasida ko’rsatilgan bayramlar: 8 mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuni; 21 mart – Navro’z bayrami;  9 may – Xotira va qadrlash kuni; Ruza Hayit va Qurbon Hayit; 1 sentyabr – O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni; 1 oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni; 8 dekabr – Konstitutsiya kuni; – 1 yanvar – Yangi yil.

Ijtimoiy kafolatlar va kompensatsiyalar

Universitetning iqtisodiy salohiyatini hisobga olgan holda ishchilarni ijtimoiy himoya qilish uchun xodimlarni quyidagi ijtimoiy qo’llab-quvvatlash turlari qo’llaniladi:

Yubiley va muhim sanalar munosabati bilan haq to’lash:

  1. a) xodim 50, 55, 60 va 70 yoshga to’lganida; b) munosib dam olishga (nafaqaga) ketayotganda

Moddiy yordamni to’lash:

  1. a) uzoq muddat mehnatga layoqatsizlik tufayli (kamida 1,5 oy) va noqulay klinik prognoz bilan; b) xodim vafot etgan taqdirda dafn etish uchun; c) xodim turmush qurganda; d) Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarni taqdirlash uchun; e) tabiiy ofat qurbonlariga zarar miqdoriga qarab belgilangan miqdorda, mavjud mablag’lar doirasida mddiy yordam beriladi.

Universitet quyidagi hollarda bir martalik to’lovlarni to’laydi:

  1. a) mehnat majburiyatlarini bajarish vaqtida xodimning sog’lig’iga zarar etsa;
  2. b) mehnat vazifalarini bajarish bilan vaziyatda xodim vafot etsa;

Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog’liq qo’shimcha xarajatlar uchun kompensatsiya to’laydi:

  1. a) xizmat safarlaridagi xarajatlarni qoplash; b) doimiy yashash joyidan tashqarida yashash bilan bog’liq, oilada og’ir moliyaviy ahvol yuzaga kelgan taqdirda, oila a’zolarining uzoq muddatli kasalligi (1,5 oydan ortiq), bir martalik moddiy yordam quyidagi miqdorda to’lanadi: Universitetda 3 yildan ortiq ish staji bo’lgan xodimlar uchun bitta rasmiy ish haqi; – 3 yilgacha bo’lgan ish stajiga ega bo’lgan xodimlar uchun ish haqining 80%; – 1 yilgacha ish stajiga ega xodimlarga rasmiy ish haqining 60%i miqdorida beriladi.

Universitetning qulay moliyaviy ahvolini hisobga olgan holda, xodimlarga pul kompensatsiyasi to’lovlari quyidagicha belgilanadi:

  1. a) oylik oziq-ovqat uchun; b) kuz-qish davri uchun sotib olingan kartoshka va sabzavotlarning narxi; c) oy mobaynida xodim ish joyiga jamoat transportida qatnashi uchun yo’l chiptasininng 100 baravar miqdorida. Murakkab operatsiyalar va kasalliklarni statsionar davolanishga muhtoj xodimlarga kerakli hujjatlarni taqdim etgandan so’ng to’liq yoki qisman, davolanish xarajatlarining kamida 50% ini to’lashni ta’minlaydi.

Kerakli hujjatlarni taqdim etilganda ko’p bolali va kam ta’minlangan oilalar uchun darsliklar, o’quv qurollari va maktab kiyimlarini sotib olish uchun moddiy yordam ko’rsatishga mablag ‘ajratiladi. Universitet xodimlarining farzandlarini sog’lig’ini yaxshilash maqsadida bolalar sog’lomlashtirish oromgohlarida dam olishlari uchun mablag ‘ajratiladi. Universitet xodimlarining (1 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan) farzandlari qishki ta’tilda yangi yil bayrami uchun chiptalar va sovg’alar bilan ta’minlash uchun mablag ‘ajratiladi.

Universitet tomonidan keltirilgan ro’yxatdagi imtiyozlar va kompensatsiyalardan tashqari, Kasaba uyushmalari qo’mitasi universitet xodimlari va ularning farzandlari o’rtasida dam olish ishlarini tashkil etadi, sanatoriy-kurortda davolanish va O’zbekiston kasaba uyushmalarining sog’lomlashtirish maskanlarida jismoniy tarbiya va dam olishni tashkillashtirish uchun imtiyozli chiptalarni taqdim etadi (umumiy xarajatlarning kamida 45% miqdori universitet tomonidan qoplanadi). Universitet shuningdek, universitetda kamida 3 yil ishlagan xodimlarga yillik ish haqidan oshmaydigan miqdorda foizsiz kreditham  beradi.