Toshkent shaxridagi Turin Politexnika universiteti va «O’ZAGROTEXSANOATXOLDING» aksiyadorlik jamiyati o‘zaro hamkorlik ishlari olib borishmoqda.

Toshkent shaxridagi Turin Politexnika universiteti va «O’ZAGROTEXSANOATXOLDING» aksiyadorlik jamiyati o‘zaro hamkorlik ishlari olib borishmoqda.

Toshkent shaxridagi Turin Politexnika universiteti (TTPU) ning «O’ZAGROTEXSANOATXOLDING» aksiyadorlik jamiyati «Toshkent qishloq xo‘jalik texnikasi» zavodining “Qishloq xo‘jalik texnikalari konstruktorlik-texnologik markazi” hududida «Mashinasozlik texnologiyasi va aviakosmik injiniring» kafedrasining filiali tashkil qilindi.

Ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borish uchun 1 ta o‘quv xonasi ajratilib, stol-stul, doska, videoproektor, ko‘rgazma materiallar bilan jihozlab berildi. Soha bo‘yicha 80 dan ortiq zamonaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar ro‘yxati shakllantirildi, sotib olish uchun buyurtmalar berildi.

TTPUning Mashinasozlik texnologiyasi ta’lim yo‘nalishining 4-kursdagi talabalari (jami 40 nafar) uchun 2019-2020 o‘quv yilidagi «Testing of agricultural techniques and technologies» (Qishloq xo’jalik texnika va texnologiyalarini sinash) fani bo‘yicha o‘quv jarayoni grafigi tasdiqlanib, darslar TTPUda italiyalik professor-o‘qituvchilarning dars o‘tish grafigidan kelib chiqqan holda, noyabr-dekabr oylarida darslar «Mashinasozlik texnologiyasi va aviakosmik injiniring» kafedrasining filialida o‘tildi.

Filialda laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni olib borish uchun TTPUning 2 ta professor-o‘qituvchilari va «Toshkent qishloq xo‘jalik texnikasi» zavodining 2 ta yetakchi xodimlari o‘rindoshlik va soatbay asosida jalb etildi.

TTPU ning «Mashinasozlik texnologiyasi va aviakosmik injiniring» kafedrasi, «Turin invest engineering» MChJ  «O’ZAGROTEXSANOATXOLDING» aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda 2019-2020  yillarda amaliy va innovasion loyihalar bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni birgalikda olib borish uchun muammoli mavzular ruyxati va loyihalar reestri shakllantirilmoqda.

TTPUning 2 ta ilmiy xodimi (PhD) va 2 ta doktoranti dissertasiya ishlari hamda 4-kurs talabalaridan 10 nafari «O’ZAGROTEXSANOATXOLDING» aksiyadorlik jamiyatining muammoli mavzulari bo‘yicha bitiruv malakaviy ishlarini bajarishlari belgilanib olinmoqda, ilmiy rahbarlik qilish uchun korxonaning 5 nafar malakali xodimlari jalb qilinmoqda.

“Toshkent qishloq xo‘jalik texnikasi zavodi”ning “Qishloq xo‘jalik texnikalari konstruktorlik-texnologik markazi” hududida tashkil qilingan «Mashinasozlik texnologiyasi va avivkosmik injiniring» kafedrasining filialida talabalar uchun ma’ruza, amaliyot darslari va yozgi amaliyot davri uchun universitet va korxona tomonidan traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalari maketlari, paxta terish mashinasi detallaridan iborat bo‘lgan ko‘rgazmali qurollar bilan jihozlandi.

«O’ZAGROTEXSANOATXOLDING» aksiyadorlik jamiyatida faoliyat olib borish uchun TTTUning 6 nafar professor-o‘qituvchilari suhbatda qatnashdi va Mirzaliev Sanjar – “Innovasiyalar va investisiyaviy loyihalar va lokalizasiya” bo‘limi boshliq o‘rinbosari, Tadjiev Zafar – yetakchi injener, Xakimjanov Ruslan – “Ishlab chiqarishni rejalashtirish” bo‘limi yetakchi mutaxassisi kabi lavozimlariga ishga qabul qilindi.

 

image_pdfimage_print