1

TTPU bitiruvchilari ixtirolari xalqaro e’tirof etilgan patentlarga ega bo‘lmoqda

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti xalqaro e’tirof etilgan patentlarga ega ixtirochilar yetishtiradigan ziyo maskani ekanidan xabardormisiz?
Unday bo‘lsa, tanishing! Universitetimizda muqaddam kompyuter muhandisligi yo‘nalishida tahsil oladigan talabalarga mutaxassislik fanlaridan ustozlik qilgan, hozirda esa Italiyadagi Turin politexnika universiteti (Politecnico di Torino) Amaliy Fanlar (DISAT) kafedrasida Professor Daniella Tordella ilmiy rahbarligida “Radiozond klaster tarmog’i: atmosfera bulutlari ichidagi Lagranj tebranishlarini kuzatish” yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan bitiruvchimiz – Shahbozbek Abdunabiev.
Shahbozbek Abdunabiev – Professor Daniela Tordella boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan va patentlangan so‘nggi avlod radiozondlar klaster tizimining ixtirochilaridan biri hisoblanadi. Hozirda mazkur innovatsion yechim xalqaro maydondagi Buyuk Britaniya kabi boshqa mamlakatlarga ham tatbiq qilish jarayonida. Tizimning amaldagi qurilmalarga nisbatan afzalligi va ishlash prinsipi ushbu ilmiy maqolada yoritilgan.
Ushbu innovatsion radiozond klaster tizimidan foydalangan holda Italiyaning Udine shahridagi xalqaro Mexanika Fanlari Markazi (CISM)da tashkil qilingan “Bulutlar mikrofizikasi” kursi davomida Udine shahri atmosferasining pastki chegara qatlamida bulutlar oqimining dinamikasi, termodinamik parametrlar va magnit maydon o‘zgaruvchanligini o‘rganish bo‘yicha Shahbozbek Abdunabiev ishtirokida ilmiy tajriba amalga oshirildi.
Bulutlar bo’yicha ilmiy tadqiqotlar 1800-yillarda boshlangan va ular bugungi kunda xalqaro ilmiy hamjamiyatning alohida e’tibori markazida. So’nggi yillarda, bulutlar – atmosferamizning pastki qatlamlarida ham sodir bo’ladigan iqlim o’zgarishlarining asosiy sababchilaridan bo’lishi mumkin.

ixtirochi olim bo‘lishni hohlaysizmi?
Unda Sizga bu orzuingizga erishishingizda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti yordam beradi. Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetini tanlang.




TTPU arxitektura yo‘nalishi talabalari Germaniyaning Quedlinburg shahrida tahsil olishmoqda

Qurilish va arxitektura kafedrasining “Madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilish” yo’nalishi magistrantlari hozirda Germaniyada Deutsches Fachverkzentrum Quedlinburg da yog’och konstruktsiyali binolarni tiklash ishlarini o‘rganmoqdalar.

Ularning yozgi mashg‘ulotlari (mos ravishda 15 va 30 iyun kunlari boshlangan va tugaydi) prof. Nilufar Tuxboeva (Qurilish va arxitektura kafedrasi, TTPU) va prof. Klaudiya Xennrix (Deutsches Fachverkzentrum Quedlinburg e.V) boshchiligida amalga oshirilmoqda.




TTPUda “Sanoat korxonalarining raqamli transformatsiyasi” forumi o‘tkazildi

        Joriy yilning 26-27-may kunlari Rossiya Federatsiyasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi rasmiy tashrifi doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo’yicha turli sohalarda xususan, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, ilg‘or Rossiya tajribasi asosida ilmiy va innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish hamda texnologiyalarni transfer qilish bo‘yicha bir qator hujjatlar imzolanib, mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

  Shu bilan birgalikda joriy yil 20-iyun sanasida Davlat rahbari boshchiligida  “Muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish” masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, xususan “tarmoq-korxona-oliygoh” tizimini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida hamda ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlar ehtiyojlaridan kelib chiqib, 27-iyun kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Rossiyaning sanoat sohasidagi yirik “Robototexnika va aqlli boshqaruv tizimlari” konsorsiumi ishtirokida “Sanoat korxonalarining raqamli transformatsiyasi” nomli forum tashkil etildi.

Forumda Rossiyaning 10 ga yaqin yirik korxonalari o‘zlarining ta’lim tizimi va sanoat korxonalari uchun quyidagi yo‘nalishdagi taqdimotlari bilan qatnashdilar:

  • VR konstruktorlari, raqamli egizaklar.
  • Sanoat, komponentlar va dasturiy ta’minot uchun odatiy robot tizimlari. Yechimlarni qo’llash sohasi payvandlash, palletlash, qismlarni mashinalarga yuklash, qismlarni qayta ishlash, bo’yash, qadoqlash, o’qitish ishlab chiqarish jarayonlari.
  •  Qo’shimcha texnologiyalar:

Quyma temir, po’lat yoki rangli qotishmalar bilan to’ldirish uchun qoliplarni to’g’ridan-to’g’ri bosib chiqarish uchun Binder Jetting texnologiyasidan foydalangan holda sanoat 3D qurilmalarining modellari taqdim etildi.

Onlayn va offlayn shaklda bo‘lib o‘tgan tadbir O’zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi, “Sharq Ayoli” xalqaro xotin-qizlar jamoat fondi, “UzautoMotors” AK, “uz-Koram Kompani” MCHJ, “Uzeltexsanoat”, “AVTOTOOYNA” MCHJ va boshqa yirik sanoat-ishlab chiqarish korxonalari vakillari, bir qator ilmiy-tadqiqot institutlari, masalan, Mineral resurslar instituti, Neft va gaz konlari geologiyasi va razvedkasi instituti, mamlakatimizning yetakchi texnik oliy o’quv yurtlari, texnoparklari ishtirok etdi. Ushbu tashkilotlar ilg’or xorijiy tajribani o‘rganish va kelgusida o‘z faoliyatlarida qo‘llash masalalarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldilar.




TTPUda ICEP- ITA 2024 xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun 24 iyun kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Elektrofizika va axborot texnologiyalari ilovalari 2024 – (International Conference on Electrophysics and Information Technology Applications 2024) bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Gibrid formatda (offlayn va onlayn) tashkil etilgan konferensiyada elektrofizika va uni amaliyotda qo‘llash va axborot texnologiyalari ilovalar, quvvat aktivlarini boshqarish, quvvat IoT va sensorlar va aqlli elektr inshooti kabi mavzularga oid 100 dan ortiq ilmiy maqolalar va tadqiqotlar muhokama qilindi.

Konferensiya Koreya Elektrotexnika muhandislar instituti (Korean Institute of Electrical Engineers) tomonidan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, asosiy maqsad – sohaga oid ilg‘or gʻoyalar, innovatsion texnologiyalar, dolzarb muammo va kelajak istiqbollari bo‘yicha tajriba almashish, ilm-fan va sanoat oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash va mutaxassislarni ushbu sohalarda jalb qilish sanaladi.

Konferensiyani TTPU rektori Olimjon To‘ychiyev hamda KIEE (Konferensiya Koreya Elektrotexnika muhandislar institute) professori Yong-Sang Kim kirish so‘zi bilan ochib berib, mazkur tadbir ishiga omad va muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, Politecnico di Torino (Italiya) professori Guido Marchetto va O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi Tulayganov Dilshat Ubaydullaevich ham so‘zga chiqib mazkur konferensiyaning hozirgi kundagi dolzarb mavzularga qaratilganligini e’tirof etdilar.

Bu yil konferensiyada elektrofizika va axborot texnologiya ilovalar, quvvat IoT va sensorlar, aqlli elektr inshooti kabi asosiy yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi.

Kunning ikkinchi yarmida konferensiya o‘z ishini sho‘balarda davom etib, ishtirokchilarning ilmiy ishlari bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi. Eslatib o‘tamiz, ertaga 25 iyun kuni konferensiya o‘z ishini sho‘balarda davom ettiradi.




Sharipov Alisher Kalbayevich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiya ishi himoyasi to‘g‘risida

Sharipov Alisher Kalbayevichning 05.08.06 – “G’ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Vodorod-benzin yonilg’isida ishlaydigan avtomobillar motor moyining chegaraviy ish muddatini asoslash” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya ishi himoyasi Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti xuzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengashning 2024 yil 5 iyul kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik xalqa yuli 17. Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti.

Tel.: (99871) 246-80-51;

e-mail: info@polito.uz;




TTPU va Xitoy-ShHT iqtisodiyot va savdo instituti o’rtasida hamkorlik yo’lga qo’yildi

Joriy yilning 15-iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining “Xitoy-ShHT iqtisodiyot va savdo instituti” (China-Sco Institute of Economy and Trade) Zheng Shi rektori boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida TTPU rektori O. Toʻychiyev tomonidan delegatsiya aʼzolariga universitet boʻylab tur uyushtirib, universitetning oʻquv va ilmiy faoliyat bilan yaqindan tanishtirildi.

Mazkur tashrif doirasida o‘tkazilgan uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, xususan, talabalar almashinuvi, mutaxassislar malakasini oshirish, talabalar uchun xitoy tili kurslarini tashkil qilish kabi turli masalalar muhokama etildi. Shuningdek, ikki rahbar oʻrtasida “Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti” hududida “Xitoy-ShHT iqtisodiyot va savdo instituti” hamkorlik markazi ochilishi yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv soʻngida TTPU va CSCOIET bilan anglashuv memorandumi imzolandi. CSCOIET rahbari Zheng Shi TTPU rahbarini Xitoy-ShHT iqtisodiyot va savdo institutining faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida institutga taklif qildi.




TTPU va “ONESEC” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

Joriy yilning 13-iyun kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti moliyaviy-iqtisodiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori  Jaloliddin Yusupov va “ONESEC” kompaniyasi direktori Dmitriy Paleev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumida tomonlar TTPU talabalarini amaliyotga jalb etish, yoshlar o‘rtasida hamkorlikda ommaviy tadbirlar, tanlovlar, ilmiy-texnika oromgohlari, xakaton va festivallarni o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. O’zbekistonda STEM ta’limi rivojlantirish doirasida, TTPU talabalari va bitiruvchilarining amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, shuningdek, mahorat darslari va mehmon ma’ruzalarini o‘tkazish bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib olindi.  Bu esa yoshlarning axborot xavfsizligi sohasiga qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.




Toshkent shahridagi Turin poltexnika universiteti bitiruvchilarining amaliyot yakuni bo’yicha Maxsus komissiya imtihonlari o‘tkazildi

Ma’lumki, bugungi kunda oliy ta’lim tizimida kadrlar sifatini oshirish uchun talabalarning o‘quv jarayonida nazariy tomondan olgan bilimlarini yanada mustahkamlash, uni amaliyotda qo‘llash hamda ularni muhandislik sohasida ishlab chiqarishga tayyor malakali yetuk mutaxassis kadr qilib yuborish ta’limning asosiy qismiga aylangan.

Joriy yilning 11-13 iyun kunlari Toshkent shahridagi Turin poltexnika universiteti bitiruvchilarining amaliyot yakuni bo’yicha Maxsus komissiya imtihonlari o‘tkazildi.

Unda universitet kafedra professor-oʻqituvchilari, shuningdek Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi, Huawei kompaniyasi, Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot institutidan bir qator mutaxassis xodimlar ekspert sifatida ishtirok etdilar.

Mazkur imtihon davomida talaba amaliyot davrida erishgan bilim, ko‘nikma va malakalari hamda loyihalari aks etgan taqdimotini komissiya a’zolari oldida himoya qildi.

Maʼlumot uchun: aprel oyining ikkinchi haftasidan boshlab 500 taga yaqin bitiruvchi talabalar oʻquv rejasiga muvofiq 4-5 haftalik taʼlim yoʻnalishlari (mutaхassisliklar) boʻyicha shartnomalar asosida yurtimizning yetakchi ishlab chiqarish korxona va tashkilotlariga yuborildi. Ishlab chiqarish amaliyotini muvaffaqiyatli oʻtagan talabalar oʻqishni tugatgandan soʻng ushbu tashkilotlarda yoki ularning mintaqaviy boʻlinmalarida ishlash takliflarini olishga ham erishdilar.




BANK REKVIZITLARI O’ZGARTIRILDI

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti bank rekvizitlari o’zgarganini ma’lum qilamiz.

Yangi bank rekvizitlari:

Bank: AJ “InFinBank” Amaliyot boshqarmasi

Bank manzili: Toshkent sh., Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘cha, 18-b uy

H/r (so‘m): 20208000504790690001

MFO: 01041

INN: 301 249 598




Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Ota-onalar forumi” bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 1-iyun kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 1, 2 va 3-bosqich talabalarining ota-onalari ishtirokida o‘quv yili yakunlari bo‘yicha “Ota-onalar forumi” bo‘lib o‘tdi.

Forum doirasida ota-onalarga universitet bo‘ylab ekskursiya uyushtirilib, talabalarning bilim olishlari, sport bilan shug‘ullanishlari hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi. Ma’ruzalar zalida bo‘lib o‘tgan tadbirni universitet rektori Olimjon To‘ychiyev kirish so‘zi bilan ochib berib, bugun universitetda talabalar uchun zarur barcha sharoitlar yaratilganligi va bu sharoitlar, qulayliklardan oqilona foydalanish hamda muhim jihat-ota-onalar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash dolzarbligi haqida so’z yuritdi.

Ota-onalar bilan dildan suhbat davomida ularni qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javob berildi.




Avtomobilsozlikda 3D modellashtirish bo’yicha “FUTURE YOUNG ENGINEERS 2024” nomli olimpiada o‘tkazildi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Mashinasozlik texnologiyasi va aviakosmik muhandisligi” kafedrasi tomonidan Avtomobilsozlikda 3D modellashtirish bo’yicha “FUTURE YOUNG ENGINEERS 2024” nomli olimpiada o‘tkazildi.

Mashinasozlik texnologiyasi, arxitektura va qurilish yo’nalishlari hamda O‘zbekistondagi turli oliygoh talabalaridan iborat 30 ta ishtirokchilar ushbu olimpiadada ishtirok etishdi. Unda SolidWorks hamda NX Simens dasturlarida musobaqalashdilar.




TTPUda badminton bo‘yicha o‘rtoqlik turniri bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining beshta muhim tashabbuslarini birgalikda amalga oshirish, shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari o‘rtasidagi hamkorlik Memorandumida belgilangan tadbirlarni tashkil etish maqsadida joriy yilning 22 may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida badminton bo‘yicha do‘stlik turniri bo‘lib o‘tdi.

Turnirni Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev tadbirni kirish so‘zi bilan ochib, barcha ishtirokchilarga omad, yorqin g‘alabalar va ajoyib kayfiyat tiladi. Turnirni O‘zbekiston badminton Federatsiyasi murabbiy-menejeri Barno Badalova hakamlik qilib, badminton o‘ynash qoidalari haqida gapirdi.

Turnir do‘stona va qiziqarli muhitda o‘tdi, musobaqalar davomida yoshlar badminton o‘ynash tajribasi va amaliyoti bilan o‘rtoqlashdilar. Barcha jamoalar munosib o‘ynab, yaxshi muvofiqlashtirilgan o‘yinni namoyish etishdi.

Turnir yakunlari bo‘yicha:
1-o‘rinni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti jamoasi
2-o‘rin Toshkentdagi Turin politexnika universiteti jamoasi
3-o‘rin D. I. Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali egalladi.

Sovrinli o‘rinlarni egallagan jamoalar diplom va medallar bilan taqdirlandi, qolgan ishtirokchilar esa sertifikatlar oldi.

Toshkentdagi Turin politexnika universiteti talabalarini turnirda 2-o‘rinni egallaganlarni tabriklaymiz va turnirning barcha ishtirokchilariga faol ishtiroki va chiroyli o‘yinlari uchun minnatdorchilik bildiramiz!




TTPU talabalari harbiy-vatanparvarlik sport bellashuvlarida ishtirok etdi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining beshta muhim tashabbusini amalga oshirish boʼyicha imzolangan memorandum doirasida tashkil etilgan harbiy-vatanparvarlik o‘yinlarida, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida faoliyat olib borayotgan 9 ta xorijiy universitetlar filiallari talabalaridan tuzilgan jamoalar o‘zaro bellashdilar. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalaridan iborat jamoa ham o‘z iqtidorlarini namoyish qilgan holda ushbu harbiy-vatanparvarlik o‘yinlarida faol qatnashdilar.

Mudofaa vazirligiga qarashli Olmaliq shahridagi dala o‘quv maydonida vatanparvar, jismonan chiniqqan va epchil bir guruh faol talaba yoshlar – turnikda tortinish, to‘siqlarni yengib o‘tish, jangovor qurolni qismlarga ajratish va yig‘ish nishonga o‘q otish shartlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.

Harbiy qism ofitserlaridan iborat hakamlar hay’ati jamoalarni adolatli va shaffof baholab borish bilan bir qatorda ishtirokchilar bilan o‘z bilim va ko‘nikmalarini o‘rtoqlashdi. Murosasiz va shiddatli kechgan bellashuvlar yakunida eng kuchlilar aniqlanib, qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.




Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiyaning Koreya Respublikasiga tashrifi natijalari

Joriy yilning 6-9 may kunlari, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasiga xizmat safarini amalga oshirdi.

Xizmat safarining ilk kunida Seoul Digital Foundation prezidenti Yosik Kang bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda raqamlashtirish sohasida sun‘iy intellektni joriy qilishda ilmiy tadqiqot olib borish, talaba yoshlarning mazkur sohaga oid startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda AKT sohasida aholini bilim va ko‘nikmalarini oshirish borasida hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi.

Natijada, joriy yilning 10-12-oktabr kunlari aqlli shahar, sun’iy intellekt va robototexnika sohasida faoliyat olib boruvchi dunyoning 230 dan ortiq tashkilotlari tomonidan 20 mingga yaqin mutaxassislar, olimlar hamda talabalar ishtirok etishi rejalashtirilgan Seoul Digital Foundation tomonidan tashkil etiladigan Seoul Smart Life Week tadbirida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari o‘z ishlanmalari bilan ishtirok etishlari bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, Koreya Dasturiy Sanoat Assotsiatsiyasi (Korea Software Industry Association) raisi oʻrinbosari Kim Don Chol bilan muzokaralar oʻtkazildi. Uchrashuvda IT korxonalar talablaridan kelib chiqib TTPUning IT yoʻnalishidagi o‘quv dasturlarini takomillashtirish va TTPU talabalari o‘qishni bitirishiga qadar Assotsiatsiyaning “Xalqaro IT Sertifikat”ni olish masalalari muhokama etildi.

Xizmat safarining ikkinchi kunida delegatsiya a’zolari “Korea Dron Sanoati Assotsiatsiyasi” raisi Chon Min Pak, “Skyports” korxonasi bosh direktori Hyuk Pak, “Jin-Air korxonasi” rahbari Sun Jin Kin hamda “Accesswe UAV system korxonasi” ijro etuvchi direktori Jun Bom Lee bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv doirasida bugungi kunda Oʻzbekistonda dronlarga boʻlgan katta ehtiyoj yoʻnalishlari, ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini transfer qilish va dasturiy taʼminot ishlab chiqish masalalari muhokama etildi. Uchrashuv yakunida, “Korea Dron Sanoati Assotsiatsiyasi”, “Skyports”, “Jin-Air”, “Accesswe UAV system” korxonalari hamda TTPU oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shuningdek delegatsiya a’zolariBizData korxonasining ijro etuvchi direktori Teyjin Kim bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda katta hajmdagi maʼlumotlar (BigData) orqali avtomobilsozlik, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi hamda tabiiy resurslarni tejash boʻyicha innovatsion loyihalarni amalga oshirish va TTPU talabalarining yozgi amaliyotini oʻtash masalalari muhokama etildi.

Natijada BizData va TTPU oʻrtasida ishlab chiqarish korxonalari uchun suvni qayta ishlash texnologiyalarini transfer qilish va AI boʻyicha muhandislarni tayyorlash hamda talabalar yozgi amaliyotini o‘tash boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Kunning ikkinchi yarmida Koreya Xalqaro Sanoat Hamkorlik Instituti direktori Chon Ok Re bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv doirasida bugungi kunda sanoat korxonalarning kadrlarga boʻlgan talabi boʻyicha oʼquv dasturlarini ishlab chiqish va ishga tushirish, IT sohasida kadrlarni tayyorlash borasida Janubiy Koreya ilg‘or tajribasini joriy etish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qo‘yish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv natijasiga ko‘ra, Koreya Xalqaro Sanoat Hamkorlik instituti bilan TTPU keyingi oʻquv yilidan boshlab dasturlash, sunʼiy intellekt, IT muhandisligi, mobil ilovalarni dasturlash hamda mediadizayn yoʻnalishlari boʻyicha birgalikda taʼlim dasturlarini amalga oshirish boʻyicha kelishuv imzolandi.

Xizmat safarining uchinchi kunida Yeungnam universiteti Prezidenti Choi Oe-chool bilan Janubiy Koreya tajribasi asosida TTPUda IT muhandisligi yoʻnalishlarida kadrlarni tayyorlashda 2+2 modeli asosida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, professor o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Natijada bakalavr talabalari uchun ikki yil TTPUda keyingi ikki yilni Yeungnam universitetida davom ettirish imkoniyatini yaratish orqali qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil qilish, IT muhandisligi sohasida sanoat korxonalarining aniq ehtiyojlaridan kelib chiqib malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni Janubiy Koreyaning yirik IT korxonalarida amaliyotini taʼminlash, ikkala universitetlarning oʻzaro almashinuvini tashkil qilish boʻyicha kelishuv imzolandi.

Xizmat safarining toʻrtinchi kunida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Janubiy Koreyaning avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan Ajin Industrial Co. kompaniyasiga tashrif buyurildi va kompaniyaning faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Kompaniyaning ijro etuvchi direktori Sea Junho bilan TTPU talabalarini amaliyot o‘tashlari va qo‘shma taʼlim dasturlari bitiruvchilarini mazkur korxonada ishlash istiqbollari muhokama etildi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari Kyonbuk texnoparki huzurida tashkil etilgan Elektromobil Akkumulyatorlarini Qayta Ishlash R&D Markazi va Kelajak Avtomobillar Markazi faoliyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Muzokaralar natijasida TTPUda Elektromobil Akkumulyatorlarini Qayta Ishlash R&D Markazini Kyonbuk Texnoparki bilan hamkorlikda Koreya grant mablagʻlari asosida tashkil etish va ushbu yoʻnalishda TTPU izlanuvchilarini Koreya Respublikasiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborishga kelishib olindi.

Shu bilan TTPU rektori Olimjon Toʻychiyev boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasiga xizmat safarini yakunlab 10-may Toshkent shahriga yetib keldi




Tarmoq yosh ishchi-xodimlari uchun “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Joriy yilning 7 may sanasida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari kasaba uyushmasi Toshkent hududiy bo‘linma Kengashi tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan tarmoq yosh ishchi-xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Bilimdonlar baxsida “O‘zkabel”, “O‘zavtolizing”, “O‘zavtoInzi”, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, “O‘zmetkombinat” va Turin akademik litseyi jamoalari ishtirok etdi.

Mantiqiy va qiziqarli savollardan iborat bo‘lib o‘tgan ushbu o‘yinda jamoalar o‘zlarining intellektual salohiyatlarini namoyish etishdi. O‘yin yakunida 10-savoldan to‘plangan eng yuqori ballar natijasiga ko‘ra, Toshkent viloyatidan “O‘zmetkombinat” zakovatchilari 1-o‘rinni va Toshkent shahridan Turin Politexnika Universiteti zakovatchilari 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, Respublika final o‘yinida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Tadbir so‘ngida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarga Toshkent xududiy kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.




“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv

Joriy yilning 1 may sanasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida “Shuxrat” medali hamda “Do‘stlik” ordeni sohibi taniqli shoir Аbdumajid Аzim bilan maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda talabalar, ustozlar va universitet huzuridagi akademik litsey o‘quvchi-yoshlari bilan suhbat davomida shoir Аbdumajid Аzim bugungi kunimizni axborot asrining ilg‘or texnologiyalarisiz tasavvur qilolmasak-da, talaba, o‘quvchilar orasida kitobga oshno bo‘lgan yoshlarning borligi quvonarli holdir deb qayd etdilar.

Kitob–buyuk mojiza, ziyo chashmasi. Unga hamroh bolgan inson faqat va faqat odamiylik saboqlarini o‘rganadi. To‘g‘ri, bugun zamon shiddat bilan ilgarilab bormoqda, kompyuter texnologiyalari, internet, axborot kommunikatsiya vositalari hayotimizga jadal kirib bormoqda. Аmmo, har qanday vosita ham kitob o‘rnini bosa olmaydi deb taʼkidladilar. Shuningdek, tadbir tinglovchilariga shoir Аbdumajid Аzim yurtimizda kitobxonlikka berilayotgan eʼtibor, kitobning inson hayotidagi ahamiyati haqida maʼlumotlar berib o‘tdilar.

Suhbat davomida mehmonimiz adabiyot olamining rivojlanishiga ulkan xissa qo‘shgan buyuk siymolarimiz bo‘lmish Аlisher Navoiy, Zahiriddin Muxammad Boburlarlarning hayoti va falsafiy ijodlari misolida so‘z yuritib, asarlarning maʼno-mazmuni shu bilan birga qanday ezgu g‘oyalar mujassamligi, insonning kamol topishi to‘g‘risida qimmatli maslahatlar olishimiz mumkinligi to‘g‘risida so‘z yuritdilar.

Mehmonimiz yoshlarimizni adabiyot olamiga olib kirar ekan, ular o‘z ijodlaridan ham namunalar taqdim qildilar.

Kecha davomida yoshlar adabiyot haqidagi oʼzlarini qiziqqtirgan savollarga mazmunli javob oldi. Shunday ahamiyatga molik bolgan tadbirlarni ko‘proq tashkillashtirish taklifi berildi.




Malakaviy imtihon topshirish uchun nomzodlar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida 2024-yil 7-May soat 10:00 da 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” mutaxassisligi bo‘yicha doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihon bo‘lib o‘tadi.

Malakaviy imtihon topshirish uchun nomzodlar:

– Asanov Seyran Enverovich

– Yangibayev Avaz Isroilovich




Universitetga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

        Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida, universitetga biriktirilgan Bektemir tumani “Iyk ota” va “Soxil” mahalla yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

        Uchrashuvda universitet rektori Olimjon To‘ychiyev yoshlar bilan tanishib, ularning birinchi navbatda bandligini ta’minlash, hayotda o‘z o‘rnini topishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.

       Uchrashuv so’nggida yoshlarga universitet rahbariyati tomonidan o’quv kurslari uchun 1000 000 so’mlik vaucher hamda esdalik sovg’alari topshirildi. Shuningdek, yoshlarga universitet bo‘ylab sayohat uyushtirilib, talabalar loyihalari bilan tanishtirildi.

       Aytish kerakki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar “Inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangani bilan ahamiyatlidir. Buni bugungi amaliy sayʼ-harakatlar misolida ham koʻrish mumkin.




Universitetda “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bitiruvchilari bandligini taʼminlash hamda ish beruvchilar bilan ochiq muloqot jarayonida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida joriy yilning 26-aprel kuni universitetda  “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” Job-Fair – 2024 boʻlib oʻtdi.

Mazkur yarmarka universitetda an’anaviy tashkil etilib,  bu yilgi tadbirda “UzAuto Motors” AJ “UzAUTO MOTORS POWERTRAIN”, MChJ “OʻzEraeAlternator” QK, BYD, UZTELECOM, IT Bilim, Cyber Science, Tashkent Traktor Zavodi, ADM Global, UZINFOCOM, “Kwangjin autosystem” MCHJ, Huawei, Enter Engineering kabi sanoat ishlab chiqarash, informatsion texnologiyalar va boshqa sohalarning 40 ga yaqin korxonalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ish beruvchi tashkilot vakillari o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari va tashkiloti haqida ko‘rgazmali hamda tarqatma materiallari bilan talabalarni tanishtirdi. Yarmarkada bitiruvchi talabalar o’z sohasining yetakchi kompaniyalar bilan tanishish va u yerdagi ish o’rinlari haqida ma’lumot olish, ishga joylashish va amaliyot  bo’yicha maslahat olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Yarmarka doirasida 20 ga yaqin ish beruvchi korxonalar va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o’rtasida keng qamrovli hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolandi.

Mazkur yarmarkadafi faol ishtiroki uchun barcha qatnashchilarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Umid qilamizki, bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi barcha ishtirokchilar uchun foydali bo’ldi.




TTPUda “Talabalar bahori”

25-aprel sanasida universitetda an’anaviy “Talabalar bahori” festivali bo‘lib o‘tdi.  Ushbu festivalda universitet talaba-yoshlari hamda akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida sportning shaxmat, suzish hamda arm wrestling turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar taqdirlandi. Shuningdek, universitet talaba-qizlari hamda musiqa klubi a’zolari tomonidan raqs va musiqiy chiqishlar taqdim etildi.