1

O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun




TTPU da radioefirga start berildi

2022 yil 21 oktabr kuni o‘zbek tili bayrami munosabati bilan, universitet talabalari tashabbusi bilan TTPUda “Nazm va navo” nomli radio efirinining birinchi soniga start berildi.
Efir davomida o’zbek tilining tarixi, uning rivoji uchun hissa qo’shgan buyuk arboblarimiz Alisher Navoiyning „Muhokamat-ul-lug‘atayn“, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Muhammad Solihning “Shayboniynoma”, Gulxaniyning “Zarbulmasal”, Fazliyning “Majmuatush shuaro” kabi asarlari, shuningdek zamonamiz o’zbek adabiyoti durdonalaridan na’munalar (she’r va g’azallar) talabalar va ustoz-murabbiylar tomonidan ifodali o’qib berildi.Shuningdek, musiqa to’garagi rahbari Mansur Saparbaev tomonidan o’zbek mumtoz kuy-qo’shiqlari va universitetga bag’ishlangan qo’shiqlar ijro etildi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O’zbek tili va umuman olganda til haqida qancha gapirsak ham oz. Haqiqatan, millatning qiyofasi uning til boyligi bilan namoyon bo‘ladi. So’z o’rnida buyuk maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek: «Har bir millatning dunyoda borligʻini koʻrsatadurgʻon oyinai hayoti tili va adabiyotidur. Milliy tilni yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdur» degan so’zlarini ta’kidlash mukin.
Bayramona kayfiyatda o’tgan efir orqali, bugungi kunning mazmun mohiyati, qadr-qimmati to’g’risida ma’lumotlar berilib, talaba-yoshlarda sof ona tilimizga, nazm va navoga qiziqish uyg’otishga erishildi degan umiddamiz.




TTPU “InnoWeek.uz-2022” Innovatsion g’oyalar haftaligida ishtirok etmoqda

Avval xabar berilganidek, 17-21-oktabr kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Innovatsiyalar Milliy ofisi bilan hamkorlikda yilning eng innovatsion tadbiridan biri bo’lgan “InnoWeek.uz-2022” Innovatsion g’oyalar haftaligini o’tkazmoqda.

TTPU

Ko’rgazmaning asosiy maqsadi- mahalliy va xorijiy vakillarning turli biznes yo’nalishlari uchun eng ilg’or innovatsion texnologiyalar, mahsulotlar, loyihalar, prototiplar va modellarni namoyish etish hamda ilgari surish uchun ishonchli platforma yaratish sanaladi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti an’anaviy tarzda ushbu haftalikda faol ishtirok etib kelmoqda. Bu yilgi haftalikda ham universitet mashinanasozlik, axborot texnologiyalari, sog’liqni saqlash, mudofaa sohasiga oid 10 dan ortiq loyahalari bilan qatnashdi. Universitet talaba va muhandislari tomonidan yaratilgan ushbu ishlanmalar, ko’rgazma qatnashchilarida katta qiziqish uyg’otdi.

Eslatib o’tamiz, “InnoWeek.uz-2022” Innovatsion g’oyalar haftaligi davom etmoqda.




BITIRUVCHILAR FORUMI 2022

Joriy yilning 15-oktabrda TTPUda har yili o’tkaziladigan “Bitiruvchilar forumi” boʻlib oʻtdi.

Forum Italiyaning Turin Politexnika Universiteti, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti va Italiyaning O‘zbekiston yoshlari uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Forumning asosiy maqsadi universitet talabalari, bitiruvchilari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida ko‘prik (aloqa) o‘rnatishdan iborat. Forumda bitiruvchilarning erishgan yutuqlari, ular hayotida universitetning o‘rni, maqsadlariga erishish yo‘llari, Italiyadagi hayoti va o‘qishi hamda boshqa ko‘plab mavzular yuzasidan ochiq suhbat o‘tkazildi.

TTPU

TTPU rektori, texnika fanlari doktori J.Sh.Inoyatxo‘jaev tabrik so‘zi bilan tadbirni ochib berdi. Italiyalik professorlar: O’zbek taʼlim loyihasi bo’yicha menejer -Anita Tobacco, Xitoy va Osiyo mamlakatlari bilan xalqaro aloqalar boʻyicha mas’ul – Mishel Bonino, bitiruvchi va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha mas’ul -Karla Fabiana ham mazmunli nutq so‘zladi.

Bitiruvchilarimiz:
• Mirgulom Usmanov “BMB Trade Group” kompaniyasi bosh direktori,
• Toirkho’ja Maxamatov Italiyaning O‘zbekiston yoshlari uyushmasi presidenti, “Juventus Academy” ijrochi direktori
• Firdavs Nematzoda, Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
• Nodirjon Yusufov, Arduino Marketplace mutaxassisi talaba va bitiruvchilar bilan o’zlarining kasbiy va shaxsiy tajribalari bilan bo’lishdi.

Umid qilamizki, ushbu forum talabalarimiz uchun juda foydali bo’ldi, chunki ular bitiruvchilarimizdan aniq va kerakli maslahatlar hamda o’zlarini qiziqtirgan savollarga to’liq javob olish imkoniga ega bo’lishdi.

TTPU



Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “Toshkent-barqaror shahar” nomli seminar bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida “TASHKENT-SUSTAINABLE CITY” (TOSHKENT-BARQAROR SHAHAR”) mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

TTPU

Seminarning maqsadi – kuchli urbanizatsiya jarayoniga qaramay, barqaror shahar qonuniyatlariga rioya qilgan holda rivojlanayotgan Toshkent shahriga mobillik dizayni va yechimlari bo‘yicha Italiya tajribasi bilan tanishish imkoniyatini taqdim etishdan iborat bo‘ldi.

Shuningdek seminarda zamonaviy shahardagi transport va piyodalar logistikasi ham muhokama qilindi. Ma’ruzachilar o‘z bilimlar va tajribalari bilan bo‘lishib, murakkab muammolarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan arxitektura-muhandislik yechimlari, shahar logistikasi va innovatsion texnologiyalarga oid masalalarni muhokama qildilar.

Mazkur tadbirni tabrik nutqi bilan Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi E.P. Agostina Pinna, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori J.Sh.Inoyatxo‘jayev, maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchi prof. Romeo Orlandi ochib berdi.

Seminarda arxitektura va shaharsozlik masalalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan har ikki tomonning vazirliklari, biznes va akademik doiralari ma’ruzachilari nutq so‘zladilar.

Jumladan, texnika fanlari doktori, Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori Erjan Kahya, Massachusets texnologiya instituti professori professor Karlo Ratti (onlayn), Italiyaning Turin politexnika universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori David Kiaramonti va boshqalar o‘zlarining qiziqarli nutqlaribilan ishtirok etishdi. Italiyaning Turin politexnika universitetining professorlari Anita Tobakko, David Kiaramonti hamda Fulvio Rinaudi seminarga moderatorlik qildilar.

Ushbu tadbir Italiyaning Toshkent shaxridagi elchixonasi, Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik Vazirligi ko‘magida o‘tkazilmoqda




Tashkent sustainable city sharing experience between Italy and Uzbekistan




Toshkent Shahridagi Turin Politexnika Universiteti Quyidagi Ixtisoslik Boʻyicha 2023 Yil Uchun Tayanch Doktoranturaga Qabul Eʼlon Qiladi

Shifr: 05.08.06

Ixtisoslik: “Gʻildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish”,

Kvota: 2

Shifr: 05.01.08

Ixtisoslik:  “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish”

Kvota: 1

Shifr: 05.09.01

Ixtisoslik: “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar”

Kvota: 1

DOKTORANTURA

Institut tayanch doktoranturasiga quyidagi talabgorlar qabul qilinadi:

  • – magistr darajasiga, oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) ega boʻlganlar;
  • – falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop yetilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ikkitadan kam boʻlmagan ilmiy ishlar toʻplamlariga kiritilgan maʼruza tezislariga ega boʻlganlar;

Tayanch doktoranturada oʻqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • – ariza;
  • – qisqacha biografik maʼlumotnoma;
  • – mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • – oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
  • – nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ikkitadan kam boʻlmagan ilmiy ishlar toʻplamlariga kiritilgan maʼruza tezislariga ega boʻlish talab etiladi);
  • – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Tayanch doktoranturada oʻqish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (taʼlimning oldingi darajalarida oʻrganilgan xorijiy til) boʻyicha kirish imtihonlarini topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (oʻrtacha balli kamida 5.5), TOEFL (PBT) (567 balldan kam boʻlmagan), TOEFL (IBT) (87 balldan kam boʻlmagan), SEFR (B2 darajadan past boʻlmagan) boʻyicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud boʻlganda chet tilidan topshiriladigan imtihondan ozod etiladi.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka quyidagilar rasmiylashtiriladi:

  • – magistr diplomi yoki oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi (ixtisoslik boʻyicha) diplomga ega boʻlganlar;
  • – falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy natijalar, shu jumladan, ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ikkitadan kam boʻlmagan ilmiy ishlar toʻplamlariga kiritilgan maʼruza tezislariga ega boʻlganlar.
  • – kamida ikki yillik ilmiy-pedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlar (ixtiro uchun patentlar yoki mualliflik guvohnomalari)ga ega boʻlganlar.

Hujjatlar roʻyxatdan oʻtgandan soʻng https://phd.mininnovation.uz/ veb-saytiga yuklanishi kerak. BU ZARUR!

Shuningdek, hujjatlaringizni arxiv sifatida o.karpova@polito.uz manziliga “Bazaviy doktoranturaga qabul” mavzusi bilan joʻnatish lozim.

Hujjatlarni topshirish muddati: 2022-yil 15-oktabrgacha.




TTPUda Yaponiya kompaniyalarida ishlash imkonini beruvchi markaz ochiladi

2022 yilning 26 sentyabr kuni, janob Tetsuro Yamasaka boshchiligidagi Balcon Co Ltd (Yaponiya) delegatsiyasi, hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi.

Kun tartibidagi asosiy masala, TTPU qoshida o‘quv markazni tashkil etish bo‘lib asosiy maqsadi universitet talabalariga yapon tili va madaniyati, hamda ishlab chiqarish ko‘nikmalarini o‘rgatish va kelgusida Yaponiyaning nufuzli kompaniyalarida malaka oshirish, hamda ish faoliyatlarini davom ettirishni ta’minlash sanaladi.

Shu bilan birga, Xirosima universiteti, TTPU va Balcom Co Ltd kompaniyasi o‘rtasidagi uchtomonlama xamkorlik asosida TTPUning iqtidorli talabalarining Xirosima universitetining magistratura bosqichida taxsil olishlari uchun Balcom Co Ltd kompaniyasi grant dasturini joriy qiladi.




Jahon chempioni universitetda o’z o’qishini boshladi

     O‘zbekistonlik shaxmatchi, xalqaro grossmeyster, tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida shaxmat bo‘yicha 44-Olimpiada g‘olibi, “O‘zbekiston iftixori” medali sohibi – Nodirbek Abdusattorov Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining “Biznes boshqaruvi – Menejment” mutaxassisligi bo’yicha o‘qishini boshladi.

     Chempion va uning otasi Fazliddin Ochilovni qutlar ekan, Turin politexnika universiteti rektori J.S. Inoyaxo‘jaev O‘zbekiston terma jamoasini 44-Jahon shaxmat olimpiadasidagi tarixiy g‘alabasi bilan yana bir bor tabriklab, bu g‘alabada Nodirbekning beqiyos hissasi borligini alohida ta’kidladi. Uchrashuvda Nodirbek shaxmat bo‘yicha hozirgi mashg‘ulotlari va kelgusidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi, so‘ng guruhdoshlari bilan yaqindan tanishdi.

Nodirbek va uning otasi universitetda talabalar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarni ta’kidlab, O‘zbekiston va dunyoning turli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish uchun ko‘plab takliflar bo‘lishiga qaramay, Toshkentdagi Turin politexnika universitetini tanladilar.

Butun universitet jamoasi nomidan Nodirbekni erishgan yutuqlari bilan yana bir bor tabriklab, kelgusi turnirlarda katta muvaffaqiyatlar va zafarlar tilab qolamiz.




Tartib intizom- muvaffaqiyat garovidir

Joriy yilning 14 sentyabr kuni yotoqxonadagi talabalar bilan universitet mamuriyati o’rtasida yig’ilish o’tkazildi.

Yig‘ilishda universitet rektori Inoyatxodjayev J., universitet birinchi prorektori Ashurov A., yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Allamova G., xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Nabixanova F., rector maslahatchisi Boymatov N., TTJ kommendanti – Nurahmedov К, profilaktika inspektori – mayor Yusupov O., akademik guruh tyutorlari va universitet yotoqxonasida yashovchi talabalar ishtirok etdi.

Yig’ilishda talabalarga yotoqxona ichki tartib qoidalari to’liq tanishtirildi, hamda ularga qat’iy amal qilish belgilandi. Talaba yotoqxona binosi, mulki va jihozlarini asrab-avaylashi va boshqa umumiy foydalanish joylarini har doim toza va tartibli tutishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazishlari, muntazam sport bilan shug‘ullanishlari uchun universitetda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.




Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talabalar yotoqxonasi ochildi

Bugun Toshkent shaxridagi Turin politexnika universitetida 160 o‘ringa mo‘ljallangan, barcha qulayliklarga ega talabalar yotoqxonasi ochildi!
Yotoqxonada oshxonalar (muzlatgich, mikroto‘lqinli pech, plita), ovqatlanish xonasi, yuvinish xonalari (kir yuvadigan mashina, qutitgich, dazmol taxtasi) mavjud. Talabalar bo‘sh vaqtlarini foydali o‘tkazishlari uchun yotoqxonada kutubxona, hamda Wifi nuqtalari ham mavjud.
Talabalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida yotoqxona xavfsizlik tizimi bilan ham ta’minlangan.
Yotoqxonaning universitet o‘quv binosi yonida joylashganligi esa, talabalar uchun yana bir qulaylik yaratmoqda.




TTPU xodimlari “El-yurt umidi” jamg’armasining stipendiya sovrindorlari bo’ldi.

TTPUning “Qurilish muhandisligi va arxitektura” kafedrasi xodimlari Abdurakhim Nabijonov va Mukhammad-Bobur Zokhidovlar “El-yurt umidi” jamg’armasining stipendiya tanlovida MAGISTRATURA ta’lim dasturi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

“Men o’qituvchilar oilasida tug’ilganman. Ilm-fan va texnika sohasidagi birinchi ustozim bo‘lgan otamdan juda minnatdorman. Yoshligimdan ilmiy mavzularni muhokama qilishga odatlanganmiz va ilmiy terminologiyani tushunish qiyin bo’lsada, otam doimo yordam berar edi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetini tamomlab, aniq fanlar bo’yicha dars berishni boshladim. O‘sha davrda mamlakatning porloq kelajagini barpo etishga o‘z hissamni qo‘shishim mumkinligini angladim va yuqori malakali o‘qituvchi bo‘lishni maqsad qildim. Hozirda, TTPUda o‘qishim davomida yuqori malakali xorijiy professor-o‘qituvchilardan olgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash, muhim tajribalarni to‘plash orqali kafedrada yordamchi professor-o‘qituvchi (laborant) bo‘lib faoliyat yuritmoqdaman.

Endilikda men o’zimning akademik va ilmiy salohiyatimni kengaytirish maqsadida Italiyadagi Politecnico di Torino Universitetida oq’ishimni davom ettirmoqchiman. Chunki men, Mexatronika – avtomatlashtirish uchun dasturiy ta’minot texnologiyalari bo’yicha magistratura yo’nalishiga muvaffaqiyatli tanlandim va “El-yurt umidi” jamg’armasining stipendiya sovrindori bo’lishga muvaffaq bo’ldim” – deydi Abdurakhim Nabijonov.

Ikkinchi sovrindorimiz Mukhammad-Bobur Zokhidov, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetini 2020 yilda tamomlab, u ham hozirda universitetning “Qurilish muhandisligi va arxitektura” kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. Mukhammad-Bobur Zokhidov, Germaniya davlatidagi Dresden Texnika Universiteti (Technical University of Dresden) “Ilg’or hisoblash va qurilish muhandisligi strukturalarini o’rganish” (Advanced computational and civil engineering structural studies) fakultetiga magistratura bosqichiga o‘qishga kirib, “El-yurt umidi” jamg’armasidan grant olishga muvaffaq bo’ldi.

Ikkala sovrindorlarimizni ushbu muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, kelgusi ishlarida zafarlar tilab qolamiz!




Kirish imtihonlari (3-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

Hurmatli abituriyentlar,

2022-2023 oʻquv yili uchun

KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ!

Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz!

Boʻlib oʻtgan kirish imtihoni (7-sentabr) natijalariga koʻra, abituriyentlar beshta toifaga boʻlingan:

BIRINCHI TOIFA:

60,00 va undan yuqori ball toʻplaganlar ITALIYA YOʻNALISHLARI UCHUN TOʻLIQ GRANT olishadi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) oʻquv yili soʻngiga qadar topshirishlari kerak. Ushbu toifada oʻqish toʻlovi mavjud emas.

IKKINCHI TOIFA:

50.00 va undan yuqori, ammo 60.00 dan past ball toʻplaganlar, toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi kurs (First Level)ga qabul qilinadi va.UzAvto hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi grantlari mavjudligiga qarab ITALIYA YOʻNALISHLARI UCHUN TO‘LIQ GRANT uchun ko‘rib chiqiladi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2022-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari shart *. Bir oʻquv yili uchun oʻqish toʻlovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil qiladi.

* Agar abituriyent IELTS sertifikatini oʻz vaqtida taqdim etmasa, u avtomatik ravishda birinchi kurs (Preparatory Year)ga oʻtadi.

UCHINCHI TOIFA:

10.00 va undan yuqori, ammo 50.00 dan past ball toʻplaganlar, IELTS sertifikatining mavjudligidan yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, birinchi kurs (Preparatory Year)ga qabul qilinadi. Bir oʻquv yili uchun oʻqish toʻlovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil qiladi. Ushbu toifaga IELTS (kamida 5,5 ball) sertifikatini berish muddati – oʻquv yili soʻngiga qadar.

TOʻRTINCHI TOIFA:

0 dan yuqori, lekin 10 balldan kam toʻplaganlar qabul chegarasidan oʻta olmagan, shuning uchun ular kutish roʻyxatiga kiritilgan va qabul kvotasi toʻlmagan taqdirda birinchi kurs (Preparatory Year)ga oʻqishga qabul qilinadi.

BESHINCHI TOIFA:

0 balldan kam yoki 0 ball toʻplagan abituriyentlar qabul chegarasidan oʻta olmagan, shuning uchun ular kutish roʻyxatiga kiritilgan va qabul kvotasi toʻlmagan taqdirda faqat Superkontrakt asosida birinchi kurs (Preparatory Year)ga oʻqishga qabul qilinadi. Birinchi o‘quv yili uchun to‘lov 42 750 000 (qirq ikki million yetti yuz ellik ming) so‘m.

Abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyat!

15-sentabrgacha TO‘LOV UCHUN SHARTNOMANI TO‘LIQ to‘lagan abituriyentlar shartnoma summasidan 10% chegirmaga ega bo‘ladilar.

TTPU
TTPU
TTPU

Shartnomalarni rasmiylashtirish Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti binosida 2022-yil 9-sentabr soat 09:00 dan boshlab amalga oshiriladi.

Qabul komissiyasining ishi uchun mas’ul shaxslar:

Rektor – Inoyatxodjayev Jamshid Shuxratullaevich

O‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorlar – Fulvio Rinaudo, Guido Marchetto, Pierluigi Leone

Dekan – Abdullayev Farhod Bahramovich

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti ma’muriyati ushbu roʻyxatdan tashqari shaxslarning faoliyati uchun javobgar emas.

Kerakli hujjatlar roʻyxati:
Ariza beruvchi pasportining asl nusxasi;
Ariza beruvchining ota-onasining pasport nusxasi.

Barcha savollar boʻyicha raqamlar:

(71) 246-80-51

(71) 246-80-52

Elektron pochta: admission@polito.uz

Manzil: Kichik Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Olmazor tumani, Toshkent 100095, Oʻzbekiston




“Management” yoʻnalishi kirish imtihonlari (3-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

Hurmatli abituriyentlar,

2022-2023 oʻquv yili uchun

“MANAGEMENT” YOʻNALISHI KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ!

Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz!

2022-yil 8-sentabr kuni boʻlib oʻtgan “Management” yoʻnalishi kirish imtihoni natijalariga koʻra, abituriyentlar ikkita toifaga boʻlingan:

BIRINCHI TOIFA:

10 va undan yuqori ball toʻplaganlar birinchi kurs (Preparatory Year)ga qabul qilinadi. Bir oʻquv yili uchun oʻqish toʻlovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil qiladi. Ushbu toifaga IELTS (kamida 5,5 ball) sertifikatini berish muddati – oʻquv yili soʻngiga qadar.

IKKINCHI TOIFA:

10 balldan kam ball toʻplaganlar belgilangan qabul chegarasidan oʻta olmaganlari sabab kutish roʻyxatida turibdilar va qabul kvotasi toʻlmagan taqdirda birinchi kurs (Preparatory Year)ga oʻqishga qabul qilinadi.

Abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyat!

15-sentabrgacha TO‘LOV UCHUN SHARTNOMANI TO‘LIQ to‘lagan abituriyentlar shartnoma summasidan 10% chegirmaga ega bo‘ladilar.

TTPU
TTPU
TTPU

Shartnomalarni rasmiylashtirish Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti binosida 2022-yil 9-sentabr soat 09:00 dan boshlab amalga oshiriladi.

Qabul komissiyasining ishi uchun mas’ul shaxslar:

Rektor – Inoyatxodjayev Jamshid Shuxratullaevich

Dekan – Abdullayev Farhod Bahramovich

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti ma’muriyati ushbu roʻyxatdan tashqari shaxslarning faoliyati uchun javobgar emas.

Kerakli hujjatlar roʻyxati:
Ariza beruvchi pasportining asl nusxasi;
Ariza beruvchining ota-onasining pasport nusxasi.

Barcha savollar boʻyicha raqamlar:
71 246-80-51 / 52,
71 246 63 48

Elektron pochta: admission@polito.uz

Manzil: Kichik Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Olmazor tumani, Toshkent 100095, Oʻzbekiston




Biznes boshqaruv – menejment yoʻnalishi boʻyicha abiturientlar ro’yxati

Hurmatli abituriyentlar, “Menejment” yoʻnalishi boʻyicha 8-SENTABR kuni boʻlib oʻtuvchi kirish imtihonining vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati bilan tanishing. Iltimos, o’zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va kirish to’lovi kvitansiyasini olib keling.






Abiturientlar ro’yxati (3-bosqich)

Hurmatli abituriyentlar, 7- sentyabr kuni boʻlib oʻtuvchi kirish imtihonining vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati bilan tanishing. Iltimos, o’zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va kirish to’lovi kvitansiyasini olib keling.

Eslatib o‘tamiz, “Menejment” yo‘nalishi bo‘yicha qabul imtihoni 8 – sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.






Yangi ta’lim yo’nalishlari uchun litzenziya olindi

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti 2022-2023 o’quv yilidan quyidagi yangi yo’nalishlar bo’yicha ta’lim berish uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziya oldi:
Bakalavr yo’nalishi bo’yicha:

  • Biznes boshqaruvi bakalavri – Menejment;
  • Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari

Magistratura mutahassisligi:

  • Madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilish;
  • Axborot va aloqa muhandisligi



TTPU huzuridagi Ilmiy kengashda PhD ilmiy darajasini olish uchun birinchi dissertatsiya ishi himoyasi boʼlib oʼtdi

Bugun 2022 yilning 19 avgust kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti huzuridagi PhD.22/01.02.2022 T.144.01 raqamli Ilmiy kengashda 05.08.06 – “Gʼildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʼyicha texnika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun birinchi dissertatsiya ishi himoyasi boʼlib oʼtdi.

Tadqiqotchi Yusupov Sarvarbek Sodiqovichning “Innovatsion intellektual transport tizimlarini mahalliy sharoitda sinergiyasini asoslash” mavzusidagi himoyasi yuzasidan taqdimot maʼruzasi tinglandi.

Yigʼilish anʼanaviy va onlayn shaklda uygʼunlashgan holda oʼtkazildi. Maʼruzadan soʼng, ilmiy ish boʼyicha muhokama boʼlib, unda tadqiqotchi yigʼilish aʼzolari savollariga javob berdi.

Shundan soʼng, tadqiqotchining rasmiy opponentlari soʼzga chiqib, dissertatsiya boʼyicha oʼz xulosalarini berib, mavzuning dolzarbligi, ilmiy yangiligiga toʼxtaldilar.

Yigʼilish yakunida, ilmiy kengash qaroriga koʼra, Yusupov Sarvarbek Sodiqovichga texnika fanlari boʼyicha falsafa doktori ilmiy darajasini berish joiz deb topildi.




Roʻzimov Sanjarbek Komilovichning texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi toʻgʻrisida

TTPU

Roʻzimov Sanjarbek Komilovichning 05.08.06 – gʻildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish ixtisosligi boʻyicha texnika doktori (DSc) ilmiy darajasining olish uchun tayyorlagan “Avtomobil gibrid yuritmasi parametrlari va boshqaruv rejimlarini tanlashning ilmiy asoslari” (“Научные основы выбора параметров и режимов управления гибридного привода автомобиля”) mavzusidagi himoyasi Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.18/30.12.2019.T.09.01 raqamli Ilmiy kengashining 2022-yil 10-sentyabr kuni soat 10:00 dagi majlisida boʻlib oʻtadi.

Manzil: 100060, Toshkent, Odilxoʻjayev koʻchasi 1-uy.
Tel./faks: (99871) 299-00-01

Tyel/faks: (+99871) 246-54-17, faks: (+99871) 246-02-24.

e-mail: tstu.@tstu.uz




Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida xalqaro ilmiy-texnik konferentsiya tashkil etildi

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “International Conference on Electrical Facilities and information technologies 2022” nomli xalqaro ilmiy-texnik konferentsiya tashkil etildi

  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2021 yil dekabrь oyida Koreya Respublikasiga tashrifi chogʼida, universitetlar oʼrtasidagi innovatsion hamkorlikni rivojlantirish muhim ekanini taʼkidlab, ularning muntazam muloqoti uchun doimiy maydon yaratish zarurligi taʼkidlangan edi.

Bu borada, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Koreya Milliy Transport universiteti, hamda Koreya elektr muhandislari instituti bilan hamkorlikda ikki davlat oʼrtasida energetika va АKT sohasida ilgʼor xalqaro tajribalar asosida yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish, hamda oliy taʼlim sohasida xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish boʼyicha kelishuvga erishdi.

TTPU

Shu munosabat bilan, 2022 yil 10-13 avgust kunlari “International Conference on Electrical Facilities and information technologies 2022” nomli xalqaro ilmiy-texnik konferentsiya (https://icef2022.org/) bo’lib o’tmoqda.

TTPU

Konferentsiya gibrid (offlayn va onlayn) shaklda boʼlib, Koreya, Italiya, Turkiya, Indiya, Pokiston kabi davlatlardan ishtirokchilar o’z prezentatsiyalari bilan qatnashmoqda.

Halqaro konferentsiya tashkilotchilari:

• Koreya Milliy Transport universiteti

• Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti,

• Koreya elektr muhandislari instituti

• Toshkent Аxborot texnologiyalari Universiteti

• Toshkent Davlat transport universiteti

TTPU

  Ushbu konferentsiya maqsadi muqobil energetika, transport va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat olib borayotgan mahalliy professor-oʼqituvchilar, katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish sanaladi.