1

TTPU da yozgi amaliyot

Bugungi kunga kelib, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 4-bosqich talabalari, o`z yo`nalishlari bo’yicha yozgi amaliyotga jalb qilinib kelinmoqda. Amaliyot dasturi talabalarning universitetda olgan nazariy bilim va ko`nikmalarini mustahkamlashga yordam bermoqda. TTPU ning boshqa universitetlardan farqi shundaki, amaliyot bo`yicha topshiriq va ishlar onlayn tarzda maxsus platforma orqali olib boriladi. O`quv rejaga ko’ra, agar talaba amaliyotni o`z vaqtida muvaffaqiyatli tamomlasa, 10 kredit ekvivalentini (ECTS) qo`lga kiritadi va Universitetni tamomlash uchun yo`llanmani oladi.

Maxsus platforma orqali korxona va tashkilot nomlari bilan shakllantirilgan tanlov bo`limi yaratilgan bo’lib, talaba o`zi tanlagan korxona yoki tashkilotga borishi “O`quv-uslubiy va ilmiy” bo`limi (Bo’lim) tomonidan ta’minlanadi.

Bo`lim tomonidan talabalar ro`yxati shakllantiriladi va maxsus platformaga joylashtiriladi. Har bir korxona va tashkilotga biriktirilgan talabalarni nazorat qilish uchun Tyutor tayinlanadi.

Talabalar amaliyot o`tash mobaynida quyidagi bosqichlardan o`tishlari zarur bo’ladi:

Birinchi bosqichda, amaliyot kundaliklarini maxsus platformaning “Summer Internship Journal” bo`limiga kirib, undagi amaliyot kundaliklarini elektron shaklini yuklab olishadi.

Amaliyot o`tash davrida talabalar ushbu kundalikni to`ldirib borishadi va bu amaliyot ishlari tyutorlar tomonidan nazorat qilib boriladi. Talaba kundalikni to`ldirib bo`lgach, amaliyot o`tagan tashkilot yoki korxonaning muxri bilan tasdiqlangan shaklini polito.uz saytining tekshirish uchun maxsus bo`limiga yuklaydi.

Ikkinchi bosqichda, talaba amaliyot o`tash mobaynida o`rgangan bilimlarini 30 varoqdan iborat xisobot shaklida yozib, “Yakuniy xisobot” deb nomlangan saytning maxsus bo`limiga yuklaydi.

Uchinchi bosqichda, talaba amaliyot davrida bajargan ishlari haqida taqdimot tayyorlaydi va saytning maxsus “Prezentatsiya” deb nomlangan bo`limiga joylashtiradi.

Yuqorida sanab o`tilgan barcha topshiriqlar Bo’lim tomonidan biriktirilgan Universitetning professor-o`qituvchilari tomonidan tekshiriladi va 30 ballik shkalada baholanadi.

TTPU

Bo`lim tomonidan barcha bosqichlardan  muvaffaqiyatli o`tgan talabalarning ro`yxati shakllantiriladi. Ro`yxat platformada e’lon qilinadi va u asosida yakuniy imtihon tashkil etiladi. Bu imtihonda talaba tomonidan shakllantirilgan taqdimot, universitetning professor-o`qituvchilaridan tashkil topgan hay’at a’zolari oldida himoya qilinadi.

Yuqoridagi barcha sanab o`tilgan jarayonlar onlayn tarzda universitetning maxsus platformasi orqali olib boriladi va bu o`z navbatida o`qituvchilarga hamda, talabaga birdek qulaydir.




TTPU: ta’lim sohasiga innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish yo‘lida

Hozirgi kunga kelib, innovatsion texnologiyalar hayotimizning har bir jabhasiga misli ko‘rilmagan tezlik bilan kirib bormoqda. Ana shunday texnologiyalardan bo‘lgan “virtual reallik” ning ta’lim sohasidagi ahamiyati tobora ortmoqda.

TTPU

Universitet o‘quv jarayoniga shunday innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish maqsadida, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti, hamda “ALPHA DX GROUP” kompaniyasi o‘rtasida qo‘shma korxonani tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Asosiy maqsad, ta’lim sifati va talabalarning ta’lim olishga qiziqishini  oshirish, o‘quv jarayoniga  virtual reallik, blokcheyn va NFT texnologiyalarini joriy etish va ushbu texnologiyalar asosida o‘quv materiallar (kontentlar)ni shakllantirish.

Yangi innovatsion konsepsiyani shakllantirish orqali, AR va VR texnologiyalariga asoslangan, EduVerse innovatsion konsepsiyasini Turin Politexnika Universitetida o‘quv jarayonlariga tadbiq etish va “2+2” ta’lim dasturlarini ochish ko‘zda tutilga. Ushbu maqsadda universitetimizda alohida laboratoriya shakllantirilib, EduVerse uchun kerak bo‘ladigan uskunalar sotib olinmoqda

Kelgusida EduVerse orqali boshqa ta’lim maskanlariga yangi kontent yaratish maqsadida hamkorlar bilan o‘quv platformasini shakllantirish rejalashtirilgan.




UzAuto va Turin politexnika universiteti (Italiya) eng yirik dual ta’lim tizimini yaratmoqda




Ilmiy seminar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi

PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi

05.08.06 – “Gʻildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʻyicha Ilmiy seminar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash asosida 05.08.06 – “Gʻildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʻyicha tuzilgan Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Yusupov Sarvarbek Sodiqovichning dissertatsiya ishini muhokamasi.

Mavzu: “Innovatsion intellektual transport tizimlarini mahalliy sharoitda sinergiyasini asoslash”.

Sana: 2022-yil 28-may kuni soat 10:00. Seminar shakli: online (havola)/offline.

Manzil: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bosh binosining 2-qavat, MAJLISlar xonasi.

TTPU

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash asosida 05.08.06 – “Gʻildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʻyicha tuzilgan Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Muxitdinov Otabek Odil o’g’lining dissertatsiya ishini muhokamasi.

Mavzu: “Researching performance of the lubrication systems of internal combustion engines”( Ichki yonuv dvigatellari moylash tizimlarining ishlash qobiliyatini tadqiq etish).

Sana: 2022-yil 28-may kuni soat 10:00. Seminar shakli: online (havola)/offline.

Manzil: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bosh binosining 2-qavat, MAJLISlar xonasi.

Masofaviy ishtirok etish uchun online ZOOM havola

Identifikator konferensii: 860 0417 4606

Kod dostupa: 1111




QABUL – IKKINCHI BOSQICH

TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING (TTPU) 2022/2023 O‘QUV YILI BAKALAVRIAT BOSQICHIGA QABUL – IKKINCHI BOSQICH QOIDALARI VA HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI

Imtihon sanasi

  • Kirish imtihonining ikkinchi bosqichi 5,6,7 IYUL kunlari mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da boʻlib oʻtadi (roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati – 1 iyul); Roʻyxatdan oʻtishda TIL-Engineering boʻlimida imtihon sanasi sifatida 5-Iyulni tanlang.
  • Uchinchi imtihon sentyabr oyida boʻlib oʻtadi (aniq sanalar va tartibi keyinroq e’lon qilinadi) va imtihondan oʻtgan abituriyentlar birinchi bosqichni oʻtkazib yuborolmaydilar.

Kirish imtihonlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida boʻlib oʻtadi. Manzil: Toshkent shahri, Kichik Xalka Yuli, 17, 100095, (Moʻljal: Talabalar shaharchasi, sobiq “Nukus” kinoteatri, “Asia.uz” supermarketi).  

Onlayn roʻyxatdan oʻtish

ONLAYN ARIZANI QANDAY TO‘LDIRISHNI BILISH UCHUN, ILTIMOS QUYIDAGI VIDEOLARNI KO‘RING.

QANDAY RO‘YXATDAN O‘TISH HAQIDA VIDEO

ITALIAN YO‘NALISHDAGI ARIZANI QANDAY TO‘LDIRISH HAQIDA

Iyul oyida bo‘lib o‘tadigan ikkinchi imtihonga ro‘yxatdan o‘tish ochiq.

ONLAYN ARIZANI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLASH UCHUN – BARCHA MAYDONLAR TO‘G‘RI TO‘LDIRILISHI ZARUR!

Qabul jarayonining shaffofligini ta‘minlash uchun abituriyentlar LMS platformasiga ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, o‘zlarining yangi fotosuratlarini yuklashlari va pasport (yoki ID Card)ning pdf nusxasini ilova qilishlari kerak.

Bundan tashqari, talabalar maʼlumotlar bazasini yuritish bilan bogʻliq xarajatlar tufayli har bir abituriyent Markaziy bank kursi boʻyicha 5 yevro (65 000 soʻm) kirish toʻlovini toʻlashi kerak. Toʻlov kvitansiyasi ham yuqoridagi ariza shakliga yuklanishi kerak. Kirish to‘lovini to‘lamagan abituriyent imtihonlarga kiritilmaydi.

Onlayn arizani muvaffaqiyatli toldirgandan song, abituriyentlar tasdiqlovchi elektron pochta xabarlarini oladilar.

Onlayn shaklni oʻz vaqtida toʻldirmagan abiturientlar hujjatlari qabul qilinmaydi kirish imtihonlariga qoʻyilmaydi!

Kirish imtihoni

Kirish imtihonlari test shaklida boʻlib, qiyinlik darajasi Oʻzbekiston Respublikasi umumiy oʻrta ta’lim oʻquv dasturi darajasida boʻladi.

Test quyidagilardan iborat:

  • Matematika: 18 ta savol (vaqt: 40 daqiqa)
  • Oʻqib tushunish: 6 ta savol (vaqt: 12 daqiqa)
  • Mantiq: 6 ta savol (vaqt: 12 daqiqa)
  • Fizika: 12 ta savol (vaqt: 26 daqiqa)

Toʻliq imtihon 42 savoldan iborat boʻlib, 90 daqiqa davom etadi. Har bir savolda 5 ta variant mavjud, ammo ulardan faqat bittasi to‘g‘ri.

Tanlangan javoblar quyidagicha baholanadi:

  • 1 ball – agar toʻgʻri javob tanlansa (1 ball qoʻshiladi)
  • -0.25 ball – notoʻgʻri javob tanlansa (toʻplangan balldan 0.25 ball ayirib tashlanadi)
  • 0 ball – javob tanlanmagan boʻlsa (ball yoʻqotmaysiz)

Barcha savollar ingliz tilida boʻladi!

Biznes boshqaruv – menejment yoʻnalishi boʻyicha qoidalar, tartiblar va sanalar haqida maʻlumot olish uchun quyidagi havolaga oʻting.

Imtihon natijalari

Abiturientlar toʻplagan ballarini imtihon yakunida bilib oladilar. Abiturientlarning toʻliq roʻyxati toʻplagan ballarning (imtihon natijalarining) foiz koʻrsatkichidagi ketma-ketligi, imtihondan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi.

Imtihon natijalari e’lon qilingandan soʻng oʻqishga tavsiya qilingan abiturientlar quyidagi hujjatlarni Qabul komissiyasiga topshirishlari shart:

  • Ariza: ariza belgilangan tartibda toʻldirilishi va Qabul Komissiyasi mas’ul xodimi huzurida imzolanishi kerak;
  • Pasport (asli va nusxa) – hujjatning asli qaytarib beriladi;
  • 3×4 oʻlchamdagi 4 ta rangli fotosurat;
  • 1 ta papka (skoro shivatel), o‘rta o‘lchamdagi konvert;
  • Oʻrta va oʻrta maxsus ta’lim haqidagi hujjat – attestat, diplom va ilovasi;
  • IELTS sertifikati kamida 5.5 ball (boshqa turdagi ingliz tili sertifikatini topshirish boʻyicha ma’lumotlar bilan 1.4 boʻlimda tanishib chiqing).

Hujjatlar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Qabul Komissiyasi tomonidan Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Toshkent 100095 manzili boʻyicha qabul qilinadi.

Kirish imtihonidan ozod etilish shartlari

Ushbu boʻlim quyida keltirilgan sertifikatlarga ega boʻlgan abituriyentlar uchun moʻljallangan. Yuqori ball toʻplagan talabalar 1-bosqich (tayyorgarlik yili)ni oʻtkazib yuborib, 2-bosqichdan oʻqishni boshlashlari mumkin. Bu haqidagi yakuniy qarorni Qabul komissiyasi va uning koordinatori, oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha prorektor beradi. Universitetga kirish imtihonlari majburiy boʻlgan mamlakatlardan kelgan chet ellik talabalar uchun imtihondan oʻtganligini tasdiqlovchi sertifikat ilova qilinishi kerak.

Certificates considered equivalent to the admission test (the following number refers to the grading equal to or higher than the threshold: 60/100)

GRE (General Test) with a minimum score of 153 in the “Verbal” section and 144 in “Quantitative” section and any score inthe “Analytical Writing” section

GMAT with a minimum score of 500 in the two sections “Verbal” and “Quantitative”, with any score in the “AnalyticalWriting” section.

SAT SAT Reasoning test (section “Evidence-Based Reading and Writing” and section “Math” with a minimum score of 500 points in each section) and SAT Subject Test (section “Physics Level 1 or 2” and section “Mathematics Level 1 or 2” with a minimum score of 500 points in each section). The two sections “Evidence-Based Reading and Writing” and “Math” of the SAT Test can be replaced by the ACT Test with a minimum score of 20.

INGLIZ TILI SERTIFIKATI

TTPU ning birinchi bosqichiga qabul qilinish uchun abiturientlar IELTS 4.5 (akademik) balldan kam boʻlmagan sertifikatga ega boʻlishlari lozim.

TTPU ning ikkinchi bosqichida taxsil olish uchun IELTS 5.5 (akademik) yoki undan yuqori boʻlgan sertifikat talab qilinadi.

TTPU da IELTS sertifikati (akademik) oʻrniga ekvivalent sifatida tan olinuvchi sertifikatlar roʻyxati:

https://didattica.polito.it/cla/en/certificates

TTPU DA TA’LIM OLISH UCHUN TOʻLOV MIQDORI

1-kurs barcha oʻquv yoʻnalishlari boʻyicha shartnoma toʻlov miqdori 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil etadi..

QOʻSHIMCHA MA’LUMOT UCHUN

Qabul komissiyasining ish jarayoni uchun mas’ul shaxslar:

Qabul komissiyasining raisi – Inoyatxodjayev J.Sh.

Qabul komissiyasining mas’ul kotibi – Abdullayev F.B.

Turin politexnika universiteti ma’muriyati ushbu roʻyxatdan tashqari shaxslarn-ing faoliyati uchun javobgar emas!

Ariza topshirish jarayoni va boshqa savollarga qoʻshimcha maʼlumot olish uchun, bevosita Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga quyidagi keltirilgan manzil boʻyicha murojaat qilishingiz mumkin:

Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Toshkent, 100095, Oʻzbekiston (Moʻljal: Talabalar shaharchasi, eski Nukus Kinoteatri, “Asia.uz” savdo markazi)

(105-xona).

Elektron manzil: admission@polito.uz

Telefon raqamlar: +99871 246-80-51, +99871 246-80-52




TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING 2022/2023 O‘QUV YILIDA BAKALAVRIAT BOSQICHI BIZNES BOSHQARUV – MENEJMENT YO‘NALISHIGA QABUL QILISH TO‘G‘RISIDAGI NIZOM

Onlayn ariza Sana 25-Mart (Juma), 9:00 – 11-May (Chorshanba), 18:00 2022-yil (Birinchi qabul)16-May (Dushanba), 9:00 – 8-Iyul (Juma), 18:00 2022-yil (Ikkinchi qabul)11-Iyul (Dushanba), 9:00 – 31-Avgust (Chorshanba), 18:00 2022-yil (Uchinchi qabul)   Sizning arizangiz – Qabul komissiyasidan tasdiqlovchi elektron xat olganingizdan so‘ng “to‘liq” deb hisoblanadi. Arizangiz qabul qilingandan so‘ng, Siz – Qabul dasturini bekor qila olmaysiz yoki o‘zgartira olmaysiz.
Imtihon sanasi 2022/2023 o‘quv yili uchun uchta qabul imtihoni o‘tkaziladi: Ikkinchi imtihon 11-iyul kuni Toshkent vaqt bilan soat 9:00 da bo‘lib o‘tadi. Iyul imtihoniga ro’yxatdan o’tish ochiq.Uchinchi qabul sentyabr oyida bo‘lib o‘tadi (aniq sana va tartib qoidalar keyinroq e‘lon qilinadi).
Qabul kvotasi 200
Ta’lim tili Ingliz tili
O‘qish to‘lovi 28 500 000 so‘m
Diplom O‘zbek va AQSH* * Pitsburg davlat universitetining “2+2” dasturiga o‘tish kerak (AQSH)
Qabul imtihoni   LMS (Matematika, Ingliz tili, Mantiq) Matematika: 18 ta savol (vaqt: 66 daqiqa) Ingliz tili: 6 ta savol (vaqt: 12 daqiqa) Mantiq: 6 ta savol (vaqt: 12 daqiqa) To‘liq onlayn imtihon 30 ta savoldan iborat bo‘lib, 90 daqiqa davom etadi. Har bir savolda 5 ta variant mavjud, ammo ulardan faqat bittasi to‘g‘ri. Tanlangan javoblar quyidagicha baholanadi: 1 ball – agar javob to‘g‘ri bo‘lsa 0 ball – agar javob noto‘g‘ri bo‘lsa Barcha savollar ingliz tilida bo‘ladi!
  Qabul qilinuvchi sertifikatlar (qabul imtihonini topshirmaslik uchun): IELTS 6.0; SAT; GMAT; GRE. IELTS 7.5 = imtihonsiz qabul + o‘qish toloviga 50% chegirma (faqat 2022/2023 o‘quv yili uchun) IELTS 8.0 = imtihonsiz qabul + o‘qish toloviga 75% chegirma (faqat 2022/2023 o‘quv yili uchun) Sertifikat ariza topshirilgan sanada amal qilishi kerak.
Imtihon natijalari Abituriyentlar o‘z natijalarini onlayn imtihon yakunida bilib oladi. Nomzodlarning toʻliq roʻyxati imtihon natijalaridan keyin bir hafta ichida eʼlon qilinadi.
Hujjatlarni topshirish Imtihon natijalari e’lon qilingandan so‘ng, kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar  Qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari shart:   •  pasport (asli va nusxa) – hujjatning asli qaytarib beriladi ; • 3×4 oʻlchamdagi 4 ta rangli fotosurat; • oʻrta va oʻrta maxsus ta’lim haqidagi hujjat – attestat, diplom va ilovasi; • IELTS sertifikati 5,5 yoki undan yuqori bal.
Manzil Qabul imtihonlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida bo‘lib o‘tadi: 100095, O‘zbekiston, Toshkent,  Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi, 17 (Mo‘ljal: Talabalar shaharchasi, sobiq “Nukus” kinoteatri, “Asia.uz” supermarketi).



“Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari”: kelgusi rejalar

Turin politexnika universiteti (Italiya) Rektori professor Gvido Sarakko boshchiligidagi delegatsiya 16 may kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurdi.

Delegatsiyani TTPU rektori Jamshid Inoyatkhodjaev kutib olib, keng muzokaralar olib borildi. Keyingi o‘quv yili rejalari, yangi “Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” o‘quv yo‘nalishi ishga tushirish masalalarini muhokama qilindi.

professor Guido Sarakko TTPU talaba yoshlari va professor o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida “Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” va universitetda mavjud yo‘nalishlarning hozirgi kundagi dolzarbligi, ahamiyati va imkoniyatlari to‘g‘risida suhbat qurdi.Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda, qatnashchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.




Erasmus+ “MechaUz” loyihasi ishtirokchilarining uchrashuvi.

Joriy yilning 16 may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida, oliy ta’lim sohasida salohiyatni oshirish bo‘yicha Erasmus+ loyihasi doirasida “MechaUz – g‘oyalar va raqamli texnologiyalar orqali O‘zbekiston bakalavriat dasturlari uchun mexatronika va robototexnikani modernizatsiya qilish” loyihasi ishtirokchilarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. g‘oyalar va raqamli texnologiyalar” mavzusida ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.

TTPU

Yig‘ilishda 13 ta tashkilot, jumladan, O‘zbekistonning 6 ta oliy ta’lim muassasasi, jumladan: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Andijon mashinasozlik instituti, Farg‘ona politexnika instituti va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institute vakillari ishtirok etdi

TTPU

 Yevropa Ittifoqi davlatining 6 ta universiteti, jumladan: Xalqaro Ellin universiteti (Gretsiya), Janubi-Sharqiy Yevropa tadqiqot markazi (Gretsiya), Vilnyus Gediminas texnika universiteti (Litva), Liepaja universiteti (Latviya), Vidzeme universiteti va Viana do Kastelo politexnika instituti (Portugaliya) vakillari qatnashdilar.

TTPU

Uchrashuvda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga mexatronika va robototexnika yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro standartlar bo‘yicha, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradigan mexatronika bo‘yicha zamonaviy o‘quv dasturini 2-WPga ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilish ishtirokchilari dasturning umumiy formati yuzasidan fikr almashdilar va kelgusida o‘quv dasturini tashkil etuvchi o‘quv modullarini atroflicha muhokama qildilar.

TTPU

Shuningdek, loyiha faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritishga ham tegishli e’tibor qaratildi. Ijtimoiy tarmoqlar va jamoatchilik bilan aloqalarni yaxshilash bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekistonda ushbu sohani ommalashtirish, hamda tajribali muhandislar, yangi mutaxassislar va talabalar uchun ulkan aloqa platformasini yaratish imkonini beruvchi mexatronika muhandislari uyushmasini tashkil etish mexanizmlarini ishlab chiqish taklif etildi.




Jahon chempionati kubogi Turinda.

2022 yil 16 may kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida, “Milan” futbol klubining afsonaviy himoyachisi – Cristian Zakkardo va yosh futbolchilar – “Juventus” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Shuningdek uchrashuvda Donato Albanese – AC MILAN menejeri va Massimiliano Alesi – BMB-OPERA ZAFFERANO o‘zbek-italiya qo‘shma korxonasi bosh direktori ham ishtirok etishdi.

Tashrifdan asosiy maqsad, yosh futbolchilar bilan muloqot qilib, ularga master-klass o’tkazish, qiziqtirgan savollariga javob berish va “Juventus” akademiyasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishish.
Tadbir ishtirokchilari maroq bilan futbol o’yinchisi bilan suratlarga tushib, esdalik uchun avtograf olishdi. Uchrashuv yosh fulbolchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdirgani shubhasiz.




“Management” yoʻnalishi kirish imtihonlari (1-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

Hurmatli abituriyentlar,

2022-2023 oʻquv yili uchun

“MANAGEMENT” YOʻNALISHI KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ!

Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz!

2022-yil 14-mayda boʻlib oʻtgan “Management” yoʻnalishi kirish imtihoni natijalariga koʻra, abituriyentlar uchta toifaga boʻlingan:

BIRINCHI TOIFA:

26 va undan yuqori ball toʻplaganlar birinchi kurs (Preparatory Year)ga GRANT asosida qabul qilinadi. IELTS (kamida 5,5 ball) sertifikatini berish muddati – oʻquv yili soʻngiga qadar. Ushbu toifada oʻqish toʻlovi mavjud emas.

IKKINCHI TOIFA:

10 va undan yuqori, ammo 26 dan past ball toʻplaganlar birinchi kurs (Preparatory Year)ga qabul qilinadi. Bir oʻquv yili uchun oʻqish toʻlovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil qiladi. Ushbu toifaga IELTS (kamida 5,5 ball) sertifikatini berish muddati – oʻquv yili soʻngiga qadar.

UCHINCHI TOIFA:

10 balldan kam ball toʻplaganlar belgilangan qabul chegarasidan oʻta olmaganlari sabab kutish roʻyxatida turibdilar va oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qaror iyul oyida boʻlib oʻtuvchi kirish imtihonining ikkinchi bosqichidan soʻng qabul qilinadi.

Abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyat!

10-iyungacha TO‘LOV UCHUN SHARTNOMANI TO‘LIQ to‘lagan abituriyentlar shartnoma summasidan 10% chegirmaga ega bo‘ladilar.

Shartnomalarni rasmiylashtirish Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti binosida 2022-yil 20-may soat 09:00 dan boshlab amalga oshiriladi.

Iyul oyidagi kirish imtihonlari (2-bosqich) qoidalari tez orada e’lon qilinadi.


Qabul komissiyasining ishi uchun mas’ul shaxslar:

Rektor – Inoyatxodjayev Jamshid Shuxratullaevich

Dekan – Abdullayev Farhod Bahramovich

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti ma’muriyati ushbu roʻyxatdan tashqari shaxslarning faoliyati uchun javobgar emas.

Kerakli hujjatlar roʻyxati:
Ariza beruvchi pasportining asl nusxasi;
Ariza beruvchining ota-onasining pasport nusxasi.

Barcha savollar boʻyicha raqamlar:
71 246-80-51 / 52,
71 246 63 48

Elektron pochta: admission@polito.uz

Manzil: Kichik Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Olmazor tumani, Toshkent 100095, Oʻzbekiston




Kirish imtihonlari (1-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

Hurmatli abituriyentlar,

2022-2023 oʻquv yili uchun

KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ!

Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz!

2022-yil 13-mayda boʻlib oʻtgan kirish imtihoni natijalariga koʻra, abituriyentlar beshta toifaga boʻlingan:

BIRINCHI TOIFA:

80,00 va undan yuqori ball toʻplaganlar nafaqat ikkinchi kurs (First Level)ga oʻqishga kiradilar, balki GRANT ham olishadi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2022-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari kerak *. Ushbu toifada oʻqish toʻlovi mavjud emas.

IKKINCHI TOIFA:

70.00 va undan yuqori, ammo 80.00 dan past ball toʻplaganlar, toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi kurs (First Level)ga qabul qilinadi va kirish imtihonlarining iyul oyidagi ikkinchi bosqichi natijalariga koʻra GRANT uchun koʻrib chiqiladi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2022-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari shart *. Bir oʻquv yili uchun oʻqish toʻlovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil qiladi.

UCHINCHI TOIFA:

50.00 va undan yuqori, ammo 70.00 dan past ball toʻplaganlar, toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi kurs (First Level)ga qabul qilinadi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2022-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari shart *. Bir oʻquv yili uchun oʻqish toʻlovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil qiladi.

* Agar abituriyent IELTS sertifikatini oʻz vaqtida taqdim etmasa, u avtomatik ravishda birinchi kurs (Preparatory Year)ga oʻtadi.

TOʻRTINCHI TOIFA:

10.00 va undan yuqori, ammo 50.00 dan past ball toʻplaganlar, IELTS sertifikatining mavjudligidan yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, birinchi kurs (Preparatory Year)ga qabul qilinadi. Bir oʻquv yili uchun oʻqish toʻlovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil qiladi. Ushbu toifaga IELTS (kamida 5,5 ball) sertifikatini berish muddati – oʻquv yili soʻngiga qadar.

BESHINCHI TOIFA:

10 balldan kam ball toʻplaganlar belgilangan qabul chegarasidan oʻta olmaganlari sabab kutish roʻyxatida turibdilar va oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qaror iyul oyida boʻlib oʻtuvchi kirish imtihonining ikkinchi bosqichidan soʻng qabul qilinadi.

Abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyat!

10-iyungacha TO‘LOV UCHUN SHARTNOMANI TO‘LIQ to‘lagan abituriyentlar shartnoma summasidan 10% chegirmaga ega bo‘ladilar.

Shartnomalarni rasmiylashtirish Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti binosida 2022-yil 18-may soat 09:00 dan boshlab amalga oshiriladi.

Iyul oyidagi kirish imtihonlari (2-bosqich) qoidalari tez orada e’lon qilinadi.


Qabul komissiyasining ishi uchun mas’ul shaxslar:

Rektor – Inoyatxodjayev Jamshid Shuxratullaevich

Dekan – Abdullayev Farhod Bahramovich

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti ma’muriyati ushbu roʻyxatdan tashqari shaxslarning faoliyati uchun javobgar emas.

Kerakli hujjatlar roʻyxati:
Ariza beruvchi pasportining asl nusxasi;
Ariza beruvchining ota-onasining pasport nusxasi.

Barcha savollar boʻyicha raqamlar:
71 246-80-51 / 52,
71 246 63 48

Elektron pochta: admission@polito.uz

Manzil: Kichik Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Olmazor tumani, Toshkent 100095, Oʻzbekiston




TTPU DA QABUL IMTIHONI BO’LIB O’TDI.

oriy yilning, 13 may kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida 2022/2023 o‘quv yili uchun birinchi kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Abituriyentlar “Mashinasozlik texnologiyasi”, “Avtomobilsozlik texnologiyasi”, “Kompyuter injiniringi”, “Dasturiy injiniring”, “Sanoatda xo‘jalik qurilishi va arxitektura”, “Arxitektura va dizayn” bakalavriat yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonini topshirdilar.

Ular bilimi quyidagi savollar bo’yicha baholandi:

Matematika: 18 ta savol (vaqt: 40 daqiqa)

Oʻqib tushunish: 6 ta savol (vaqt: 12 daqiqa)

Mantiq: 6 ta savol (vaqt: 12 daqiqa)

Fizika: 12 ta savol (vaqt: 26 daqiqa)Imtihon jarayonlarining shaffofligini nazorat qilish maqsadida, Politecnico di Torino (Italiya) universiteti professorlari imtihonda ishtirok etdilar. Ota-onalar test topshirish jarayonini onlayn kuzatib, o’zlarining qiziqtirgan barcha savollariga universitet rektori J.Sh.Inoyatkhodjaev bilan muloqot orqali batafsil javob olish imkoniyatiga ega bo’lishdi.




“Menejment” yo’nalishi bo’yicha abiturientlar ro’yxati

Hurmatli abituriyentlar, “Menejment” yoʻnalishi boʻyicha 14-may kuni boʻlib oʻtuvchi kirish imtihonining vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati bilan tanishing. Iltimos, o’zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va kirish to’lovi kvitansiyasini olib keling






“Juventus” futbol akademiyasi 3 yoshga to’ldi!

Kimlar uchun futbol shunchaki o’yin bo’lsa, kimdir uchun bu oddiy sport. Kimdir uchun esa futbol bu HAYOT!

Joriy yilning 7 may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Markaziy Osiyodagi birinchi bo’lib ochilgan“Juventus”  professional futbol akademiyasining rasmiy ochilishining  3 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Akademiyaning yangi rahbari Mahamatxo‘jaev Toirxo‘ja ochib berdi. So’ng Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Jamshid Inoyatxo‘jaev tabrik so‘zi bilan chiqdi.

TTPU

Akademiya rahbari “Juventus”ning kelgusi rejalari, yosh futbolchilar uchun yozgi oromgoh shuningdek, futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilarining Turin (Italiya)shahrida bo‘lib o‘tadigan “Juventus Academy World Cup 2022” xalqaro turniridagi ishtirok etish imkoniyati haqida to’xtalib o’tdi.

TTPU

Yosh futbolchilarning ota-onalari bilan bir qatorda, shunday muhim tadbirda faxriy mehmonlar: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Qo‘ng‘iratbay Sharipov, O‘zbekiston professional ligasi klublarini rivojlantirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Alisher Fayziev, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, opera xonandasi Jenisbek Piyazov ishtirok etishdi. Mehmonlar o‘z chiqishlarida akademiyani yanada rivojlantirish ahamiyati haqida gapirib, ishtirokchilarni erishgan muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, “Juventus” akademiyasiga kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladilar.

TTPU

Tadbir doirasida akademiya murabbiylari, yuqori natijalarga erishgan faol yosh futbolchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish yo’li bilan jamoalarning munosib sardorlari tayinlandi.

Tadbir ishtirokchilari  nafaqat unutilmas tuyg’ularni, balki esda qolarli suratlarni ham olishdi.

Siz ham tadbir qanday bo’lganiga qiziqyapsizmi? Unda fotosuratlarni tomosha qiling)




Abiturientlar ro’yxati, May 2022

Hurmatli abituriyentlar, 13-may kuni boʻlib oʻtuvchi kirish imtihonining vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati bilan tanishing. Iltimos, o’zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va kirish to’lovi kvitansiyasini olib keling.

Eslatib o‘tamiz, “Menejment” yo‘nalishi bo‘yicha qabul imtihoni 14-may kuni bo‘lib o‘tadi.






“UCH AVLOD UCHRASHUVI”

Mamlakatimizda har yili 9 may «Xotira va qadrlash kuni» umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Ushbu bayram mustaqil O‘zbekistonda asrlar davomida, o‘lkamizni qahramona himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalq tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag‘ishlanadi.
Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida ham “9 may – Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlangan “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy kechasi otkazildi.

Joriy yilning 28 aprel kuni o’tkazilgan tadbirda Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi 96 yoshli Apponov Abbos bobo, hamda Ozbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi faxriylari - iste'fodagi generallar va katta ofitserlari qatnashib, talabalarga kecha mavzusiga oid ma'lumotlarni va ozlarining qimmatli maslahatlarini berishdi.
Kechani tashkil etish va koʻtarinki ruhda oʻtishiga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi faxriylar ishlari boʻyicha Toshkent shahar kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari markaziy ashula va raqs ansambli ijodiy jamoasi katta hissa qo`shdi. Tadbir yakunida mehmonlarga universitet nomidan esdalik sovg’alari topshirildi.




TTPU va TAQI: HAMKORLIK MASALALARI

Rektor Ercan Kahya boshchiligidagi Toshkent Arxitektura-qurilish Instituti delegatsiyasi Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori bilan uchrashdi. Rektor Ercan Kahya TTPUning axborot-resurs markazi, mexatronika, texnopark faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlari, xususan, arxitektura va dizayn sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, akademik almashinuvni tashkil etish, ilmiy sohalarda qo‘shma loyihalar ishlab chiqish masalalari bo’yicha kelishib olindi.




2022-yil 19-aprel kuni TTPU rektori J.Sh.Inoyatxodjaev universitetning tayyorlov kursi talabalari bilan uchrashdi.

“Ochiq suhbat” formatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda universitetda ta’lim olish afzalliklari, xorijiy universitetlar bilan almashuv dasurlari imkoniyatlari, hamda universitet hayotiga oid boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi. Talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.




“Juventus”ga yangi rahbar tayinlandi!

18 Aprel kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida bo’lib o’tgan yigʻilishda Toshkent shahridagi “Juventus Academy Tashkent” futbol akademiyasining yangi rahbari tanishtirildi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rektori Inoyatxodjaev Jamshid Shuxratullaevich tomonidan hozirgi kunga qadar “Italiyadagi O’zbekiston Yoshlari Assotsiyatsiyasi” prezidenti, O’zbekiston Yoshlari Umumjahon assotsiatsiyasining Italiyadagi vakili sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Maxamatxo’jayev Toirxo’ja Faxriddin o’g’li, “Juventus Academy Tashkent” futbol akademiyasi boshqaruvchi menejeri sifatida tanishtirildi.

Yangi tayinlangan menejer oldiga “Juventus Academy Tashkent” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilarini joriy yilning iyun oyida Italiyaning Turin shahrida bo’lib o’tadigan “Juventus Academy World Cup 2022” xalqaro musobaqasida munosib ishtirok etishini ta’minlash ustuvor vazifa etib tayinlandi.

Ma’lumot o’rnida, “Juventus Academy Tashkent” futbol akademiyasi 2019 yil 7 may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika Universitetining o‘n yilligini nishonlash munosabati bilan ochilgan.




Korrupsiyaga qarshi kurash

2022-yil 14-aprel kuni Turin Politexnika Universitetida “Korrupsiyaga qarshi kurash” va “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish” hozirgi zamonamizning dolzarb mavzularida talabalar o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi A.Ergashev, Olmazor tumani 4-sonli IIB Yoshlar bilan ishlash inspektorlari: mayorlar R.Nasirov va O. Yusupovlar ishtirok etdi.
Ma’ruzachilar o‘z nutqlarida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan muhim huquqiy baza yaratilganini ta’kidladilar.
Qabul qilingan qonunlarning mohiyati va mazmuni atroflicha tushuntirilib, ularda jamiyat hayotining turli jabhalari rivojida qonunga xilof xatti-harakat va huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilmasligiga asosiy e’tibor qaratildi. Tadbir davomida yoshlarni mas’uliyat va hushyorlikka da’vat etuvchi tematik videorolik namoyish etilib, yoshlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.