1

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida O’zbekistondagi Italiya sanoatining umumiy konfederatsiyasi (Confindustria Uzbekistan) ochiladi!

🤝 Confindustria Uzbekistan O’zbekiston va Italiya tadbirkorlari o’rtasida ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish maydonchasiga aylanadi.

📆 Ertaga, 2021-yil 11-mart kuni, soat 12.00 da universitetning Anjumanlar Zalida Italiya tashkilotlari bilan ishlashga qiziquvchi talabalar bilan uchrashuv bo’lib o’tadi.
Barchani ushbu uchrashuvga taklif etamiz!

👨‍🏫 Tadbir mehmonlari:

  • Italiya Respublikasining O’zbekistondagi elchisi, Agostino Pinna
  • Italiya sanoat konfederatsiyasi prezidenti, Luka Pikasso
  • Manganorobot Group asoschisi – bosh direktori, Daniele Mangano
  • MChJ “Manganorobot Central Asia” bosh direktori, Behzod Ayupov
  • O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari
  • “O’zavtosanoat” AK vakillari



8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan!

Aziz Ayollar!

👏Sizlarni kirib kelgan ajoyib bahor bayrami – 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

💐 Ushbu ajoyib kunda Sizga sog’lik, yoshlik, go’zallik, cheksiz muhabbat, quvonch va baxt tilaymiz!

Siz biz uchun doimo qadrlisiz! 🌸




Rektorning navbatdagi uchrashuvi 2-kurs (the First Level) talabalari bilan bo’lib o’tdi

Kuni kecha TTPU da rektorning 2-kurs talabalari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Konferensiya zaliga kirishda talabalarga rektor nomidan sovg’alar topshirildi. Uchrashuv davomida ma’muriyat va talabalar o’rtasida suhbat bo’lib o’tdi. O’qish jarayoniga bog’liq va bog’liq bo’lmagan masalalar bo’yicha ko’plab savollar muhokama qilindi.

Umid qilamizki, ushbu uchrashuv talabalar uchun ajoyib motivatsiya va universitetni yanada rivojlantirish uchun yana bir qadam bo’ldi.




“Blockchain-based system for IoT devices using post-quantum cryptography” is going to be held!

❗️❗️❗️Announcement❗️❗️❗️

A scientific seminar on the topic “Blockchain-based system for IoT devices using post-quantum cryptography” is going to be held!

📅Date and time: February 19, 2021 at 15.00

📌Location: Meeting room at 2nd floor of the Administrative Building.

👨‍🏫Speaker: Yokubov Bakhtiyor
Control and Computer Engineering Department, TTPU

Everyone is welcome!

📌Abstract: Blockchain technology, a form of Distributed Ledger Technology, has been gaining enormous attention in areas beyond its cryptocurrency roots since more or less 2014: blockchain and the Internet of Things (IoT), blockchain and cybersecurity, blockchain and finance, blockchain and logistics, you name it. In this seminar we look at the IoT blockchain opportunities, evolutions and challenges.




TTPU kirish yo’lagida joylashgan avtomobil maketi haqida

Aziz do’stlar!
🚗Ko’plab obunachilarimizning talablariga binoan e’tiboringizga ushbu videoda universitetning asosiy kirish yo’lagida joylashgan Chevrolet Series C Classic Six maketi haqida ma’lumotlarni taqdim etamiz!




TTPU maktablar o’rtasida sport musobaqasi o’tkazdi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga biriktirilgan 14, 78, 129, 203, 312 va 196-sonli maktablarning 5-sinf o’quvchilari o’rtasida “Biz sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi o’tkazildi.

196-maktabda o’tkazilgan ushbu musobaqada o’quvchilar bir nechta shartlar bo’yicha bellashdilar va 196-maktab a’zolari faxrli birinchi o’ringa sazovor bo’lishdi. Tadbir yakunida g’olib bolgan ishtirokchilarga va barcha qatnashchilarga universitet tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alari topshirildi.

Musobaqadan qiziqarli lavhalarni quyidagi video orqali ko’rishingiz mumkin!




TTPU talabalari kibersport finalida so’vrindorlar qatoriga kirishdi!

Kecha, 31-yanvar kuni Yoshlar ijod saroyida, University of Cyber Cup final o’yinida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti talabalari Dota-2 o’yinida 2-o’rinni egallashdi va 10 million so’m pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

G’olib talabalarimizni chin dildan tabriklaymiz!




O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Yo’l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi vakillari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mehmonlar Universitetning butun tarixi va hozirgi yutuqlari bilan tanishdilar. Mehmonlar o’quv binosi, laboratoriyalar, sport markazi, mexatronika markazi, texnopark, butun campus va universitet talabalari va o’qituvchilari uchun yaratilgan binolarni tomosha qildilar. Bundan tashqari, mehmonlar avtosalondan obkeltirilgan yangi elektroavtomobillarini boshqarish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

Campus bo’ylab sayohatdan so’ng Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti a’zolari Universitet faoliyati ma’ruza qildilar va zamonaviy elektromobillarning tuzilishi va asosiy elementlari, ularning ishlash prinsiplari to’grisida mashg’ulot o’tildi .

Tashrif mehmonlarda Universitetga nisbatan katta qiziqish uyg’otdi.




TTPU da uning qoshidagi Akademik Litsey o‘quvchilari uchun «Rektor soati» o‘tkazildi.

Yig‘ilishda 250 ga yaqin bitiruvchi bosqich o‘quvchilari qatnashdi. Suhbat davomida, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti dotsenti M. Z. Turg‘unov Materialshunoslik bo‘yicha master klass o‘tdilar. So‘ng, universitet Rektori Inoyatxodjaev J. Sh., Moliyaviy-iqtisodiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha 1-prorektor Karimov A. A. va universitet Marketing bo‘lim boshlig‘i Djo‘raev O. M. universitetda amalga oshirilayotgan ishlar, yangiliklar, mavjud fakultetlar, o‘qishga qabul qilish tartibi, universitetda yaratilayotgan ixtirolar, yaratilgan imkoniyatlar, universitet erishgan yutuqlari to‘g‘risida barcha ma’lumotlarni berib o‘tishdi va o‘quvchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdi.

O‘ylaymiz-ki, ushbu uchrashuv litsey o‘quvchilari uchun universitet faoliyati bilan tanishishga va litsey faoliyatini yanada kuchaytirish masalalarini muhokama qilish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.




TTPU da kibersport bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazilmoqda.

Universitetda TTPU kibersport jamoasi shakllantirildi, u universitetlararo ligada ishtirok etadi. Tanlov 23 va 24-yanvar kunlari onlayn va final uchrashuvi 30 va 31-yanvar kunlari oflayn tarzda o’tkaziladi.

O’yin mashg’ulotlari uchun universitetda 5 ta kompyuter bilan jihozlangan maxsus xona ajratildi.

Sovrin jamg’armasi 100 000 000 so’mni tashkil etadi.

Jamoamizga omad tilab qolamiz!




196-maktab o’quvchilari uchun Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga sayohat uyushtirildi.

Shu kunlarda 196-maktab o’quvchilari universitetimizga tashrif buyurishdi. Maktab o’qituvchilari boshchiligidagi bu o’quvchilar universitetimiz binosini, undagi shart-sharoitlarni va albatta dars jarayonlarini qay tarzda olib borilishini yaqqol guvohi bo’lishdi. Bu ularda universitetimizga bo’lgan qiziqish va ishtiyoqni yanada oshirdi degan umiddamiz. Ushbu sayohat mobaynida o’quvchilar o’z oldilariga kelajakda Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti talabasi bo’lish kabi maqsad qo’yishgan bo’lsa ajab emas.
Ularga oldilariga qo’ygan maqsadlariga erishishda va talaba bo’lishdek sharafga ega bo’lishligida omad va zafarlar tilaymiz.

Ushbu sayohatni o’tkazishda bizga faol ko’maklashgan universitet volontyorlariga katta rahmat!




TTPU maktablar bilan kelishuv memorandumi imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoev raisligida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektorda belgilab o‘tilgan vazifalar ijrosiga hamda Oliy ta’lim muassasalariga o‘rta ta’lim maktablarini biriktirish va ularning ishlash jarayonlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha 2020 yil 22 noyabr kuni Bosh Vazir o‘rinbosari B. A. Musaev rahbarligida bo‘lib o‘tgan Ishchi guruh majlisi 3-son Bayoniga muvofiq Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti unga biriktirilgan Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 312, 78, 14, 203, 129-sonli o‘rta maktablari bilan kelishuv memorandumi imzoladi, hamda Olmazor tumanidagi 196-sonli o‘rta ta’lim maktabi bilan o‘zaro hamkorlik konsepsiyasi ishlab chiqildi.

✅Endilikda TTPU tajribasi asosida ushbu maktablar faoliyati quyidagi amaliy ishlar yordamida takomillashtiriladi:

  • Universitet professor-o‘qituvchilarining salohiyati va tajribalaridan foydalangan xolda maktab fan o‘qituvchilariga ilg‘or o‘qitish uslublarini o‘rgatish;
  • Ularning “Ingliz tili” ko‘nikmalarini va malakalarini oshirish uchun “Master-klass” formatida leksiyalar, seminarlar tashkil etish;
  • Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni hamkorlikda o‘tkazish;
  • Birgalikda turli hil tanlovlar va fan olimpiadalarini o‘tkazish;
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.




Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etamiz!

Bizning aziz kuchli, jasur va ishonchli himoyachilarimiz!

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Sizni O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi!🥳🥳🥳

Mamlakatimiz tinchligi va xavfsizligi yo’lidagi xizmatingiz uchun, hamisha bizni qo’llab-quvvatlaganingiz uchun chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Sizga va yaqinlaringizga sog’liq, baxt va farovonlik tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo’lsin! 🎉🎉🎉




“Qurilish loyihalarida ma’ruzalarning ahamiyati” mavzusida seminar o’tkazish rejalashtirildi!

Hurmatli professor-o’qituvchilar va talabalar,
Sizlarni 2021-yil 16-yanvar, shanba kuni, soat 11:00 da Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi qurilish boshlig’i Elyor G’aniyev Abdiraximovich tomonidan tashkil etilgan “Qurilish loyihalarida ma’ruzalarning ahamiyati” mavzusidagi seminarga taklif etamiz.
O’tkaziladigan joy: 404 AB auditoriya

Barcha bosqichdagi qurilish muhandisligi yo’nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun tavsiya etiladi!

Foydaliligi:
-Faol bitiruvchilar uchun qiziqarli ish takliflari
-Asosiy mutaxassisning hayotidan namunalar
-Amaliy geologiya / fuqaro muhofazasi bo’yicha nazariy bilimlarni mustahkamlash
-Fuqarolik qurilish loyihalarining turli bosqichlarini tushuntirish

Tashkilotchilar: TTPU Qurilish va arxitektura kafedrasi




TTPUda doktorantlar ilk bor ilmiy ishlarini ommaga namoyish qilishdi!

👨‍🏫Universitetimiz kutubxonasida o’tkazilgan namoyishda bo’lajak fan doktorlari o’z ilmiy ishlarini o’z hamkasblari, universitet professorlari, talabalari va xodimlariga taqdim etishdi. Ilmiy ishlar hay’at a’zolari tomonidan baholandi. Ushbu ko’rgazma mashinasozlik va qurilish muhandisligiga qiziqqan barchaga ko’proq ma’lumot olish uchun ajoyib imkoniyat bo’ldi.

📌Ilmiy ishlar namoyishi muvaffaqiyatli o’tganini hisobga olgan holda, shu kabi ilmiy ishlar ko‘rgazmalarini universitetimizda har chorakda o‘tkazishni rejalashtirayapmiz.




🤩“Uchinchi Renessans – yoshlar nigohida” tanlovida ishtirok

✅Tanlov yo‘nalishlari:
-Ajdodlar merosini o’rganish va targ’ib etishda innivatsion yondashuvlar;
-Oliy ta’limda sifatli bilim olishda talabalarning shaxsiy motivatsiyasini oshirish uchun o’quv jarayoni vametodikasini o’zgartirish yo’llari;
-Yoshlarni ilm-fanga qiziqtirishning noan’anaviy usullari.

📌Tanlov 4 bosqichda bo’lib o’tadi va unda OTM talabalari va tadqiqotchilari ishtirok etishi mumkin.

⏰Hujjatlar joriy yilning 20 yanvarigacha barcha oliy ta’lim muassasalaridagi fakultetlarda qabul qilinadi.

💸Gʻoliblar 50 million so‘mgacha miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

✊Siz ham ishtirok eting va g’oliblikni qo’lga kiriting!




Yangi Yilingiz bilan!

Azizlar!

Bu yil hammamiz uchun ham oson bo’lmadi … Ammo shu bilan birga baxtli lahzalar ham ko’p bo’ldi. Bu yil biz oilamizga ko’proq vaqt ajratishga, o’zimizning va barcha yaqinlarimizning sog’lig’iga ko’proq g’amxo’rlik qilishga muvaffaq bo’ldik! Ba’zi bir ishlarimizni to’xtatishga, ba’zilarini esa onlayn o’tkazishga to’g’ri keldi.

Ammo birlashish orqali biz koronavirus ustidan deyarli g’alabaga erishdik! Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bizning talabalarimiz hamda ishchi-xodimlarimiz ham mazkur muvafaqqiyatda o’pkani sun’iy ventilliyatsiya qilish apparati ixtirosi va Volkswagen tez tibbiy yordam mashinalarini barcha zaruriy jihozlar bilan jihozlash jarayonidagi ishtiroki bilan o’z hissalarini qo’shdilar. O’z loyihalari ustida ishlashda davom etib universitet nomidan turli tanlovlarda qatnashib, faxrli o’rinlarni egallagan iqtidorli talabalarni ham ta’kidlash lozim.

Shuningdek, professor-o’qituvchilar, bitiruvchilar va talabalar ilmiy va ta’lim sohalarida ko’plab yutuqlarga erishdilar. Bundan tashqari, innovatsion oromgoh yaratib, yosh bolalarga yangi ko’nikmalarni o’rgatish asnosida ularga katta quvonch baxsh etgan tashkilotchilarni ham alohida qayd etish joiz. Umuman olganda, orangizdagi ko’pchiligingiz sahovatpeshalik namunasini ko’rsatib, xayriya loyihasining bir qismi sifatida saraton kasalligiga chalingan qizning hayotida muhim rol o’ynadingiz. Shuningdek, Putra biznes maktabi va Pittsburg davlat universiteti kabi chet el oliy ta’lim muassassalari bilan memorandumlar imzolandi va qo’shma ta’lim dasturlari boshlandi.

Shu bilan birga, yaqinda universitet tomonidan olingan litsenziya ham bizning yutug’imizdir. Umuman olganda, birinchi kurs talabalari va talabalar sonining ko’payishi hamda qurilayotgan yangi o’quv binosi universitetning rivojlanayatganidan dalolat beradi. Bundan tashqari, universitet qoshida TISS inkubatsiya markazi va Polito Akademiyasining tayyorgarlik kurslari o’z faoliyatini boshladi. Erishilgan yutuqlar haqida gapiradigan bo’lsak, karantin cheklovlariga qaramasdan, otgan yil avvalgilaridan yomon emas, aksincha, boy, samarali va muvaffaqiyatli bo’lganligini ta’kidlash lozim.

Aziz do’stlar!
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti sizni chin qalbdan Yangi yil bilan tabriklaydi! 2021 yil barchamiz uchun yanada muvaffaqiyatli va omadli bo’lsin. Barcha yaqinlarimiz sog ‘ va salomat bo’lsinlar. Sizga va Universitetimizga katta yutuqlar hamroh bo’lsin!




TTPU Litsenziyaga ega bo’ldi.

Hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar bilan ruxsat beruvchi hujjatlarni olish tartibi sifat jihatidan yangi darajaga ko’tarildi. Tizimlarni raqamlashtirish esa ruhsatnoma olish jarayonini soddalashtirilishiga, keraksiz hujjatlarning talab qilinishini minimallashtirishga va eng asosiysi sarflanadigan vaqt va pulning tejalishiga imkon berdi.

Bugungi kunga qadar o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-apreldagi PQ-1106-sonli qarori asosida amalga oshirib kelayotgan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti boshqa nodavlat ta’lim muassasalari qatorida oliy ta’lim sohasida ta’lim faoliyatini olib borish uchun Litsenziyaga ega bo’ldi.

Vakolatli davlat organi tomonidan berilgan ushbu hujjat Universitetning mashinasozlik, avtomobilsozlik, axborot tizimlari, qurilish va arxitektura sohalarida oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini yana bir bor tasdiqladi.




Talabalarimiz “Students Cup” tanlovi va TECHNOWAYS marafonida g’olib bo’lishdi.

🏆IT Park tomonidan talabalar o’rtasida tadbirkorlikni va startap ekotizimini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan “Students Cup” tanlovida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti talabalaridan tashkil topgan “NovaRobotics” jamoasi o’zining “NovaAssistant” loyihasi bilan birinchi sovrinli o’rinni egalladi va 15 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotiga ega boʻldi.

🏆Bundan tashqari, ushbu jamoa O’zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish Vazirligi tomonidan tashkil etilgan TECHNOWAYS texnologik rivojlanish marafonida o’zlarining NovaMini loyihasi bilan qatnashib, birinchi o’rinni egalladi va 30 million so’m miqdoridagi pul mukofotiga ega bo’ldi.

🎉Iqtidorli talabalarimizni ushbu g’alaba bilan muborakbod etamiz va kelgusi ishlarida katta zafarlar tilab qolamiz!

👏Talabalarimiz – faxrimiz!




“Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish va gender siyosatining mazmun mohiyati” mavzusida onlayn suhbat o’tkazildi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida ZOOM platformasi orqali “Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish va gender siyosatining mazmun mohiyati” mavzusida onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbati mehmoni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik bo‘yicha jamg‘armasining gender masalalari bo‘yicha milliy ekspert, Fuqarolik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash markazining gender va gender zo‘ravonlik bo‘yicha dasturining trener-konsultanti, psixolog, zo‘ravonlik muammosi bo‘yicha 20 yillik tajribaga ega, Rossiya va Turkiyada malaka oshirgan Irmatova V. va Olmazor tumani IIO FMB XKMB katta inspektori podpolkovnik Matchanova O. bo’lishdi.

Suhbat davomida hozirgi kunda dolzarb mavzuga aylangan ayollarga bo’lgan munosabatlar, tazyiqlar va zo’ravonliklar haqida ta’kidlab o’tildi. Shu bilan bir qatorda zo’ravonliklar oldi olinishiga qaratilgan bir qator chora tadbirlar va yangi joriy etilgan qonun-qoidalar bilan tanishtirildi.

Ushbu suhbatda qatnasha olmagan talabalar uchun yozib olingan videoni quyidagi havolada taqdim etamiz:
https://www.youtube.com/watch?v=-QVoVfUhyTE