“Ogohlik – davr talabi”

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 8-fevral sanasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Ogohlik – davr talabi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu mavzuni yoritib berish uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o‘qituvchisi S.S.Saidjalolov mehmon sifatida taklif qilindi. O‘zlarining chiqishlarida, hozirgi kunda dolzarb muammo hisoblanayotgan terrorizm, radikalizm, ekstremizm, yoshlarning turli oqimlarga kirib qolishi va yot g‘oyalarning salbiy ta’siri hamda yurtimizda ularga qarshi kurashish uchun olib borilayotgan ishlar haqida gapirib, talabalarga tushuncha berib o‘tdilar. Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

Continue Reading“Ogohlik – davr talabi”

Jasur Xolxo‘jaev Italiyaning Turin politexnika universitetida «Metall komponentlarning innovatsion geometrik va mexanik tavsiflari» mavzusidagi ilmiy ishini himoya qilib, PhD diplomini qo‘lga kiritdi.

  • Post category:Yangiliklar

TTPUning “Mexanik va aerokosmik muhandisligi” kafedrasi doktoranti Jasur Xolxo‘jaev Italiyaning Turin politexnika universitetida (Politecnico di Torino) «Metall komponentlarning innovatsion geometrik va mexanik tavsiflari» (Innovative geometrical and mechanical characterization of metallic components) mavzusidagi PhD dissertatsiyasini Prof. Gianfranco Genta (Politecnico di Torino) va Prof. Jamshid Inoyatxodjaev (TTPU) rahbarligida muvaffaqiyatli himoya qilib, PhD diplomini qo‘lga kiritdi. 👏Universitetimiz jamoasi nomidan Jasur Xolxo‘jaevni samimiy muborakbod etib, kelgusidagi kasbiy va ilmiy faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz.

Continue ReadingJasur Xolxo‘jaev Italiyaning Turin politexnika universitetida «Metall komponentlarning innovatsion geometrik va mexanik tavsiflari» mavzusidagi ilmiy ishini himoya qilib, PhD diplomini qo‘lga kiritdi.

Toshkent Axborot Texnologiyalari universitetida Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro loyiha ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 22-24-yanvar kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, respublikamizning 7 ta va Yevropaning Ittifoqining 3 ta – Italiyaning Politecnico di Torino universiteti, Portugaliyaning Universidade de Evora universiteti, Ispaniyaning Universidad Politecnica de Madrid universitetlari hamkorligida ERASMUS+ Higher Education Capacity Building loyihalari doirasida “Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan (DEBSEUz)” xalqaro loyihasi ishtirokchilarining birinchi uchrashuvi hamda loyihaning ochilish marosimi (Kick-off meeting) bo‘lib o‘tdi. Loyihaning quyidagi qator masalalar muhokama etildi:– Yangi bakalavr dasturlarini ishlab chiqish– Innovatsion laboratoriyalarni yaratish– Loyiha barqarorligini ta’minlash– Sifat nazorati…

Continue ReadingToshkent Axborot Texnologiyalari universitetida Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro loyiha ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“VATAN HIMOYACHILARI KUNI” MUNOSABATI BILAN UNIVERSITETIMIZDA MADANIY-MA’RIFIY TADBIR O’TKAZILDI

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 32 yilligi hamda "Vatan himoyachilari kuni"ga bag'ishlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari – tinchlik va osoyishtalik posboni” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir avvalida davlatimiz madhiyasi yangradi va Universitetining birinchi prorektori Alisher Ashurov kirish so‘zi bilan tadbirni ochib berdi. Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar - Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti xarbiy xizmatchilari: podpolkovnik Sodiqov Xafizjon Murtazaevich va xarbiy fanlar boʻyicha  falsafa doktori  dosent Akbarov Laziz Izzatullaevichlar tadbir ishtirokchilarini mamlakatimiz hayotidagi qutlug’ sana - Vatan himoyachilar kuni va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi bilan samimiy qutladi. Mehmonlar davlatimiz Qurolli Kuchlarini…

Continue Reading“VATAN HIMOYACHILARI KUNI” MUNOSABATI BILAN UNIVERSITETIMIZDA MADANIY-MA’RIFIY TADBIR O’TKAZILDI

Tulyaganov Dilshat Ubaydullaevich – Kimyo fanlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib tasdiqlandi

  • Post category:Yangiliklar

*️Yangi Oʼzbekistonning 2022 – 2026 yillarga moʼljallangan taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 173-bandiga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligini keng nishonlash, mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yanada oshirish, ilmiy-texnologik salohiyatini yuksaltirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish maqsadida hamda Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Hayʼati va tegishli fan ixtisosliklari boʼyicha faoliyat koʼrsatayotgan haqiqiy aʼzolarining tavsiyasiga asosan, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Tabiiy-matematik fanlar kafedrasi mudiri Tulyaganov Dilshat Ubaydullaevich - Kimyo fanlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib tasdiqlandi. 👏Ustozni ushbu yutuqlari bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! ilm-fan rivoji yo'lida olib borayotgan fidokorona…

Continue ReadingTulyaganov Dilshat Ubaydullaevich – Kimyo fanlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib tasdiqlandi

Universitetda “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan, joriy yilning 7 dekabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talaba-yoshlar va xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. O‘yinni tashkil etishdan asosiy maqsad, talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, darsdan tashqari bilimlarini keng doirada yanada mustahkamlash, hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va davlat madhiyasi buyicha tuplagan bilimlarini mustahkamlash va turli mavzularda o‘zlarini fikrlarini teran ayta bilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. 1-“Evrika” jamoasi 2-“G‘oliblar” jamoasi 3-“Diyor” jamoasi 4-“Erudit” jamoalari ishtirok etdilar. Klub uchrashuvining moderatori, akademik guruh tyutori Eshonkulov Mirshod uyinga start berib, ishtirokchilarga omad tiladi. Qizg‘in kechgan baxsda 10 ta savoldan “Evrika” jamoasi oltita…

Continue ReadingUniversitetda “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Malakaviy imtihon topshirish uchun nomzod

  • Post category:E'lonlar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida 2023-yil 15-Dekabr soat 11:00 da 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” mutaxassisligi bo‘yicha doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihon bo‘lib o‘tadi. Malakaviy imtihon topshirish uchun nomzodlar: Abdusattorov Nodirjon Abdujalil o’g’li

Continue ReadingMalakaviy imtihon topshirish uchun nomzod

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida8-dekabr Konstitutsiya qabul qilingan kunga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 6 dekabr kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston – yangilangan Konstitutsiya” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda universitet birinchi prorektori - A.Ashurov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudyasi – X.Sodiqov, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi – O.G‘ulomova, Farmasevtika instituti xalqaro ta’lim fakulteti o‘qituvchisi – X.Mamatova hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Yosh huquqshunoslar Kengashi” NNT raisi – G‘.Tursunmetovalar qatnashdi. Tadbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov kirish so‘zi bilan ochib, Konstitutsiyamizning har bir moddasini chuqur bilish, unga rioya qilish har birimizning burchimiz ekanligi qayd etildi. Tadbir davomida Toshkent tumanlararo…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universitetida8-dekabr Konstitutsiya qabul qilingan kunga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

Universitetda kompyuter texnologiyalarini dasturlash bo‘yicha tanlov tashkil etildi.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 23-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida universitet filiali tomonidan imzolangan Memorandum va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining zarur tashabbusini amalga oshirish doirasida dasturlash va kompyuter texnologiyalari bo‘yicha tanlov bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlovni o‘tkazishdan maqsad - yoshlar oʻrtasida komputer texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan, shuningdek mamlakatimiz rivojlanishi uchun ustuvor boʻlgan sohalarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga ilmiy yechim izlab topishda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash, yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqishlari uchun ularning tashabbuslari va takliflariga eʼtiborni yanada kuchaytirish sanaladi. Musobaqada quyidagi jamoalar ishtirok etishdi: G. V. Plexanov nomidagi RIUning Toshkentdagi filiali “MISIS” MTTU ning Olmaliq shahridagi filiali-M.V.Lomonosov nomidagi MDUning Toshkentdagi…

Continue ReadingUniversitetda kompyuter texnologiyalarini dasturlash bo‘yicha tanlov tashkil etildi.

TTPUda “Yong‘in havfsizligi oyligi” ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Har yili qish mavsumi arafasida mamlakatimizda yong‘inlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkaziladi. Toshkent shahar hokimining 2023-yil 16-noyabrdagi Toshkent shahri hududida “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi 234-14-0-F/23-sonli Farmoyishida hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-noyabrdagi 03/20/416-2/14-180-sonli xati orqali favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasining 2023-yilning 11-noyabrdagi 86-sonli yig‘ilish bayonida 2023-yil 15-noyabrdan- 15-dekabrgacha “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida yong‘inlar, is gazidan zaharlanish va havo gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq noxush holatlarni oldini olish, isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik…

Continue ReadingTTPUda “Yong‘in havfsizligi oyligi” ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti zarur laborator asbob-uskunalar xaridi bo’yicha tender e’lon qiladi

Tender muddati, tender universitetning internet portalida eʼlon qilingan kundan boshlab 10 kalendar kuni deb belgilanadi. Ilovada zarur laborator asbob-uskunalarning texnik shartlari keltirib o'tilgan Tenderda ishtirok etish uchun quyidagi talablar qoʻyiladi: tashkilotning Davlat idoralari roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma mavjudligi; korxona-tashkilotning faoliyat turi mosligi; shu sohada kamida 3 yildan buyon faoliyati yuritishi; laborator jihozlarni yetkazib berishda tajribaga egaligi; insofsiz ijrochilarning yagona roʻyxatida joylashmaganligi; soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha qarzlar mavjud emasligi. Takliflar 100095, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik halqa koʻchasi, 17 uy, manzilida tender tashkilotchisi tomonidan qabul qilinadi. Tender takliflarini ochish, tender muddati yakunlangandan so'ng 5 ish kunida,…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti zarur laborator asbob-uskunalar xaridi bo’yicha tender e’lon qiladi

Giyohvandlikka qarsgi kurashish barchamizning ishimiz

  • Post category:Yangiliklar

2023-yil 21-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika unversiteti proflaktika katta inspektorlari tashabbusiga ko‘ra, unversitet talabalari bilan "Talabalar o‘rtasida psixotrop dori vositalarini iste’mol qilish hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Tadbirda unversitet proflaktika katta inspektori podpolkovnik Sh.Yusupov, katta leytenant O.F.Ismoilova, dekan o`rinbosari A.Azizxodjayev, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar psixotrop dori vositalari ta’sirida yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huqubuzarlik va jinoyatchilik, ularning salbiy oqibatlari, har qanday huquqbuzarliklar va jinoiy xatti-harakatlar sodir etganlik uchun yoshidan va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, O’zbekiston Respublikasining Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan qonuniy javobgarlikka tortilishi, talabalar…

Continue ReadingGiyohvandlikka qarsgi kurashish barchamizning ishimiz

Italiya-O’zbekiston ilg’or muhandislik markazi – ikki hukumat hamkorligi loyihasi.

  • Post category:Yangiliklar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 6-7 iyun kunlari Italiyaga tashrifi doirasida o’tkazilgan biznes-forumda, Italiya savdo agentligi va Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi o’rtasida imzolangan memorandumga asosan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Italiya-O’zbekiston ilg’or muhandislik markazi” ochilishi loyihasi bo’yicha ishlar samarali davom ettirilmoqda. Loyihaning ikkinchi bosqichida nazarda tutilganidek, markaz uchun kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida hozirgi kunda mutaxassislar Italiyaning nufuzli professional ta’lim institutlarida malaka oshirmoqdalar. Hususan, Tesktil sanoati sohasi bo’yicha 5 nafar mutaxassis Florensiya shahrining Prato Polo universitetida, Milan shahrining Arsutoria charm sanoat maktabida charm sanoati va ECOLE institutida mashinasozlik sohalarida 4 nafardan mutaxasislar…

Continue ReadingItaliya-O’zbekiston ilg’or muhandislik markazi – ikki hukumat hamkorligi loyihasi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi Ph.D.22/01.02.2022. T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 05.01.08 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar

  • Post category:E'lonlar

2023 yil 27- noyabr soat 14-00 da Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Ma’muriy binosining 2-qavat, MAJLISlar xonasida, 05.01.08 - "Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish" ixtisosligi bo'yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D.) ilmiy darajasiga talabgor Alishev Sherqo'zi Abdumannonovichning "Ko'p bosqichli o'zgaruvchi parametrli ob'ektlarni adaptiv boshqarish algoritmlari" mavzusida dissertatsiya ishi muhokamasi uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ph.D.22/01.02.2022. T.144.01 raqamli Ilmiy seminar majlisi bo’lib o’tadi. Sana: 2023- 27 Noyabr Vaqt: 2 p. m. (10.00 a. m. Italiya vaqti) Joy (joyida): Majlislar xonasi, ma'muriy bino Joy (onlayn): Zoom uchrashuviga qo'shiling https://us02web.zoom.us/j/81697734071?pwd=cVErRWtsV1Z1RjNPSUlabTA1VnhnZz09 Konferensiya identifikatori: 816 9773 4071 Кirish…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi Ph.D.22/01.02.2022. T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 05.01.08 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi Ph.D.22/01.02.2022. T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar

  • Post category:E'lonlar

20-noyabr kuni soat 14.00 da Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Ma’muriy binosining 2-qavat, MAJLISlar xonasida, 05.08.06 – G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʻyicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D.) ilmiy darajasiga talabgor Mavlonov Jamshid Ro’ziboyevichning “Yengil elektr avtomobil yuritmasining komponentlarini tanlash uslubini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi Ph.D.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisi bo’lib o’tadi. Sana: 2023 yil 22 noyabr Vaqt: 14:00. (Italiya vaqti bilan 10:00) O'tkazish joyi (universiteti hududida): konferensiya zali, ma'muriy bino. Joylashuv (onlayn): Zoom uchrashuviga qo'shilish uchun. https://us02web.zoom.us/j/81768601756?pwd=ZlI0cjdORzhjU2oyYkF2OEdjMHFjZz09 Meeting ID: 817 6860 1756 Passcode : 1111…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi Ph.D.22/01.02.2022. T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar

Italiya Prezidenti Serjio Mattarella Toshkentdagi Turin Politexnika universitetiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 10 noyabr kuni, Italiya Prezidenti Serjio Mattarella Oʼzbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Toshkentdagi Turin Politexnika universiteti (TTPU) ga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmonni Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Аbdulla Oripov boshchiligida Oʼzavtosanoat АK boshqaruvi raisi Ulug‘bek Rozuqulov va TTPU rektori Jamshid Inoyatxodjaev kutib oldi. Italiya delegatsiyasi tarkibi Italiyadagi Turin Politexnika universiteti rektori Gvido Sarakko, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Anita Tabakko va universitetning boshqa vakillaridan iborat bo‘ldi. Prezident tashrifining asosiy maqsadlaridan biri ustuvor yo‘nalishlarda, xususan, sanoat transformatsiyasi sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash sanaladi. Bilim va tajriba almashish- doimo Italiya va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlikning asosi bo'lib kelgan, dedi Prezident Matarella o'zining rasmiy…

Continue ReadingItaliya Prezidenti Serjio Mattarella Toshkentdagi Turin Politexnika universitetiga tashrif buyurdi

TTPUda “Yo`llarda xavfsizlikni ta’minlash” mavzusida tadbir o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

2023-yil 8-noyabr kuni Toshkent shahar Turin politexnika universiteti talabalariga "Yo`llarda xavfsizlikni ta’minlash " mavzusida   tadbir o‘tkazildi. Tadbirga Toshkent shahar Turin politexnika universiteti 1-bosqich talabalari jalb etildi. Tadbir Respublika miqyosida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari haqida olingan videorolikni qo‘yib berishdan boshlandi. Shundan so‘ng so‘zga Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati boshlig`i podpolkovnik Q.P.Xudoyberganov chiqib, hozirgi kunnning eng dolzarb masalalaridan biri bu yo‘llarda yo`l-transport hodisalarini oldini olish, fuqarolarga huquqiy tushunchalar berish ekanligi, shu boisdan YHX xodimlari tomonidan ta’lim va tarbiya maskanlarida o`sib kelayotgan yosh avlodlarga targ`ibot tadbirlarini doimiy o’tkazib kelayotganliklarini, o`quvchilar yo`llarda yo piyoda, yo haydovchi yoki yo`lovchi bolib harakat qilsinlar doim yo`l…

Continue ReadingTTPUda “Yo`llarda xavfsizlikni ta’minlash” mavzusida tadbir o‘tkazildi

TTPUda “XOTIN-QIZLAR O`RTASIDA TAZYIQ VA ZO`RAVONLIKLARNI OLDINI OLISH” MAVZUSIDAGI TADBIR BO‘LIB O‘TDI.

  • Post category:Yangiliklar

2023-yil 01-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalariga "Xotin-qizlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonliklarni oldini olish" mavzusida   tadbir o‘tkazildi. Dastlab kirish so‘zini universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi F.Nabixanova boshlab berdi. So‘zida ayollarning huquqlari davlat tomonidan, yangi ishlab chiqilgan Konstitutsiyada ham o`z tasdig`ini topganligi ayollarga nisbatan qo`llanilayotgan zo‘ravonliklarga nisbatan qat’iy chora-tadbirlar qo`llanilayotganligi to‘g‘risida aytib o‘tdi.                                                                                                                                           Olmazor tumani IIO FMB 4-son IIB XQMBI katta leytenent O.Ismoilova 2019-yil 2-sentyabr kuni qabul qilingan O‘RQ 562-son “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar to‘g‘risida”gi, xuddi shu kuni qabul qilingan 561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarining mazmun-mohiyatlari tushuntirib o‘tildi. Bundan tashqari…

Continue ReadingTTPUda “XOTIN-QIZLAR O`RTASIDA TAZYIQ VA ZO`RAVONLIKLARNI OLDINI OLISH” MAVZUSIDAGI TADBIR BO‘LIB O‘TDI.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida sogʻlom ovqatlantirishni keytering usulida tashkil etish boʻyicha TENDER EʼLON QILADI

Buyurtmachi: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Buyurtmachini manzili va telefon raqami: 100095. Toshkent sh. Olmazor tumani, Kichik halqa yoʻli 17-uy. Email: info@polito.uz, tel/faks +99871 246-70-82 -   Tender tili: O‘zbek, Rus -   Tenderga taklif yuborish: Yopiq konvert koʻrinishida -   Tender muddati: 2023-yil 24-noyabr, soat 17:00 gacha -   Bogʻlanish uchun masʼul shaxs: Yuldoshev Baxrom +99890 957-78-00     Buyurtmachining talablari:    Insofsiz ijrochilar Yagona reyestrida qayd etilmaganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma (tasdiqlovchi hujjat); Keytering usulida ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha shartnomaning kamida uch oylik summasiga teng aylanma mablagʻlari mavjudligi; Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan qarzdorligi mavjud emasligi; (DSI maʼlumoti); Keytering tashkilotining moddiy texnik bazasi toʻgʻrisida maʼlumot.…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universitetida sogʻlom ovqatlantirishni keytering usulida tashkil etish boʻyicha TENDER EʼLON QILADI

TTPU talabalari uchun Bo Inge Andersson bilan mehmon ma’ruzasi o’tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 26 oktabr kuni, Toshkentdagi Turin politexnika universitetida UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain bosh direktori Bo Inge Andersson bilan mehmon ma'ruzasi bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida talabalar avtomobilsozlik sohasida 30 yildan ortiq tajribaga ega yetuk mutaxassisning kasb yo‘li bilan yaqindan tanishish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldilar. Mehmon ma’ruzasi davomida janob Andersson talabalarga qimmatli maslahatlar berdi, xalqaro tajribasi bilan o‘rtoqlashdi va ularning barcha savollariga atroflicha javob berdi. Eng qiziqarli savol egalari va viktorina g‘oliblari UzAutoMotors Powertrain kompaniyasi tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandi. Tashrif doirasida janob Andersson universitet texnoparki, laboratoriyasi va startap loyihalari bilan ham yaqindan tanishdi.

Continue ReadingTTPU talabalari uchun Bo Inge Andersson bilan mehmon ma’ruzasi o’tkazildi
image_pdfimage_print