1

“STEM Camp” qishki oromgohi

Tоshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab ko’magida joriy yilning 6 yanvaridan boshlab 6 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun STEM Camp qishki oromgohini ochishdi.

O’tgan yilning 24-dekabrida bolalar va ularning ota-onalari uchun robototexnika bo’yicha dastlabki mahorat darslari bo’lib o’tdi. Unda ishtirokchilar robototexnika bo’yicha asosiy bilimlar, oromgohning imkoniyatlari va bolalarga elektronika asoslarini o’rgatish va “Superqahramon” maxsus o’quv-ko’ngilochar Arduino o’quv dasturlari bilan tanishish imkoniga ega bo’ldilar.

Batafsil ma’lumotlarni STEM Camp rasmiy telegram kanali (https://t.me/stemcamp)da topishingiz mumkin.

‌Biz faol va iqtidorli talabalarimiz bilan faxrlanamiz va ularga reja va maqsadlarini amalga oshirishda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!




O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi stependiati

O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi mamlakatimiz ravnaqiga hissa qo’shgan munosib ishchilar va yosh faollarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga va rag’batlantirishga, ularning mehnatiy va ijtimoiy huquqlarini himoya qilishga, yosh mutaxassislarning iste’dodi va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga, shuningdek xodimlarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan qator ijtimoiy loyihalarni amalga oshiradi.

Joriy yilning 25 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta opera va balet teatrida O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan “Yurt taraqqiyoti yo’lida birlashaylik!” shiori ostida 2019 yil yakunlari e’lon qilindi. Unda tantanali ravishda bir nechta toifalarda taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. “Eng faol yosh ishchi kasb egasi”, “Eng namunali boshlang’ich tashkilot”, “Kasaba uyushmalari federatsiyasi stipendiyasi sohibi” va boshqa nominatsiyalar bo’yicha g’oliblarga maxsus sovg’alar topshirildi.

Bu yil mamlakatimiz viloyatlari va Toshkent shahridagi oliy o’quv yurtlarining 14 ta faol va iqtidorli talabalari “Kasaba uyushmalari federatsiyasi stipendianti” nominatsiyasida g’olib bo’lishdilar.
Tanlov natijalariga ko’ra Kasaba uyushmalari Federatsiyasi stipendiatlaridan biri Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining 3-kurs talabasi Ishmuxamedov Xurshid bo’ldi. Laureat har oyda olinadigan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi nomidan maxsus stipendiya bilan taqdirlanadi.

Laureatimiz Ishmuxamedov Xurshidni tabriklaymiz va unga o’qishlarida va oldiga qo’ygan maqsadlariga yetishishda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!




“Deviser” konstruktorining taqdimoti

Joriy yilning 19-dekabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti ko’magi bilan startap ekotizimini yoshlar o’rtasida ommalashtirish, ularning e’tiborini fan va robototexnika sohasiga jalb qilish, shuningdek yosh ixtirochilarning loyihalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida “Deviser” elektron dizayneri taqdim etildi.

Taqdimot davomida amaliy fizikani elektronikadan foydalangan holda o’qitishning yangi usuli – Deviser konstruktori tanishtirildi. Dizayner uch tilda (o’zbek, rus, ingliz) yo’riqnomalar va ishlanmalardan iborat bo’lib, u nozik motorli ko’nikmalarni rivojlantirishga hissa qo’shadigan holda va yosh muhandislarning robototexnika sohasiga qiziqishini oshiradigan holda ishonchli va innovatsion echimlarni namoyish etadi.

Tadbirda Innovatsion rivojlanish vazirining o’rinbosari Olimjon To’ychiev, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Alisher Sa’dullayev, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining birinchi prorektori Jamshid Inoyatxodjayev ishtirok etdilar.

Eslatib o’tamiz, “Deviser” elektron konstruktori muallifi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi Ozodov Abdulhafiz, 2019 yil iyun oyida O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan startap tanlovida g’olib chiqdi va o’z loyihasini rivojlantirish uchun grant yutdi.

Taqdimot natijalariga ko’ra, maktab va maktabgacha yoshdagi bolalarning robototexnika va elektronika sohasidagi g’oyalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida Deviser konstruktori respublikaning texnika va texnologiyalariga ixtisoslashgan o’quv muassasalariga qabul qilindi.