1

O’qish uchun grant taqdim etuvchi tanlovga qabul boshlandi!

Toshkentdagi Buyuk Britaniyaning NCC Education Kampusi – GRBS®, Turin Politexnika Universiteti (TTPU) bilan hamkorlik shartnomasi asosida o’qish uchun grant taqdim qiluvchi O’zbekistondagi dastlabki o’quv tanlovini e’lon qiladi.

🗓Tanlov sanasi: 2020-yil 25-yanvar
🕛O’tkazilish vaqti: 12:00

‼️Ro’yxatdan o’tish: Ro’yxatdan o’tish (majburiy) 24-yanvar soat 17:00da tugaydi

Onlayn ro’yxatdan o’tish: bit.ly/GRBS-Turin-Grantlar

Tanlovda ishtirok etish BEPUL

📍Tanlov o’tkazilish manzili: 100077, Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumani, Buyuk Ipak Yo’li ko’chasi, 2, GRBS® Tashkent – Xalqaro Kampusi

❗️Tanlovda quyidagi talablarga javob beradigan barcha talabgorlar ishtirok etishlari mumkin:
♦️Talabgor oliy ma’lumotga ega bo’lmasligi kerak
♦️Talabgor biron bir oliy o’quv yurtining talabasi bo’lmasligi kerak

📚Tanlov quyidagi fanlar bo’yicha o’tkaziladi:
Ingliz tili
Matematika
Fizika

Qo’shimcha ma’lumot uchun murojaat qiling:
📞 +998 78 129 19 19
📲: +998 90 188 56 86
📬 info.tashkent@grbs.com
📱 Facebook (https://www.fb.com/grbsuzbekistan)
📱 Instagram (https://www.instagram.com/grbs_uzbekistan/)
📱 Telegram (https://t.me/MyGRBS)




O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar muzeyiga ekskursiya

1992 yil 14 yanvar kuni mustaqil davlatimiz hududidagi barcha harbiy qism va bo‘linmalarni O‘zbekiston tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganligi, milliy armiyamizni isloh qilishning uzoq muddatli dasturini ishlab chiqilganligi munisabati bilan, talaba-yoshlarni O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarixi va hozirgi yutuqlari bilan tanishtirish maqsadida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari uchun O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.

Ekskursiya davomida talabalar nafaqat O’zbekistonda tashkil topgan Qurolli kuchlari tarixini o’rganishga, balki muzeyning boy va keng ko’lamga ega bo’lgan Markaziy Osiyo va O’zbekiston xalqining rivojlangan harbiy san’ati tarixi ekspozitsiyalari bilan ham tanishishga muyassar bo’ldilar. Universitet talabalari muzeydagi eksponatlar bilan tanishar ekanlar, o‘tmishga xayolan sayohat qilib, qadim zamonlarda yashab o‘tgan insonlar, ularning turmush tarzi, mudofaa va qurolsozlikning rivojlanishi, o‘zlari yashab turgan hududlarni himoyalashda foydalanilgan harbiy anjomlar va qurol-yarog‘lar haqida, hamda buyuk ajdodlarimiz bo‘lmish Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Ulug‘bekka tegishli bo‘lgan eksponat va ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Muzeyga kirishda qad ko‘targan, el yurtimizning sodiq farzandi timsolini aks ettirgan “Vatanga qasamyod” haykali ham hechkimni befarq qoldirmadi.

O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Davlat muzeyiga ekskursiya talaba-yoshlarning Vatanga bo’lgan muhabbati, sadoqati, tariximizga bo’lgan hurmati va tushunchasini oshirishda yana bir qadam bo’ldi.




“Roboland” konstruktori

“Roboland” – bu elektronika va dasturlash yo’nalishi bo’yicha yoshlarga ta’lim berish maqsadida ishlab chiqilgan konstruktor bo’lib unda 200 dan ortiq elektron qurilmalar mavjud. Bu qurilmalar orqali 44 ta amaliy loyihalarni amlaga oshirsa bo’ladi. Masalan, biz kundalik hayotimizda foydalanayotgan ko’plab turdagi texnikalar, telefon, turniket tizimi, aqlli termometrlar, aqlli chiroqlar, uylar, issiqxonalar loyihalarining elektronika va dasturlash qismlarini bajarsa bo’ladi. Bundan tashqari ushbu konstruktorda o’zbek tilida yozilgan qo’llanma kitob mavjud bo’lib bu orqali o’quvchilar dastrulash va elektronika asoslarini mustaqil ravishda ham o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Eslatib o’tish kerakki ushbu qo’llanma kitob robototexnika bo’yicha o’zbek tilida yozilgan ilk adabiyot hisoblanadi.

2019 yil 27-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo’nalishiga oid fanlarni chuqur o’rganish bo’yicha ixtisoslashtirilgan maktabning yangi binosining ochilish marosimida Robototexnika musobaqalarida 2 karra Respublika chempionligini qo’lga kiritgan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining 4-bosqich talabasi Javoxir Rahimov o’zining “Roboland” deb nomlangan konstruktori bilan tanishtirdi va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevdan konstruktorni ishlab chiqarish va yurtimizdagi barcha maktablarga tadbiq qilish bo’yicha topshiriq oldi.




❗️ABITIRUENTLAR DIQQATIGA!❗️

✅2019-yil sentyabr oyida oliy ta’lim muassasalariga kira olmagan barcha abituriyentlar uchun 🇮🇹 Toshkent Turin Politexnika Universitetidan (TTPU) ajoyib imkoniyat!

🎗Yevropaning eng nufuzli universitetlaridan birining filiali – 🇮🇹Toshkent Turin Politexnika Universiteti hamda 🇬🇧 Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi NCC Education kampusi – GRBS® (O’zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish agentligi litsenziyasi № KMO 0418) o’zaro hamkorlik shartnomasi asosida, 2020-yil kuz oyidan 🇮🇹 TTPU’da ikkinchi kursdan o’qishni boshlashni istaganlar uchun ajoyib imkoniyat taqdim etmoqda.

🇬🇧OFQUAL, UCAS, Department for Business Innovation and Skills, E-Skills UK, Council for Administration kabi Buyuk Britaniya hukumati organlari tomonidan boshqariladigan “Level 3 International Foundation Diploma for Higher Education Studies” xalqaro dasturi asosida 🇬🇧Buyuk Britaniya NCC Education kampusi – GRBS®da 2020-yil yanvar oyidan o’qishni boshlagan talabalar, 2020-yil kuzidan quyidagi yo’nalishlar bo’yicha kafolatli qabul qilinadilar:

🔷Avtomobil muhandisligi;

🔷Mashinasozlik texnologiyasi;

🔷Axborot texnologiyalari va sanoatda ABT;

🔷Qurilish va arxitektura sanoati.

⚠️Diqqat! Joylar soni qat’iy cheklangan.

Kirish testlaridan o’ting, hujjatlarni 2020-yil 31-yanvargacha topshiring va bunday noyob imkoniyatni boy bermang.

Onlayn ro’yxatdan o’tish uchun quyidagi havolani bosing:⤵️

bit.ly/Turin-January-2020

Sizni quyidagi manzilda kutamiz:

📍100077, Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumani, Mustaqillik shoh ko’chasi, Buyuk Ipak Yo’li ko’chasi 2, GRBS® Tashkent xalqaro kampusi.

🗺http://bit.ly/grbs-new

❔Qo’shimcha savollar uchun, quyidagilar orqali murojaat qiling:

📞 +998 78 129 19 19

📲: +998 90 188 56 86

📬 info.tashkent@grbs.com

📱Instagram https://www.instagram.com/grbs_uzbekistan/

📱 Telegram: https://t.me/MyGRBS

📱 FB: https://www.fb.com/grbsuzbekistan




“STEM Camp” qishki oromgohi

Tоshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab ko’magida joriy yilning 6 yanvaridan boshlab 6 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun STEM Camp qishki oromgohini ochishdi.

O’tgan yilning 24-dekabrida bolalar va ularning ota-onalari uchun robototexnika bo’yicha dastlabki mahorat darslari bo’lib o’tdi. Unda ishtirokchilar robototexnika bo’yicha asosiy bilimlar, oromgohning imkoniyatlari va bolalarga elektronika asoslarini o’rgatish va “Superqahramon” maxsus o’quv-ko’ngilochar Arduino o’quv dasturlari bilan tanishish imkoniga ega bo’ldilar.

Batafsil ma’lumotlarni STEM Camp rasmiy telegram kanali (https://t.me/stemcamp)da topishingiz mumkin.

‌Biz faol va iqtidorli talabalarimiz bilan faxrlanamiz va ularga reja va maqsadlarini amalga oshirishda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!




O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi stependiati

O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi mamlakatimiz ravnaqiga hissa qo’shgan munosib ishchilar va yosh faollarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga va rag’batlantirishga, ularning mehnatiy va ijtimoiy huquqlarini himoya qilishga, yosh mutaxassislarning iste’dodi va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga, shuningdek xodimlarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan qator ijtimoiy loyihalarni amalga oshiradi.

Joriy yilning 25 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta opera va balet teatrida O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan “Yurt taraqqiyoti yo’lida birlashaylik!” shiori ostida 2019 yil yakunlari e’lon qilindi. Unda tantanali ravishda bir nechta toifalarda taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. “Eng faol yosh ishchi kasb egasi”, “Eng namunali boshlang’ich tashkilot”, “Kasaba uyushmalari federatsiyasi stipendiyasi sohibi” va boshqa nominatsiyalar bo’yicha g’oliblarga maxsus sovg’alar topshirildi.

Bu yil mamlakatimiz viloyatlari va Toshkent shahridagi oliy o’quv yurtlarining 14 ta faol va iqtidorli talabalari “Kasaba uyushmalari federatsiyasi stipendianti” nominatsiyasida g’olib bo’lishdilar.
Tanlov natijalariga ko’ra Kasaba uyushmalari Federatsiyasi stipendiatlaridan biri Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining 3-kurs talabasi Ishmuxamedov Xurshid bo’ldi. Laureat har oyda olinadigan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi nomidan maxsus stipendiya bilan taqdirlanadi.

Laureatimiz Ishmuxamedov Xurshidni tabriklaymiz va unga o’qishlarida va oldiga qo’ygan maqsadlariga yetishishda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!




“Deviser” konstruktorining taqdimoti

Joriy yilning 19-dekabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti ko’magi bilan startap ekotizimini yoshlar o’rtasida ommalashtirish, ularning e’tiborini fan va robototexnika sohasiga jalb qilish, shuningdek yosh ixtirochilarning loyihalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida “Deviser” elektron dizayneri taqdim etildi.

Taqdimot davomida amaliy fizikani elektronikadan foydalangan holda o’qitishning yangi usuli – Deviser konstruktori tanishtirildi. Dizayner uch tilda (o’zbek, rus, ingliz) yo’riqnomalar va ishlanmalardan iborat bo’lib, u nozik motorli ko’nikmalarni rivojlantirishga hissa qo’shadigan holda va yosh muhandislarning robototexnika sohasiga qiziqishini oshiradigan holda ishonchli va innovatsion echimlarni namoyish etadi.

Tadbirda Innovatsion rivojlanish vazirining o’rinbosari Olimjon To’ychiev, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Alisher Sa’dullayev, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining birinchi prorektori Jamshid Inoyatxodjayev ishtirok etdilar.

Eslatib o’tamiz, “Deviser” elektron konstruktori muallifi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi Ozodov Abdulhafiz, 2019 yil iyun oyida O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan startap tanlovida g’olib chiqdi va o’z loyihasini rivojlantirish uchun grant yutdi.

Taqdimot natijalariga ko’ra, maktab va maktabgacha yoshdagi bolalarning robototexnika va elektronika sohasidagi g’oyalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida Deviser konstruktori respublikaning texnika va texnologiyalariga ixtisoslashgan o’quv muassasalariga qabul qilindi.