1

TTPU da buyuk bobokalonlarimiz tavallud kunlariga bag’ishlangan ijodiy kecha o’tkazildi

O‘zbek she’riyati va adabiyoti jahon ma’rifatparvarlari tasavvurida, eng avvalo, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur singari ulug‘ siymolar timsolida gavdalanadi.
O‘zbek xalqining buyuk mutafakkir shoirlari Alisher Navoiyning 583 yilligi va Zahiriddin Muhammad Boburning 541 – yilligi tavallud topgan kunlari munosabati bilan Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “Buyuk siymolarni xotirlab” deb nomlangan bayram tadbiri o’tkazildi.
Tadbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov ochib berib, ushbu ulug‘ kunning egalari, buyuk mutafakkirlarning o‘zbek tili va adabiyatiga qo‘shgan ulkan xissasi to‘g‘risida so‘z yuritdi hamda tadbir ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.

Tadbir mehmoni – O’zbekiston xalq artisti, “Do‘stlik”ordeni sohibi Saidkomil Hamroyevich tashrif buyurib, bu ikki ijodkorning hayoti va ijod yoʻllari, bizga yetib kelgan boy adabiy merosi va asarlardagi ezgu, tarbiyaviy jihatlar haqida soʻz yuritdi. So‘ng “Shodlik” doirachilar Jamoasi o‘z chiqishlari bilan tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Tadbirda talabalar shuningdek universitet qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari tomonidan buyuk allomalarimiz g’azallaridan namunalar, sahna ko’rinishlari tadbir ishtirokchilariga namoyish etildi.

Badiiy-adabiy kecha davomida universitetning iqtidorli talabalari, universitetda faoliyat yuritayotgan musiqa to’garagi a’zolari tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azaliga bitilgan kuy-qo’shiqlar ijro etildi.




Kimyoviy elementlar va atrofimizdagi dunyo

Kimyoviy elementlarning tuzilishi va xossalari, Mendeleev davriy sistemasida qanday joylashishi, kashf etilishining qiziqarli hikoyalari kabi mavzularda Toshkentdagi Turin politexnika universitetining “Tabiiy-matematika fanlari” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, akademik Dilshat Ubaydullaevich Toʻlaganov Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 14-umumta’lim maktabi o‘quvchilariga so‘zlab berdi.

Akademik To‘laganov maktab o‘quvchilarini dars mavzusi bilan tanishtirar ekan, kimyoviy elementlarning kashf etilishi uzoq vaqt davomida sodir bo‘lganini alohida ta’kidladi. Masalan, uglerod, oltingugurt, temir, mis, kumush, qalay, oltin, simob va qo’rg’oshin qadim zamonlardan beri ma’lum. Mishyak, surma, vismut, rux oʻrta asrlarda olingan bo‘lsa, fosfor, azot, bariy, berilliy, vodorod, volfram, ittriy, kislorod, kobalt, marganets, molibden, nikel, platina, stronsiy, tellur, titanium, telluriy, xlor, xrom, sirkoniylar 17-18 asrlarda olingan. 19-asrda alyuminiy, germaniy, kremniy, bir qator gidroksid va ishqoriy yer metallari, geliy inert gazlari, argon, neon, kripton, ksenon radon, shuningdek, lantan, lantanidlar va boshqalar kabi 48 ta yangi element topildi.

1869-yilda D.I.Mendeleyev tomonidan davriy qonun kashf etilgan vaqtga kelib 63 ta element ma’lum edi. Uzoq muddatli ilmiy izlanishlar elementlar va ularning birikmalarining xossalari atom massasining ortishi bilan o’zgaradi, lekin monoton emas, balki davriy ravishda o’zgaradi degan xulosaga keldi. Mendeleev o’z kashfiyotini olimlar atom tuzilishini tushunishga muvaffaq bo’lganidan deyarli 30 yil oldin qilgan. Shuning uchun qonunning zamonaviy tuzilishi quyidagicha ko’rinadi: “kimyoviy elementlarning xususiyatlari, shuningdek ularning birikmalarining shakllari va xususiyatlari vaqti-vaqti bilan ularning atom yadrolari zaryadlarining kattaligiga bog’liq”.

Bugungi kunda Mendeleev davriy jadvalda 118 ta kimyoviy element mavjud bo‘lib- ulardan 92 tasi tabiatda topilgan, qolganlari sun’iy ravishda olingan – ular beqaror va qisqa muddatlarga ega. Barcha izotoplari beqaror bo’lgan kimyoviy elementlar radioaktiv deyiladi; bularga atom raqamlari poloniydan yuqori bo’lgan barcha elementlar kiradi

Xulosa qilib aytganda, dars interfaol savol-javob ko‘rinishda o‘tkazildi, bu kimyo fanining tabiy fanlarning boshqa sohalari – matematika, fizika, biologiya, geografiya, geologiya, ekologiya bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatish imkonini berdi. Bunday shaklda o‘tkazilgan dars shakli o’quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.




“Ogohlik – davr talabi”

Joriy yilning 8-fevral sanasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Ogohlik – davr talabi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu mavzuni yoritib berish uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o‘qituvchisi S.S.Saidjalolov mehmon sifatida taklif qilindi.

O‘zlarining chiqishlarida, hozirgi kunda dolzarb muammo hisoblanayotgan terrorizm, radikalizm, ekstremizm, yoshlarning turli oqimlarga kirib qolishi va yot g‘oyalarning salbiy ta’siri hamda yurtimizda ularga qarshi kurashish uchun olib borilayotgan ishlar haqida gapirib, talabalarga tushuncha berib o‘tdilar.

Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.




Jasur Xolxo‘jaev Italiyaning Turin politexnika universitetida «Metall komponentlarning innovatsion geometrik va mexanik tavsiflari» mavzusidagi ilmiy ishini himoya qilib, PhD diplomini qo‘lga kiritdi.

TTPUning “Mexanik va aerokosmik muhandisligi” kafedrasi doktoranti Jasur Xolxo‘jaev Italiyaning Turin politexnika universitetida (Politecnico di Torino) «Metall komponentlarning innovatsion geometrik va mexanik tavsiflari» (Innovative geometrical and mechanical characterization of metallic components) mavzusidagi PhD dissertatsiyasini Prof. Gianfranco Genta (Politecnico di Torino) va Prof. Jamshid Inoyatxodjaev (TTPU) rahbarligida muvaffaqiyatli himoya qilib, PhD diplomini qo‘lga kiritdi.

👏Universitetimiz jamoasi nomidan Jasur Xolxo‘jaevni samimiy muborakbod etib, kelgusidagi kasbiy va ilmiy faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz.




Toshkent Axborot Texnologiyalari universitetida Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro loyiha ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 22-24-yanvar kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, respublikamizning 7 ta va Yevropaning Ittifoqining 3 ta – Italiyaning Politecnico di Torino universiteti, Portugaliyaning Universidade de Evora universiteti, Ispaniyaning Universidad Politecnica de Madrid universitetlari hamkorligida ERASMUS+ Higher Education Capacity Building loyihalari doirasida “Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan (DEBSEUz)” xalqaro loyihasi ishtirokchilarining birinchi uchrashuvi hamda loyihaning ochilish marosimi (Kick-off meeting) bo‘lib o‘tdi.

Loyihaning quyidagi qator masalalar muhokama etildi:
– Yangi bakalavr dasturlarini ishlab chiqish
– Innovatsion laboratoriyalarni yaratish
– Loyiha barqarorligini ta’minlash
– Sifat nazorati va monitoring
– Loyihaning kommunikatsiyasi, yangiliklari va imiji
– Moliyaviy boshqaruvdagi muammolar.

Manba: Axborot xizmati




“VATAN HIMOYACHILARI KUNI” MUNOSABATI BILAN UNIVERSITETIMIZDA MADANIY-MA’RIFIY TADBIR O’TKAZILDI

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 32 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni”ga bag’ishlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari – tinchlik va osoyishtalik posboni” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir avvalida davlatimiz madhiyasi yangradi va Universitetining birinchi prorektori Alisher Ashurov kirish so‘zi bilan tadbirni ochib berdi.

Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar – Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti xarbiy xizmatchilari: podpolkovnik Sodiqov Xafizjon Murtazaevich va xarbiy fanlar boʻyicha  falsafa doktori  dosent Akbarov Laziz Izzatullaevichlar tadbir ishtirokchilarini mamlakatimiz hayotidagi qutlug’ sana – Vatan himoyachilar kuni va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi bilan samimiy qutladi. Mehmonlar davlatimiz Qurolli Kuchlarini tashkil topishi, rivojlanishi va mamlakatimizda ushbu sohada olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida tadbir qatnashchilariga nutq so‘zladi. Shundan so’ng, ushbu sanaga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.

Tadbir davomida Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonida Vatanparvarlikni tarannum etuvchi kuy-qo’shiqlar, shuningdek iqtidorli talabalarimizning musiqiy chiqishlari tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.




Tulyaganov Dilshat Ubaydullaevich – Kimyo fanlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib tasdiqlandi

*️Yangi Oʼzbekistonning 2022 – 2026 yillarga moʼljallangan taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 173-bandiga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligini keng nishonlash, mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yanada oshirish, ilmiy-texnologik salohiyatini yuksaltirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish maqsadida hamda Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Hayʼati va tegishli fan ixtisosliklari boʼyicha faoliyat koʼrsatayotgan haqiqiy aʼzolarining tavsiyasiga asosan, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Tabiiy-matematik fanlar kafedrasi mudiri Tulyaganov Dilshat Ubaydullaevich – Kimyo fanlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib tasdiqlandi.

👏Ustozni ushbu yutuqlari bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! ilm-fan rivoji yo’lida olib borayotgan fidokorona faoliyatlarida yangi yutuq va omadlar tilab qolamiz!




Universitetda “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan, joriy yilning 7 dekabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talaba-yoshlar va xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

O‘yinni tashkil etishdan asosiy maqsad, talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, darsdan tashqari bilimlarini keng doirada yanada mustahkamlash, hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va davlat madhiyasi buyicha tuplagan bilimlarini mustahkamlash va turli mavzularda o‘zlarini fikrlarini teran ayta bilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

1-“Evrika” jamoasi

2-“G‘oliblar” jamoasi

3-“Diyor” jamoasi

4-“Erudit” jamoalari ishtirok etdilar.

Klub uchrashuvining moderatori, akademik guruh tyutori Eshonkulov Mirshod uyinga start berib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Qizg‘in kechgan baxsda 10 ta savoldan “Evrika” jamoasi oltita savolga to‘g‘ri javob berib 6 ballni, “G‘oliblar” jamoasi ham oltita savolga to‘g‘ri javob berib 6 ballni, “Diyor” jamoasi bitta savolga to‘g‘ri javob berib 1 ballni va “Erudit” jamoasi uchta savolga to‘g‘ri javob berib 3 ballni to‘plashga erishdi. Peshqadamlikda “Evrika” va “G‘oliblar” jamoalari yuqori ballni to‘plashga erishishdi.

Tadbir so‘ngida har bir jamoadan ishtirokchilar ushbu o‘tgan uyinda eng qiziqarli va jamoaga yoqqan savolni aytib o‘tishdi. Keyingi uyinlarda ham talabalar qatnashishlarini va o‘z takliflari bilan fikr almashishni bildirib o‘tdilar.




Malakaviy imtihon topshirish uchun nomzod

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida 2023-yil 15-Dekabr soat 11:00 da 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” mutaxassisligi bo‘yicha doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihon bo‘lib o‘tadi.

Malakaviy imtihon topshirish uchun nomzodlar:

Abdusattorov Nodirjon Abdujalil o’g’li




Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida8-dekabr Konstitutsiya qabul qilingan kunga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 6 dekabr kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston – yangilangan Konstitutsiya” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda universitet birinchi prorektori – A.Ashurov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudyasi – X.Sodiqov, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi – O.G‘ulomova, Farmasevtika instituti xalqaro ta’lim fakulteti o‘qituvchisi – X.Mamatova hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Yosh huquqshunoslar Kengashi” NNT raisi – G‘.Tursunmetovalar qatnashdi.

Tadbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov kirish so‘zi bilan ochib, Konstitutsiyamizning har bir moddasini chuqur bilish, unga rioya qilish har birimizning burchimiz ekanligi qayd etildi.

Tadbir davomida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi O.G‘ulomova hamda Farmasevtika instituti xalqaro ta’lim fakulteti o‘qituvchisi X.Mamatovalar so‘zga chiqib yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Jumladan, Konstitutsiya takomillashtirilishi jarayonida, xalqimizning faol ishtiroki, isloh qilingan Bosh qomusimizdan o‘rin olgan yangi normalar va ularning hayotimizdagi ulkan ahamiyati xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, so‘zga chiqqan Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudyasi X.Sodiqov yangi tahrirdagi Bosh Qomusimizda “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili asos qilib olingani, yaʼni har bir moddada inson qadri, uning huquq va erkinliklari aks topgani haqida aytib o‘tdi.

  O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Yosh huquqshunoslar Kengashi” NNT raisi G‘.Tursunmetova davra suhbatini qiziqarli va interaktiv o‘tkazish uchun talaba-yoshlar bilan savol-javob o‘tkazib, ularni qiziqtirgan barcha savollariga javob berdi.




Universitetda kompyuter texnologiyalarini dasturlash bo‘yicha tanlov tashkil etildi.

Joriy yilning 23-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida universitet filiali tomonidan imzolangan Memorandum va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining zarur tashabbusini amalga oshirish doirasida dasturlash va kompyuter texnologiyalari bo‘yicha tanlov bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovni o‘tkazishdan maqsad – yoshlar oʻrtasida komputer texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan, shuningdek mamlakatimiz rivojlanishi uchun ustuvor boʻlgan sohalarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga ilmiy yechim izlab topishda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash, yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqishlari uchun ularning tashabbuslari va takliflariga eʼtiborni yanada kuchaytirish sanaladi.

Musobaqada quyidagi jamoalar ishtirok etishdi:

  • G. V. Plexanov nomidagi RIUning Toshkentdagi filiali
  • “MISIS” MTTU ning Olmaliq shahridagi filiali
    -M.V.Lomonosov nomidagi MDUning Toshkentdagi filiali
  • “Rossiya Federatsiyasi TIVning MDXMI ning Toshkent shahridagi filiali
  • Toshkentdagi Turin politexnika universiteti

Ishtirokchilar samarali va yaxshi muvofiqlashtirilgan jamoaviy ishlash mahoratini namoyish etdilar!
Hakamlar hay’ati qaroriga ko’ra:

1-o‘rin – “MISIS” MTTU ning Olmaliq shahridagi filiali
2-o‘rin – “Rossiya Federatsiyasi TIVning MDXMI ning Toshkent shahridagi filiali

3-o‘rin – Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti egalladi

Tanlov g‘oliblari va ishtirokchilari qimmatbaho sovg‘alar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar!

Universitet rahbariyati jamoalarga faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiradi! Dekabr oyida talabalarni sport dasturlariga taklif qilamiz!




TTPUda “Yong‘in havfsizligi oyligi” ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Har yili qish mavsumi arafasida mamlakatimizda yong‘inlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkaziladi.

Toshkent shahar hokimining 2023-yil 16-noyabrdagi Toshkent shahri hududida “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi 234-14-0-F/23-sonli Farmoyishida hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-noyabrdagi 03/20/416-2/14-180-sonli xati orqali favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasining 2023-yilning 11-noyabrdagi 86-sonli yig‘ilish bayonida 2023-yil 15-noyabrdan- 15-dekabrgacha “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida yong‘inlar, is gazidan zaharlanish va havo gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq noxush holatlarni oldini olish, isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish va shoshilinch evakuatsiya qilish bo‘yicha talabalar va xodimlarga kerakli tavsiyalar berish, yong‘in xavfsizligini oldini olishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda talabalar yong‘in xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirdi. Yong‘inning oldini olishga doir o‘tkazilayotgan tadbirlarning maqsad va vazifalari haqida tushuntishlar berib, yong‘inning paydo bo‘lish sabablari, o‘chirish vositalarining ishlatilish tartibi, yong‘in o‘chirish mashinasi va undagi jihozlar, yong‘in sodir bo‘lganda dastlab nimalarga e’tibor qaratish zarurligi haqida gapirib, hayotiy misollar orqali mavzu doirasida kerakli ma’lumotlar berdi.

Tadbirda Toshkent shahar Olmazor tumani Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi

shaxsiy tarkibi hamda o‘t o‘chirish ekipaji a’zolari holda universitet hamda akademik litsey talaba-o‘quvchilari uchun ma’ruza va ko‘rgazmali mashg‘ulot bilan ishtirok etdi.




Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti zarur laborator asbob-uskunalar xaridi bo’yicha tender e’lon qiladi

Tender muddati, tender universitetning internet portalida eʼlon qilingan kundan boshlab 10 kalendar kuni deb belgilanadi.

Ilovada zarur laborator asbob-uskunalarning texnik shartlari keltirib o’tilgan

Tenderda ishtirok etish uchun quyidagi talablar qoʻyiladi:

  • tashkilotning Davlat idoralari roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma mavjudligi;
  • korxona-tashkilotning faoliyat turi mosligi;
  • shu sohada kamida 3 yildan buyon faoliyati yuritishi;
  • laborator jihozlarni yetkazib berishda tajribaga egaligi;
  • insofsiz ijrochilarning yagona roʻyxatida joylashmaganligi;
  • soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha qarzlar mavjud emasligi.

Takliflar 100095, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik halqa koʻchasi, 17 uy, manzilida tender tashkilotchisi tomonidan qabul qilinadi.

Tender takliflarini ochish, tender muddati yakunlangandan so’ng 5 ish kunida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hududida, xarid komissiyasining yigʻilishida boʻlib oʻtadi.




Giyohvandlikka qarsgi kurashish barchamizning ishimiz

2023-yil 21-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika unversiteti proflaktika katta inspektorlari tashabbusiga ko‘ra, unversitet talabalari bilan “Talabalar o‘rtasida psixotrop dori vositalarini iste’mol qilish hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda unversitet proflaktika katta inspektori podpolkovnik Sh.Yusupov, katta leytenant O.F.Ismoilova, dekan o`rinbosari A.Azizxodjayev, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar psixotrop dori vositalari ta’sirida yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huqubuzarlik va jinoyatchilik, ularning salbiy oqibatlari, har qanday huquqbuzarliklar va jinoiy xatti-harakatlar sodir etganlik uchun yoshidan va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, O’zbekiston Respublikasining Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan qonuniy javobgarlikka tortilishi, talabalar turur joyining ichki tartib qoidalariga rioya qilishlari to‘g‘risida yoshlarni ogohlika chaqirib ma’lumotlar berishdi.

Davra suhbati so‘ngida mavzu yuzasidan talabalarning savol, taklif hamda mulohazalari tinglanib ularga aniq javoblar va ko‘rsatmalar berildi.




Italiya-O’zbekiston ilg’or muhandislik markazi – ikki hukumat hamkorligi loyihasi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 6-7 iyun kunlari Italiyaga tashrifi doirasida o’tkazilgan biznes-forumda, Italiya savdo agentligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi o’rtasida imzolangan memorandumga asosan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Italiya-O’zbekiston ilg’or muhandislik markazi” ochilishi loyihasi bo’yicha ishlar samarali davom ettirilmoqda.

Loyihaning ikkinchi bosqichida nazarda tutilganidek, markaz uchun kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida hozirgi kunda mutaxassislar Italiyaning nufuzli professional ta’lim institutlarida malaka oshirmoqdalar. Hususan, Tesktil sanoati sohasi bo’yicha 5 nafar mutaxassis Florensiya shahrining Prato Polo universitetida, Milan shahrining Arsutoria charm sanoat maktabida charm sanoati va ECOLE institutida mashinasozlik sohalarida 4 nafardan mutaxasislar ta’lim olmoqdalar. Ta’lim jarayonlari nazariy hamda ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurib amaliy tarzda bo’lib o’tmoqda.

Loyihaning ko’lamini kengaytirish, hamkor tashkilotlar bilan aloqalarni o’rnatish va ta’lim jarayonlarini kuzatish maqsadida “Italiya-O’zbekiston ilg’or muhandislik markazi” ochilishi loyihasi menejeri Jasur G’ayratov tomonidan ECOLE, PIN va ARSUTORIA ta’lim muassasalari ma’sullari, FICEP, PietroCarnaghi ishlab chiqarish korxonalari mutaxassisalari bilan uchrashuvlar bo’lib o’tmoqda.

Shu bilan birga, kuni kecha Italiya dastgohlar, robotlar, avtomatlashtirish tizimlari va yordamchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar uyushmasi (UCIMU) prezidenti Barbara Colombo bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda loyihaning keyingi bosqichlari, texnologiyalar transferi va boshqa hamkorlik masalalari muhokama qilindi.




Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi Ph.D.22/01.02.2022. T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 05.01.08 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar

2023 yil 27- noyabr soat 14-00 da Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Ma’muriy binosining 2-qavat, MAJLISlar xonasida, 05.01.08 – “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” ixtisosligi bo’yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D.) ilmiy darajasiga talabgor Alishev Sherqo’zi Abdumannonovichning “Ko’p bosqichli o’zgaruvchi parametrli ob’ektlarni adaptiv boshqarish algoritmlari” mavzusida dissertatsiya ishi muhokamasi uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ph.D.22/01.02.2022. T.144.01 raqamli Ilmiy seminar majlisi bo’lib o’tadi.

Sana: 2023- 27 Noyabr

Vaqt: 2 p. m. (10.00 a. m. Italiya vaqti)

Joy (joyida): Majlislar xonasi, ma’muriy bino

Joy (onlayn): Zoom uchrashuviga qo’shiling

https://us02web.zoom.us/j/81697734071?pwd=cVErRWtsV1Z1RjNPSUlabTA1VnhnZz09

Konferensiya identifikatori: 816 9773 4071

Кirish kodi: 1111




Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi Ph.D.22/01.02.2022. T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar

20-noyabr kuni soat 14.00 da Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Ma’muriy binosining 2-qavat, MAJLISlar xonasida, 05.08.06 – G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʻyicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D.) ilmiy darajasiga talabgor Mavlonov Jamshid Ro’ziboyevichning “Yengil elektr avtomobil yuritmasining komponentlarini tanlash uslubini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi Ph.D.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisi bo’lib o’tadi.

Sana: 2023 yil 22 noyabr

Vaqt: 14:00. (Italiya vaqti bilan 10:00)

O’tkazish joyi (universiteti hududida): konferensiya zali, ma’muriy bino.

Joylashuv (onlayn): Zoom uchrashuviga qo’shilish uchun.

https://us02web.zoom.us/j/81768601756?pwd=ZlI0cjdORzhjU2oyYkF2OEdjMHFjZz09

Meeting ID: 817 6860 1756

Passcode : 1111

PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli

Ilmiy Kengash qoshidagi

Ilmiy seminar raisi                                                                          K.A. Sharipov




Italiya Prezidenti Serjio Mattarella Toshkentdagi Turin Politexnika universitetiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 10 noyabr kuni, Italiya Prezidenti Serjio Mattarella Oʼzbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Toshkentdagi Turin Politexnika universiteti (TTPU) ga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmonni Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Аbdulla Oripov boshchiligida Oʼzavtosanoat АK boshqaruvi raisi Ulug‘bek Rozuqulov va TTPU rektori Jamshid Inoyatxodjaev kutib oldi.

Italiya delegatsiyasi tarkibi Italiyadagi Turin Politexnika universiteti rektori Gvido Sarakko, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Anita Tabakko va universitetning boshqa vakillaridan iborat bo‘ldi.

Prezident tashrifining asosiy maqsadlaridan biri ustuvor yo‘nalishlarda, xususan, sanoat transformatsiyasi sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash sanaladi. Bilim va tajriba almashish- doimo Italiya va O’zbekiston o’rtasidagi hamkorlikning asosi bo’lib kelgan, dedi Prezident Matarella o’zining rasmiy nutqida.

Gvido Sarakko prezident Mattarellaning tashrifi sharafli ekanini bildirib, 2009 yildan buyon TTPU O‘zbekistonda muhandislik taʼlimi va Italiya texnologiyalarini joriy etishda yetakchi o‘rinni egallab kelayotganini taʼkidladi.

Tashrif doirasida universitet bo’ylab sayohat tashkil etildi, unda delegatsiya a’zolari universitetning elektron resurs markazi, madaniy meros texnologiyalari laboratoriyasi, shuningdek, sanoat 4.0 o’quv laboratoriyasi bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, TTPUga tashrif doirasida, “O‘zbekistonda sanoat transformatsiyasida taʼlim va innovatsion hamkorlik” mavzusida seminar tashkil etilib, unda Italiya delegatsiyasi “Sanoat 4.0” sohasidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Ikki mamlakat universitetlari o‘rtasida taʼlim, tadqiqot va texnologiyalar transferi istiqbollari, shuningdek, 4.0 sohasidagi sanoat kooperatsiyasining ilg‘or tajribalariga alohida eʼtibor qaratildi.




TTPUda “Yo`llarda xavfsizlikni ta’minlash” mavzusida tadbir o‘tkazildi

2023-yil 8-noyabr kuni Toshkent shahar Turin politexnika universiteti talabalariga “Yo`llarda xavfsizlikni ta’minlash ” mavzusida   tadbir o‘tkazildi.

Tadbirga Toshkent shahar Turin politexnika universiteti 1-bosqich talabalari jalb etildi. Tadbir Respublika miqyosida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari haqida olingan videorolikni qo‘yib berishdan boshlandi.

Shundan so‘ng so‘zga Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati boshlig`i podpolkovnik Q.P.Xudoyberganov chiqib, hozirgi kunnning eng dolzarb masalalaridan biri bu yo‘llarda yo`l-transport hodisalarini oldini olish, fuqarolarga huquqiy tushunchalar berish ekanligi, shu boisdan YHX xodimlari tomonidan ta’lim va tarbiya maskanlarida o`sib kelayotgan yosh avlodlarga targ`ibot tadbirlarini doimiy o’tkazib kelayotganliklarini, o`quvchilar yo`llarda yo piyoda, yo haydovchi yoki yo`lovchi bolib harakat qilsinlar doim yo`l harakati qoidalariga amal qilishlari lozimligini aytib o`tdi. Yo`l harakati qoidalarini buzish holatlari ko`pincha tezlikni oshirish yoki voyaga yetmagan fuqarolarning o`zboshimchalik bilan transport vositalarini boshqarishi natijasida kelib chiqayotganligini aytib o`tdilar. Shu sababli joylarda tegishli reyd tadbirlari o`tkazilayotganligini OAV orqali kun-u tun yoritib fuqarolarga yetkazib borayotganligini tushuntirib o`tdilar.

Shundan so`ng so`zga Olmazor tumani 4-son IIB HPB katta profilaktika inspektori podpolkovnik Sh.N.Yusupov o’quvchi-talabalarga barcha talabalar avtotransport vositalarini boshqarayotganlarida yo`l-harakati qoidalariga amal qilgan holatda boshqarishlari lozimligini aytib o’tdi.

Axborot xizmati xodimi kichik serjant O.T.Bozorov talabalarga aholi gavjum joylarda, katta yo`l trassalarida belgilangan harakatlanish joylaridan, ya’ni piyodalar yo`laklari, tunellardan, ko`tarma ko`priklardan o`tish kerakligi. Erinchoqlik oqibatida turli salbiy holatlar qurboniga aylanib qolmasliklarini, piyodalar yo`laklaridan o`tayotganda uyali aloqa vositalaridan, naushnik va boshqa chalg`ituvchi buyumlardan foydalanish ta’qiqlanishi, foydalanilsa YHX xodimlari tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortilishi to`g`risida ogohlantirib o`tdilar. Bundan tashqari avtotransport vositalarini boshqarishdan avval avtotransport vositalarining texnik holatidan xabardor bo’lishlari kerakligini aytib o`tdilar.

Olmazor tumani IIO FMB 4-son IIB XQMBI katta leytenent O.Ismoilova yo`llarda harakatlanish vaqtida hushyorlikka amal qilishlari, bir oz vaqt hushyorlikni yo`qotib yo`l transport hodisasi qurboniga aylanib qolmasliklarini, yo`l belgilariga amal qilgan holda belgilanmagan joylardan yo`llarni kesib o`tmasliklarini, o`zlari bilgan qoidalarni atrofdagilarga ham targ`ib qilishlari lozimligini, o`z shaxsiy avtomobillarini boshqarishda ham kamarlarni taqib tezlikni oshirmagan holda o`z hayotlarini xavfga qo`ymasliklarini tushuntirib o`tdilar.

Ma’ruza so`nggida talalabalarga mavzu yuzasidan o`zlari qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berilib yakunlandi va tyutorlar ichki tartib-qoidalarga barcha talabalar bo`ysunishi kerakligini aytib yig`ilishga yakun yasaldi.




TTPUda “XOTIN-QIZLAR O`RTASIDA TAZYIQ VA ZO`RAVONLIKLARNI OLDINI OLISH” MAVZUSIDAGI TADBIR BO‘LIB O‘TDI.

2023-yil 01-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalariga “Xotin-qizlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonliklarni oldini olish” mavzusida   tadbir o‘tkazildi.

Dastlab kirish so‘zini universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi F.Nabixanova boshlab berdi. So‘zida ayollarning huquqlari davlat tomonidan, yangi ishlab chiqilgan Konstitutsiyada ham o`z tasdig`ini topganligi ayollarga nisbatan qo`llanilayotgan zo‘ravonliklarga nisbatan qat’iy chora-tadbirlar qo`llanilayotganligi to‘g‘risida aytib o‘tdi.                                                                                                                                          

Olmazor tumani IIO FMB 4-son IIB XQMBI katta leytenent O.Ismoilova 2019-yil 2-sentyabr kuni qabul qilingan O‘RQ 562-son “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar to‘g‘risida”gi, xuddi shu kuni qabul qilingan 561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarining mazmun-mohiyatlari tushuntirib o‘tildi. Bundan tashqari himoya orderi nima ekanligi, undan qay tartibda foydalanish mumkinligi, himoya orderi shartlari buziladigan bo‘lsa qanday javobgarlik masalalari borligi bo’yicha talabalarga  tushuntirish ishlari berib o’tildi.

4-son IIB HPB katta profilaktika inspektori podpolkovnik Sh.N.Yusupov o‘quvchi-talabalarga universitet ichki tartib-qoidalariga amal qilib yurishlari lozimligi, turli xil huquqbuzarlik holatlarini sodir etmasliklari kerakligi to‘g‘risida ogohlantirib o`tdilar.

Ma’ruza so‘nggida tyutorlar ichki tartib-qoidalarga barcha talabalar bo‘ysunishi kerakligini aytib yig‘ilishga yakun yasaldi.

TTPU