Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektorining Italiyaga xizmat safari natijalari
“Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Ulug'bek Rozukulov hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon Toʻychiyevning Italiyaga xizmat safari doirasida joriy yilning 20-fevral kuni “IVECO” (Industrial Village Complex) korxonasiga tashrif buyurildi. Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad, xalqaro standartlarga mos keluvchi, energiya samaradorligi va ekologik tavsiflari yuqori elektromobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha dunyoning yetakchi korxonalari tajribalarini oʻrganish sanaladi. Rivojlangan mamlakatlar avtomobil ishlab chiqaruvchilari ichki yonish dvigatellari bilan bir qatorda elektr transport vositalari uchun akkumulyator loyihalarini faol amalga oshirish doirasida barqaror rivojlanish va atrof-muhit qoidalariga rioya qilishga intilmoqda. Italiyaga xizmat safari dasturiga ko‘ra, 21-fevral kuni delegatsiya a’zolari Italiyaning Turin politexnika…