1

Professional ta’lim sohasida hamkorlik

2023-yil 11-iyul kuni Germaniyaning Simson Private Akademie vakillari TTPUga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida tomonlar kasb-hunar ta’limi sohasida kelgusidagi hamkorlikni muhokama qildilar hamda kasb-hunar ta’limi dasturini ochish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzoladilar. Jumladan, TTPU germaniyalik hamkorlar bilan birgalikda “1+2” dual kasb-hunar ta’limi dasturini ochishga kelishildi. Unga ko‘ra, ushbu dasturda tahsil olayotgan talabalar TTPUda bir yil tahsil olgach, Germaniyaga yuborilib u yerda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashish uchun turli nemis kompaniyalarida amaliyot o‘taydilar. Ta’kidlash joizki, mazkur loyihani amalga oshirish Olmazor tumani hokimligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Kelishuvga ko’ra, nomzodlar Germaniyada o’qishni tugatgandan so’ng Germaniya sanoat kompaniyalarida ishlash imkoniyatiga ega bo’ladi.




2023-yil 11-iyul, Seshanba kuni kirish imtihonlarida qatnashadigan abituriyentlar ro’yxati

Hurmatli abituriyentlar,  2023-yil 11-iyul, Seshanba kuni kirish imtihonlarida qatnashadigan abituriyentlar ro’yxati va tegishli vaqtlar bilan tanishing. 

Iltimos, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va kirish imtihoni uchun to’lov kvitansiyasini olib keling.

E’tibor qarating, Menejment yo’nalishi bo’yicha kirish imtihoni 15-iyul kuni bo’lib o’tadi.




Abiturientlar ro’yxati.

Hurmatli abituriyentlar,  2023-yil 10-iyul, dushanba kuni kirish imtihonlarida qatnashadigan abituriyentlar ro’yxati va tegishli vaqtlar bilan tanishing. E’tibor bering, abituriyentlarning ko’pligi va vaqt yetishmasligi sababli, qolgan abituriyentlar 2023 yil 11-iyul, seshanba kuni imtihon topshiradilar. 2023 yil 11-iyul kuni imtihon topshiradigan abituriyentlar ro`yxati 2023-yil 10-iyul kuni e`lon qilinadi.

Iltimos, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va kirish imtihoni uchun to’lov kvitansiyasini olib keling.

E’tibor qarating, Menejment yo’nalishi bo’yicha kirish imtihoni 15-iyul kuni bo’lib o’tadi.




Asosiy ko’rsatkichlar




ERASMUS+ SPACECOM loyihasi doirasida TTPU xodimlari AP Hogeschool Antwerpen (Belgiya)da navbatdagi xalqaro  seminarda qatnashdilar

26 iyundan 29 iyungacha Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU)ning professor-o‘qituvchi va xodimlari Belgiyaning Antverpen shahrida Yevropa universitetlari: Berlin texnika universiteti (Technische Universität Berlin); Sorbonna Universiteti (Sorbonne Université, Parij); EXOLAUNCH kompaniyasi (Germaniya); Technical University Sofia (Bolgariya); AP Hogeschool (Artesis Plantijn Hogeschool Antwerpen) Antwerpen (Belgiya) va 6 ta O‘zbekiston universitet va institutlari: “Al-Horazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti” (TATU) – loyiha koordinatori; “Farg‘ona politexnika instituti” (FarPI); “Toshkent davlat texnika universiteti” (TDTU); “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali”; “O‘zbekiston milliy universiteti” (O‘zMU); “Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi astronomiya instituti”; “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborotlar texnologiyalari universiteti qoshidagi pedagogik kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi” professor-o‘qituvchi va xodimlari bilan navbatdagi seminarda ishtirok etdilar.

Anjumanda O‘zbekiston universitet va institutlarida SPACECOM loyihasi (www.spacecom.uz) ning samarali amalga oshirilishi yuzasidan fikr almashdilar.




TTPUda talaba-yoshlar o’rtasida o’quv-ma’rifiy tadbir

Joriy yilning 27 iyun kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talaba-yoshlar o’rtasida “Ma’rifatli yoshlar – Yangi O’zbekiston bunyodkorlari” nomli o’quv-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

O‘quv-ma’rifiy tadbirning kun tartibidagi belgilangan masalar yuzasidan universitet birinchi prorektori A.Ashurov so‘zga chiqib, bugungi rivojlangan globallashuv va axborot almashinuvi davrida odam savdosi, giyohvandlik, diniy-ekstremistik g‘oyalarni tarqatish, targ‘ib etishga qaratilgan buzg‘unchi g‘oyalar keng tarqatilayotganligi nafaqat yurtimiz jamoatchiligi, balki jahon hamjamiyatini jiddiy tashvishga solmoqdaligini aytib o‘tdi.  

Shunday murakkab globallashuv jarayonida yurtimiz yoshlarini diniy ekstremistik hamda turli yot g‘oyalar, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlari ta’siridan asrash jamiyatimiz, nafaqat ziyolilar balki har bir insonning ongli ravishda yondashadigan va oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.  

Ushbu masalalarni yoritib berish uchun so’z O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi  katta o’qituvchisi S.S.Saidjalolovga berildi. Ular o’z ma’ruzalarida mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy vaziyat va ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, dinlar va millatlararo munosabatlarni yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligini ta’kidladilar. Hozirgi kunda diniy-ekstremistik oqimlar tomonidan tarqatilayotgan g‘oyalarning jamiyatimiz tinchligi va xavfsizligiga solayotgan tahdidlarni bartaraf etish yo’lida O’zbekiston Respublikasi Din ishlari bo’yicha qo’mita tomonidan yoshlar o’rtasida keng qamrovda diniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilayotgani haqida so’zlab o’tdilar.

Shuningdek, S.Saidjalolov ma’ruzalari davomida yoshlarni turli illatlar, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlariga qarshi kurashish, internet ma’lumotlaridan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanishga barcha ishtirokchilarning e’tiborini qaratdilar. Chunki, milliy ma’naviyatimizga, mentalitetimizga yot g‘oyalar, shavfqatsizlikni targ‘ib etuvchi ma’lumotlar yoshlarimizning ongini zaharlamoqda. Jumladan, yoshlarga qurolli to‘qnashuvlar ro‘y berayotgan hududlarda faoliyat yuritayotgan terroristik guruhlar, ularning jirkanch maqsadlari haqida hayotiy misollar asosida ma’lumotlar berildi.

Tadbirda Yangi O‘zbekistonni barpo etish, Uchinchi Renessans poydevorini mustahkamlash uchun har bir yurtdoshimiz, ayniqsa, yoshlarimiz faol va fidoyi bo‘lishlari, berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyotiga xizmat qiladigan insonlar bo‘lib kamol topishlari muhim ekanligi alohida qayd etildi.  




Universitetda inson huquqlari himoyachisi Malala Yusufzoyning asari muhokama qilindi

Joriy yilning 23 iyun kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida kitobsevarlar klubi a’zolarining navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvi o‘tkazildi. Aksariyat talabalar yozgi ta’tilga chiqib ketganliklari sababli uchrashuv Zoom platformasi orqali onlayn formatda bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitetimiz xotin-qizlar maslahat kengashi raisi F.Nabixanova tomonidan mutolaa qilish uchun tavsiya etilgan pokistonlik inson huquqlari himoyachisi Malala Yusufzoyning “Men Malalaman. Tik turib ta’lim olgan va tolibonlar tomonidan xo‘rlangan qizaloq” avtobiografik asari muhokama qilindi.

Tadbir avvalida ishtirokchilarda Malala Yusufzoy to‘g‘risida atroflicha ma’lumot xosil bo‘lishi uchun uning hayoti va faoliyati haqidagi videorolik namoyish etildi.

Klub uchrashuvining moderatori akademik guruhlar tyutori Faxriddin O‘rolovich Sattiyev asar muhokamasini boshlab berish uchun so‘zni TTPU yoshlar bilan ishlash bo‘yicha birinchi prorektori Alisher Ashurovga berdi.

TTPU

A.Ashurov birinchi navbatda Malala shaxs sifatida juda kuchli va jasur inson ekanligi, o‘sha paytlarda 11 yashar qizaloq bo‘la turib qo‘rqmasdan barcha qizlar ta’lim olishga haqli ekanligini baralla ayta olishi alohida tahsinga loyiqligini aytdi. Britaniyalik jurnalist Kristina Lamb bilan hamkorlikda yozilgan ushbu avtobiografik asar juda yuksak saviyada yozilgani va o‘sha davlatlardagi real xayot aks ettirilganligi sababli o‘quvchini o‘ziga tortishini ta’kidlab o‘tdi.

So‘z navbati F.Nabixanovaga berilgach, u o‘z nutqi davomida davlatimiz xotin-qizlarni har qanday kamsitilish va tahqirlanishdan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan himoya qiladigan barcha yirik xalqaro shartnomalarga qo‘shilganligini shuningdek, xotin-qizlarning sifatli ta’lim olishlari, qasb-hunar egallashi va ishga qabul qilinishi hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun qulay imkoniyatlar yaratilganligini misollar keltirib gapirib berdi.

TTPU

So‘zining yakunida u so‘ngi yillarda o‘qishni istaydigan qizlar soni ko‘payib borayotganligini va xozirga kelib oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning 47 %ni xotin-qizlar tashkil etayotganini aloxida mamnuniyat bilan ta’kidlab o‘tdi.

Klub a’zolari uchrashuv moderatorining muhokama mavzusiga doir berayotgan savollariga mulohazali fikrlarini bildirishib, asar qahramonlari – Malala, uning ota-onasi, qarindosh-urug‘lari va do‘stlari shaxsiyatini tahlil qilishga, Svat vodiysida yuzaga kelgan siyosiy ahvolni yoritib berishga harakat qilishdi.

Asar muhokamasi juda qizg‘in va bahs-munozaralarga boy ko‘tarinki ruhda kechdi va unda faol ishtirok etib klub a’zolari e’tirofiga sazovor bo‘lgan talaba qizlarga universitet tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.




В Латвии прошла очередная встреча участников консорциума проекта Erasmus+ CBHE MechaUz

20-22 июня текущего года Латвийские партнеры проекта принимали в своих стенах всех членов консорциума, включая представителей Туринского Политехнического Университета в г. Ташкенте.

Первый день мероприятия был проведен на территории Рижского Технического Университета. Очень пристальное внимание было уделено анализу достигнутых результатов, разработке концепции устойчивого развития сферы мехатроники и робототехнике, а также поведению финансовых итогов деятельности проекта.

Второй день мероприятия прошел в г. Валмиера, где представители Видземского Университета прикладных наук ознакомили гостей с материально-технической базой университета, реализуемыми проектами. Позже, была организована поездка в Видземский бизнес-инкубатор, где удалось пообщаться с их предстваителями касательно процесса вовлечения молодого поколения в научную деяьтельность и  ее дальнейшую трансформацию в инновационное внедрение.

Заключительный день мероприятия был проведен в городе Лиепая, где гости мероприятия имели честь ознакомиться со структурой Университета Лиепая, его материально-технической базой, методиками обучения. Позже в этот же день, была организована экскурсия на предприятие AE Partner, занимающееся производством систем автоматизации для различного рода производств.




TECNOVE kompaniyasi vakillari TTPUga tashrif buyurdi.

Joriy yilning 21-iyun kuni, Ispaniyaning TECNOVE kompaniyasining moliyaviy masalalar bo‘yicha direktori Guzman Martin boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda TTPU va TECNOVE kompaniyalari, o‘z faoliyatlari to‘g‘risida o‘zaro ma’lumot almashdi. Hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida quyidagi yo‘nalishlarni muhokama qildilar.

Xususan :

• Turin politexnika universiteti va TECNOVE kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash;

• TTPU Texnoparki bilan xalqaro hamkorlik: mashinasozlik yo‘nalishida, maxsus texnikalarga xizmat ko‘rsatish va foydalanish, biotibbiyot muhandisligi sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Ma’lumot o‘rnida: TECNOVE kompaniyasi, 35 yillik tajribaga ega bo‘lib, Yevropa mamlakatlarida 10 dan ortiq o‘z markazlariga egadir, umumiy ovqatlanish zonalari, modulli binolar va vaqtinchalik statsionar inshootlarni ta’mirlash va qurish bilan shug‘ullanadi.




Universitetda Rektor kubogi musobaqasi bo’lib o’tdi

“30 iyun-Yoshlar kuni” munosabati bilan, joriy yilning 19 -20 iyun kunlari TTPUda tennis va  badminton sport turlari bo’yicha Rektor kubogi chempionati o’tkazildi.

Musobaqa davomida talabalar g‘oliblik uchun qizg‘in bahslar olib borib, o‘z mahoratlarini namoyon qilishdi.

Musobaqa natijasiga ko‘ra stol tennisi bo‘yicha:

Rektor kubogi g‘olibi – Mardonaliyev Abduxalil –

2- o‘rin – Abduxamedov Salohiddin

3 o‘rin– Raximov Abdumajid

Badminton bo‘yicha (juftlik)

Rektor kubogi g‘olibi – Sobirxonova E’zozaxon, Dorobov Jamshid

2 o‘rin– Imomaliyeva Shaxlo, Mardonaliyev Abduxalili

3 o‘rin – Gulnoza Yunusova, Abdulazizov Abduazim

Badminton sport turi bo‘yicha (o‘g‘il bolalar):

1-o’rin – Dorobov Jamshid

2-o’rin – Qoriyev Amirxon

3-o’rin – Turobov Mirkozim

Badminton sport turi bo‘yicha (qizlar):

1-o’rin – Shaxlo Imomaliyeva

2-o’rin – Gulnoza Yunusova

3-o’rin – Ezozaxon Sobirxanova

G’oliblar diplom, esdalik sovg’a va medallar bilan taqdirlandilar.




Universitetimizning Stol Tennisi ishqibozlari!!

“Yoshlar kuni” munosabati bilan 19-iyun kuni soat 14:30da “Rektor kubogi” musobaqasi o’tkaziladi.
Qatnashishni xohlaysizmi?
Albatta, g’oliblarga sovg’alar mavjud
Qatnashish uchun shart juda oddiy
1️ Ism familyangizni @Abduxalil2001 yozib qoldiring

2️.Zalga sport kiyimi va albatta krossovkada keling.





Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi Ph.D.22/01.02.2022. T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar

20-iyun kuni soat 14.00 da Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Ma’muriy binosining 2-qavat, MAJLISlar xonasida, 05.08.06 – G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʻyicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D.) ilmiy darajasiga talabgor Qambarov Ikrom Nigmatullaevichning “Avtomobil yig‘ish stansiyalariga robot manipulyator integratsiya qilish usulini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi Ph.D.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisi bo’lib o’tadi.

Meeting ID: 854 7183 8945

Passcode: 1111

PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli

Ilmiy Kengash qoshidagi

Ilmiy seminar raisi                                                                                      K.A. Sharipov




Italiyaning Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

2023 yilning 10 iyun kuni “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi Rozukulov Ulugʻbek Ubaydullayevich boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Italiyaning Turin Politexnika universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Ulug’bek Rozukulov, “O‘zavtosanoat” (UzAvto) AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sardor Tadjiyev, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) rektori Jamshid Inoyatxodjaev, Italiyaning Turin Politexnika Universiteti (PoliTo) rektori Guido Sarakko boshchiligidagi ishchi guruh bilan bir qator muzokaralar o‘tkazdi. Bunda PoliTo, TTPU va UzAvto ning hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Prof. G.Sarakko UzAvto tasarrufidagi korxonalarning istiqboli va keyingi yillardagi rivojida TTPU bilan hamkorlik juda muhimligini ta’kidlab o‘tdi. Bu hamkorlik doirasida akademik, ilmiy, ishlab chiqarish, qayta o‘qitish kabi yo‘nalishlarni yanada rivojlanishiga aniq loyihalar taklif etdi. Xususan, TTPU qoshida professor o‘qituvchilarni malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash markazini tashkil etish, UzAvto tarkibidagi korxonalar muhandislarini “Sanoat 4.0” texnologiyalari bo‘yicha malakasini oshirish, UzAvto qoshida Andijon shahridagi “UzAuto Academy”ni tashkil etish, energetika sohasi bo‘yicha “Vodorod texnologiyalarini rivojlantirish markazi”ni tashkil etish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilab qo‘yildi va Rim shahrida 6 iyun kuni bo‘lib o‘tgan biznes forum doirasida imzolangan xujjatlar bo‘yicha harakatlar rejasi kelishib olindi.

Shuningdek, TTPUda yangi “Aerokosmik muhandisligi” va “Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” yo‘nalishlarini ochishga kelishildi. Qolaversa, hamkorlikda Ph.D larni tayyorlashni kengaytirish, qo‘shma doktorantura dasturini joriy qilish belgilandi.

Delegatsiya PoliTodagi «Sanoat 4.0», «Ilg‘or materialshunoslik», «Aviatsiya muhandisligi» kabi laboratoriya markazlari bilan tanishdi va shu kabi markazlarni TTPUda hamda Andijon shahridagi UzAvto Motors korxonasi qoshida joriy etish yo‘llarini o‘rgandi.

Tashrif doirasida delegatsiya PoliTo universiteti iqtidorli talabalari tomonidan ishlab chiqilgan alternativ energiya manbaida harakat qiladigan avtomobillarni taqdimotida qatnashdi.

Hozirda PoliToning bakalavr, magistratura hamda Ph.D bosqichlarida 152 ta O‘zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda. UzAvto boshqaruv raisi yig‘ilishga kelgan ushbu talabalarning 30 nafari bilan yaqindan tanishdi va ularning qiziqishlari, uchrashuv ishtiroklchilarining avtomobil sohasidagi taklif mulohazalarini tinglandi.Uchrashuv rasmiy formatdan ko‘ra ko‘proq savol javob ko‘rinishida bo‘lib o‘tdi. Bunda talabalar O‘zbekiston avtosanoatining rivoji uchun qanday ishlar amalga oshirilishi kerakligi to‘g‘risida fikr yuritdilar.

Tashrif so‘ngida delegatsiya PoliToning “I3P” startap inkubator markaziga tashrif buyurib, markaz qoshida amalga oshirilayotgan startap loyihalar bilan tanishdi.




Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti rektori Jamshid Inoyatxodjayev “Italiya – O‘zbekiston” biznes-forumida ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbarining 2023 yil 8-9 iyun kunlari Italiya Respublikasiga tashrifi arafasida bo‘lib o‘tgan biznes-forum doirasida Italiyaning “Politecnico di Torino” universiteti va uning “CIM 4.0” tarmog‘i bilan hamkorlikda Avtomobilsozlik sanoatida ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlarni oldini olish, samaradorlikni oshirish hamda sohadagi kadrlarda sanoatda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha bilim va qo‘nikmalarini oshirish maqsadida “UzAuto Motors” AJ hududida “UzAvto akademiyasi”ni hamda Andijon viloyatida “Sanoat 4.0 akademiyasi”ni tashkil etish bo‘yicha umumiy qiymati 1 mln. yevro bo‘lgan hamkorlik shartnomasi imzolandi.

“UzAvto akademiyasi” ning asosiy faoliyat yo‘nalishi avtomobilsozlik sohasida faoliyat yurituvchi hodimlarga Yevropa dasturlari asosida sifat nazorati, logistika, ishlab chiqarish nazorati, texnik xizmat ko‘rsatish, haridlar, tannarx tahlili, savdo va marketing yo‘nalishlarida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etishdan iborat.

“Sanoat 4.0 akademiyasi” ning asosiy faoliyat yo‘nalishi esa avtomobilsozlik va boshqa sanoat sohalarida rivojlangan mamlakatlarda tadbiq qilingan eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanish hamda ishlab chiqarish jarayonida robotlardan foydalangan holda to‘liq avtomatlashtirishni joriy etishni o‘rgatish hisoblanadi.

Biznes forum Italiya Respublikasi Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, Savdo va Sanoat vazirligi bilan birgalikda ikki mamlakat diplomatik vakolatxonalari ko‘magida, Italiya Savdo agentligi (ICE), “Italiya-O‘zbekiston” Savdo palatasi va Italiya sanoat Konfederatsiyasining (Confindustria) O‘zbekistondagi bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etildi.




Koʼp qavatli axoli turar joylarining seysmik mustahkamligini aniqlash amaliyoti o’tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-144-son farmonining 16.4-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti mutaxassislari tomonidan «Bino va inshootlarni zamonaviy kompyuter dasturlari yordamida modellashtirish» fani bo‘yicha intensiv kurs tashkil etildi.

Unda Namangan muhandislik-qurilish instituti, Farg‘ona politexnika instituti, Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari, doktorant va magistr talabalari qatnashdi. Shuningdek, mazkur amaliyotda mamlakatimiz olimlari bilan bir qatorda Yaponiyalik seysmolog, professor Chikaxiro Minova ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini 2025 yilgacha takomillashtirish kontseptsiyasini 2022-2023 yillarda amalga oshirish yo‘l xaritasi ning 2-ilovasi 26-bandida Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Farg‘ona politexnika instituti o‘qituvchilari va magistrantlarining Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida zilzilabardoshlik bo‘yicha amaliyot o‘tashi tizimini yo‘lga qo‘yish ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu bandi ijrosini taʼminlash maqsadida 5-10 iyun kunlari Toshkentdagi Turin politexnika universitetida Namangan muhandislik-qurilish instituti va Farg‘ona politexnika instituti o‘qituvchi va magistrantlari uchun zilzilabardoshlik bo‘yicha amaliyot o‘tashi rejalashtirilgan.




TTPUda suzish bo‘yicha “Rektor kubogi” va master-klass o‘tkazildi

Joriy yilning 30-may sanasida, Suv sport turlari Respublika Oliy Sport Mahorati Maktabi tomonidan universitet talaba-yoshlari o‘rtasida suzish bo‘yicha mahorat darsi (master klass) tashkil etildi. Tadbirda Oliy Sport Mahorati Maktabi murabbiysi Vangelis Divin xamda O‘zbekiston Milliy yoshlar terma jamoasi a’zolari Ma’sud Dilmurodov va Doniyor Salimovlar ishtirok etishdi. Unda talabalarga turli uslubda suzish bo‘yicha ma’lumot berilib, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga chaqirildi.
So‘ng talabalar o‘rtasida 50 metr masofaga suzish bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa natijalari:

1 oʻrin – Ergashev Fozil
2 o’rin – Muxammadjonov Ilyos;
3 o‘rin – Аbdurasulov Dovud.
Gʻolib va ishtirokchilar diplom va esdalik sovgalar bilan taqdirlandi.




Gitara ishqibozlari uchun master-klass va tanlov o‘tkazildi

Joriy yilning 29-may sanasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi katta o‘qituvchisi Jo‘rabek Madraimov tomonidan musiqa ishqivozlari va gitara cholg‘u asbobida o‘z bilimlarini oshirmoqchi bo‘lgan talabalarga mahorat darsi (master klass) o‘tkazildi.
Tadbir davomida musiqa to‘garagi rahbari M.Saparbayev boshchiligida Havaskor gitarachilar tanlovi ham bo‘lib o‘tdi. Unda musiqa to‘garagi a’zolari hamda gitara cholg‘u asbobida o‘ynashni bilgan universitet talabalari va akademik litsey o‘quvchilari bellashdilar. Tanlov natijasiga ko‘ra;

1-o‘rin: Hasanov Shohruh
2-o‘rin: Akbaraliyev Habibulloh
3-o‘rin: Irgashev Fozil egalladi.
Tadbir so‘ngida har bir ishtirokchi sertifikatlar va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.




TTPU rektorining Saudiya Arabistonga xizmat safari.

2023-yil 29-may sanasidan 1-iyun sanasiga qadar, Saudiya Arabistonning Qirol Abdulloh fan va texnologiyalar universitetida tashkil etiladian “Times Higher Education” tashkilotining “Global Sustainable Development Congress” tadbirida ishtirik etish maqsadida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori J.Sh.Inoyatxodjayev, Moliya-iqtisodiyot va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektor J.A.Abdujalilov bilan birga Saudiya Arabistonning Thuval shahriga xizmat safariga jo‘nab ketadi.




2023-YIL BITIRUV DIPLOMLARINI TANTANALI TAQDIM ETISH MAROSIMI🎓

2023-yil 24-may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida bitiruvchilarga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda «Mashinasozlik texnologiyasi», «Аxborot texnologiyalari», «Sanoatda xoʼjalik qurilishi va arxitektura», «Аvtomobil muhandisligi» yo‘nalishlarini tamomlagan 200 dan ortiq bitiruvchilar taqdirlandi.
Diplomlarni Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi – Agostino Pinna, Turin politexnika universiteti rektori (Italiya) – Guido Sarakko va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori – Jamshid Inoyatxodjayevlar topshirdi.

Bitiruvchilarimizni chin yurakdan tabriklaymiz va o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish yo’lida muvaffaqiyatlar tilaymiz.




Biznes Menejment yo`nalishikirish imtihoni (1bosqich)natijalari e’lon qilindi!

Hurmatli abituriyentlar,

2023-2024 oʻquv yili uchun

KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ!

Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz! 2023-yil 20-may da bo`lib o`tgan kirish imtihoni natijalari bilan tanishing.

TTPU
TTPU
TTPU
TTPU

Bundan tashqari, 20-May oyidagi qabul testiga ko’ra, natijalar to’rt toifaga bo’linadi:

BIRINCHI TOIFA:

40 va undan yuqori toʻplaganlar, birinchi kursga qabul qilinadilar va O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi tomonidan TOʻLIQ GRANT ajratiladi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2023-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari shart *.

IKKINCHI TOIFA:

35 va undan yuqori, ammo 40.00 dan past ball toʻplaganlar, birinchi kursga qabul qilinadilar va Iyul oyidagi kirish imtihon natijasiga koʻra TOʻLIQ GRANT uchun koʻrib chiqiladi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2023-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari shart.

UCHINCHI TOIFA:

15.00 va undan yuqori, ammo 35.00 dan past ball toʻplaganlar 2023-2024 oʻquv yilida birinchi kursga qabul qilinadilar. Ushbu toifaga IELTS (kamida 5,5 ball) sertifikatini berish muddati 2023 yil Dekabr oyining soʻngiga qadar.

TO`RTINCHI TOIFA:

15 balldan kam ball toʻplaganlar belgilangan qabul chegarasidan oʻta olmaganlari sabab Iyul oyida bo`lib o`tadigan kirish imtihoni natijalariga ko`ra talabalik safiga qabul uchun ko`rib chiqiladi.

Qabul komissiyasining ishi uchun mas’ul shaxslar:

Rektor – Inoyatxodjayev Jamshid Shuxratullaevich

Dekan – Abdullayev Farhod Bahramovich

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti ma’muriyati ushbu roʻyxatdan tashqari shaxslarning faoliyati uchun javobgar emas.

Kerakli hujjatlar roʻyxati:
Ariza beruvchi pasportining asl nusxasi;
Ariza beruvchining ota-onasining pasport nusxasi.

Barcha savollar boʻyicha raqamlar:
71 246-80-51 / 52,
71 246 63 48

Elektron pochta: admission@polito.uz

Manzil: Kichik Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Olmazor tumani, Toshkent 100095, Oʻzbekiston