1

TTPU da shaxmat bo‘yicha turnir o‘tkazildi

Joriy yilning 14 fevral kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Zahiriddin Muxammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan shaxmat turniri o‘tkazildi. Turnirda universitet talabalari hamda Turin akademik litseyi o‘quvchilari faol qatnashdi.

Qizg‘in davom etgan turnir yakuniga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi:

– 1-o‘rinni Turin akademik litsey o‘quvchisi – Otabek Umarov;

– 2-o‘rinni Turin akademik litsey o‘quvchisi – Fazliddinov Shoxjaxon

– 3-o‘rinni universitetning 1-bosqich talabasi Turayev G‘olib hamda 4-bosqich talabasi Xabibullaev Umidjon.
Turnir so‘ngida g‘oliblar sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.




Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Buyuk shoirlarni xotirlab” nomli badiiy-adabiy kecha o‘tkazildi

Millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari – Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizda keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan, joriy yilning 9-fevral sanasida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yilligiga bag‘ishlangan badiiy-adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.

         Tadbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov ochib berib, ushbu ulug‘ kunning egalari, buyuk mutafakkirlarning o‘zbek tili va adabiyatiga qo‘shgan ulkan xissasi to‘g‘risida so‘z yuritdi hamda tadbir ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.

         Tadbirni olib borgan universitet 1-bosqich talabasi S.Yo‘ldosheva ilk so‘zlarini Alisher Navoiyning “Kelmadi” radifli g‘azali bilan boshladi. So‘ng, universitet 3-bosqich talaba yigit-qizlari Alisher Navoiyning “Xamsa” asarining 5 dostoni to‘g‘risida qisqacha ta’rif berib, dostonlardan namunalar ijro etildilar.

         Ko‘tarinki kayfiyatda o’tgan ushbu tadbirni universtitet 1-bosqich talaba yigit-qizlari va o’z navbatida universitet kitobsevarlar klubi a’zolari tomonidan tayyorlangan videorolik davom ettirdi. Ushbu videorolikda talabalar buyuk siymolarimiz qalamiga mansub g‘azal va ruboiylarni ijro etdilar.

         Badiiy-adabiy kecha davomida universitetning iqtidorli talabalari, universitetda faoliyat yuritayotgan musiqa to‘garagi a’zolari tomonidan Zahiriddin Muhammad Boburning “Lola” g‘azaliga bitilgan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

         Shuningdek, tadbirga mehmon sifatida taklif etilgan O‘zbekiston Davlat Dramma teatri aktyori Shukrullo So‘fiev o‘z nutqida mutafakkirlarning boy merosi, asarlarida ulug‘langan milliy va umumbashariy g‘oyalar, allomalarning ana shunday o‘lmas asarlaridan namunalar ijro etdi.

Aytib  o‘tish joizki, mazkur badiiy-adabiy kecha universitet qoshidagi Akademik litsey o’quvchilari buyuk shoirlarimizning ruboiy-g‘azallari, shuningdek milliy raqs va kuy-qo‘shiqlari bilan faol shtirok etdilar.

          Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburlarning asarlaridagi ezgu g‘oyalardan yoshlarimizni bahramand etish, yigit-qizlarni buyuk ajdodlarimiz merosiga yuksak ehtirom ruhida tarbiyalash eng oliy maqsadlarimizdan biri hisoblanadi. Biz buyuk Navoiy hamda Boburlarning avlodi bo‘lganimiz bilan iftixor qilamiz, hozirgi avlod ham kelgusi avlod ham hazrat asarlaridan chinakam bahramand bo‘lgan avlod bo‘lib yetishib, kamol topadilar degan umiddamiz.




Universitetning kitobsevarlar klubi a’zolarining navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi.

Joriy yilning 25 yanvar kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida kitobsevarlar klubi a’zolarining navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning klub a’zolari tomonidan mutolaa qilingan “Alvido…bolalik” qissasi muhokama qilindi.

Tadbir boshida ishtirokchilarda adib to‘g‘risida atroflicha ma’lumot xosil bo‘lishi uchun uning hayoti va ijodi haqidagi videorolik namoyish etildi.

Klub uchrashuvining moderatori akademik guruhlar tyutori Faxriddin Sattiyev asar muhokamasini boshlab berish uchun so‘zni TTPU yoshlar bilan ishlash bo‘yicha 1-prorektori Alisher Ashurovga berdi.

U “Alvido…bolalik” qissasida har doim muhim hisoblangan “tarbiya” masalasiga e’tibor qaratilganligi, asar qahramonlari ayni psixologik o‘tish davrida bo‘lgan o‘smirlar ekanligi va mana shu muhim paytda ularning tarbiyasiga e’tibor qaratilmaganligi sababli jinoyat olamining qaytib bo‘lmas olamiga kirib ketishganligini haqida o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.

Asar muhokamasi juda qizg‘in va bahs-munozaralarga boy ko‘tarinki ruhda kechdi va unda eng faol ishtirok etib klub a’zolari e’tirofiga sazovor bo‘lgan 1-bosqich talabasi Abdug‘afforova Madina esdalik sifatida kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar navbatdagi uchrashuvda buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi Mir Alisher Navoiy hamda buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi, boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi Zahiriddin Muxammad Boburning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan asarlarni, ularning g‘azal va ruboiylarini mutolaa qilib muhokama qilishga kelishib olishdi.




“Kitobxon yoshlar” onlayn Respublika tanlovi

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan joriy yilning yanvar oyi davomida “Kitobxon yoshlar” onlayn Respublika tanlovi o’tkazilmoqda. Mazkur tanlovda ishtirokchilar telegramdagi maxsus @kitobtanlovbot orqali belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tib, tanlov ishtirokchisiga aylaning!

Tanlov nizomi




Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Davlat akkreditatsiyasi haqidagi sertifikatni qoʻlga kiritdi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taʼlim sifatini nazorati qilish davlat inspeksiyasi tomonidan ilk bor attestatsiyadan oʻtdi va davlat akkreditatsiyasi haqida sertifikatni qoʻlga kiritdi.

Bu universitetdagi taʼlim xalqaro standartlarga mos kelishi barobarida Oʻzbekistondagi oliy taʼlim standartlariga muvofiq ekanini tasdiqlaydi.




Vatanni asrash, har bir insonning burchi

        Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish va uni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, aholida milliy armiyadan faxrlanish va unga boʻlgan ishonch hissini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida universitetda qishki ta’til davri bo’lishiga qaramay, joriy yilning 12-yanvar kuni onlayn tarzda “Vatanni asrash, har bir insonning burchi” mavzusida tadbir oʻtkazildi.

  Tadbirda mehmon sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hodimi, ijtimoiy-gumanitar kafedrasi dotsenti, polkovnik Hotamov Shuhrat Nasirovich –tashrif buyurdi. Shuningdek, universitet birinchi prorektori A.Ashurov, Yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i G.Allamova, Universitetga biriktirilgan Olmazor tumani Ichki ishlar bo’limi, profilaktika katta inspektori  podpolkovnik Sh.Yusupovlar, Yoshlar bilan ishlash bo’limi metodistlari X.Kamilova, universitet musiqa to’garagi rahbari M.Saparbaev, Tyutorlarimiz -universitet oila va xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslaxatchisi F.Nabihanova, M.Esonqulov, F.Sattiev, J.Mahkamovlar hamda universitet iqtidorli talabalari Urunov Asadbek va Rustamov Dilmurodlar o’zlarining “Elektro mobillar uchun universal akkumulyator modular” va “Innovatsion harbiy to’plam” nomli loyihalarining taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

Mazkur tadbirda onlayn shaklda ishtirok etganlar o’z fikr mulohazalari bilan qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutahassisidan atroflicha javob oldilar.




Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida 30 kVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi.

2022-yilning noyabr oyida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hududida quvvati 30 kVt bo‘lgan universitet kampusidagi sport majmuasini elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

2022-yil 20-dekabrda O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida mamlakatimizda energiya resurslaridan samarali foydalanish muhimligini taʼkidlab, davlat tashkilotlari, yirik sanoat obʼyektlari, aholi xonadonlari faoliyatini taʼminlash uchun qayta tiklanadigan energiya manbalarini tezkorlik bilan joriy etilishga chaqirildi.

Ta’lim muassasalarining “yashil energiya”ga o‘tishini qo‘llab-quvvatlash, qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasini rivojlantirish va mamlakatimizning uglerod neytralligiga erishishga hissa qo‘shish maqsadida, universitet hududida 2011 yildan ishga tushitilgan sport majmuasiga elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatildi. Quyosh stansiyasining maydoni 150 kv.m. va har biri 535 vatt quvvatga ega 58 ta quyosh panellaridan iborat. Ushbu tizimning avtomatik aqlli boshqaruvi Huawei invertori tomonidan ta’minlanib, u ob-havo sharoitiga qarab, 2400 kv.m sport majmuasining ichki ehtiyojlari uchun quyosh energiyasi ishlab chiqarishni avtomatik ravishda boshqara oladi. Stansiya tomonidan yiliga ishlab chiqariladigan elektr energiyasining o‘rtacha hajmi 44873 kVt/soatni tashkil etib, 25 yildan ortiq kutilayotgan xizmat muddati uchun stansiya 1 041 778 kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga qodir. Sport majmuasi va talabalar shaharchasidagi boshqa binolarning tomida joy mavjudligini hisobga olib, universitet fotoelektr stansiyasi quvvatini bosqichma-bosqich oshirishni rejalashtirmoqda.




Hammaga Salom!👋

Qishki dam olish kunlarini mazmunli o’tkazishni xohlaysizmi? Unda biz sizni Onlayn shaxmat klubiga qo’shilishga taklif etamiz!♟🤩

Biz bilan o’z mahoratingizni oshiring va onlayn turnirda ishtirok eting! 📱

Klubga qo’shilish uchun hoziroq quyidagi havola orqali ro’yhatdan o’ting⬇️

https://www.chess.com/club/ttpu-chess-club/join

15 yanvar kuni soat 10:00 klubning ilk turniri o’tkazilib, unda faqat klub a’zolari qatnashishi mumkin.

❗️Muhim: Turnir boshlanishidan 1 soat oldin Join tugmasini bosib oʻyinga qoʻshilishingiz zarur!

Shaxmat klubi bilan miyangizni mashq qildiring!🧠




Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida qo’shimcha IT binosini qurish uchun loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash tenderini e’lon qiladi  

Texnik qismning miqdoriy koʻrsatkichi:         90 ball

Narx usulining miqdoriy koʻrsatkichi:             10 ball

Minimal oʻtish ball – 70 ball

Tender muddati: 20.01.2023. Soat: 12:00 gacha

1.  Obyektni oʻrganganligi va ishlarni oʻz vaqtida topshirish toʻgʻrisida kafolat xati (obyekt mavjud xolati va bajarilishi lozim boʻlgan ishga loyiha taklifidan fotosuratlar ilova qilinsin) – 20

2. Tanlov ishtirokchilari tomonidan korrupsiya koʻrinishlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha kafolat xatining mavjudligi- 5

3. Tashkilotda faoliyat yurituvchi xodimlar soni 10 va undan yuqoriligi (F.I.Sh., lavozimi hamda ish tajribasi (yil) haqida toʻliq maʼlumot, QR kodi bilan. – 10

4.  Loyiha ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan asbob-anjomlar va kompyuter texnikalari mavjudligi (tasdiqlovchi hujjatlari bilan) – 10

5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligining Ⅱ va undan yuqori toifadagi obyektlarni loyihalash uchun berilgan litsenziyasi mavjudligi – 10

6. Tashkilotning Davlat idoralari roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma mavjudligi – 5

7. Loyiha – qidiruv ishlarini olib borish muddati (asoslovchi hujjatlar bilan)- 10

8. Bankdan kartoteka mavjud emasligi xaqida asl nusxada malumotnoma – 5

9. Soliq organidan soliq va boshqa majburiy toʻlovlardan qarzdorligi mavjud emasligi toʻgʻrisida malumotnoma mavjudligi – 5

10. Soliq organidan soliq va boshqa majburiy toʻlovlardan qarzdorligi mavjud emasligi toʻgʻrisida malumotnoma mavjudligi – 10

Mijozning manzili: 100095, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik halqa koʻchasi, 17 uy.

Tel: +998 (71) 246-70-82 elektron pochta: info@new.polito.uz




Hurmatli barcha bosqich va barcha yo`nalish talabalari, diqqat, yuqorida 2022-2023 o`quv yili uchun shartnoma to`lovini to`lamagan talabalar ro`yxati keltirilgan.

Muhim eslatma: Siz 2023 yil 7 yanvargacha shartnoma tolov miqdorining kamida 50 foizini to'lashingiz kerak. Agar siz ushbu muddatni o'tkazib yuborsangiz (hatto bir kunga), siz faqatgina 2023-2024 o'quv yilida oqishni qayta tiklash imkoniyati bilan talabalik safidan chetlashtirilasiz. Agar siz ushbu tolovni 2023 yil 7 yanvargacha to'lasangiz, tolov cheki nusxasini dekanatga olib kelishingiz kerak bo`ladi.

Agar siz allaqachon to’lagan bo’lsangiz, iltimos, ushbu xabarga e’tibor bermang.




Erasmus+ dasturi asosida Oliy taʼlim muassasalarining salohiyatini oshirish yo‘nalishida olib borilayotgan “San’at sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishning ko‘p tarmoqli kompetensiyalarini rivojlantirish” loyihasi

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy tasviriy sanʼat va dizayn instituti hamkorlikda Erasmus+ dasturi asosida Oliy taʼlim muassasalarining salohiyatini oshirish yo‘nalishida olib borilayotgan “San’at sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishning ko‘p tarmoqli kompetensiyalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida “San’at, musiqa va ijodkorlik sohasida tadbirkorlik ko‘nikmalari” nomli o‘quv kursini tashkil qildi. Ushbu dastur doirasida har bir universitet va institutdan jami 18 nafar talabadan iborat to‘rt xil jamoa tuzildi. O‘quv kursi davomida har bir jamoa san’at, musiqa va ijodga yo‘naltirilgan jamoaviy ish ustida ishlab, yakuniy loyiha ishi sifatida o‘z biznes modelini ishlab chiqadi. Kursni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng, talabalar Belgiyada ikki haftalik talabalar seminari va treninglarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Yakuniy loyiha ishi Erasmus+ (CBHE) “San’at sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishning ko‘p tarmoqli kompetensiyalarini rivojlantirish” dasturining yopilish marosimida himoya qilinadi.




“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti 1- bosqich akademik guruh tyutori Eshonkulov Mirshod boshchiligida, talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, ”Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida talabalar Vatanimiz mustaqillikka erishishi, millatimiz g‘ururi, uning qadriyatlarini, boy ma’naviyatini asrab qolish yo‘lida jonini qurbon qilgan millat fidoyilari Abdulla Qodiriy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon kabi ulug‘ ma’rifatparvar ajdodlarimizning hayoti, ijodi, ilmiy faoliyati bilan tanishdi. Muzeyining har bir bo‘limi xalq orasidan, qatag‘on qurbonlari oilasi, avlodlari tomonidan taqdim etilgan va muzeyda arxiv hujjatlaridan olingan tarixiy manbalar bilan boyitilgan.

Muzey ilmiy xodimlari tomonidan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui hamda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyining barpo etilish va tarixiy ahamiyati to‘g‘risida ma’ruza va tanishtiruvlari talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Jamiyatni ma’naviy yuksaltirishda, yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muzeylarning alohida o‘rni bor. Ularda jamlangan tarixiy manbalar, xalqning o‘tmishi aks etuvchi ekspozitsiyalar bizni ajdodlar hayoti, kurashi va boy merosi bilan tanishtiradi. Muzeylarning ijtimoiy-siyosiy hayotimizda bajaradigan vazifalaridan biri ta’lim va tarbiya o‘chog‘i ekanligidir.




Talaba-yoshlarining cholg‘u musiqa ijrochiligini rivojlantirish maqsadida universitetda musiqa to‘garagi faoliyat ko‘rsatmoqda
 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusning Birinchi tashabbusi bo’lgan yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish maqsadida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Estrada hamda milliy cholg‘u asboblari” bo‘yicha to‘garak tashkil etildi.

Universitetda talaba-yoshlarning qobiliyati rivojlantirish, bilim olishga va yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllanishi, ularni hayotga har tomonlama tayyorlash, mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin egallay oladigan yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan iste’dodli yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirish va talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning amaliy-ijodiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashda ushbu to‘garakning o‘rni beqiyos!

O’zbekiston Davlat Konservatoriyasi bitiruvchisi, O’zbekiston Davlat Filarmoniyasida ko’p yillar faoliyat yuritgan, tajribali mutahassis Saparbaev Mansur boshchiligida to’garakda 20 dan ziyod yoshlar o`z iste`dodlarini namoyon qilmoqda.

“Musiqa asboblarini chalishni o‘rganish, birinchi navbatda, hissiy intellekt, qo‘l, barmoq va oyoqlarda ishlash mahoratini rivojlantirishga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, insonning kognitiv qobiliyatlarni yaxshilaydi”, deydi to’garak rahbari Saparbaev Mansur

 Mazkur to‘garakda sanʼatsevar yoshlar rubob, gitara, fortopiano kabi cholg’u-asboblarni chalish hamda vokal darslarida o‘z ovoz tembrlarini sozlab, qo‘shiq kuylashni qunt bilan o‘rganib kelmoqdalar. Shu jumladan, iqtidorli faol talabalar tomonidan Jahon musiqa durdonalari yuksak estetik mahorat bilan ijro etilmoqda.

  2022-2023 o’quv yili mobaynida “Yoshlar bilan ishlash” bo ‘limi tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejaga muvofiq o‘tkazib kelinayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda to‘garak qatnashchilari faol ishtirok etib kelishmoqda.




Khaitov Narzullobek Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-sonli, 2021-yil 9-sentabrdagi PF-6309-sonli farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 6 dekabrdagi 396-son buyrug‘iga muvofiq “2022/2023 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga nomli davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida”gi 413-sonli buyrug‘i asosida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.

Jumladan, Khaitov Narzullobek Fayzullo o’g’li, “Mashinasozlik texnologiyasi” yo’nalishi bo’yicha 3-bosqich talabasi, Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi.




Tursunov Diyorbek Prezident stipendiyasi sohibi bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-sonli, 2021-yil 9-sentabrdagi PF-6309-sonli farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 6 dekabrdagi 396-son buyrug‘iga muvofiq “2022/2023 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga nomli davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida”gi 413-sonli buyrug‘i asosida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.

Jumladan, Sanoatda xo‘jalik qurilishi va arxitektura yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Tursunov Diyorbek Azamiddin og’li, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasini qo‘lga kiritdi.




TTPUda Kitobsevarlar klubi o‘z faoliyatini boshladi

Joriy yilning 20 dekabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining kutubxonasida kitobsevarlar klubining ramziy ochilishiga bagʼishlangan madaniy-maʼrifiy kecha oʼtkazildi. Kechada kitobsevar talabalar, ustozlar va tashrif buyurgan mehmon – “Shuhrat” medali sohibasi, adabiy targʼibot va tadbirlarni uyushtirish boʼlimi boshligʼi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Farogʼat Musurmonovna Xudoyqulova qatnashishdi.

Madaniy-maʼrifiy kechani TTPU yoshlar bilan ishlash boʼyicha birinchi prorektori Аshurov Аlisher Mavlonovich ochib berib, klub aʼzolarini ushbu muhim sana bilan tabrikladi va oʼz nutqida kitobsevarlar klubini tashkillashtirilishi universitetimiz talabalari uchun nechogʼlik ahamiyatli ekanligini taʼkidlab oʼtdilar.

Klub tashkilotchisi va kecha moderatori akademik guruhlar tyutori Faxriddin Oʼrolovich Sattiev tadbir ishtirokchilariga kitobsevarlar klublarining shakllanish tarixi, afzalliklari va maqsadlari, klub aʼzolarining uchrashuvlarini tashkillashtirish formatlari toʼgʼrisida taqdimot namoyish qildi.

Shundan soʼng tabrik uchun soʼz navbati tadbir mehmoni Farogʼat Musurmonovna Xudoyqulovaga berildi. U kishi universitetimizda shunday klub tashkil qilinganligidan va uning ochilish marosimida faxriy mehmon boʼlib turganligidan juda xursand ekanligini va oʼzini xuddi yoshlik davridagi badiiy muhit ogʼushiga tushib qolganday his qilayotganligini aytdi. Soʼzi davomida kitob oʼqish asarda ilgari surilayotgan gʼoyani qanday anglash mumkinligi haqida tushunchalar berib oʼtdilar.

Аkademik guruhlari tyutori Eshonqulov Mirshod Neʼmatovich ham kecha ishtirokchilariga kitob mutolaasidan kitobxonga boʼladigan 10 ta asosiy foyda haqida taqdimot namoyish qilib berdi.

Kecha soʼngida ishtirokchilar har oyda bir yoki ikki marotaba oʼqilgan asarlar muhokamasiga kutubxonamizda uchrashuvlar oʼtkazib turishga kelishib olindi hamda tashrif buyurgan mehmonga esdalik sovgʼalari topshirildi.




Himoyaga tavsiya

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti huzuridagi PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli ilmiy kengashda 2022 yil 20 dekabr kuni, 05.01.08 “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ixtisosligi bo‘yicha talabgor Alishev Sherqo‘zi Abdumannonovichning “Ko‘p bosqichli o‘zgaruvchan parametrli ob’ektlarni adaptiv boshqarish algoritmlari” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga dissertatsiya ishining taqdimoti muvaffaqiyatli o’tkazildi va himoyaga tavsiya etildi.




Kiberjinoyatchilik va tavakkalchilikka asoslangan virtual o’yinlarning salbiy oqibatlari

Joriy yilning 20-dekabr kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Kiberjinoyatchilik va tavakkalchilikka asoslangan virtual o‘yinlarning salbiy oqibatlari mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Unga Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi, Axborort texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarma kiberhavfsizlik bo‘limi tezkor xodimi, kapitan Sh.E.Mamatqulov hamda ushbu bo‘lim xodimlari B.M.Atakulov va Sh.B.Xudoyberdiyevlar tashrif buyurib, “Ijtimoiy tarmoqlarda hamda internet tarmog‘i orqali 1xBet, MostBet va boshqa bukmekerlik onlayn shaklidagi kazinolarida tavakkalchilikka asoslangan virtual o‘yinlarning salbiy oqibatlari” mavzusida so‘z yuritdilar.

Dastavval, tadbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov ochib berib, axborot kommunikatsion texnologiyalari rivoj topgan sari, uning afzalligi va qulayliklaridan foydalanish bilan bir qatorda, axborot xavfsizligini ta’minlash dolzarb masalaga aylanib borilayotgani e’tirof etildi.

“Hozirgi globallashuv asrida yoshlarning dunyoqarashi kun sayin o‘zgarib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri ularning zamonaviy axborot kommunikasiyalaridan faol foydalanishi, dunyoda ro‘y berayotgan yangiliklar, voqea-hodisalardan tez xabardor bo‘lishi bilan ham izohlanadi. Shu nuqtai nazardan, aholisining katta qismini yoshlar tashkil etuvchi mamlakatimizda ularga nisbatan kibertahdidlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish muhim ahamiyat kasb etadi”, deydi Sh.E.Mamatkulov.

         Tadbir davomida talaba-yoshlarga mavzuga doir foydali ma’lumotlar bilan birga, hozirda tez uchrab turadigan kiberjinoyatchilikka doir hayotiy voqealar aks ettirilgan video lavhalar namoyish etildi. Unda asosan ehtiyotsizlik oqibatida ko‘rilgan jabrlar, kiberjinoyatlardan aziyat chekkanlar va ularni sodir etganlar holati yoritib o‘tilgan.

         Qizg‘in davom etgan davra suhbati so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savolariga atroflicha javob oldilar.




TTPUda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Ma’lumki, bugungi kunga kelib mamalakatimizda, xotin-qizlar huquqlari himoyasining qonunchilik bazasini mustahkamlash bo‘yicha mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlarning qabul qilingani xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlab, ularning jamiyatdagi o‘rinini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Joriy yilning 15 dekabr kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” tadbirlari doirasida “Biz zo‘rovonlikka qarshimiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

            Tadbirda Olmazor tumani Ichki ishlar bo’limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’linmasi katta inspektorlari – podpolkovniklar S.Sh. Melieva, M.U.Anarbaeva, Y.X.Jo’raeva, mayor S.E.Mavlyanova, kapitan X.N.Berdikulova hamda universitetga biriktirilgan katta inspektor podpolkovnik Sh.N.Yusupovlar ishtirokida huquqbuzarliklar va ularni oldini olish hamda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish masalalari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirni universitet birinchi prorektori A.Ashurov ochib berib, so‘z navbatini soha mutaxassislariga berdi.

Davra suhbati davomida ham mamlakatimiz xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilib, ularning oiladagi o‘rnini mustahkamlashda huquqiy manfaatlarini himoya qilish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doir masalalar muhokama markazida bo‘ldi.

Jumladan, xotin qizlarga ko‘rsatiladigan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari va ulardan himoyalanish, ayollarning jamiyatdagi mavqеini yanada oshirish hamda gеndеr tеnglikni ta’minlash, tazyiq va zoʼravonlikka uchragan shaxslarga himoya orderlarini berilish tartibi va ayollarni reabilitatsiya va himoya qilish markazi to‘g‘risida, shuningdek, yoshlar tomonidan sodir etilayotgan  huquqbuzarliklar va jinoyatlar, ularni oldini olish borasida fikr-mulohazalar almashildi. Tadbir davomida tazyiqqa va zo‘ravonlikka uchragan ayollar murojat etishlari uchun qisqa raqamli ishonch raqamlari, ayollar reabilitatsiya markazi haqida ma’lumot berilib, hayotiy misollar bilan boyitilgan video roliklar namoyish etildi hamda talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berildi.




Koreyalik mutaxassislar bilan muhokamalar oʼtkazildi.

Joriy yilning 12 dekabr kuni, Janubiy Koreyaning Koreya sanoat texnologiya instituti (KITECH) professorlari prof. Dr. Bum Sung Kim, Dr. Boksang Lee TTPUga tashrif buyurdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti direktori prof. Parpiev O.R. boshchiligidagi ilmiy jamoa, “Аlyans Kapital” Investitsion kompaniyasi vakillari hamda TTPU professor oʼqituvchilari va jamoasi qatnashdi.

Tashrif doirasida mehmonlarni universitet birinchi prorektori А.Аshurov kutib olib, universitetning axborot resur markazi, texnopark, mexatronika markazlar bilan tanishtirdi.

Uchrashuv doirasida ekspertlar tomonidan metallar va materiallar kimyosi va texnologiyasi, vodorod energetikasi istiqbollari, ekoinjineriya sohasi hamda ilmiy kadrlar almashinuv dasturlari bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.