1

Malakaviy imtihon topshirish uchun nomzodlar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida 2024-yil 7-May soat 10:00 da 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” mutaxassisligi bo‘yicha doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihon bo‘lib o‘tadi.

Malakaviy imtihon topshirish uchun nomzodlar:

– Asanov Seyran Enverovich

– Yangibayev Avaz Isroilovich




“Startap loyihalar va startap g’oyalar ”tanlovi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining 15 yilligi munosabati bilan universitetda Respublika yoshlari o’rtasida “Startap loyihalar va startap g’oyalar tanlovi” o’tkazildi. Tanlovda butun respublikadan 70 dan ortiq qatnashchilar o’z startap loyiha va g’oyalari bilan ishtirok etishdi. Hakamlar qarori bilan 3 ta eng yaxshi deb topilgan startap loyihaning har biriga 25 mln so’mlik va 3 ta eng yaxshi deb topilgan startap g’oyaning har biriga 10 mln so’mlik vaucher sertifikatlari topshirildi.




TERROBYTE HACKATHON 2024

Joriy yilning 23-25 aprel kunlari, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining 15 yilligiga bag‘ishlangan sovrin jamg‘armasi 100 000 000 so‘m bo‘lgan “TERROBYTE HACKATHON 2024” o‘tkazildi.

O‘zbekistondagi turli oliygohlar talabalari va maktab o’quvchilaridan iborat 20 ta jamoa   ushbu hakatonda ishtirok etishdi. Undan tashqari hakaton doirasida Respublika sport dasturlash musobaqasi ham tashkil etilib, unda Respublikamizdagi 1200 ga yaqin o‘quvchilar robocontest.uz tizimida musobaqalashdilar.

“TERROBYTE HACKATHON 2024” dan asosiy maqsad, Oʻzbekiston bozoridagi turli sohalardagi muammolarga ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni ishlab chiqish, shakllantirish hamda mavjud jarayonlarni takomillashtirish va yangi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishdan iborat bo’ldi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining Technoparkida uch kun davomida bo‘lib o‘tgan Hackathon davomida ishtirokchilar topshiriq ustida ishladilar, ularga universitetning “Avtomatik boshqaruv va kompyuter muhandisligi” kafedrasi o’qituvchilari va volontyorlar yordam berdilar.

“Future Logistics Hackathon: Innovation for UzAuto Motors Warehouse Automation and Product Search” musobaqa yoʻnalishida quyidagi jamoalar g‘olib bo‘ldilar:

1-O‘RIN: GEO CAR Jamoasi                   – 15 000 000 so‘m

2-O‘RIN: CYBERPUNK Jamoasi            – 12 000 000 so‘m

3-O‘RIN: SHU BROTHERS Jamoasi       – 9 000 000 so‘m

Hakaton doirasida “Yosh dasturchi” Respublika sport dasturlash musobaqasi g‘oliblari:

1-O‘RIN: ASILBEK SUNNATOV – 8 000 000 so‘m hamda Turin talabasi bo‘lish imkoniyati;

2-O‘RIN: HUSANBOY MANSURALIYEV – 6 000 000 so‘m hamda Turin talabasi bo‘lish imkoniyati;

3-O‘RIN: ULUG‘BEK RAHMATULLAYEV – 3 000 000 so‘m hamda Turin talabasi bo‘lish imkoniyati;

Hakaton doirasida “Dasturchi qizlar” Respublika sport dasturlash musobaqasi g‘oliblari:

1-O‘RIN: ZARNIGOR RAXIMOVA – 8 000 000 so‘m hamda Turin talabasi bo‘lish imkoniyati;

2-O‘RIN: SOLIHA DAGAROVA – 6 000 000 so‘m hamda Turin talabasi bo‘lish imkoniyati;

3-O‘RIN: OYSHA MIRZATILLAYEVA – 4 000 000 so‘m hamda Turin talabasi bo‘lish imkoniyati;

        Bundan tashqari “TERROBYTE HACKATHON 2024” doirasida qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha o‘quvchilar taqdirlandilar.




«Advanced Science and Technology: Celebrating 15 Years of Turin Polytechnic University in Tashkent» ilmiy konferensiyasi

Joriy yilning 22-23 aprel kunlari, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining 15 yilligiga bag‘ishlangan «Advanced Science and Technology: Celebrating 15 Years of Turin Polytechnic University in Tashkent» ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan mazkur ilmiy konferensiyadan asosiy maqsad mashinasozlik va aerokosmik muhandislik, tabiiy va matematik fanlar, axborot texnologiyalari, qurilish va arxitektura, shuningdek, ishlab chiqarishni boshqarishning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish, olimlarning ilmiy izlanishlarini birlashtirish, tajriba almashishdan iborat.

Konferensiyani Toshkent shahridagi Turin Politeknika universitetining rektori, t.f.d. O.Tuychiev kirish so‘zi bilan ochib berib, anjuman ishtirokchilari va mehmonlarini samimiy qutladi hamda TTPUda o‘qish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan fan va texnika taraqqiyoti haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng Italiyaning Turin politexnika universiteti rektori Stefano Paolo Korgnati tabrik so‘zi bilan chiqdi. Konferensiyaning birinchi qismida akademik D.Toʻlaganov va prof. Alberto Saporaning plenar ma’ruzalari tinglandi. So‘ng

Yalpi majlis ma’ruzalaridan so‘ng seksiya ma’ruzalari tinglandi. Birinchi kun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi: Tabiiy fanlar, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ishlab chiqarishni boshqarish.




“O‘zbekiston Respublikasida muhandislik sohasining istiqbollari”

22- aprel kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “O‘zbekiston Respublikasida muhandislik sohasining istiqbollari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.

        Ushbu forumda ishtirok etish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Rozukulov, yurtimizdagi OTM rektorlari va professor-o‘qituvchilari, Italiyaning Politecnico di Torino rektori Stefano Paolo Corgnati va professor-o‘qituvchilari, xorijiy hamkor universitet vakillari, turli davlatlar elchixonalari vakillari, UzAvtosanoat tasarrufidagi korxona rahbarlari ishtirok etdi.

        Forumda mamlakatimizda muhandislarga talab ortib borayotgani va ushbu sohaga alohida e’tibor qaratish lozimligi, oliy ta’lim tizimida ilgʻor muhandislik maktablarini yaratish bugungi kunda dolzarb vazifalar qatorida ekanligi ta’kidlab o‘tildi, bu borada xorijiy mutaxassislar bilan fikr almashildi. Bu borada Turin politexnika universiteti O‘zbekiston ta’lim infratuzilmasida muhandislik ta’limi sohasida yetakchi universitetlardan biri ekanligi ta’kidlandi.

      Forum boshlanishidan oldin Universitetning 15 yillik faoliyati davomida erishilgan yutuqlarini o‘z ichiga olgan video taqdimot mehmonlar e’tiboriga havola etildi. TTPU va Politecnico di Torino hamkorligi davrida Italiya tomon rektorlari Francesco Profumo, Marco Gilli, Guido Saraccolarga ZOOM orqali so‘z berildi. Ular o‘z navbatida universitet 15 yilligi yubileyi munosabati bilan o‘z tabriklarini yo‘llashdi.

        So‘ng universitet bitiruvchilari Italiyaning “Hyperloop” yirik ishlab chiqarish kompaniyasining muxandisi Jamolov Umidga, Birlashgan Arab Amirligining “Baynunah Watergeneration Technologies SP LLC” kompaniyasi bosh texnologi Ilxom Mamayunusovga va Germaniyaning “BMW group” kompaniyasining muxandisi Jabborov Shaxzod ZOOM orqali so‘z berildi.

         Forum doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Rozukulov, Politecnico di Torino rektori Stefano Paolo Corgnatiga universitet “Faxriy rektori” unvoni berildi. Forum doirasida “Yilning eng yaxshi talabasi” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan 12 nafar talaba-yoshga birin-ketin billur statuetkalarni va vaucherlar topshirildi.

          Shuningdek universitetning nomdor stipendiant talabalari: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohibi Kayumov Asad, Beruniy nomli Davlat stipendiyasi sohibi Urunov Asadbek hamda Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi sohibi Beshimov Sardorlar ham universitet tomonidan vaucherlar topshirildi.

        Forumdan so‘ng liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov universitetning bitiruvchilariga diplom topshirish marosimida ham ishtirok etdi. Vazir  so‘zga chiqib, bitiruvchilarni yangi hayot sari qadam qo‘yayotgani bilan samimiy muborakbod etib, ularning kelgusi o‘qish va ish faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.




Turin olimpiadasida ishtirok eting

Noutbuk yutib olib, muhandislik boʻyicha eng nufuzli universitetga imtihonsiz kirishni xohlaysizmi?

Turin politexnika universitetining 15 yilligi munosabati bilan 11-sinf va litsey 2-kurs oʻquvchilari oʻrtasida matematika fanidan respublika olimpiadasi tashkil etiladi.

🔆Sovrin:

🥇 1-o’rin: Noutbuk va TTPUga imtihonsiz kirish imkoniyati;

🥈 2-o’rin: TTPUga 3’000’000 so‘mlik vaucher va imtihonsiz kirish imkoniyati;

🥉 3-o’rin: TTPUga 2’000’000 so‘mlik vaucher va imtihonsiz kirish imkoniyati;

📆#turin_olimpiadasi 2 bosqichda boʻlib oʻtadi:

1-bosqich 13-aprel kuni soat 09:00 dan 21:00 ga qadar online formatda;
2-bosqich 27-aprel kuni soat 09:00 dan 12:00 ga qadar TTPU binosida.

📌Manzil: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti

🔗Olimpiada qoidalari bilan ushbu havola (https://polito.uz/olympiad-rules) orqali tanishib chiqing.

❗️ Ishtirok etish mutlaqo bepul!

🗓Ro‘yxatda o’tish muddati 12-aprelgacha.

📲 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: ➡️ @turinolimpicsbot

turin_olimpiadasi #15yil




Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti huzuridagi Ph.D.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash asosida 05.08.06 – “G’ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi bo’yicha tuzilgan Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (Ph.D.) ilmiy darajasiga talabgor

Sharipov Alisher Kalbaevichning “Vodorod-benzin yonilg’isida ishlaydigan avtomobillar motor moyining chegaraviy ish muddatini asoslash” mavzusidagi dissertatsiya ishini muhokamasi 2024 yil 16 aprel kuni soat 10.00 da onlayn (havola) va oflayn shaklida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Bosh binosining 2-qavat, MAJLISlar xonasida bo’lib o’tishini Sizga maъlum qilamiz.

Masofaviy ishtirok etish uchun quyidagi xavola:

https://us02web.zoom.us/j/83483790367?pwd=VzhwWHFBTmtESjZobms2TTdHUmVKdz09

Konferentsiya identifikatori: 834 8379 0367

Kirish kodi: 1111




“Oqila va mehribon qiz – millatimiz ko’rki va kelajagi”

Toshkent Shahridagi Turin Politexnika universitetida Xotin qizlar maslahat kengashi, tyutorlar hamda psixolog Sh.Ibrohimova tomonidan Chimboy hamda Zamondosh MFY uchun “Oqila va mehribon qiz – millatimiz ko’rki va kelajagi” mavzusida suxbat hamda psixologik trening bo‘lib o‘tdi.

Trening “Men Kerakli insonman chunki…” jumlani to’ldirib qiz ayollarning hayotdagi o’rni, yashashdan maqsadi va o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishga qaratilgan. Tadbir qatnashchilariga mamlakatimizda yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilgani haqida ma’lumotlar berildi hamda talaba qizlarni o’qishga bilim va kasb egallashlari kelajakda foydali inson bolib yetishishlari uchun motivatsion suxbatlar olib borildi.




Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2024-yil 25-mart kuni “Yer vaqti (kuni)” bo’lib o’tdi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2024-yil 25-mart kuni “Yer vakti (kuni)” munosabati bilan aksiya tashkil etildi. Aksiya doirasida bino-inshootlarida chiroq, kompyuter texnikasi, elektr energiyasi orqali foydalanish vositalarini tarmoqdan  bir soat mobaynida uzib qoʻyildi.




Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida DEBSEUz loyihasi koordinatorlarining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda respublikamiz OTMlarida yo’lga qo’yilishi rejalashtirilgan ta’lim yo’nalishi o’quv reja va sillabuslarini Yevropaning yetakchi OTMlari tajribasi asosida ishlab chiqish, adabiyotlar bilan, laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi hamda uzoq va yaqin muddatli aniq rejalar belgilab olindi. 

Yig’ilish kun tartibidagi asosiy masalalar bilan bir qatorda joriy yilning may oyida  o’tkazilishi belgilangan seminarga tayyorgarlik hamda Farg’ona politexnika instituti mas’ulligida sentyabr-oktyabr oylarida o’tkazilishi rejalashtirilgan Konferensiya sho’balari va mavzularini belgilash masalalari ham muhokama qilindi.

Eslatib o’tamiz, Erasmus+ dasturining DEBSEUz loyihasida respublikamizdan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Farg’ona politexnika instituti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Andijon davlat universiteti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali ishtirok etmoqda




«Advanced Science and Technology: Celebrating 15 Years of Turin Polytechnic University in Tashkent» ilmiy konferensiya

“Advanced Science and Technology:
“Celebrating 15 Years of Turin Polytechnic University in Tashkent”
ilmiy konferensiyasi
(2024 yil 22-23 aprel)

Sizni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tashkil topganining 15 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanda ishtirok etishga taklif qilamiz.

Ilmiy konferensiyadan maqsad mashinasozlik va aerokosmik muhandislik, tabiiy va matematik fanlar, axborot texnologiyalari, qurilish va arxitektura, shuningdek, ishlab chiqarishni boshqarishning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat.

KONFERENSIYA SHO‘BALARI:

  1. Mashinasozlik, energetika va aerokosmik muhandislik
  2. Tabiiy fanlar.
  3. Zamonaviy matematika muammolari
  4. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.
  5. Qurilish va arxitektura.
  6. Ishlab chiqarishni boshqarish

 

KONFERENSIYA TARTIBI

Konferensiyada yalpi (20 daqiqa) va seksiya (10 daqiqa) ma’ruzalari tinglanadi. Konferensiyaning ishchi tili ingliz tili.

Konferensiya boshlanishiga qadar Konferensiya materiallari to‘plamini (elektron shaklda) nashr etish rejalashtirilgan. Ijobiy baholanib tanlab olingan ishlar O‘zbekiston Respublikasi OAK ro‘yxatiga kiritilgan jurnalda chop etilishi rejalashtirilgan. Uchrashuvlar quyidagi manzilda joylashgan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida bo‘lib o‘tadi (B bino): Toshkent sh., Kichik halqa yo‘li, 17-uy.

  

ISHTIROKCHILARNI RO‘YXATGA OLISH

Elektron ro‘yhatdan o‘tish va ishtirokchi anketasini to‘ldirish 2024 yil 3 aprelga qadar quyidagi elektron manzilda amalga oshiriladi: https://polito.uz/conference

CHOP ETISH

Tashkiliy qo‘mita ingliz tilida taqdim etilgan tezislarni ko‘rib chiqadi. Taqdim etilgan tezislarni dastlabki ko‘rib chiqishning ijobiy natijasi olingach, ma’ruzani konferensiya dasturiga kiritish to‘g‘risida bildirishnoma yuboriladi. Materiallar conference@polito.uz elektron manzilida mos shoʻba koʻrsatilgan holda qabul qilinadi.

Nashrga 1 betdan ko‘p bo’lmagan materiallar faqat Microsoft Word formatida qabul qilinadi. Sahifa formati – A4 (210×297 mm). Hujjat chetlari har tomondan 2,5 sm. Shrift – Times New Roman, hajmi – 12 pt. Satr oralig‘i yagona, xatboshi – 1.25. Tezisli fayl nomining formati muallifning familiyasi_thesis (namuna: Valiev_thesis). Tezis shabloni

MUHIM SANALAR

Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish: 2024-yil 3-aprelgacha

Tezislarni topshirish: 2024-yil 3-aprelgacha

Hisobotni qabul qilish to‘g‘risida bildirishnoma: 2024-yil 15-aprelgacha

Konferensiya ishi: 22.04-23.04.2024

TASHKILIY QOMITI MANZILI:

Toshkent sh., Kichik halqa yo‘li, 17-uy.

Tel.: +99890 348 90 82




Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti kapital ta’mirlash va qurilish ishlarini bajarish bo’yicha TENDER E’LON QILАDI

Lot 1 – Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga kirish-nazorat punkti binosi hamda xizmat avtomobillari kirib-chiqishi uchun darvoza qurilishi

Lot 2 – Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hududidagi stadion tribunasini va yugurish yoʻlakchasini kapital taʼmirlash hamda stadion tribunasiga soyabon qurish

Lot 3 – Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Talabalar turar joyi” hududida Kovorking zonasi yaratilishi va volleybol maydoni qurilishi

Tender muddati, tender universitetning internet portalida eʼlon qilingan kundan boshlab 15 ish kuni deb belgilanadi.

Ilovada

1. Texnik shartlar.

2. Baholash meʼzonlari.

3. Qurilish ishlarining bosh plan loyihasi.

Tenderda ishtirok etish uchun xujjatlar yopiq konvertda taqdim etilishi shart. Tender, kapital ta’mirlash va qurilish ishlarini amalga oshirish uchun, tahminiy narxlarni kamaytirish tamoillari asosida (ponijeniye) o‘tkaziladi.

Tenderda ishtirok etish boʼyicha savollar yuzasidan universitet ETB boshlig’i Eshmuratov Ilxom Аmanturdievichga murojaat qilish mumkin.Тел.: (98) 809 02 11.




Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektorining Italiyaga xizmat safari natijalari

      “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Ulug’bek Rozukulov hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon Toʻychiyevning Italiyaga xizmat safari doirasida joriy yilning 20-fevral kuni “IVECO” (Industrial Village Complex) korxonasiga tashrif buyurildi.

         Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad, xalqaro standartlarga mos keluvchi, energiya samaradorligi va ekologik tavsiflari yuqori elektromobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha dunyoning yetakchi korxonalari tajribalarini oʻrganish sanaladi. Rivojlangan mamlakatlar avtomobil ishlab chiqaruvchilari ichki yonish dvigatellari bilan bir qatorda elektr transport vositalari uchun akkumulyator loyihalarini faol amalga oshirish doirasida barqaror rivojlanish va atrof-muhit qoidalariga rioya qilishga intilmoqda.

        Italiyaga xizmat safari dasturiga ko‘ra, 21-fevral kuni delegatsiya a’zolari Italiyaning Turin politexnika universitetining (Politecnico di Torino) amaldagi rektori Guido Sarakko va professor Anita Tabakko hamda yangi saylangan rektori Stefano Paolo Corgnati bilan uchrashdi.

      Uchrashuvda Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bilan 15 yillik samarali hamkorligi, istiqboldagi rejalar va loyihalar muhokamaning asosiy mavzulari bo‘ldi.

      Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari professorlar Perluiji Leone, Nikola Amati va Andrea Tonoli hamrohligida CARS avtomobil tadqiqotlari va barqaror mobillik markaziga (CARS Center for Automotive Research and Sustainable Mobility) tashrif buyurib, laboratoriyada amalga oshirilgan innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

      Dasturga muvofiq, “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Rozukulov  tomonidan «O‘zbekistonda avtomobil sanoati» mavzusida ma’ruza taqdimoti  o‘tkazildi. Ma’ruzada nafaqat talabalar, balki professor o‘qituvchilar hamda dunyoning nufuzli kompaniya vakillari ham qatnashdi.

“O‘zavtosanoat” AK boshqaruvi raisi Ulug‘bek Rozuqulovning “O‘zbekiston avtomobilsanoati” mavzusidagi ma’ruzasi talabalar, professor-o‘qituvchilar va yetakchi jahon kompaniyalari vakillarining e’tiborini tortib, bilim va tajribaning o‘zaro almashuvi uchun o‘ziga xos platforma yaratdi.
       Mazkur tadbir O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi, shuningdek, kelajakdagi loyihalar va tadqiqotlar uchun samarali istiqbollarni yaratdi.




Universitet talaba-qizlari o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi

2024-yil 21-fevral kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talaba- qizlari o’rtasida “Xotin-qizlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish va erta tug‘ruqning oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatiga “Oq yelkan” ijtimoiy himoya markazi mutaxassis xodimlari kelib o‘z bilim va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashdilar. Dastlab so‘zga markaz yuristi Qurbonali Dadajonov chiqib, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash masalasida 3 ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta farmoni va 6 ta qarori hamda hukumatning 20 dan ortiq qarorlari qabul qilinganligini, shuningdek mazkur qaror va farmonlarning mazmun-mohiyatini aytib o‘tdilar.

So‘zni universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi F.Nabixanova davom ettirib, ayollarning huquqlari davlat tomonidan himoya qilinishi, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ham o‘z tasdig‘ini topganligi, ayollarga nisbatan qo‘llanilayotgan zo‘ravonliklarga nisbatan qat’iy chora-tadbirlar qo‘llanilishi to‘g‘risida aytib o‘tdi.
Olmazor tumani IIO FMB 4-son IIB XQMBI katta leytenant O.Ismoilova 2019-yil 2-sentyabr kuni qabul qilingan PQ 562-son “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar to‘g‘risida”gi, xuddi shu kuni qabul qilingan 561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarining mazmun-mohiyatlari tushuntirib o‘tildi. Bundan tashqari himoya orderi nima ekanligi, undan qay tartibda foydalanish mumkinligi, himoya orderi shartlari buziladigan bo‘lsa qanday javobgarlik masalalari borligi bo‘yicha talabalarga tushuntirish ishlari berib o‘tildi.
Shundan so‘ng “Oq yelkan” ijtimoiy himoya markazi psixologi Deniz Mametova Xotin-qizlar va erkaklar uchun gender tenglik hamda xotin-qizlar va bolalarga nisbatan o‘tkazilayotgan tazyiq va zo‘ravonlik mavzusida ma’ruza qildi. Bundan tashqari taz’yiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarga psixologik ko‘mak qanday berilishi haqida ham aytib o‘tildi.
Talabalar shaharchasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi akusher-ginekologi Yakubjanova Shahzoda, qizlarni sog‘lom turmush tarziga qanday rioya etish kerakligi, reproduktiv salomatlik hamda erta turmushning salbiy oqibatlari to‘g‘risida talaba qizlarga ma’lumot berib o‘tdi.
Davra suhbati so‘ngida mavzu yuzasidan talabalarning savol, taklif hamda mulohazalari tinglanib ularga atroflicha javob va ko‘rsatmalar berildi.




TTPU rektorining Italiyaga xizmat safari

TTPU rektorining Italiyaga xizmat safari
2024 yilning18-22-fevral sanasiga qadar Italiyaning Politecnico di Torino universiteti rahbarlari bilan kelgusidagi oʻzaro hamkorlik rejalarini muhokama qilish va “CARS” ilmiy-tadqiqot markazida elektromobillar boʻyicha amalga oshirilgan tadqiqotlar bilan tanishish hamda “IVECO Trucks” korxona vakillari va ishbilarmon doiralari bilan bir qator uchrashuvlar oʻtkazish maqsadida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori O.A.To’ychiyev, Strategik rivojlantirish va xalqaro aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi – T.F.Maxamatxo‘jayev bilan birga Italiya Respublikasiga xizmat safariga jo‘nab ketadi.




Kimyoviy elementlar va atrofimizdagi dunyo

Kimyoviy elementlarning tuzilishi va xossalari, Mendeleev davriy sistemasida qanday joylashishi, kashf etilishining qiziqarli hikoyalari kabi mavzularda Toshkentdagi Turin politexnika universitetining “Tabiiy-matematika fanlari” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, akademik Dilshat Ubaydullaevich Toʻlaganov Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 14-umumta’lim maktabi o‘quvchilariga so‘zlab berdi.

Akademik To‘laganov maktab o‘quvchilarini dars mavzusi bilan tanishtirar ekan, kimyoviy elementlarning kashf etilishi uzoq vaqt davomida sodir bo‘lganini alohida ta’kidladi. Masalan, uglerod, oltingugurt, temir, mis, kumush, qalay, oltin, simob va qo’rg’oshin qadim zamonlardan beri ma’lum. Mishyak, surma, vismut, rux oʻrta asrlarda olingan bo‘lsa, fosfor, azot, bariy, berilliy, vodorod, volfram, ittriy, kislorod, kobalt, marganets, molibden, nikel, platina, stronsiy, tellur, titanium, telluriy, xlor, xrom, sirkoniylar 17-18 asrlarda olingan. 19-asrda alyuminiy, germaniy, kremniy, bir qator gidroksid va ishqoriy yer metallari, geliy inert gazlari, argon, neon, kripton, ksenon radon, shuningdek, lantan, lantanidlar va boshqalar kabi 48 ta yangi element topildi.

1869-yilda D.I.Mendeleyev tomonidan davriy qonun kashf etilgan vaqtga kelib 63 ta element ma’lum edi. Uzoq muddatli ilmiy izlanishlar elementlar va ularning birikmalarining xossalari atom massasining ortishi bilan o’zgaradi, lekin monoton emas, balki davriy ravishda o’zgaradi degan xulosaga keldi. Mendeleev o’z kashfiyotini olimlar atom tuzilishini tushunishga muvaffaq bo’lganidan deyarli 30 yil oldin qilgan. Shuning uchun qonunning zamonaviy tuzilishi quyidagicha ko’rinadi: “kimyoviy elementlarning xususiyatlari, shuningdek ularning birikmalarining shakllari va xususiyatlari vaqti-vaqti bilan ularning atom yadrolari zaryadlarining kattaligiga bog’liq”.

Bugungi kunda Mendeleev davriy jadvalda 118 ta kimyoviy element mavjud bo‘lib- ulardan 92 tasi tabiatda topilgan, qolganlari sun’iy ravishda olingan – ular beqaror va qisqa muddatlarga ega. Barcha izotoplari beqaror bo’lgan kimyoviy elementlar radioaktiv deyiladi; bularga atom raqamlari poloniydan yuqori bo’lgan barcha elementlar kiradi

Xulosa qilib aytganda, dars interfaol savol-javob ko‘rinishda o‘tkazildi, bu kimyo fanining tabiy fanlarning boshqa sohalari – matematika, fizika, biologiya, geografiya, geologiya, ekologiya bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatish imkonini berdi. Bunday shaklda o‘tkazilgan dars shakli o’quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.




“Ogohlik – davr talabi”

Joriy yilning 8-fevral sanasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Ogohlik – davr talabi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu mavzuni yoritib berish uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o‘qituvchisi S.S.Saidjalolov mehmon sifatida taklif qilindi.

O‘zlarining chiqishlarida, hozirgi kunda dolzarb muammo hisoblanayotgan terrorizm, radikalizm, ekstremizm, yoshlarning turli oqimlarga kirib qolishi va yot g‘oyalarning salbiy ta’siri hamda yurtimizda ularga qarshi kurashish uchun olib borilayotgan ishlar haqida gapirib, talabalarga tushuncha berib o‘tdilar.

Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.




Jasur Xolxo‘jaev Italiyaning Turin politexnika universitetida «Metall komponentlarning innovatsion geometrik va mexanik tavsiflari» mavzusidagi ilmiy ishini himoya qilib, PhD diplomini qo‘lga kiritdi.

TTPUning “Mexanik va aerokosmik muhandisligi” kafedrasi doktoranti Jasur Xolxo‘jaev Italiyaning Turin politexnika universitetida (Politecnico di Torino) «Metall komponentlarning innovatsion geometrik va mexanik tavsiflari» (Innovative geometrical and mechanical characterization of metallic components) mavzusidagi PhD dissertatsiyasini Prof. Gianfranco Genta (Politecnico di Torino) va Prof. Jamshid Inoyatxodjaev (TTPU) rahbarligida muvaffaqiyatli himoya qilib, PhD diplomini qo‘lga kiritdi.

👏Universitetimiz jamoasi nomidan Jasur Xolxo‘jaevni samimiy muborakbod etib, kelgusidagi kasbiy va ilmiy faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz.




Toshkent Axborot Texnologiyalari universitetida Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro loyiha ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 22-24-yanvar kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, respublikamizning 7 ta va Yevropaning Ittifoqining 3 ta – Italiyaning Politecnico di Torino universiteti, Portugaliyaning Universidade de Evora universiteti, Ispaniyaning Universidad Politecnica de Madrid universitetlari hamkorligida ERASMUS+ Higher Education Capacity Building loyihalari doirasida “Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan (DEBSEUz)” xalqaro loyihasi ishtirokchilarining birinchi uchrashuvi hamda loyihaning ochilish marosimi (Kick-off meeting) bo‘lib o‘tdi.

Loyihaning quyidagi qator masalalar muhokama etildi:
– Yangi bakalavr dasturlarini ishlab chiqish
– Innovatsion laboratoriyalarni yaratish
– Loyiha barqarorligini ta’minlash
– Sifat nazorati va monitoring
– Loyihaning kommunikatsiyasi, yangiliklari va imiji
– Moliyaviy boshqaruvdagi muammolar.

Manba: Axborot xizmati




“VATAN HIMOYACHILARI KUNI” MUNOSABATI BILAN UNIVERSITETIMIZDA MADANIY-MA’RIFIY TADBIR O’TKAZILDI

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 32 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni”ga bag’ishlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari – tinchlik va osoyishtalik posboni” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir avvalida davlatimiz madhiyasi yangradi va Universitetining birinchi prorektori Alisher Ashurov kirish so‘zi bilan tadbirni ochib berdi.

Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar – Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti xarbiy xizmatchilari: podpolkovnik Sodiqov Xafizjon Murtazaevich va xarbiy fanlar boʻyicha  falsafa doktori  dosent Akbarov Laziz Izzatullaevichlar tadbir ishtirokchilarini mamlakatimiz hayotidagi qutlug’ sana – Vatan himoyachilar kuni va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi bilan samimiy qutladi. Mehmonlar davlatimiz Qurolli Kuchlarini tashkil topishi, rivojlanishi va mamlakatimizda ushbu sohada olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida tadbir qatnashchilariga nutq so‘zladi. Shundan so’ng, ushbu sanaga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.

Tadbir davomida Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonida Vatanparvarlikni tarannum etuvchi kuy-qo’shiqlar, shuningdek iqtidorli talabalarimizning musiqiy chiqishlari tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.