photo 2017 04 10 16 07 29

 

“Tafakkur sinovlari” tanlovi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o’rtasida 2015-yildan buyon o’tkazib kelinadi. Tanlov yoshlar hayotida muhim voqea bo’lib xizmat qilishini e’tiborga olib, joriy yilda ham bu tanlovni o’tkazish rejalashtirilgan. Tanlovning ikkinchi saralash bosqichi doirasida 15-aprel kuni soat 12.00 da Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti, Toshkent shahridagi Inha Universiteti, Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti, Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot akademiyasi, M.V.Lomonosov nomli Moskva davlat universiteti, I.N.Gubkin nomli Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent filiali o’rtasida universitetimizda saralash bosqichi bo’lib o’tadi.