“Temur tuziklari”ning yoshlar tarbiyasidagi o’rni

3

     Jahon tarixi va o’zbek davlatchiligida chuqur iz qoldirgan buyuk davlatning asoschisi,ilm-fan tashkilotchisi va homiysi,milliy madaniyat va me’morchilik san’atini rivojlantirishga ulkan hissa qo’shgan ulug’ sohibqiron Amir Temurning tavallud ayyomi yurtimizda keng nishonlanmoqda.

     14 aprel kuni universitetimizda “Temur tuziklari”ning yoshlar tarbiyasidagi o’rni” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirda  ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi  katta o’qituvchisi Vohid Holov Amir Temur barpo etgan ulkan saltanat, temuriylar davrida san’at va madaniyatning rivoji, turli mamalakatlar bilan o’rnatilgan  diplomatik munosabatlat hamda “Temur tuzuklari”ning yoshlar hayotida har tomonlama muhim ahamiyatiga ega ekanligi  to’g’risida chuqur ma’lumotlar berdi. Xususan, Amir Temur  o'z vaqtida Osiyo va Yevropada ro'y bergan tarixiy o'zgarishlarga hal qiluvchi ta`sir ko'rsatib, nafaqat mamlakatimiz davlatchiligi va madaniyati rivojiga balki  dunyo sivilizatsiyasi rivojiga ham beqiyos hissa qo’shganligi alohida ta’kidlandi.

     Ochiq muloqot tarzida o’tgan davra suhbatida talabalar ham Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari hamda Amir Temurning buyukligini har tomonlama ifoda etuvchi  buyuk  shaxsiyati  to’g’risida o’z fikrlarini aytib o’tdilar.

1