“Tafakkur sinovlari” respublika ko’rik tanlovida yana bir muvaffaqiyat.


13-may kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, “Kamolot” YIH, Fuqarolik jamiyati shakillanishini monitoring qilish mustaqil instituti bilan hamkorlikda tashkil qilingan “Tafakkur sinovlari” respublika ko’rik tanlovining 3-bosqichi Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetidida bo’lib o’tdi. O’zbekiston Davlat Konservatoriyasining “Femida” jamoasi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetining “Vorislar” jamoasi, Toshkent Moliya Institutining “Istiqlol farzandlari” jamoasi va Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetining “Istiqlol Farzandlari” jamoasi ishtirok etishdi. 4 ta jamoa 4 ta shartda bellashishdi. Birinchi shartda TMI jamoasi yuqori natija ko’rsatgan bo’lsa, 2-savol javob shartida TTPU jamoasi eng yuqori natijani ko’rsatib huquqiy-siyosiy bilimlarini yetarli ekanligini ko’rsatib berishdi.

Yakuniy natijalarga ko’ra jamoalar quyidagicha ballarni qo’lga kiritishdi:


1. O’zbekiston Davlat Konservatoriyasi 88,5 ball
2. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti 82,3 ball
3. Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti 82 ball
4. Toshkent Moliya Instituti 91,3 ball


Hay’at a’zolari tadbir yakunida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetining “Istiqlol Farzandlari” jamoasi 1-marotaba ishtirok etgan bo’lsada yaxshi tayyorgarlik ko’rganligilarini va huquqiy-siyosiy bilimlar yaxshi o’rganilganligini takidlab o’tishdi.

photo 2017 05 15 09 15 39

photo 2017 05 15 09 15 40

photo 2017 05 15 09 15 41