TALABALIK QASAMYODI

      2017 yil 10 oktabr  kuni universitetimizda  I bosqich talabalarining "TALABALIK QASAMYODI”  tadbiri bo’lib o’tdi.

      Tadbirni universitet rektori  K.A.Sharipov ochib berdi va bu yili  talabalikka qadam qo’ygan yigit-qizlarni samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi hamda universitetning tashkil etilishi, bugungi kunga qadar universitet talabalari tomonidan qo’lga kiritilgan asosiy yutuqlar, o’qish davomida talabalar oldidagi eng muhim vazifalar, imkoniyatlar to’g’risida gapirib o’tdi.

      Shundan so’ng, universitet talabalarining keyingi yillarda erishgan yutuqlari, turli tanlovlar va ko’rgazmalardagi ishtiroki, xususan, Qo’zog’iston Respublikasida bo’lib o’tgan “Astana Expo-2017” xalqaro eksposida universitetimizning muvaffaqiyatli  ishtirokiga bag’ishlangan video namoyish etildi.

      Video lavhalardan so’ng,  universitetdagi o’qishi davomida ko’plab yutuqlarni qo’lga kirib kelayotgan bir qator talabalar: Firdavs Ne’matzoda, Akbarxon Sobirxonov  hamda universitet Yoshlar ittifoqi yetakchisi G’ayratov Jasur so’zga chiqishdi.

      Tadbirda shuningdek, bu yili talabalik baxtiga muyassar bo’lib, universitetga eng yuqori ball bilan qabul qilingan talabalarning ota-onalari so’zga chiqishdi va  talaba yoshlarga  o’qish davomida omad tilab qolishdi.

      Tadbir so’ngida, I bosqich talabalari tomonidan  "TALABALIK QASAMYODI” nutqi o’qib berildi.

11

11

11