Islom Karimov asarlari bilimdoni tanlovi

Hurmatli talabalar !

Universitetimizda joriy yilning 22 fevral kuni mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning  vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borgan ulkan buyodkorlik ishlari, sermazmun va sermahsul, barchaga ibrat hayoti va bemisl faoliyatini keng targ‘ib etish, uning muallifligidagi asarlar mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish maqsadida “Islom Karimov asarlari bilimdoni” tanlovi tashkil etiladi.Tanlovda qatnashchilar tarkibi 5 kishidan iborat bo’lgan jamoa ko’rishida qatnashishlari mumkin.

Tanlov qatnashchilari  4 ta shart bo‘yicha bellashdilar.

1-shart. Taqdimot asosida Islom Karimov asarlari va hayot yo‘lini eng qiziqarli va ta’sirli yoritib berish. (Badiiy yondoshgan holda. Slayd asosida).

2-shart tezkor savol-javoblar (Savollar Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning hayoti va faoliyati hamda mamlakatimiz qonunchiligi asosida tuziladi.

3-shart.  Islom Karimov asarlari asosida tuzilgan boshqotirmani yechish. (Savollar Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning  “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” hamda “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarlari asosida tuziladi.)

4-shart. Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan video asosida rasm chizish.

Tanlovda qatnashish istagini bildirgan jamoalar universitetning “Ma’naviyat va ma’rifat”   bo’limiga murojaat qilishlari so’raladi.

Tadbir  11 Yanvar soat 14:00 da Conference Hall da bo’lib o’tadi