“Men nechun sevaman, O’zbekistonni” mavzusidagi insholar tanlovi

Hurmatli talabalar !

Universitetimizda “Men nechun sevaman, O’zbekistonni” mavzusidagi insholar tanlovi tashkil etiladi. Mazkur tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichlari universitetimizda bo’lib o’tadi va Nizom talablariga muvofiq tanlovda 1 va 2- o’rinni egallagan talabalar tanlovning yakuniy uchunchi bosqichi- respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo’lga kiritadilar. Yakuniy bosqich 2018 yilning may oyida bo’lib o’tadi.

Tanlov bo’yicha uchinchi bosqich ya’ni Respublika da g’olib bo’lgan talabalar quyidagi tartibda pul mablag’lari bilan rag’batlantiriladilar:

1 ta 1-o’rin- 1 500 000(bir million besh yuz ming) so’m

2 ta 2-o’rin – 1000 000(bir million) so’m

3 ta 3-o’rin -500 000 (besh yuz ming) so’m

10 ta rag’batlantiruvchi o’rin (har biriga)  –  300 000  ( uch yuz ming ) so’m.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talabalar  1 mart  kuniga qadar  yozgan insholarini “Ma’naviyat va ma’rifat”  xonasiga  (202-xona) topshirishlari so’raladi. Taqdim etiladigan insholar mavzuning mazmun-mohiyatini to’la ochib berilganligi, mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi, tahliliy yondoshuvlari hamda mustqail fikrlari va ijodkorlik xususiyatlarining ifoda etilganligi kabi mezonlarga ko’ra baholanadi. Universitet miqyosida g’olib bo’lgan  talabalarga universitet nomidan esdalik sobg’alari  va sertifikatlar topshiriladi.