You are currently viewing Andijon mashinasozlik institutda “Mexatronika va robototexnika: muammolar va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida 2-xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.

Andijon mashinasozlik institutda “Mexatronika va robototexnika: muammolar va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida 2-xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “MechaUz-O‘zbekistonda Mexatronika va robototexnika bakalavriat taʼlim yoʻnalishini innovatsion gʻoyalar va raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish” loyihasi yakuni oldidan oʻtkazilgan anjumanda mamlakatimiz hamda Yevropaning nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan 50 ga yaqin professor-oʻqituvchilar,shu jumladan Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rektori va professor-o’qituvchilari ham eshtirok etdi.

Anjumanning ochilish marosimida institut rektori Umid Turdialiyev nutq soʻzlab, soʻnggi yillarida mexatronika va robototexnika taʼlim yoʻnalishini milliy ustuvorliklarga asoslangan va oliy taʼlimda innovatsion gʻoyalar va raqamli texnologiyalar orqali rivojlantirishga eʼtiborga qaratilayotganini bildirib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.

Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar sho‘balarga boʻlinib, ilmiy izlanishlar samarasini tahlil qilishib, erishilgan yutuqlar va yechimini kutayotgan masalalar xususida munozaralar oʻtkazib, qator dolzarb vazifalarni muhokama etishdi.

Shuningdek, tadbir doirasida universitet mehmonlari universitetning laboratoriya bazasi bilan tanishdilar, shundan so’ng tadbir mehmonlari uchun UzAuto Motors avtomobil zavodiga tashrif tashkil etildi.

1 446
image_pdfimage_print