You are currently viewing AQShdagi Pitsburg Davlat Universiteti Qabul Komissiyasi bilan “2+2” va “1+1” dasturlari haqida videokonferentsiya bo’lib o’tadi!

AQShdagi Pitsburg Davlat Universiteti Qabul Komissiyasi bilan “2+2” va “1+1” dasturlari haqida videokonferentsiya bo’lib o’tadi!

Hurmatli abituriyentlar va ularning ota-onalari!

Joriy yilning 2-noyabr kuni soat 18:00 da AQShdagi Pitsburg Davlat Universiteti va Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti taqdim etadigan “1+1”, hamda “2+2” dasturlari haqida tanishtiruv bo’lib o’tadi.

Barchangizni Pitsburg Davlat Universiteti (AQSh) Qabul Komissiyasi bilan bo’lib o’tadigan videokonferentsiyaga taklif etamiz.

Videokonferentsiya Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining Green Hall zalida o’tkaziladi.

Ro’yxatdan o’tish uchun havola: https://forms.gle/sMnxKQpbEo3ZqHwM7

TTPU Xalqaro aloqalar bo’limi, 503-xona
Ish vaqti: seshanba va payshanba kunlari soat 15.00 dan 18.00 gacha
Telefon raqami: 71 246-30-67

 

1 049
image_pdfimage_print