You are currently viewing Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti va 196-sonli maktab o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti va 196-sonli maktab o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev raisligida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektorda belgilab o‘tilgan vazifalar ijrosiga hamda Oliy ta’lim muassasalariga o‘rta ta’lim maktablarini biriktirish va ularni ishlash jarayonlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha 2020 yil 22 noyabr kuni Bosh Vazir o‘rinbosari Musaev B.A. rahbarligida bo‘lib o‘tgan Ishchi guruh majlisi 3-son Bayoniga muvofiq Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga (TTPU) Olmazor tumanidagi 196-umumta’lim maktabi otalig‘iga olish uchun biriktirib berildi.

Shu asnoda, TTPU 196-umumta’lim maktabi bilan hamkorlik ishlarini boshlab yubordi.

30 noyabr – 1 dekabr kunlari maktab professor-o‘qituvchilari TTPUga tashrif buyurishdi va ularga universitet mas’ul xodimlari tomonidan universitet faoliyati, ta’lim tizimi va dars o‘tish metodikalari xaqida qisqacha ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, TTPU xodimlari maktab ma’muriyati tomonidan tashkil etilgan “8-dekabr – Konstitusiya kuni”ga bag‘ishlangan “Konstitusiya mening taqdirimda” ko‘rik tanlovida mehmon sifatida ishtirok etishdi va maktab iqtidorli o‘quvchilariga universitet nomidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Endilikda TTPU va Italiya tajribasi asosida ushbu maktab faoliyatini takomillashtirish masalasida:

  • Universitet professor-o‘qituvchilarining salohiyati va tajribalaridan foydalangan xolda maktab fan o‘qituvchilariga ilg‘or o‘qitish uslublarini o‘rgatish;
  • Ularni “Ingliz tili” ko‘nikmalarini va malakalarini oshirish uchun “Master-klass” formatida leksiyalar, seminarlar tashkil etish;
  • Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni hamkorlikda o‘tkazish;
  • Birgalikda turli hil tanlovlar va fan olimpiadalarini o‘tkazish;
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kutilmoqda.

2 178
image_pdfimage_print